Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Baxtli onalik

bolajontwins
Onalik baxti; Ota-ona halovatiga erishish; Yetuk insonni tarbiyalash kabi muhim masalalarga yechim izlaymiz. Ushbu kanaldan tarbiyaviy va axloqiy kitoblarni pdf shaklda sotib olishingiz mumkin. Murojaat uchun: @Baxtlibolajonn
Подписчики
4 650
24 часа
30 дней
-50
Просмотры
588
ER
12,65%
Посты (30д)
23
Символов в посте
672
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Прочая
Пол аудитории
Смешанная аудитория
Возраст аудитории
-
Финансовый статус аудитории
Смешанный
Профессии аудитории
Прочие
Краткое описание
-
June 10, 08:10

Yoshligimda " Alvon yelkanlar" filmini sevib tomosha qilardim. Undagi bosh qahramon qizning gullar, qushlar bilan suhbatlarini miriqib kuzatar, taqlid ham qilardim.
☺️
Hamma tentakka chiqarsa-da, o'z orzulariga ishongan, jamiyatning qarichi bilan o'lchangan emas, o'z olami bilan yashaydigan, qalbi go'zal qizga o'xshagim kelardi. Men umuman shunday tipdagi mo'jizaviy filmlar-u, ertaklarga juda-juda ishonardim. Hozirda o'ttizdan o'tgan " kattakon ayolga"
☺️
aylangan bo'lsam-da, o'sha vaqtdagi mo'jizalarga ishonchim sira o'zgarmadi. Hayotimda shunday kunlar bo'ldiki, atrofdagilarga ahmoqdek, qo'lidan ish kelmas odamdek ko'rindim. Lekin o'z yo'limdan qaytmadim. Hozir ham ba'zan hayotimda muammolar paydo bo'lsa, o'zimni dev yoki maxluq bilan olishayotgandek his qilaman-da, agar o'zligimni yo'qotib qo'ymasam, qalbim pokizaligicha tursa ajoyib mo'jiza yuz beradi-yu, hammasi yaxshi bo'ladi deyman. Rostdan ham bu sodir bo'ladi.
https://t.me/bolajontwins

June 09, 07:59

Kundalik tutaman. Unga kunlik rejalarim va o'zim uchun eslatmalar yozaman. Bir-bir varaqlasam, yillar davomida, alhamdulillah, ko'p rejalarimni amalga oshirib, ro'yhatdan asta-sekin tushiribman(ularning ba'zilari juda kulguli ham tuyuladi hozir). O'rniga yangilarini qo'yibman. Ammo o'zimga, nafsimga qarata aytilgan eslatmalarim ortsa ortibdiki, kamaymabdi. Ularda deyarli shunday qaydlar bor: "Xayolingda ham birovni muhokama qilma, Gulchiroy", " jahling chiqqanida javob qaytarma, Gulchiroy", " Yolg'on gapirma, Gulchiroy", " kam gapir, Gulchiroy," " Bandalariga bog'lanib olma, Gulchiroy".
Ba'zan hayotimda shunaqangi paytlar bo'ladiki, eslatmalarimni amalda qo'llay olishim sinovdan o'tayotgandek. Ba'zan uddasidan chiqsam, ko'p hollarda qayta-qayta xatolar qilaman. O'ylab qarasam, har qanday muvaffaqiyat hissi o'zimni yenga olganimdagi muzaffarlik hissiga teng kelolmas ekan. Ba'zan yuzimga qarab chidash qiyin gaplarni gapirayotgan kishini " boplab qo'yishdan" o'zimni tiya olganim uchun o'zimni shunaqangi sevib ketamanki, tort va gul sovg'a qilgim keladi.
https://t.me/bolajontwins

June 08, 10:49

Bir dugonam aytyapti. Uyiga kichik sinfda o‘qiydigan o'quvchisi mehmon bo‘lib kelibdi. Rosa o'ynab, mehmon bo'libdi
☺️
.
Kech kirib qolgach, dugonam :
"Qolaver bugun", debdi.
Bolakay esa qattiq hijolat chekib:
" oyimdan so‘ramabman-ku..." debdi.
😊
Dugonam kulib yuboribdi. Chunki bu gapni u shunchaki odob yuzasidan aytgandi.
Lekin bolakay uchun bu oddiy takalluf emas, haqiqiy taklif edi.
Buni eshitgach o‘ylab qoldim.
Biz juda g‘alati dunyoda yashaymiz.
"Kelib turing" deymiz, lekin ko‘pchilikning kelishini istamaymiz.
"Bir kun albatta uchrashamiz" deymiz, ammo rejamizda bunaqa uchrashuv yo‘q.
"Xafa emasman" deymiz, aslida esa ichimiz to‘la ranj.
Yillar davomida bu ikki qavatli tilga shu qadar ko‘nikib qolganmizki, hatto bunga nom ham topganmiz: muomala, odob, madaniyat...
Bolalar esa hali bunday dunyoni bilishmaydi.
Ular "qolaver" deyilsa, qolish mumkin deb o‘ylashadi.
"Kelaman" deyilsa, albatta keladi deb kutishadi.
"Yaxshi ko‘raman" deyilsa, bunga shubha qilishmaydi.
Shu bois ham bolalar adabiyotidagi eng sevimli qahramonlar bizga yaqin tuyuladi.
The Little Prince qahramoni ham kattalarning sun’iy dunyosini tushunolmagandi. Chunki bolalar uchun haqiqat bitta bo‘ladi.
Balki shuning uchun ham bolalik bizga mo‘jiza bo‘lib ko‘rinadi.
Aslida mo‘jiza bolalarda emas.
Mo‘jiza shundaki, ular hali so‘z va qalbni bir-biridan ajratishni o‘rganib ulgurmagan.
https://t.me/bolajontwins

