Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

BSMI.UZ | Rasmiy kanali

bsmi_uz
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti kanali Institutimiz yangiliklaridan birinchi bo`lib xabardor bo'ling! 🌐 Rasmiy sayt: bsmi.uz 📞 Ishonch telefoni: 65-223-00-50 📞 Call-center: 65-223-00-50
Подписчики
7 203
24 часа
-10
30 дней
-55
Просмотры
1 658
ER
23,02%
Посты (30д)
197
Символов в посте
1 059
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
October 26, 17:22
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

BuxDTI professor-o‘qituvchilari Xitoydagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etmoqda
Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahridagi Sian Jiaotong universiteti klinikasida 2026-yil 23–27-oktabr kunlari ginekologiyada minimal invaziv va robotlashtirilgan jarrohlik yo‘nalishlariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya hamda mahorat darslari bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy tadbirda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari — Mastura Nurullayevna Nematillayeva, Sanjar Nasridinovich Rabiev, L. Tursunov va dotsent Doston Qahramonovich Qurbonov ishtirok etmoqda.
Tadbir doirasida ishtirokchilar ginekologik laparoskopiya va minimal invaziv jarrohlikning zamonaviy usullari, robotlashtirilgan jarrohlik texnologiyalari hamda ularni klinik amaliyotga tatbiq etish masalalari bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishmoqda. Shuningdek, xalqaro ekspertlar rahbarligida o‘tkazilayotgan amaliy mashg‘ulotlar va jarrohlik amaliyotlarida ishtirok etish orqali kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Bunday xalqaro ilmiy hamkorlik tibbiyot sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish, mutaxassislarning malakasini oshirish hamda zamonaviy jarrohlik usullarini mahalliy tibbiyot amaliyotiga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
🚀
Telegram
|
🌐
Facebook
📽
YouTube
|
🌐
www.bsmi.uz

October 26, 15:17
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🟥
🟥
🟥
🟩
🟩
🟩
🎭
“Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining 2027-yilgi mavsumiga start berildi!
🇺🇿
Ta’lim va ilm-fan vazirligi Madaniyat vazirligi, Yoşlar işlari agentligi hamda Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda
“Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining 2027-yilgi mavsumini
e’lon qiladi.
🗣
Festival 4 bosqiçda ötkaziladi:
↪️
Birinçi – oliy ta’lim taşkilotlarida fakultetlararo saralaş bosqiçi;
↪️
Ikkinçi – hududiy bosqiç;
↪️
Uçinçi – mintaqaviy yarim final;
↪️
Törtinçi – respublika final bosqiçi.
🏆
Ğolib va sovrindorlar uçun munosib mukofotlar belgilangan:
🥇
1-örin – BHMning 100 barobari;
🥈
2-örin – BHMning 70 barobari;
🥉
3-örin – BHMning 50 barobari;
🎭
Şuningdek, nominatsiyalar böyiça:
➡️
“Eng faol oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi – BHMning 35 barobari;
➡️
“Eng yaxşi erkak roli uçun” nominatsiyasi – BHMning 25 barobari;
➡️
“Eng yaxşi ayol roli uçun” nominatsiyasi – BHMning 25 barobari;
➡️
“Jamoa ijodkor talabasi” nominatsiyasi – BHMning 20 barobari;
➡️
“Eng yaxşi talabalar teatr studiyasi rahbari”  nominatsiyasi – BHMning 15 barobarigaça pul mukofotlari taqdim etiladi.
✈️
Bundan taşqari, 1-örinni egallagan jamoa a’zolari uçun
xorijiy davlatlardan biriga sayohat
taşkil etilişi ham mumkin.
📌
Festivalda iştirok etiş istagidagi talabalar özlari tahsil olayotgan oliy ta’lim taşkilotining yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça mas’ullariga murojaat qilişlari mumkin.
➡️
Festival nizomi bilan tanişiş
✨
Iste’dodingizni namoyon eting, katta sahna sari ilk qadamni qöying!
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram

October 26, 13:07
Файлы недоступны
3
1
Открыть в Telegram

❤️
❤️
❤️
❤️
Buxoro davlat tibbiyot instituti — ayollar voleyboli musobaqasining faxrli 2-o‘rin sohibi!
Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ayollar voleyboli bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Murosasiz va qizg‘in bahslarga boy kechgan bellashuvlarda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi munosib ishtirok etib,
faxrli 2-o‘rinni
qo‘lga kiritdi!
🏆
Musobaqa natijalari:
🥇
1-o‘rin — Buxoro davlat pedagogika instituti
🥈
2-o‘rin — Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
🥉
3-o‘rin — Buxoro davlat universiteti
👏
Jamoamizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda yanada yuqori natijalar, yangi g‘alabalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
BuxDTI — ilm-fan, salomatlik va sport taraqqiyoti yo‘lida!
❤️
🏐
0

October 26, 08:31
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🌿
“Obod mahalla — odobli jamiyat” — obodlik va hamjihatlik sari muhim qadam
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Romitan va Vobkent tumanlarida “Obod mahalla — odobli jamiyat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida aholi xonadonlari, korxona va tashkilotlarda tozalikni saqlash, obodonlashtirish ishlarini kengaytirish, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish hamda atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, mahallalarda ozodalik va tartibni ta’minlash, yashash hududlarini yanada ko‘rkamlashtirish, fuqarolarning ekologik madaniyatini oshirish va jamoatchilik faolligini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Zero, obod mahalla — nafaqat chiroyli va ozoda hudud, balki yuksak madaniyat, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitidir. Bunday tashabbuslar aholida daxldorlik hissini kuchaytirib, farovon va sog‘lom turmush muhitini yaratishga xizmat qiladi.
✍️
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
🚀
Telegram
|
🌐
Facebook
📽
YouTube
|
🌐
www.bsmi.uz

