
Бу АмерикаУЗ®
🇺🇸
ICE SUD QARORIGA QARAMAY, MUHOJIRNI MALI DAVLATIGA DEPORTATSIYA QILDI
⛓️
Texasda 25 yil yashagan, rafiqasi va AQSh fuqarosi bo‘lgan ikki farzandi bor Uber haydovchisi Moussa Diawara ICE tomonidan hibsga olingan.
⚖️
2012-yilda sud uni deportatsiya qilishga ruxsat bergan, biroq ta’qib xavfi sababli vatani — Maliga yuborishni taqiqlagan.
✈️
Shunga qaramay, ICE uni Ganaga deportatsiya qilgan. Keyinchalik u Maliga yuborilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Diawara hujjatlarsiz va pulsiz qolib, keyinchalik boshqa Afrika davlatiga qochishga muvaffaq bo‘lgan.
📌
Hozir uning advokati AQShga qaytarilishiga harakat qilmoqda. Rafiqasi va farzandlari Texasda uni kutmoqda.
🇺🇸
@Bu_AmerikaUZ
🇺🇸
ICE MUHOJIRLARNI CHEKSIZ MUDDATGA QAYTA-QAYTA HIBSDA SAQLAY OLMAYDI
⚖️
AQShning 10-apellyatsiya sudi
Abedi v. Carter
ishida ICE’ning muhojirlarni takroran hibsga olish vakolatlariga cheklovlar qo‘ydi.
📌
Ish tafsilotlari:
🇮🇷
Eron fuqarosi qiynoqqa solinish xavfi sababli vataniga deportatsiyadan himoya olgan va 20 yildan ortiq vaqt davomida ICE nazorati ostida yashagan. 2025-yilda uni uchinchi davlatga deportatsiya qilish ehtimoli sababli yana hibsga olishgan.
⚖️
Sud qaroriga ko‘ra:
🔹
Har bir qayta hibsga olishda 6 oylik muddatni avtomatik ravishda boshidan hisoblash mumkin emas.
🔹
Ozodlikdan chiqarish haqidagi qarorni bekor qilish belgilangan tartibda amalga oshirilishi kerak.
🔹
Muhojir ozod qilinganidan keyin ham sud shikoyatni ko‘rib chiqishni davom ettirishi mumkin.
📍
Qaror 10-sud okrugi hududida majburiy huquqiy ahamiyatga ega. Kaliforniyada esa qo‘shimcha huquqiy dalil sifatida keltirilishi mumkin.
https://www.ca10.uscourts.gov/sites/ca10/files/opinions/010111530610.pdf
🇺🇸
@Bu_AmerikaUZ
🇺🇿
🇺🇸
🇷🇺
АҚШнинг Ўзбекистонга кириб келиши Россияга ёқмаяпти —
Forbes
Нашр шарҳловчиси Мелик Кайланнинг ёзишича, Марко Рубионинг Самарқандга ташрифи ва 12 млрд долларлик 54 та келишув Ўзбекистон учун Россия ва Хитойга қарамликни камайтириш имкониятидир.
Муаллифга кўра, Москва Ўзбекистонга газ етказиб бериш ва АЭС қурилиши орқали ўз таъсирини сақлаб қолмоқда. Вашингтон эса инвестициялар билан минтақадаги мавқеини кучайтиришга интиляпти.
@Bu_AmerikaUz
🇺🇸
DV-2026: GREEN CARD LOTEREYASI BO‘YICHA YANGI HISOBOT
📊
21–23-oktyabr kunlari:
☑
813 ta ariza viza berish uchun ma’qullangan
❌
283 ta ariza rad etilgan
🎤
730 ta suhbat o‘tkazilgan
📅
460 ta suhbat belgilangan
🔄
Avval rad etilgan 137 ta ariza keyinchalik ma’qullangan
📌
23-oktyabr kuni sudya Edward Davila belgilagan qo‘shimcha ko‘rib chiqish muddati yakunlandi.
⚠️
Curtis Morrison fikricha, viza ololmagan DV-2026 ishtirokchilari uchun jarayon, katta ehtimol bilan, tugagan. Ish bo‘yicha yangi o‘zgarishlar bo‘lsa, u xabar berishini bildirgan.
