
Vashington kundaligi
Ilon Mask bir necha soatdan keyin insoniyat tarixidagi ilk trillionerga aylanadi. Uning kosmos bilan ishlovchi “SpaceX” kompaniyasi bugun rasman aksiyalarini savdoga chiqaradi.
Bu IPO ortidan kompaniya qiymati 1,7 trillion dollar atrofida bo’lishi, Maskning shaxsiy boyligi esa 1 trilion dollardan oshishi kutilyapti.
@bmamadiev
Bugun futbol bo’yicha Jahon chempionati boshlanadi. Ilk o’yin Janubiy Afrika va mezbon Meksika o’rtasida o’tkaziladi.
O’yinlarning 26 tasi Meksika va Kanadada, qolgan barchasi (78 ta) AQSh maydonlarida bo’lib o’tadi.
O’zbekistonning ilk o’yini 17-iyun kuni guruh favoritlaridan biri Kolumbiyaga qarshi belgilangan.
@bmamadiev
Kecha Niderlandiya va O’zbekiston o’rtasida asosiy o’yin tugagandan keyin zaxiradagi o’yinchilar ishtirokida har bir taymi 30 minutdan iborat yana bir o’yin o’tkazilgan.
Matbuotga yopiq tarzda bo’lib o’tgan bu o’yinda o’zbekistonliklar 2:1 hisobida g’alaba qozongan.
@bmamadiev
O’zbekistonliklar natijasi o’yindan o’yinga yaxshilanib bormoqda. Kanadaga 2:0 ga yutqazishdi. Niderlandiya bilan hisob 2:1 bo’ldi. Uchinchi (rasmiy) o’yinda endi 2:2 bo’lsa ajab emas.
🙂
@bmamadiev
AQShdagi “Zakovat” intellektual o’yinining navbatdagisi Nyu-Yorkdagi Jahon Savdo Tashkiloti binosi 39-qavatida bo’ldi.
Pensilvaniya shtatidan kelgan “Filadelfiya burgutlari” 1-o’rinni oldi.
2-o’rin: USA zukkolari (Nyu-Jersi)
3-o’rin: Tafakkur (Nyu-York)
Tashkilotchilarga yana bir bor rahmat!
@bmamadiev
“Polymarket” bashoratiga ko’ra, jamoalarning guruhda g’olib bo’lishi ehtimoli
@bmamadiev
O’zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo’yicha jahon chempionati o’yinlarida qatnashish uchun AQShga yetib keldi. Futbolchilarni AQShdagi O’zbekiston elchixonasi va konsulligi rasmiylari hamda vatandoshlar kutib oldi.
@bmamadiev
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Sizlarni kirib kelayotgan Qurbon hayiti bilan tabriklaymiz. Alloh taolo qilgan ibodatlaringizni, yaxshi amallaringizni va duolaringizni qabul qilsin.
Bayram munosabati bilan “Mahalla USA” jamiyati hayit namozini tashkil qilmoqda.
Namoz 2026-yil 27-may kuni o’qiladi.
🕌
1-namoz soat 06:30 da
🕌
2-namoz soat 07:30 da
Manzil:
ROYAL HALL - Banquet Hall
2896 W 12th St, Brooklyn, NY 11224
O’zingiz bilan joynamoz olib kelishni unutmang.
@bmamadiev
Rossiyaning Ukraina bilan davom etayotgan urushi muddat bo’yicha Sovet Ittifoqining II Jahon urushidagi ishtirokidan o’tib ketibdi.
@bmamadiev
Bir guruh o’zbekistonlik blogerlar Yevropa orqali kemada AQShga yo’l olishgani haqida xabarim bor edi. Mahallamizga yetib kelishibdi.
Manhattan ko’chalarida yurishibdi ayni daqiqalarda.
🙂
@bmamadiev