
Vashington kundaligi
AQSh mustaqilligining
250 yilligi
, O‘zbekiston mustaqilligining
35 yilligi
va
Mustaqillik Kubogining 10 yilligini
birgalikda nishonlaymiz.
🎶
Jonli musiqa, mashhur san’atkorlar bilan uchrashuv va futbol bayramiga marhamat!
Manzil:
📍
760 Oriental Blvd, Brooklyn, NY 11235
🗓
6-sentabr, yakshanba
⏰
12:00–19:00
Barchangizni ushbu katta bayramda kutib qolamiz!
🇺🇸
🤝
🇺🇿
@bmamadiev
2030-yilgacha xususiy kompaniyalar sun’iy intellekt data markazlarini qurish uchun 7 trillion dollar sarflar ekan.
Qiyoslash uchun - bu pulga uch yil davomida hamma xitoyliklarning (1,4 milliard odam) qornini to’ydirish mumkin, deb yozmoqda “Financial Times”.
@bmamadiev
Amerikaliklarning 65 foizga yaqini oylikdan oylikka yashaydi. Bu degani, topgani tirikchilikka yetadi, xolos.
Nimadir favqulodda moliyaviy ehtiyoj yuzaga kelsa, ishlatish uchun qo’shimcha jamg’arib qo’ygan puli yo’q.
@bmamadiev
AQSh yuk tashish bizneslari va yuk mashinasi haydovchilariga qarshi urush e'lon qildi.
Kecha tarqatilgan xabarga ko'ra, Immigratsiya xizmati, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Transport vazirligi birgalikda haydovchilar, haydovchilarni tayyorlovchi maktablar, test markazlari, yuk tashuvchi truck kompaniyalari va ularga litsenziya beruvchi shtat organlari ustigan federal darajada keng ko'lamli tekshiruvlar boshlagan.
Allaqachon 28 ming haydovchi ingliz tilini yetarli darajada bilmagani uchun yuk mashinasini haydash litsenziyasidan mahrum qilingan. 300 ga yaqin haydovchilikka tayyorlash maktablari yopilgan.
Federal agentlar yuzlab truck bizneslari ustidan tekshiruv boshlagan. Ular CDL guvohnomalarini noqonuniy qo'lga kiritish, ishlash huquqiga va tegishli immigratsion maqomga ega bo'lmagan xorijliklarni ishga yollash kabi qonunbuzarliklarda ayblanmoqda.
Yo'llarda yuk mashinalarni to'xtatish va haydovchilarni tekshirish holatlari soni keskin oshgan.
@bmamadiev
Vatanimizning Mustaqillik kuni bayrami muborak bo’lsin barchamizga, azizlar!
@bmamadiev
AQSh sudi kuni kecha Prezident Donald Trampning immigratsion viza berishni to’xtatish haqidagi qarorini
bekor qilgan edi
.
Tramp endi elchixona xodimlarini treningdan o’tkazish vaji bilan immigratsion viza uchun suhbatlar o’tkazishni yana noma’lum muddatga to’xtatdi.
Sodda qilib aytganda, hukumat sud hukmiga amal qilmaslikning qonuniy yo’lini topdi.
@bmamadiev
Nyu-Yorkdagi “Mahalla USA” jamiyati barchani Oʻzbekiston Mustaqilligining
35 yilligi
hamda “Mustaqillik kubogi” futbol turnirining
10 yillik yubileyiga
taklif qiladi!
📅
5–6-sentabr, 2026
🗓
Shanba–yakshanba
📍
Kingsborough Community College
2001 Oriental Boulevard, Brooklyn, NY 11235
Bu yilgi turnir yanada katta va bayramona ruhda oʻtadi:
⚽️
AQShning
15 dan ortiq shtatidan
vatandoshlar jamoalari
🏆
Yuqori saviyadagi futbol va halol raqobat
🎤
Jonli konsert va koʻngilochar dasturlar
🍽
Milliy oʻzbek taomlari
🎁
Oʻyin-kulgilar va sovgʻalar
⭐️
Oʻzbekistondan taniqli futbolchilar va sanʼatkorlar tashrifi
“Mustaqillik kubogi” 2016-yildan beri vatandoshlarni birlashtirib kelmoqda. Oʻtgan 10 yil davomida tadbirda
10 mingdan ortiq mehmon
qatnashib, minglab yangi doʻstliklar shakllandi.
🎉
Oilangiz va doʻstlaringiz bilan keling — birga futbol tomosha qilamiz, bayram qilamiz va Mustaqillik kunini birgalikda nishonlaymiz!
📞
Telefon:
+1 (929) 551-5051
Barchani kutamiz!
🇺🇿
❤️
🇺🇸
@bmamadiev
AQSh federal sudyasi Trump maʼmuriyatining
75 davlat, jumladan Oʻzbekiston fuqarolari uchun immigrant vizalarni ko‘rib chiqishni to‘xtatgan qarorini bekor qildi
.
Sud hukumat butun bir davlat fuqarolariga umumiy taqiq qo‘yish vakolatiga ega emasligini, har bir ariza individual baholanishi kerakligini aytdi.
Endi O‘zbekiston fuqarolari oilaviy, ish va boshqa immigrant vizalar uchun yana ariza topshirishi yoki mavjud arizalarini ko‘rib chiqishni davom ettirishi mumkin.
Tramp qarori immigrant vizalarga tegishli edi. B-1/B-2 turistik vizalar bu taqiq ostida bo‘lmagan.
Hukumat sud qarori ustidan apellyatsiya berishi mumkin.
@bmamadiev
Uyga kelib pochta qutimni ochsam, Nyu-Jersi shtati hokimiyatidan xat kelibdi: o’tgan yili yetti dollar va 70 sent ortiqcha soliq to’lab yuborgan ekanman.
Xohlansagiz, pulingizni qaytarib beramiz; xohlasangiz, uni keyingi yil solig’i uchun ishlating, deyishibdi.
@bmamadiev
Yoshligimdan perfeksionist bo’lganman. Hamma narsam joy-joyida, saranjom-sarishta turishi kerak edi.
O’zimcha kunlik rejalar tuzar edim:
- 5:00: uyqudan uyg’onish;
- 5:30 dan 7:00 gacha: dars qilish
… va hokazo…
Bora-bora bu behudaligini tushunib, ko’p narsani o’z holiga tashlab qo’yadigan bo’ldim.
Lekin perfeksionizmning asoratlari haligacha yo’qolmagan: e-mail va telefon xatlari, ilovalardan keladigan eslatmalar ochilmagan holda turishi jig’imga tegadi. Yo ochib o’qiyman yoki o’chiraman.
Hatto ichki kiyim va paypoqlarimgacha tartib bilan taxlangan holda turishi kerak.
Har qalay, boshqalardan buni talab qilmaslikni, kutmaslikni o’rgandim. Bu ham aslida katta o’zgarish.
🙂
@bmamadiev