
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
🌐
Bugungi kunda internet va raqamli texnologiyalar
bolalar uçun bilim oliş, muloqot qiliş va yangi imkoniyatlarni kaşf etiş
maydoniga aylandi.
🖥
Biroq virtual makonda ular turli
xavf-xatarlarga ham duç kelishi mumkin.
🛡
Şu bois bolalarni i
nternetdagi zararli axborotlar, firibgarlik, virtual tazyiq va boşqa kiberxavflardan himoya qiliş,
ularda raqamli savodxonlik va xavfsiz internetdan foydalaniş könikmalarini şakllantiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
⚠️
Hurmatli ota-onalar va pedagoglar
bolalarning raqamli olamdagi faoliyatiga befarq b
ö
lmang!
Zero, bolaning xavfsizligi
nafaqat real hayotda, balki raqamli makonda ham ta’minlani
ş
i
ş
art!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said “Al-Aʼlam” saroyida
uchrashuv
oʻtkazdilar.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Султан Омана Хейсам бин Тарик Аль Саид провели
встречу
во дворце «Аль-Алам».
#Mirziyoyev
#tashrif
#Umon
#uchrashuv
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
#Qonun
#bola_huquqlari
📝
Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qilişga qaratilgan yangi qonun bilan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
72 va 73-moddalariga özgartirişlar kiritildi.
🖥
Jinoyat kodeksining
72-moddasiga kiritilgan qöşimçaga muvofiq:
❗️
bolaning ölimiga sabab bölgan qasddan sodir etilgan jinoyat uçun
hukm qilingan şaxsga nisbatan şartli hukm qiliş qöllanilmaydi.
🖥
73-moddaga kiritilgan özgartish esa:
❗️
bolaning ölimiga sabab bölgan qasddan sodir etilgan jinoyat uçun
jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilişni qöllaşga çeklov belgilaydi.
🚨
Bu normalar bola hayotiga qarşi qaratilgan
qasddan sodir etilgan jinoyatlar uçun javobgarlikni kuçaytirişga
qaratilgan.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
✨
20-noyabr — Butunjahon bolalar kuni munosabati hududlarda bolalar bilan oçiq muloqot!
📍
Har bir bolaning öz orzusi, ğoyasi va amalga oşirişni istagan taşabbusi bor. Muhimi, ularni tinglaş, qöllab-quvvatlaş va röyobga çiqariş uçun imkoniyat yaratişdir.
🇺🇿
Şu munosabat bilan Özbekiston bolalar taşkiloti, Bolalar ombudsmani hamda Yoşlar işlari agentligi hamkorligida
“Bolalik formulasi”
nomli oçiq muloqot taşkil etiladi.
⚡️
Hududlarda boşlanadigan oçiq muloqotda 10-18 yoşdagi quyidagi yönalişlarda faol bolalar iştirok etib, öz loyihalari, takliflari hamda yangi ğoyalari bilan örtoqlaşadilar:
🔵
Salomatlik va soğlom turmuş tarzi;
🔵
Raqamli xavfsizlik;
🔵
Böş vaqt va foydali maşğulotlar;
🔵
Iste’dodlarni qöllab-quvvatlaş;
🔵
Bolalar va ekologiya;
🔵
Sun’iy intellekt va bolalar;
🔵
Moliyaviy savodxonlik;
🔵
Yöl harakati xavfsizligi;
🔵
Ta’lim va yangi imkoniyatlar.
💡
Sizda ham bolalar hayotini yaxşilaşga, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilişga, ta’lim, salomatlik, ekologiya, raqamli xavfsizlik yoki boşqa yönalişlarda yangi imkoniyatlar yaratişga qaratilgan loyiha yoki ğoya bormi?
Unda aynan hozir bizga
yuboring
:
https://forms.gle/7G8VgAHPKnmN7Dy19
Unutmang, bolalarning fikri muhim, ularning ğoyalari esa kelajak uçun katta imkoniyatdir!
