
Baxtli onalik
...Lekin hech bo'lmaganda bir marta yozishga urinib ko'ring, shunda yozuvchining ishi tashqaridan ko'rinadigan darajada oddiy emasligini tushunasiz.
Yo‘qdan bor qilishning bu butun jarayoni – stol atrofida o‘tirish; irodani lazer nuridek bir nuqtaga jamlash; syujet yaratish; so‘zlarni birma-bir terish; hikoya ipi uzilib yoki chigallashib qolmasligining g‘amini yeyish – bu ishdan bexabar odamlar o‘ylaganidan o‘nlab karra ko‘proq kuch talab etadi. Yozuvchi tashqi olamda emas, o‘z ichki dunyosida doimiy harakatda bo‘ladi. Uning bu og‘ir va mashaqqatli ichki mehnati esa begona ko‘zlardan pinhondir.
©
Murakami
https://t.me/Izzatillo_Olim
#Adib_bilan_yuzma_yuz
#Prezident_maktabi
#Kitobxonlik
📚
“Adib bilan yuzma-yuz” — ijod va kitobxonlik haqida samimiy muloqot!
🏫
22-oktabr kuni Farğona şahridagi Prezident maktabida
6-sinf öquvçilari iştirokida bolalar yozuvçisi
Ibrohimova Gulçiroy Asqarali qizi
bilan “Adib bilan yuzma-yuz” mavzusida oçiq muloqot va ijodiy uçraşuv ötkazildi.
💬
Uçraşuv davomida öquvçilar adiba bilan fikr almaşib,
kitobxonlik, ijodkorlik va ona tilining jozibasi
haqida suhbatlaşdilar. Samimiy muloqot yoş kitobxonlarga adabiyot olamiga yanada yaqindan nazar taşlaş, öz fikr va qiziqişlarini ifoda etiş imkonini berdi.
🌱
Mazkur uçraşuv öquvçilarning kitob mutolaasiga qiziqişini oşiriş, ijodiy fikrlaşini rivojlantiriş hamda ona tilimizga mehr va ehtirom tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qildi.
✨
Kitobga mehr — bilim va ijod sari muhim qadam!
🌐
Telegram manzilimiz
|
Facebook sahifamiz
|
Web sahifamiz
Biz ba'zan baxt bilan ham sinalamiz. Uning sinovi og'irroq.
https://t.me/bolajontwins
Keling, salomatlik, baxtli oila va farzandlarimizning go‘zal bolaligi sari birgalikda qadam tashlaymiz!
Bugun internetda ma’lumotlar juda ko‘p. Ammo ular orasidan ishonchli, foydali va ilmiy asoslangan tavsiyalarni topish har doim ham oson emas.
Ayniqsa, sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, ruhiy xotirjamlik va farzand tarbiyasi haqida gap ketganda.
Shu sababli siz uchun ajoyib to‘plam tayyorlandi! Undan milliy qadriyatlarimizni e’zozlaydigan, ilm-fanga tayanadigan va kundalik hayotingizda asqotadigan 23 ta Telegram kanali va guruhini topasiz.
✔
Endi foydali manbalarni izlab, vaqtingizni sarflashingiz shart emas. Barchasi bir joyda, bitta havola orqali!
💚
To‘plamga qo‘shiling:
https://t.me/addlist/PIB-IlQHQFo4ZWRi
O‘zingiz, oilangiz va farzandlaringiz kelajagi uchun foydali bilimlar sari yo‘l oching. Ushbu havolani saqlab qo‘ying va yaqinlaringiz bilan ham ulashing!
Odam o‘ziga bahoni baland qo‘ygandan ko‘ra, sifati va qiymatini oshirgani maʼqul.
Tajvidda «التجويد على السامع» dеgan qoida bor — «Kishining Qurʼonni qanday o‘qishi, uni eshitganning bеrgan bahosiga ko‘ra (belgilanadi)», dеgani.
Yaʼni, odam o‘zini o‘zi baholamaydi. Bahoni baholashga qodir, xolis va tajribali odam beradi.
Borini boricha aytgan odamdan o‘pkalash, ko‘ngil uchun yo‘q narsalar bilan maqtaydiganlarga ishonish, o‘zida yo‘q narsa bilan sifatlanishni sеvish — ixtiyoriy aldanishdir.
Qurʼoni karimda bunday kishilar:
{وَيُحِبُّونَ أَنْ يُحْمَدُوا بِمَا لَمْ يَفْعَلُوا}
«Qilmagan narsalariga maqtalishni suyadiganlar»* dеb nomlanadi.
Bizni xatolarimizni tekshirish saviyasida bo‘lmagan, ishqiboz kishilarning madhlari aldab qo‘ymasin.
Inson chindan o‘sishni, oldinga siljishni istasa, kamchiliklarini qabul qilishi, xolis (!) va mutaxassis (!) kishi bildirgan mulohazaga quloq tutib, o‘z ustida ishlashi kеrak.
Tajviddami, boshqa narsadami, to‘g‘rilanish — kamchilikni tan olishdan boshlanadi, doimo.
*Oli Imron/188
@qizingizyozdi
Agar ayol turmush o'rtog'idan aqlli bo'lsa-yu, buni unga sezdirmasa rostdan ham aqlli ayol.
Sezdirib qo'ydimi, demak u aqlsiz.
https://t.me/bolajontwins
Tuxum uchun tosh bilan toʻqnashish foydasiz.
—
Tay xalq maqoli
@oriftolib
|
Sahifalarimiz
Shu kunga qadar eng amin bo'lganim:
Agarki bir nimaga erishish uchun chin dildan harakat qilar, Hudodan so'rar ekanmiz, Alloh uni bizga bermaslikka shuncha ko'p hayo qilar ekan.
https://t.me/bolajontwins
-Bekor pul berdingiz. U sizni aldadi. Hech qanday cho'loq emas. Oyog'i soppa-sog'.
-Bilaman. Meni aladaganini ham. Hozir pulni kotarib borib huv do'kondan biror narsa sotib olishini ham bilaman.
-Unda nega shuncha pulni berib yubordingiz?
-Shunchaki bir insonning yuzida quvonchni ko'rgim keldi. Aldasa meni aldabdi-da. Muhimi xursand bo'lsin. Axir dunyoda puldan-da qimmatli narsalar bor-ku...
https://t.me/bolajontwins
Ba'zan dangasaligim tutib qoladi. E, senga nima Gulchiroy? Mazza qilib damingni olsang-chi, deyman. Shunday vaqtlarda ish stolim tepasida menga qarab turgan dadajonimga qarayman-u, shahd bilan ijodga, ishga sho'ng'iyman. Axir men dadasining butun orzu-umidlari yo'g'rilgan qiziman. Shunchaki yashashga haqqim yo'q.
https://t.me/bolajontwins