October 26, 06:14
Файлы недоступны
6
3
Открыть в Telegram

🏢
Buxorolik travmatolog-ortopedlar robot yordamida o‘tkazilgan murakkab operatsiyani onlayn kuzatishdi
Viloyatimizda travmatologiya va ortopediya yo‘nalishida zamonaviy tibbiy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, shifokorlarning bilim va tajribasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazida tizza bo‘g‘imini robot-assistent yordamida total endoprotezlash bo‘yicha yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Mazkur murakkab operatsiya
Buxoro vdavlat tibbiyot instituti klinikasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn translyatsiya qilindi.
Unda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining travmatolog va ortoped shifokorlari, shuningdek, ushbu yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar ishtirok etib, jarrohlik jarayonini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘lishdi.
Onlayn translyatsiya davomida mutaxassislar robot texnologiyalari yordamida tizza bo‘g‘imini endoprotezlashning o‘ziga xos jihatlari, jarrohlik amaliyotida yuqori aniqlikka erishish imkoniyatlari hamda zamonaviy yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar. Bu esa tibbiyot xodimlari va bo‘lajak shifokorlarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitishga xizmat qildi.
Ta’kidlash joizki, robot-assistent yordamida bajariladigan jarrohlik amaliyotlari operatsiya aniqligini oshirish, bemorning individual anatomik xususiyatlarini hisobga olish va davolash natijalarini yaxshilash imkonini beradi. Bunday texnologiyalarni o‘rganish va ilg‘or tajribalarni hududlarda ommalashtirish travmatologiya va ortopediya xizmatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining travmatologiya va ortopediya bo‘limida yiliga qariyb 500 nafar bemorga murakkab jarrohlik amaliyotlari bajariladi.
Mutaxassislarning zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan tanishib borishi va ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishi kelgusida aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
✍️
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
✈️
Telegram
✅
Facebook
📹
You tube
🔍
www.bsmi.uz

October 26, 05:42
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Yangi mehnat haftasi boshlandi!
✍️
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
✈️
Telegram
✅
Facebook
📹
You tube
🔍
www.bsmi.uz

October 25, 03:06
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🏢
25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni!
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi mamlakatimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil etilganining 35 yilligi hamda kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlashdek mas’uliyatli faoliyatingizda mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, kuch-g‘ayrat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
✍️
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
✈️
Telegram
✅
Facebook
📹
You tube
🔍
www.bsmi.uz

October 24, 14:59
Файлы недоступны
6
1
Открыть в Telegram

📚
BuxDTIda kitobxonlik to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan
Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi talabalar turar joyida har haftaning shanba kuni talabalar uchun kitobxonlik to‘garagi tashkil etilmoqda.
To‘garakdan ko‘zlangan maqsad — talabalar o‘rtasida kitob mutolaasi madaniyatini yuksaltirish, ularning dunyoqarashi va tafakkurini boyitish hamda yoshlarni muntazam kitob o‘qishga undashdan iborat.
Kitobxonlik mashg‘ulotlari talabalarning bilimini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va ma’naviy kamolotiga xizmat qiladi.
📖
Kitob — tafakkur manbai, ma’naviyat chirog‘i!
✍️
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
🚀
Telegram
🌐
Facebook
📽
You tube
🌐
www.bsmi.uz

October 24, 14:37
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

📚
BuxDTI talabasi xalqaro antologiya mualliflaridan biri bo‘ldi
Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi Raxmonova Gulzoda Sodiq qizi muallifligida “Ma’rifat maş’ali” nomli xalqaro antologiya-kitobi nashr etildi. Kitob “India Teamer Publication” nashriyoti va Alfraganus universiteti hamkorligida chop etilgan.
Antologiyadan 20 ga yaqin talabaning ilmiy maqolalari o‘rin olgan. Loyiha yoshlarning ilmiy izlanishlarini ommalashtirish va ular o‘rtasida tajriba almashishni rivojlantirishga qaratilgan.
Gulzoda Raxmonovaning ilmiy rahbari — Buxoro davlat tibbiyot instituti Patologik fiziologiya va anatomiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Muslima Abdullayeva.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Axborot xizmati

October 24, 14:09
Файлы недоступны
9
1
Открыть в Telegram

BuxDTI talabalarining bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilmoqda
Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi talabalar turar joyida har haftaning shanba kuni talabalar uchun ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport to‘garaklari tashkil etilmoqda.
Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad — talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidori va qobiliyatlarini rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.
Ayni paytda talabalar pianino, rus tili, voleybol va futbol to‘garaklarida faol ishtirok etmoqda. Ushbu mashg‘ulotlar ularning musiqiy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, til bilimi va muloqot ko‘nikmalarini oshirish, jismoniy faolligini kuchaytirish hamda jamoada ishlash malakasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Bunday mashg‘ulotlar talabalarning har tomonlama kamol topishi, bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishi va talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
🚀
Telegram
🌐
Facebook
📽
You tube
🌐
www.bsmi.uz