🇺🇸
@Bu_AmerikaUZ
🇹🇯
Dushanbeda AQShga yuborish va Green Card bahonasi bilan $163 ming dollarlik firibgarlik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi
🚨
Dushanbe shahri IIBB xodimlari tomonidan 36 yoshli Rustam Umarov qo‘lga olindi. U Green Card lotereyasida ishtirok etish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish hamda soxta nikoh (fiktiv nikoh) tuzish orqali AQShga ko‘chib o‘tishga yordam berish va’dasi bilan fuqarolarni chalg‘itib kelganlikda gumonlanmoqda.
💼
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u konsalting firmasi niqobi ostida faoliyat yuritgan. Hozirda 10 dan ortiq firibgarlik epizodlari aniqlangan bo‘lib, fuqarolarga yetkazilgan umumiy moddiy zarar $163,000 dollardan oshadi.
@Bu_AmerikaUZ
🇺🇸
VISA BULLETIN — NOYABR 2026: GREEN CARD NAVBATLARIDA SILJISH
📌
Oilaviy immigratsiya:
🔹
F1, F2B, F3 va F4 toifalarida navbat sanalari 12 oyga oldinga surildi.
🔹
F2A toifasida barcha mamlakatlar uchun ariza topshirish sanasi ochiq.
💼
Ish orqali Green Card:
🔹
EB-2 — 2025-yil 1-aprelgacha.
🔹
EB-3 — 2024-yil 15-iyungacha.
⚖️
USCIS noyabr oyida oilaviy va ish asosidagi toifalar uchun “Dates for Filing” jadvalidan foydalanishga ruxsat berdi. Bu ayrim arizachilarga hujjatlarni ertaroq topshirish imkonini beradi.
❗
Jadvalning ochiqligi Green Card avtomatik berilishini anglatmaydi. I-485 topshirish uchun boshqa qonuniy talablar ham bajarilishi kerak.
🇺🇸
@Bu_AmerikaUZ
✈️
🇺🇸
3-NOYABRDAN AQSHGA UCHUVCHI BARCHA YO‘LOVCHILAR UCHUN YANGI DEKLARATSIYA JORIY ETILADI
22-oktabr kuni AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) Kongoda Ebola virusi tarqalishi sababli yangi talabni e’lon qildi.
📅
2026-yil 3-noyabr, AQSh Sharqiy vaqti bilan 23:59 dan boshlab
, AQShga xalqaro reysda uchadigan barcha yo‘lovchilar so‘nggi 21 kun ichida Kongo Demokratik Respublikasida (DRK) bo‘lmaganini tasdiqlashi kerak.
❗
Talab kimlarga tegishli?
🔹
AQSh fuqarolari;
🔹
Green Card egalari;
🔹
Turistlar va talabalar;
🔹
Immigratsion viza bilan keluvchilar;
🔹
Boshqa barcha xalqaro yo‘lovchilar.
🌍
Hatto Yevropa yoki Osiyodan uchayotgan va hech qachon Kongoda bo‘lmagan yo‘lovchilar ham deklaratsiyani to‘ldirishi kerak.
📝
Yangi tartib qanday ishlaydi?
• Deklaratsiya qog‘oz yoki elektron shaklda to‘ldiriladi.
• Aviakompaniya uni samolyotga chiqishdan oldin tekshiradi.
• Hujjat bo‘lmasa, maxsus istisno berilmagan yo‘lovchi reysga qo‘yilmaydi.
• Aviakompaniyalar hujjatlarni kamida 42 kun saqlashi kerak.
⚠️
Agar yo‘lovchi yaqinda Kongoda bo‘lgan bo‘lsa:
So‘nggi 21 kun ichida Kongoda bo‘lganlarga, hatto AQSh fuqarolariga ham, maxsus istisnosiz AQShga uchishga ruxsat berilmaydi. Kongodagi aeroportda samolyotdan tushmasdan tranzit qilish ham hisobga olinadi.
