Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

boshlangich_talim_metodlari
Kanal boshlang'ich sinf o'qituvchilari, boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari va qiziquvchilar uchun mo'ljallangan. Mazkur kanal pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori Go'zal Jumaniyazova tomonidan yuritiladi.
Subscribers
1 350
24 hours
30 days
-20
Post views
581
ER
43,04%
Posts (30d)
Characters in post
845
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 30, 10:54

📚
"Yashil chiroq" texnikasi (Ona tili / o‘qish savodxonligi darsida)
🟢
Qanday ishlaydi?
Doskaga yashil chiroq belgisi ilib qo‘yiladi.
🟢
Qachon yoqiladi?
Matn o‘qib bo‘lingandan keyin
Yangi qoidani tushuntirgandan so‘ng
20–25 daqiqa o‘tgach
🟢
2 daqiqalik “yashil vaqt”da o‘quvchilar nima qiladi?
📖
O‘qigan matndan o‘ziga yoqqan so‘zni pichirlab aytadi
🗣
Yonidagi do‘stiga 1 gap bilan matnni tushuntiradi

Havoda harf yoki so‘z “yozib ko‘rsatadi”
🤸‍♀️
Yengil cho‘zilish mashqlari qiladi
🟢
Nima uchun aynan shu faoliyatlar?

O‘qiganini mustahkamlaydi

Nutq va fikrlash rivojlanadi

Zerikish kamayadi

Diqqat yana darsga qaytadi
🟢
O‘qituvchi uchun eslatma:
Faoliyatni oldindan aytib qo‘ying
Shovqinni nazorat qiling (past ovozda)
Reaksiya
❤️
bosib qo'ying!
Ilm ahli shu yerda
👇
👇
👇
👇
👇
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

April 30, 10:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Har bitta katakchani raqamlaysiz. Mavzu yuzasidan savollar yozib chiqasiz.
O‘quvchilar raqamlarni tanlash orqali savollarga javob berishadi!
Kimgadir BO‘SH JOY katakchasi to‘g‘ri kelsa, o‘sha o‘quvchi javob berishdan ozod bo‘ladi!
Ilm ahli shu yerda
👇
👇
👇
👇
👇
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

April 14, 03:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

#metod
Afsona va haqiqat metodi
Bu metoddan qoidalarni tushuntirishda va ularni yodda saqlashda foydalanasa bo'ladi. O'qituvchi ma'lum bir qoidalarni chalkashtirib aytishi kerak. O'quvchi chalkash yoki xato ma'lumot berilganini bilsa afsona deydi. Agar haqiqatda o'qituvchi ma'lumotni to'g'ri aytgan bo'lsa haqiqat deydi. Masalan, o'qituvchi doskaga 2 o'quvchi chiqaradi.
O'qituvchi:
4 tomoni teng bo'lgan figuraga to'rtburchak deyiladi.
O'quvchi: Afsona. Haqiqat shuki, 4 tomoni teng bo'lgan figura kvadrat hisoblanadi.
O'qituvchi:
Perimetrni topishda eni va bo'ynini bir biriga ko'paytiramiz.
O'quvchi: Afsona. Haqiqat shuki, perimetrni topishda eni va bo'ynini qo'shib, 2 ga ko'paytiramiz.
Shu galda davom etadi.
Bu metod o'quvchilarning:
- xotirasini sinovdan o'tkazadi;
- ziyraklikni oshiradi;
- hozirjavoblikni rivojlantiradi.
Ushbu metodni hamma fanda qo'llasa bo'ladi. Savollar orasida haqiqat ham bo'lishi kerak.
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

April 14, 03:10

🔷️
“Tirik Model” interfaol maket texnologiyasi
Darsda shunday mavzular bo‘ladiki, ularni oddiy tushuntirish yoki o‘qib berish orqali o‘quvchi to‘liq anglay olmaydi. Ayniqsa, abstrakt tushunchalar o‘quvchi ongida “yopiq” qolib ketadi. Shunday vaziyatlarda “Tirik Model” metodi juda samarali hisoblanadi.
🔹️
Metodning mohiyati
Bu yondashuvda o‘quvchi bilimni tayyor holatda qabul qilmaydi. U mavzuni
o‘zi quradi, joylashtiradi, o‘zgartiradi va kuzatadi
. Ya’ni bilim abstrakt shakldan chiqib, konkret ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Model “tirik” hisoblanadi, chunki u oddiy plakat emas — u bilan ishlanadi, u o‘zgaradi va harakatda bo‘ladi.
👩🏻‍🏫
Qo‘llanishiga misollar

Ona tili darsida
:
So‘z kartochkalari orqali o‘quvchilar gap tuzadi. So‘zlarning o‘rni almashtiriladi va ma’no qanday o‘zgarishi kuzatiladi. Bu orqali gap tuzilishi chuqur anglanadi.

Matematika darsida
:
Kasrlar doira yoki to‘rtburchak shakllar yordamida bo‘linadi. O‘quvchi butun va qism o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘z bilan ko‘rib tushunadi.

Tabiiy fanlarda
:
Suv aylanishi, oziq zanjiri yoki inson a’zolari qatlamli yoki 3D maketlar orqali o‘rganiladi. O‘quvchi jarayonni tasavvur qilmaydi — uni ko‘radi.
🔹️
Metodni darsda qo‘llash bosqichlari
1. O‘qituvchi modelni qisqacha tanishtiradi
2. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi
3. Har bir guruhga aniq vazifa beriladi:
— modelni qurish
— xatoni topish
— o‘zgartirish kiritish va natijani tushuntirish
4. Guruhlar model ustida ishlaydi va muhokama qiladi
5. Yakunda har bir guruh o‘z ishini himoya qiladi
🔹️
Natijasi qanday?
— O‘quvchi mavzuni yodlamaydi, tushunadi
— Xatolar tez aniqlanadi
— Sust o‘quvchilar ham faol ishtirok etadi
— Muloqot va fikrlash rivojlanadi
— O‘quvchi o‘z fikrlash jarayonini anglay boshlaydi
🔹️
Xulosa
“Tirik Model” — bu shunchaki metod emas. Bu o‘quvchini passiv tinglovchidan faol yaratuvchiga aylantiradigan yondashuv.

April 14, 03:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

March 23, 08:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

March 23, 08:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

March 23, 08:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

March 23, 08:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

March 23, 08:52

Prezident maktabiga tayyorlanayotgan bilimdonlar bilan lug‘at boyligini musobaqa shaklida sinovdan o‘tkazdik!
Har bir javob yangi qadam, har bir bola kelajak lideridir.
Mutaxassis Doniyor Rahimov
Murojaat uchun: +998505018434