
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
📌
Bugun Bolalar ombudsmani Toshkent shahar IIBB
vaqtincha saqlash hibsxonasida
monitoring o‘rganishini
olib bordi.
🖥
Bugungi kunda muassasada saqlanayotgan
voyaga yetmaganlar mavjud bo‘lmay,
monitoring davomida kameralardagi sharoitlar belgilangan standartlarga mosligi, xususan,
yotoq, ovqatlanish va saqlanish sharoitlari
sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiqligi holati hamda
tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi
ko‘zdan kechirildi.
❗️
Aytish joizki, muassasada voyaga yetmagan bolalarni vaqtincha saqlash uchun
shart-sharoitlar belgilangan standartlarga mos ravishda ta’minlangan
bo‘lsa-da, ayrim kamchiliklar qayd etildi.
✅
Monitoring yakunida Bolalar ombudsmani muassasa rahbariyatiga voyaga yetmaganlar huquqlarini ta’minlashga oid
tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar
berdi.
📝
Avval xabar berganimizdek
,
Bolalar ombudsmani joriy yilning iyun oyida Sirdaryo viloyatidagi 8-son tergov hibsxonasiga
monitoring tashrifini amalga oshirib
, o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan yuqori turuvchi mutasaddi organga
taqdimnoma kiritdi.
✅
Natijada, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, hibsxonada saqlanayotgan
voyaga yetmaganlarning saqlash sharoitlarini yaxshilash
hamda ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berish borasida qator ishlar amalga oshirildi.
🎤
Jumladan
,
- Barcha kameralarda
(
shu jumladan, voyaga yetmaganlar saqlanayotgan kameralar)
sanitariya
dezinfeksiya
ishlari olib borildi.
- Hibsxonada saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning yoshi, jismoniy
rivojlanishi va tarbiya darajasidan kelib chiqib,
tartibot binolarida alohida kichik hajmli (
6 o‘rinli
), har biriga yashash maydoni belgilangan standartda
3 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan,
kameralar ajratilib,
tegishli tartibda jihozlandi.
- Voyaga yetmaganlarni qonunchilikdagi saqlash talablari buzilishiga yo‘l qo‘yganligi uchun 2 nafar xodimga nisbatan “
Hayfsan
”
intizomiy jazo chorasi
qo‘llanildi.
❗️
Hozirda, hibsxonada voyaga yetmaganlar qonunda belgilangan barcha sharoitlar bilan ta’minlanib, ularning
qonuniy manfaatlariga zid holatlarga
chek qo‘yildi.
🖥
Bolalar ombudsmani tergov hibsxonalaridagi voyaga yetmaganlarni
huquq va erkinliklariga rioya etilishi,
ularga minimal standartlar asosida zaruriy muhit yaratilishi bo‘yicha
o‘z kuzatuvini
davom ettiradi.
#Иқтибос
#ХалқПрезиденти
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, moliyaviy institutlar, yetakchi xorijiy kompaniyalar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan
samimiy qutlovlar
kelmoqda.
—
В адрес Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева поступают
сердечные поздравления
по случаю дня рождения от глав иностранных государств, правительств и парламентов, авторитетных международных и региональных организаций, финансовых институтов, ведущих зарубежных компаний, видных общественных и религиозных деятелей.
#Mirziyoyev
#qutlovlar
#hamkorlar
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
📌
Bugun
«Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shma umumlashtirish yig‘ilishi»
bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda IIV, Bosh prokuratura, Oliy sud, Bolalar ombudsmani,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi mas’ullari hamda tegishli idoralar, NNT vakillari va jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.
🔴
Muloqot davomida ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda erta nikoh holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, mazkur yo‘nalishda mutasaddilar ko‘rayotgan choralarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
🟢
Shuningdek, idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi xabardorligini oshirish, sohada mavjud muammolarni aniqlash hamda hal etish yuzasidan fikr almashildi.
🤝
Yig‘ilish yakunida ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilish, bu yo‘nalishda profilaktik ish samaradorligini yanada oshirish hamda idoralararo hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishildi.
#BRIFING_2026
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili axborot xizmati brifingida
2026-yilning dastlabki yarim yilidagi faoliyat haqida axborot berildi
.
✍️
Jumladan
:
💬
Joriy yilning 1-yarmida Bolalar ombudsmani nomiga
1147 ta murojaat
kelib tushdi.
⛓️💥
O’rganishlar asosida bolalarga nisbatan
zo‘ravonlik holatlariga oid 8 ta jinoyat ishi
hamda
15 ta ma’muriy ish
qo‘zg‘atilgan;
❌
Asossiz ravishda jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi
6 ta qaror prokuror tomonidan bekor qilinib,
qayta o‘rganish uchun yuborilgan.
🏫
bola o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan muassasalarga jami
56 marotaba monitoring tashriflari
amalga oshirilib, u erda saqlanayotgan
1289 nafardan ortiq bolalar bilan yakka va jamoaviy uchrashuv
hamda suhbatlar o‘tkazildi.
📝
bola huquqlari buzilishi yuzasidan jami
18 ta
- 4 ta ogohlantirish, 7 ta taqdimnoma,
5 ta xulosa
, 2 ta sud hujjati ustidan protest keltirish to’g’risida
iltimosnoma
kiritildi.