Safarni Kongodan chiqib ketganidan keyingi
22-kundan boshlab
davom ettirish mumkin.
📍
Uganda va Janubiy Sudan:
ushbu mamlakatlarda so‘nggi 21 kun ichida bo‘lgan ayrim xorijiy fuqarolar, jumladan Green Card egalari uchun ham alohida cheklovlar amal qiladi.
❗
Deklaratsiyada bila turib yolg‘on ma’lumot berish jarima yoki qamoq jazosi kabi jinoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
🇺🇸
@Bu_AmerikaUZ
🇺🇸
ICE AGENTLARI SAYLOVCHILARNING UYIGA BORMOQDA: SUD 9 SHTATDA CHEKLOV KIRITDI
🕵️
CBS News xabariga ko‘ra, ICE tarkibidagi HSI agentlari fuqarolarning uyiga borib, ularning AQSh fuqaroligi, saylovchilar ro‘yxatida borligi va oldingi saylovlarda qatnashganini tekshirgan.
⚖️
Federal sudya DHS foydalanayotgan ma’lumotlarning ishonchliligiga shubha bildirib, bunday tekshiruvlar saylovchilarni qo‘rqitishi mumkinligini ta’kidladi.
📍
Cheklovlar 9 shtatga tegishli: Kaliforniya, Konnektikut, Jorjiya, Missuri, Nevada, Nyu-York, Pensilvaniya, Vashington va Viskonsin.
❗
Taqiqning kuchga kirishi hukumatga apellyatsiya berish imkoniyati uchun vaqtincha kechiktirilgan. Qaror o‘zgartirilmasa, cheklovlar 3-noyabrdagi saylovgacha amal qilishi mumkin.
🇺🇸
@Bu_AmerikaUZ
🇺🇸
AQSHda o‘zbekistonlik erkak $12 millionlik yuklarni o‘g‘irlashda ayblanmoqda
⚖️
AQSH Adliya vazirligi
ma’lumotiga ko‘ra,
33 yoshli Nursulton Haydarov
21-oktyabr kuni Konnektikut shtatidagi federal sudda javob berdi. U o‘ziga qo‘yilgan ayblovni
tan olmadi
.
🚛
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Haydarov va uning sheriklari yuk tashuvchi kompaniyalar nazoratini qo‘lga kiritib, ularning
USDOT va MC raqamlari
orqali yuk tashish shartnomalarini olgan. Biroq yuklar belgilangan manzilga yetkazilmagan.
💰
Prokuratura guruhni kamida
24 ta yuk partiyasini
o‘g‘irlashda gumon qilmoqda. Haydarov ishtirok etgani taxmin qilinayotgan o‘g‘riliklardan ko‘rilgan zarar
$12 milliondan ortiq
deb baholangan. U
Green Card
egasi bo‘lib, bir nechta soxta haydovchilik guvohnomalariga ham ega bo‘lgani aytilmoqda.
⚖️
Agar aybi isbotlansa, Haydarov
5 yilgacha qamoq jazosi
olishi mumkin. Hozirda u hibsda saqlanmoqda.
Sud hukmi chiqmaguncha u aybsiz hisoblanadi.
@Bu_AmerikaUZ
🇺🇸
📊
USCISDA ISHCHI GREEN CARD UCHUN 203 MINGDAN ORTIQ ARIZA NAVBATDA
AQSh immigratsiya xizmati (USCIS) ma’lumotlariga ko‘ra, I-140 arizalari bo‘yicha navbat ortib bormoqda.
📌
Asosiy raqamlar:
🔹
203 204 ta ariza ko‘rib chiqilishini kutmoqda — chorak davomida 10,2% o‘sish.
🔹
62 932 ta yangi ariza qabul qilingan.
🔹
37 975 ta ariza ma’qullangan — avvalgi chorakka nisbatan qariyb 20% kam.
🔹
96 297 ta ariza EB-2 NIW toifasida navbatda.
👥
Kimlarga tegishli?
EB-1, EB-2, EB-3 va NIW toifalari orqali ish asosida Green Card olayotgan xorijiy mutaxassislarga.
🇺🇸
@Bu_AmerikaUZ