Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

BSMI.UZ | Rasmiy kanali

bsmi_uz
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rasmiy kanali. Institutimiz yangiliklaridan birinchi bo`lib xabardor bo'ling! 🌐 Rasmiy sayt: bsmi.uz 📞 Ishonch telefoni: 65-223-00-50 📞 Call-center: 65-223-00-50
Subscribers
6 476
24 hours
1
30 days
66
Post views
1 037
ER
16,01%
Posts (30d)
113
Characters in post
1 087
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
July 28, 10:09
Media unavailable
2
Show in Telegram

🎞
Xitoylik hamkorlarning institutga amaliy tashrifi davom etmoqda

July 27, 16:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

"
- Bugun institutimiz klinikasida Xitoyning
Sian Jiaotong universiteti
professorlari ishtirokida skrining tekshiruvlari boshlanganidan mamnunmiz.
Mazkur tashabbus O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tibbiyot sohasidagi hamkorlikning amaliy natijasi bo‘lib, u nafaqat bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, balki shifokorlarimiz uchun tajriba almashish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini o‘zlashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir hafta davom etadigan skrining tekshiruvlari davomida fuqarolarimiz xorijlik yetakchi mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib, zarur tavsiya va maslahatlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ishonchim komilki, bu kabi hamkorlik loyihalari institutimizning xalqaro nufuzini yanada oshirish, tibbiy ta’lim va amaliyot sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi.
"
Shuhrat Teshayev
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori

July 27, 06:54
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Buxoroda O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma tibbiy skrining dasturi boshlandi Bugun, 27-iyul kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tibbiyot sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beruvchi xalqaro…

July 27, 06:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish barchamizning mas’uliyatimizdir. Quyidagi qoidalarga amal qilishingizni so‘raymiz:
Xonani tark etayotganda chiroqlarni o‘chirib chiqing.
Foydalanilmayotgan kompyuter, printer, monitor va boshqa elektr jihozlarini elektr tarmog‘idan uzing.
Konditsioner va isitish moslamalaridan faqat zarurat tug‘ilganda hamda belgilangan harorat me’yorlariga rioya qilgan holda foydalaning.
Tabiiy gazdan xavfsiz va tejamkor foydalaning.
Ichimlik suvidan oqilona foydalaning, kranlarni ochiq qoldirmang.
Suv yoki gaz sizib chiqishi, elektr jihozlaridagi nosozliklarni aniqlasangiz, mas’ullarga zudlik bilan xabar bering.
Energiyani tejash – tabiatni asrash va davlat mablag‘larini samarali sarflash demakdir.
Har bir tejalgan kilovatt-soat elektr energiyasi, har bir kub metr gaz va har bir litr suv kelajagimiz uchun muhimdir!
Energiya tejamkorligi – barchamizning burchimiz!

July 27, 06:48
Media unavailable
2
Show in Telegram

Buxoroda O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma tibbiy skrining dasturi boshlandi
Bugun, 27-iyul kuni
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tibbiyot sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beruvchi xalqaro tadbirlar boshlandi.
Tadbir avvalida Xitoy delegatsiyasi
institut Tarix muzeyi
hamda
Axborot-resurs markazi
faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga institutning boy tarixi, ilmiy salohiyati, zamonaviy ta’lim infratuzilmasi hamda talaba va tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari va institut rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi
doimiy hamkorlikni rivojlantirish
, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir doirasida
O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma tibbiy skrining dasturi
ishga tushirildi hamda **Buyrak Interventional Training Center (Buyrak intervension ta’lim markazi)**ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ta'kidlash joizki, mazkur loyiha institut xalqaro hamkorlik ishlari prorektori Laziz Niyazovning joriy yil may oyidagi Xitoyga safari chog'ida kelishilgan edi.
Marosimda
Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori
, professor
Shuhrat Teshayev
, institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda Xitoyning yetakchi tibbiyot muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Xitoy delegatsiyasiga Sian Jiaotong universitetining Ikkinchi affillangan shifoxonasi professori
Chang Liu
boshchilik qildi. Delegatsiya tarkibidan nefrologiya, intervension tibbiyot, onkologiya hamda akusherlik-ginekologiya yo‘nalishlaridagi yetakchi mutaxassislar o‘rin oldi.
Yangi tashkil etilgan markaz intervension nefrologiya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, xalqaro malaka oshirish kurslarini tashkil etish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, zamonaviy klinik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek,
27–29-iyul kunlari
Buxoroda Xitoy va O‘zbekiston mutaxassislari ishtirokida bachadon bo‘yni saratoni, sut bezi saratoni hamda gemodializdagi bemorlar uchun nefrologik ko‘riklar bo‘yicha bepul skrininglar o‘tkaziladi. Dastur doirasida mahalliy shifokorlar uchun amaliy master-klasslar, klinik muhokamalar va tajriba almashish tadbirlari ham tashkil etiladi.
Mazkur tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tibbiy ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalaridagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
✈️
Telegram