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube
🏠
Endilikda mahkuma ayollarning farzandlari u
ç
un maxsus boğça ta
ş
kil etiladi.
🎚️
Har bir bola, uning
oilaviy şaroiti va yaşaş joyidan qat’i nazar,
soğlom ösiş, mehr va parvariş hamda ta’lim- tarbiya oliş huquqiga ega.
✍️
Şu munosabat bilan, 2026-yil 12-noyabrda davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan
(
PQ–395-son
) qaror bilan jazoni ijro etiş muassasalarida jazo ötayotgan mahkuma ayollarning farzandlarini
maktabgaça ta’lim xizmatlari bilan qamrab oliş tizimi takomillaştirilmoqda.
✅
Xususan, 2026-yil 1-dekabrdan 21-son jazoni ijro etiş koloniyasi qoşidagi
Bolalar uyi negizida
hamda 42-son manzil-koloniyada 3 yoşgaça bölgan bolalar uçun «
Ona va bola markazlari
» taşkil etiladi.
📥
Mazkur markazda bolalarning yaşaşi va keça-yu kunduz parvariş qilinişi,
jismoniy va intellektual rivojlanişi,
oziq-ovqat, kiyim-keçak bilan ta’minlanişi, şuningdek, o‘z vaqtida
tibbiy körikdan ötkaziş va emlaş
çoralari köriladi.
✅
Uşbu qaror bolalarning
huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş,
ularning soğliği, xavfsizligi va barkamol rivojlanişi uçun
zarur institusional şaroitlar
ni yaratişga qaratilgan.
❗️
Zero,
bolaning kelajagi har qanday şaroitda
ham işonçli himoya qilinişi shart. Har bir bola baxtli bolalikka,
ğamxörlikka va teng imkoniyatlarga
haqlidir.
Bolalarni zoʼravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirish odi yangi qonun normalari va ularni amaliyotga joriy etish masalalari Oliy sudda tashkil etilgan davra suhbatida muhokama qilindi
Veb-sayt
I
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
YouTube
🖥️
Kuni keça Bolalar ombudsmanining
navbatdagi şaxsiy qabuli
ötkazildi.
🎤
Qabul davomida quyidagi masalalar yuzasidan fuqarolar murojaat qildilar:
1️⃣
Voyaga yetmagan farzandi nutqi
rivojlanişidagi muammolar
tufayli sinfdoşlari bilan muloqot qiliş hamda
ijtimoiy muhitga moslaşişda qiyinçilik
va qörquv kuzatilayotganini bildirib, farzandiga
malakali psixolog yordamini taşkil etişda
amaliy kömak söragan ona murojaati;
2️⃣
Ajrim nizosidagi
ota-ona örtasidagi kelişmovçiliklar oqibatida
ota voyaga yetmagan farzandiga nisbatan
ruhiy zöravonlik sodir etayotganligini
töğrisidagi murojaat;
3️⃣
Sobiq turmuş örtoği tomonidan
voyaga yetmagan farzandlariga ruhiy bosim ötkazilayotgani,
buning oqibatida bolalarning salomatligida
salbiy özgarişlar va stress aloma
tlari kuzatilayotgani töğrisida bildirilgan şikoyat;
⚠️
Yuqoridagi holatlar böyiça Bolalar ombudsmani öz vakolati doirasida
tizimli örganişni boşladi.
Bugun Oliy sudda O'zbekiston ayol sudyalar assosiatsiyasi hamda Sudyalar oliy kengashi hamkorligida
«Bolalarni zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirish: yangi qonun normalari va ularni amaliyotga joriy etish masalalari»
mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Tadbirdaning asosiy maqsadi bolalarni zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonunchilikdagi yangiliklarning mazmun-mohiyatini keng muhokama qilish, yangi huquqiy normalarni amaliyotga samarali tatbiq etish masalalarini ko'rib chiqish hamda mas'ul tashkilotlar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo'ldi.