June 06, 07:57
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

Katta orzular kichik qadamlar bilan boshlanadi!
Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida “TayanchLab Books” kitobxonlar klubi qoshida bolajonlarimiz uchun navbatdagi ajoyib loyiha —
“Kichik daholar” klubi
o‘z faoliyatini boshladi!
Bugun klubning ilk mashg‘uloti ko‘tarinki kayfiyatda va qizg‘in muhitda bo‘lib o‘tdi. Bilimga chanqoq, izlanuvchan va ijodkor bolalar bir maydonda jam bo‘lib, o‘zlarining ilk qadamlarini tashlashdi.
“Kichik Daholar” klubi — bu:

Kitob mutolaasi;

Mantiqiy fikrlash;

Nutq madaniyati;

Ijodkorlik va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish maskani.
📅
Har shanba kuni
🕚
Soat 11:00 da
📍
Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida
Siz ham “Kichik daholar” safida bo‘ling!
Kelajak daholari aynan shu yerda tarbiyalanmoqda!
🚀

June 02, 01:12

Bolajonlarning qo'lida kitoblaringni ko'rishdan ortiq baxt bormi?!

June 02, 01:11
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Kunning eng yorqin lahzalari
💫

Do‘konimiz bolajonlarning beg‘ubor kulgisi va quvonchiga to‘ldi!
Bugungi unutilmas kun, qiziqarli o‘yinlar va shirin lahzalardan olingan eng yorqin lavhalarni birgalikda tomosha qilamiz
🥰
📚
@bookuzbekistan

June 01, 15:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ҳар куни янги билим, янги ғоя ва янги имкониятлар керакми
❤️
Яқинроқ келинг, Сизга айтадиганларимиз бор…
🥰
❤️
Саломатлик ва соғлом турмуш тарзи
❤️
Руҳият ва ривожланиш
❤️
Таълим ва тарбия
❤️
Шахсий ривожланиш
❤️
Фойдали маслаҳатлар ва қизиқ суҳбатлар
❤️
Ноанъанавий рецептлар
Буларнинг барчасини миллий қадриятларимизга мос бўлишини истайсизми
❤️
Барчаси шу ерда… бир жилдда…
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
https://t.me/addlist/wD-OJmUPkPJjZTAy
Сизни сафимизда кўришдан мамнунмиз

May 31, 07:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

| Qisqa metrajli film |
"Evrilish - Keraksiz boʻlib qolish dahshati"
Yaqinlaringiz sizni nima uchun qadrlashadi? Ular uchun qay darajada ahamiyatlisiz? Pul topishingiz, mehr-muhabbatingiz, obroʻ-eʼtiboringiz va yana nimalar uchun keraksiz? Aytaylik, siz bir kunda ularning hammasidan ajrab qolsangiz ular qanday yoʻl tutishadi?
"Evrilish" - ana shunday savollar bilan qiynovchi falsafiy kuchga ega hikoya.
@Dilobarxon_Abdulfattohova

May 31, 05:07
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#muallima_onalar
🪐
IYUN OYI MAVZUSI: “Koinotni o’rganamiz
🪐

😀
IYUN oyi uchun qabul ochiq!
🌌
Bolalar uchun:
• Neyrogimnastika
• Motorika va koordinatsiya
• Boshlang‘ich matematika (tabiat orqali)
• Tillar va Science
• Amaliy darslar
• Inglizcha kitob mutolaasi (tarjimasi bilan)
• Mental arifmetika
• Ertak terapiya
• Bolalar bilan suhbat
🧑‍🚀
Onalar uchun:
• Tayyor o‘quv qo‘llanmalar
• Kitob muhokamasi
• Ruhiy tarbiya vazifalari
• Podcast va suhbatlar
• Ingliz tili darslari
🛸
IYUN oyida mutolaa qilinadigan kitob:
“Nabaviy Tarbiya”
🎤
Maxsus mehmonlar:
🌟
Gulchiroy Asqarali qizi
🌟
Oisha Davlatova
❤️
Oylik obuna:
60 ming so‘m
(nechta farzandingiz bo‘lishidan qat’i nazar)
👍
Klub 0–7 yosh bolalar va ularning onalari uchun mo‘ljallangan.
🚀
@Muslima_Mukhiddinovna
ga murojaat qiling

May 29, 23:08
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yangi do'stlarimiz
😍
😍
😍
Bu safar badiiy adabiyotlardan ko'proq oldim.
Chingiz Aytmatovni yozish uslubi yoqadi. Faqat shu kitobi bor ekan. Hamma kitobi bo'lsa bittadan olmoqchi edim. Afsus...
Erkin Malik kitoblari katta o'g'limga mos tushyapti.
His tuyg'ularga oid Gulchiroyni kitoblaridan oldim: Quvonchimni qidiryapman, Endi xafa bo'lmayman. Hayratimni topdim, Jahlimni yo'qotyapman.
Abdulla Qahhorni Bemor hikoyasi, Chumolilar saltanati katta o'g'limga o'qib berib, lug'atlarni ma'nosi bilan o'rgatib ketaman.
https://t.me/+h5_gejyCtYE2MTAy