Facebook
📹
You tube
🔍
www.bsmi.uz

July 27, 04:39
Media unavailable
10
Show in Telegram

July 27, 04:39
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

#live
Ayni paytda institutga xitoy xalq respublikasidan bir guruh delegatsiya tashrif buyurib, institut rahbariyati bilan muloqot qilmoqda.
Mehmonlar uch kun davomida mamlakatimizda bo'lib muhim vazifalarni amalga oshirilishi kutilmoqda.
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
✈️
Telegram

Facebook
📹
You tube
🔍
www.bsmi.uz

July 25, 06:02
Media unavailable
2
Show in Telegram

Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak?
Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori.
Xo‘sh, bugun oliygoh va texnikumlar bitiruvchilari bu talablarga qay darajada javob beradi?
27-iyuldan boshlab Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini
o‘tkazadi.
Mazkur so‘rovnoma orqali ish beruvchilarning:

bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi;

amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari;

mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari o‘rganiladi.
Hurmatli ish beruvchilar!
So‘rovnomani o‘tkazish davomida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining intervyuyerlari (volontyorlari) Siz bilan telefon orqali bog‘lanishadi. Sizdan so‘rovnomada ishtirok etish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni ayamasligingizni so‘raymiz.
Ertangi kadrlar sifati – bugun sizning fikringizdan boshlanadi!
English










☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook

July 25, 05:11
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔹
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🔺
ПИРОГОВСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ ОБЪЯВИЛ ПРИЁМ В ОРДИНАТУРУ
➡️
Открыт приём в ординатуру
Российского национального исследовательского медицинского университета имени Н.И.Пирогова
(г. Москва).
🔹
Абитуриентам необходимо подготовить и нотариально заверить ниже указанные документы:
а)  Загран.паспорт с переводом и нотариальным заверением;
б)  Диплом об окончании ВУЗа и вкладыш с переводом и нотариальным заверением
✈️
Абитуриенты должны загрузить документы
по выше указанному перечню в личный кабинет по следующей ссылке:
https://lka.rsmu.ru/
и указать адрес действующей электронной почты, в срок
до 25 июля 2026 года
.
🔹
При возникновении вопросов, связанных с загрузкой документов в личный кабинет, абитуриенты могут обратиться в
Педиатрический кампус ТашГосМУ
(по адресу: улица Богишамол 223, тестовый центр в здании симуляционного центра).
✈️
При возникновении вопросов,
связанных с подтверждением успешной загрузки в личный кабинет и допуска к экзамену который состоится
29 июля 2026 года
(резервный день экзамена - 31 июля 2026 года)
,
необходимо обращаться в
приемную комиссию
РНИМУ
-
https://rsmu.ru/abitur/admission-office
🔍
В соответствии с требованиями
РНИМУ, ОТСУТСТВИЕ ЛЮБОГО ИЗ ДОКУМЕНТОВ И (ИЛИ) ЕГО ПЕРЕВОДА ЯВЛЯЕТСЯ ОСНОВАНИЕМ ДЛЯ ОТКАЗА В ПРИЁМЕ ДОКУМЕНТОВ.
🔹
После успешной загрузки необходимых документов и получения подтверждения
РНИМУ,
абитуриенты приглашаются для сдачи тестовых экзаменов, которые состоится
29 июля 2026 года
(резервный день экзамена - 31 июля 2026 года)
.
✈️
При возникновении других любых вопросов, просим обращаться ответственному сотруднику Университета
Хуррамову Аброру по тел.
+998998898101

Rasmiy sahifalarimiz
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube
|
X
|
Linkedin

July 24, 10:51
Media unavailable
3
Show in Telegram

Daegu Haany universiteti talabalari Buxoro davlat tibbiyot institutida yozgi maktabni muvaffaqiyatli yakunladi
Akademik mobillik almashinuvi dasturi doirasida Koreya Respublikasining
Daegu Haany universiteti
ning “Tibbiyot” yo‘nalishi talabalari 2026-yil 13–24-iyul kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida tashkil etilgan qisqa muddatli yozgi maktabda tahsil oldilar.
Dastur davomida talabalar institutning
Xalq tabobati, kasb kasalliklari va allergologiya kafedrasi
bazasida nazariy bilimlarini mustahkamlab, zamonaviy tibbiyot hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Yozgi maktabning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan
"Ibn Sino ta’limotlari"
fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni kafedra dotsenti
M.F. Hikmatova
olib bordi.
Darslarda buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sinoning tibbiy merosi, ilmiy qarashlari va ularning zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Interfaol usullarda tashkil etilgan mashg‘ulotlar xorijlik talabalar tomonidan katta qiziqish bilan o‘zlashtirildi.
Yozgi maktab yakunida Daegu Haany universiteti talabalari
"Ibn Sino ta’limotlari"
fanini muvaffaqiyatli tamomlab, xalq tabobati va tibbiyot tarixiga oid bilimlarini yanada boyitdilar.
Mazkur akademik mobillik dasturi Buxoro davlat tibbiyot instituti va Daegu Haany universiteti o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish hamda xalqaro standartlarga javob beradigan malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.