
BookloverCouple ✨
BookloverCouple
✨
pinned a photo
Bugun oila qurganimizga roppa-rosa 1 yil bo‘ldi.
❤️
Bir yil ichida hayotimizda juda ko‘p narsa o‘zgardi. Eng muhimi, hayotning eng go‘zal sahifalari, eng katta baxt va eng samimiy sevgi oila qurgandan keyin boshlanar ekan. Bu yil ota-ona bo‘ldik. Jajji Safiyamiz hayotimizga yanada ko‘proq baxt, mehr va mazmun olib kirdi.
❤️
Ayolim meni xursand qilishni juda yaxshi biladi. Bir kuni O‘zbekistonlik tadbirkorlar haqida yozilgan bir kitobni olishim kerakligini, lekin narxi biroz qimmat ekanini aytib, keyinroq olaman degandim. Esida qolibdi. Bugun o‘sha kitobni menga sovg‘a qildi. Men esa unga “Er-xotinga nasihat” kitobini sovg‘a qildim. Chunki biz uchun eng yaxshi sovg‘a bu - kitoblar.
Buning ustiga, Noma nashriyoti ham bizga o‘z sovg‘alarini yuboribdi. Qisqasi, bugun unutilmas kunlardan biri bo‘ldi.
Shunday kunlarda bir narsani yanada chuqurroq his qilarkan inson: baxt - yoningdagi inson bilan birga orzu qilish, bir-biringni tushunish, kichik narsalardan quvonish va hayotni birgalikda qurish ekan.
Ilohim, hech bir oilaning buzilishiga to‘g‘ri kelmasin. Hech bir bola ota yoki ona mehridan bebahra qolmasin. Barcha oilalar tinch, farzandlar baxtli, qalblar xotirjam bo‘lsin.
Alloh bizga ham bir-birimizga bo‘lgan mehrimizni asrab, jajji Safiyamizni birgalikda voyaga yetkazib, butun umr yonma-yon, baxtli hayot kechirishni nasib aylasin. Omin!
🤲🏻
❤️
“Tavakkal qil”
Qiziq, judayam qiziq…
❤️🩹
Fotih Duman akaning “Devona” hikoyasidagi Ejevet ismli oshiq 24 yildan beri hamon sevgilisini kutayotgan ekan…(Rostan ham)
Kitobni yakunlab, bu hikoyaning ortidan izlandim. Ma’lum bo‘lishicha, Ejevet hayotda ham bor ekan. Ko‘zlari yaxshi ko‘rmas, sog‘lig‘ida ham muammolari bor ekan. Balki shu sababli bir joyda o‘tirishi unga qulaydir. Balki u hozir ham sevadi, balki yo‘q… Buni aniq bilmaymiz.
Nima bo‘lganda ham, uning hikoyasi meni juda qiziqtirdi. Ba’zan hayotning o‘zi kitoblardan ham ta’sirliroq hikoyalar yozadi.
Ejevet bilan o‘tkazilgan suhbat videosini ham topdim. Sizlarga ham qiziq bo‘lsa,
havolasini qoldiryapman.
Kitobga
review
ni ertaga yozaman.
Bugun faqat sof o‘zbek tilida gapiryapman, lekin ba’zi birovlar tushunmayapdi.
Devonani o‘zim olaman deb yurib, biror kitob do‘koniga yetib borolmayotgandim. Bugun esa o‘zi ishxonamizga kelibdi.
Mazza qilib o‘qiymiz endi, Fotih Duman!
Mana bu esa yangi mutolaa kitobi. Satrlarga e’tibor bering… O‘zligini anglab yetgan inson o‘zini qanchalik hurmat qila oladi? Ichki tuyg‘ular isyoni, insonning o‘zi bilan kurashi, ich-ichidan yemirilishi… Ha, bu - Dostoyevskiy.
Kitobni yopmang, baxt keyingi sahifada bo‘lishi mumkin.
Va yana Dushanbaa…