🖥
Bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga oid
43 ta normativ-huquqiy hujjat
loyihalariga takliflar berildi.
🎬
Bola huquqlari sohasida milliy qonunchilik va xalqaro standartlarni targ‘ib qilish hamda bola manfaatlari himoyasiga oid
1048 ta media-material
jamoatchilikka e’lon qilindi.
🗓
Bolalar ombudsmani Yunisef bilan hamkorlikda “
Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida
”gi qonundan xabardorlikni o‘rganish maqsadida
9500 nafardan ortiq bolalar o‘rtasida ijtimoiy so‘rov
o‘tkazildi.
✈️
Bolalar ombudsmani, xorijiy va milliy mutasaddi idoralar sa’i-harakati bilan jami
22 nafar bola xorijdan Vatanga qaytarildi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
📌
Kuni kecha Bolalar ombudsmani hamda UNICEF ning O’zbekistondagi vakolatxonasi vakillari o‘rtasida
amaliy
uchrashuv
bo‘lib o‘tdi.
✅
Muloqot davomida tomonlar bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida
birgalikda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarning borishi
hamda ularni
bosqichma-bosqich samarali davom ettirish
masalalarini muhokama qildilar.
🎤
Bolalar bilan ishlashda do‘stona yondashuv kompetensiyasini shakllantirish,
odil sudlovda bolalar imkoniyatlariga oid
xalqaro va milliy standartlarini keng tatbiq qilish, bolaning individual ehtiyojlarini baholash mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, bolalarga taa’luqli vaziyatlarda
shaxsiy daxlsizlik va maxfiylik tamoyillariga rioya etish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
❗️
Shuningdek, bola manfaatlarini himoya qilish sohasida faoliyat yurituvchi
mutaxassislarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish,
hududlardagi mas’ul xodimlar salohiyatini kuchaytirish hamda bola huquqlarini ishonchli ta’minlashga qaratilgan barqaror
mexanizmlarni yanada rivojlantirish
muhimligiga e’tibor qaratildi.
🤝
Uchrashuv yakunida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha
hamkorlikni barqaror davom ettirish
, qo‘shma tashabbuslarni samarali amalga oshirish va
tajriba almashinuvini yanada kengaytirishga
kelishib olindi.
#PrezidentUZ
Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident!
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
📌
Bugun Bolalar ombudsmani, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Bolalar kontentini rivojlantirish markazi o‘rtasida
amaliy muloqot
bo‘lib o‘tdi.
🎤
Suhbat davomida bugungi kunda bolalarga nisbatan
zo‘ravonlik holatlarini oldini olish
, ijtimoiy zaif vaziyatdagi bolalar bilan ishlashda
ota-onalar mas’uliyati
hamda bola huquqlari, uning jamiyatdagi qadri borasida
ijtimoiy tafakkurni shakllantirishga
oid qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha
o‘zaro fikr almashildi.
🚨
Ta’kidlash joizki, bugungi global axborot zamonida
bolaning axborotga ega bo‘lish erkinligi
va bolani zararli axborotdan himoyalash o‘rtasidagi
muvozanatga erishish
dolzarb muammolardan biridir.
❗️
Shu nuqtai nazardan
bola ruhiyatiga va uning kelgusidagi hayotiga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan zararli kontentdan xoli,
xavfsiz milliy platformalarni yo‘lga qo‘yish
, shuningdek, bolaning eng ustun manfaatlariga tayangan
milliy kontentni yaratish
nihoyatda muhimdir.
✅
Muloqot yakunida taraflar
bolalar uchun xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlash,
ijtimoiy tarmoqlarda bolalar uchun zararli kontent tarqalishini oldini olish hamda
bola huquqlarini targ‘ib etuvchi kreativ zamonaviy axborot
va media mahsulotlarini yaratish yo‘nalishida
amaliy hamkorlikni kengaytirish
yuzasidan kelishuvga erishildi.
📌
Jizzaxda profilaktika inspektorlari uchun bola huquqlari borasida o‘quv-seminari tashkil qilindi.
🚨
IIV, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz hamda Bolalar ombudsmani hamkorligida Jizzax viloyati IIB va Zomin tumani IIBda
hududiy profilaktika katta inspektorlari uchun
xizmat faoliyatida bola huquqlarini ta’minlashga oid bilimlarini mustahkamlash, shuningdek,
voyaga yetmaganlar huquq buzarliklari
profilaktikasini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish maqsadida
o‘quv-seminari
o‘tkazildi.
✅
Mashg‘ulotlar davomida
voyaga yetmaganlar bilan maxsus ishlashning huquqiy asoslari,
murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va qonuniylikni ta’minlash masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
⭐️
Tadbir yakunida xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishib kelayotgan
bir guruh profilaktika inspektorlariga
tashakkurnomalar topshirildi.
🖥
Bu kabi malaka oshirish tadbirlari tashkil qilinishi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarida
bola manfaatlarini ishonchli ta’minlash borasida
zaruriy bilim va ko‘nikmalar shakllanishiga xizmat qiladi.