Davra suhbatida davlat organlari, sudyalar hamjamiyati, xalqaro tashkilotlar, prokuratura, advokatura, ta'lim va ijtimoiy himoya sohalari vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar zo'ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo'lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish, tergov va sud jarayonlarida ularning manfaatlari hamda xavfsizligini ta'minlash masalalariga to'xtalib o'tdilar.
Tadbir yakunida ochiq muhokama va savol-javoblar tashkil etilib, yangi qonun normalarini amaliyotga tatbiq etishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar, idoralararo hamkorlikni takomillashtirish va mavjud huquqiy mexanizmlar samaradorligini oshirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Davra suhbati bolalarni zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishda qonunchilik normalarini to'g'ri va samarali qo'llash, bolalarga do'stona odil sudlov tamoyillarini mustahkamlash hamda bu yo'nalishda mas'ul tashkilotlar hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan muhim muloqot maydoni bo'ldi.
Veb-sayt
I
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
YouTube
🚨
Ijtimoiy tarmoqlarda tibbiy muassasada bolalar bilan boğliq tarqalgan holat yuzasidan
✍️
Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan tarzda örganilmoqda.
🎚️
Dastlabki ma’lumotga köra, tarqalgan videotasvirlarda aks etgan holat
Respublika bolalarning tibbiy reabilitatsiyasi markazida
bölib, ushbu muassasada davolanayotgan bolalar tozalaş işlarini bajarişga jalb etilgan.
⌛
Holat yuzasidan Bolalar ombudsmanining
Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili joyiga çiqqan holda
bolalarning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligi böyiça örganish olib bormoqda.
✍️
Ayni vaqtda
Soğliqni saqlaş vazirligi
tomonidan tuzilgan işçi guruh
ushbu holatning barça tafsilotlari,
bunga yöl qöygan mas’ullarning xatti-harakatlarini örganmoqda.
🔴
Bolalar ombudsmani holat yuzasidan öz kuzatuvini davom ettiradi.
✅
Bu borada
qöşimça tarzda axborot taqdim etiladi.
🔴
Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi
.
📌
Bugun, Özbekiston Respublikasi Oliy sudida
«Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimini takomillaştiriş. Yangi qonun normalari va ularni amaliyotga joriy etiş masalalari
» mavzusida amaliy davra suhbati bölib ötdi.
✍️
Tadbirda Özbekiston ayol sudyalari assotsiatsiyasi, Sudyalar oliy kengaşi, Bolalar ombudsmani, UNICEF, Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi, Advokatlar palatasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boşqa
mas’ul idoralar vakillari iştirok etdilar.
⌛
Muloqot doirasida bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş,
bolalar uchun xavfsiz muhit yaratiş,
bolalarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlarni
tergov qiliş va sudda körib çiqişning öziga xos jihatlari
muhokama qilindi.
🎤
Öz navbatida, Bolalar ombudsmani öz nutqida tergov va sudda jabrlanuvçi-bolani har qanday zarar yetkazişdan asraşga tayangan
yagona professional yondaşuvni joriy qiliş -
tezkor idoralararo hamkorlik,
bolani psixologik va huquqiy qöllab quvvatlaş
, uni döstona va sezgir tarzda söroq qiliş taktikasi va boşqa protsessual harakatlarni maxsus ötkazilişini közda tutadigan y
agona standart protokol
amal qilişi zarurligini alohida ta’kidladi.
🎚️
Davra suhbati yakunida bolani işonçli himoyalaşga oid
yangi qonun normalarini amaliyotga tatbiq etiş
jarayonida mavjud muammolarni hal etiş,
sudyalar kompetensiyasini oşiriş,
idoralararo hamkorlikni kuçaytiriş va
bolaning eng ustun manfaatlarini sözsiz ta’minlaş
yuzasidan özaro amaliy işlarni davom ettirişga kelişildi.