Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

boshlangich_talim_metodlari
Kanal boshlang'ich sinf o'qituvchilari, boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari va qiziquvchilar uchun mo'ljallangan. Mazkur kanal pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori Go'zal Jumaniyazova tomonidan yuritiladi.
Подписчики
1 390
24 часа
30 дней
-60
Просмотры
409
ER
30,22%
Посты (30д)
3
Символов в посте
892
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 14, 03:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#metod
Afsona va haqiqat metodi
Bu metoddan qoidalarni tushuntirishda va ularni yodda saqlashda foydalanasa bo'ladi. O'qituvchi ma'lum bir qoidalarni chalkashtirib aytishi kerak. O'quvchi chalkash yoki xato ma'lumot berilganini bilsa afsona deydi. Agar haqiqatda o'qituvchi ma'lumotni to'g'ri aytgan bo'lsa haqiqat deydi. Masalan, o'qituvchi doskaga 2 o'quvchi chiqaradi.
O'qituvchi:
4 tomoni teng bo'lgan figuraga to'rtburchak deyiladi.
O'quvchi: Afsona. Haqiqat shuki, 4 tomoni teng bo'lgan figura kvadrat hisoblanadi.
O'qituvchi:
Perimetrni topishda eni va bo'ynini bir biriga ko'paytiramiz.
O'quvchi: Afsona. Haqiqat shuki, perimetrni topishda eni va bo'ynini qo'shib, 2 ga ko'paytiramiz.
Shu galda davom etadi.
Bu metod o'quvchilarning:
- xotirasini sinovdan o'tkazadi;
- ziyraklikni oshiradi;
- hozirjavoblikni rivojlantiradi.
Ushbu metodni hamma fanda qo'llasa bo'ladi. Savollar orasida haqiqat ham bo'lishi kerak.
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

April 14, 03:10

🔷️
“Tirik Model” interfaol maket texnologiyasi
Darsda shunday mavzular bo‘ladiki, ularni oddiy tushuntirish yoki o‘qib berish orqali o‘quvchi to‘liq anglay olmaydi. Ayniqsa, abstrakt tushunchalar o‘quvchi ongida “yopiq” qolib ketadi. Shunday vaziyatlarda “Tirik Model” metodi juda samarali hisoblanadi.
🔹️
Metodning mohiyati
Bu yondashuvda o‘quvchi bilimni tayyor holatda qabul qilmaydi. U mavzuni
o‘zi quradi, joylashtiradi, o‘zgartiradi va kuzatadi
. Ya’ni bilim abstrakt shakldan chiqib, konkret ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Model “tirik” hisoblanadi, chunki u oddiy plakat emas — u bilan ishlanadi, u o‘zgaradi va harakatda bo‘ladi.
👩🏻‍🏫
Qo‘llanishiga misollar

Ona tili darsida
:
So‘z kartochkalari orqali o‘quvchilar gap tuzadi. So‘zlarning o‘rni almashtiriladi va ma’no qanday o‘zgarishi kuzatiladi. Bu orqali gap tuzilishi chuqur anglanadi.

Matematika darsida
:
Kasrlar doira yoki to‘rtburchak shakllar yordamida bo‘linadi. O‘quvchi butun va qism o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘z bilan ko‘rib tushunadi.

Tabiiy fanlarda
:
Suv aylanishi, oziq zanjiri yoki inson a’zolari qatlamli yoki 3D maketlar orqali o‘rganiladi. O‘quvchi jarayonni tasavvur qilmaydi — uni ko‘radi.
🔹️
Metodni darsda qo‘llash bosqichlari
1. O‘qituvchi modelni qisqacha tanishtiradi
2. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi
3. Har bir guruhga aniq vazifa beriladi:
— modelni qurish
— xatoni topish
— o‘zgartirish kiritish va natijani tushuntirish
4. Guruhlar model ustida ishlaydi va muhokama qiladi
5. Yakunda har bir guruh o‘z ishini himoya qiladi
🔹️
Natijasi qanday?
— O‘quvchi mavzuni yodlamaydi, tushunadi
— Xatolar tez aniqlanadi
— Sust o‘quvchilar ham faol ishtirok etadi
— Muloqot va fikrlash rivojlanadi
— O‘quvchi o‘z fikrlash jarayonini anglay boshlaydi
🔹️
Xulosa
“Tirik Model” — bu shunchaki metod emas. Bu o‘quvchini passiv tinglovchidan faol yaratuvchiga aylantiradigan yondashuv.

April 14, 03:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

March 23, 08:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

March 23, 08:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

March 23, 08:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

March 23, 08:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

March 23, 08:52

Prezident maktabiga tayyorlanayotgan bilimdonlar bilan lug‘at boyligini musobaqa shaklida sinovdan o‘tkazdik!
Har bir javob yangi qadam, har bir bola kelajak lideridir.
Mutaxassis Doniyor Rahimov
Murojaat uchun: +998505018434

March 23, 08:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

March 21, 09:29
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Assalomu alaykum!
Sizni va oila a’zolaringizni kirib kelgan Navro‘z bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Ushbu bahoriy ayyom sizga yangi umidlar, yorqin quvonchlar va ezgu orzular olib kelsin. Har bir kuningiz fayzli, xonadoningiz tinchlik va barakaga to‘lsin.
Navro‘z – yangilanish va mehr-oqibat bayrami. Qalbingizda doimo iliqlik, mehr va baxt nafasi jo‘sh urib tursin. Yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik yor bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
🌸