
Бу АмерикаУЗ®
AQSH sudi (
Red Eagle Law v. Rubio
ishi bo‘yicha) Davlat kotibi va AQSH Davlat departamentiga
FY-2027 Diversity Visa (Green Card lotereyasi)
bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish muddatlarini rasman e’lon qilish majburiyatini yuklagan.
Rasmdagi sud buyrug‘ining asosiy bandlari
1.
Oxirgi muddat (Dedlayn):
Sud qaroriga ko‘ra, agar yuqori instansiya (9-okrug apellyatsiya sudi) bu buyruqni to‘xtatib qo‘ymasa (
stay
bermasa), Davlat departamenti eng kechi bilan
2026-yil 29-oktabr, soat 23:59 (Midnight EST)
ga qadar rasmiy e’lon berishi shart.
2.
E’lon qilinadigan joy:
Ma’lumot Davlat departamentining rasmiy viza yangiliklari sahifasida e’lon qilinishi lozim:
travel.state.gov/content/travel/en/News/visas-news.html
Shuningdek, boshqa rasmiy kanallar (jumladan,
Federal Register
) orqali tarqatilishi buyurilgan.
3.
E’lon nimalarni o‘z ichiga olishi kerak:
Ro‘yxatdan o‘tish davrining
boshlanish va tugash sanalari
;
Anketa topshiriladigan rasmiy veb-sayt manzili;
Lotereyada qatnashish shartlari va talablari.
Oddiy qilib aytganda
Davlat departamenti DV-2027 dasturini e’lon qilishni kechiktirayotgan bo‘lsa, sud ularga buni
29-oktabr yarim tungacha
rasman e’lon qilish talabini qo‘ygan. Agar apellyatsiya sudi bu qaror ijrosini muzlatmasa, ertaga tunda yangilik e’lon qilinishi kutilmoqda.
@Bu_AmerikaUZ
🇺🇸
CBS: Trampning neft-gaz aksiyalari portfeli yil boshidan beri 43% ga qimmatlashdi
📊
AQSh Kongressi Qo‘shma iqtisodiy qo‘mitasidagi demokratlar hisobotiga ko‘ra, Trampning neft-gaz sohasidagi investitsiyalari qiymati 2026-yil avgust oyi oxirida $22,5 mln – $81,6 mln ga yetgan. 2025-yil oxirida bu ko‘rsatkich $12,6 mln – $46 mln edi.
📌
Hisobotda qayd etilishicha, Eron bilan urush boshlanganidan keyin prezidentning investitsiya hisoblari $4,7 mln – $17,5 mln qiymatidagi neft-gaz aksiyalarini sotib olgan, $2 mln – $5,4 mln lik aksiyalarni esa sotgan.
⛽️
Shu davrda AQShda yoqilg‘i narxlari ham oshgan:
▪️
Benzin: $2,87 dan $4,29 gacha/gallon.
▪️
Dizel: $3,68 dan $6,28 gacha/gallon.
🏛
Oq uy vakili Devis Inglning aytishicha, prezidentning investitsiya portfeli mustaqil moliyaviy tashkilotlar tomonidan boshqariladi. Uning ta’kidlashicha, Tramp va uning oilasi aktivlarni sotib olish yoki sotish qarorlariga ta’sir ko‘rsata olmaydi.
📎
Manba: CBS
🇺🇸
@Bu_AmerikaUZ
🏛
AQShda Green Card lotereyasini bekor qilish taklif qilindi
Texas kongressmeni Kit Self DV Lottery dasturini butunlay bekor qilishni nazarda tutuvchi H.R. 10896-sonli qonun loyihasini taqdim etdi.
📌
Hujjat Vakillar palatasining Huquqiy qo‘mitasiga yuborildi. Hozircha qonun qabul qilinmagan va Green Card lotereyasi bekor qilingan emas.
🗓
DV-2027 bo‘yicha kutilayotgan muddatlar:
▪️
29-oktabrgacha — ro‘yxatdan o‘tish sanalari e’lon qilinishi;
▪️
1-noyabrgacha — ro‘yxatdan o‘tish boshlanishi;
▪️
3-dekabrgacha — natijalar e’lon qilinishi kutilmoqda.
⚠️
AQSh hukumati sud qarori ustidan shikoyat qilgani sababli muddatlar o‘zgarishi mumkin. Rasmiy sanalar hozircha e’lon qilinmagan.
Manba
🇺🇸
@Bu_AmerikaUZ
🇺🇸
GREEN CARD: HAL QILUVCHI KUNLAR YAQIN!
Ertaga Green Card ishi bo‘yicha so‘nggi apellyatsiya sudi bo‘lib o‘tadi. Nihoyat, barchamiz intizorlik bilan kutgan kunlarga sanoqli vaqt qoldi!
🇺🇸
⏳
Green Card startiga atigi 3 kun qoldi!
Umid qilamizki, kutgan kunimiz yaxshi xabarlar bilan boshlanadi.
🤲
🍀
📲
@Bu_AmerikaUZ
🇺🇿
🇺🇸
O‘ZBEKISTONLIK IMMIGRANTLAR UCHUN MUHIM YANGILIK!
🚨
⚖️
AQSh sudi 75 davlat fuqarolariga immigrant vizalarini berishni to‘xtatgan siyosatni bekor qildi. O‘zbekiston ham shu ro‘yxatda edi.
🔥
Demak, O‘zbekiston fuqarolariga aynan shu cheklov endi qo‘llanmasligi…
🇺🇸
DV-2026: YANGI HISOBOT VA TRAMP MA’MURIYATINING APELLYATSIYASI
📊
AQSH Davlat departamenti
Medani v. Trump
ishi bo‘yicha qo‘shimcha natijalarni sudga taqdim etdi.
Yangi ma’lumotlar:
☑
242 ta ariza viza berish uchun ma’qullangan.
❌
44 ta ariza rad etilgan.
📅
23 kishi suhbatga qo‘shimcha ravishda yozilgan.
🎤
18 ta suhbat o‘tkazilgan.
🔄
Ma’qullangan arizalarning 94 tasi avval rad etilgan, keyin qayta ko‘rib chiqilib tasdiqlangan. Ayni paytda, avval ma’qullangan 2 ta ariza keyinchalik rad etilgan.
⚖️
Tramp ma’muriyati
Ivanov v. Trump
ishi bo‘yicha apellyatsiya berdi.
📌
Advokat Curtis Morrisonning ta’kidlashicha, apellyatsiya berilishi berilgan immigratsion vizalar bilan AQSHga kirib bo‘lgan da’vogarlarga ta’sir qilmaydi.
❗
Apellyatsiya berilishi sud qarorini avtomatik bekor qilmaydi va DV-2026 vizalarini berish jarayonini qayta boshlamaydi.
🇺🇸
@Bu_AmerikaUZ
🔥
$1 000 ёрдам
Пенсильванияда қишда уйни иситиш харажатларини тўлашга ёрдам берадиган LIHEAP дастурига аризалар
2 ноябрдан
қабул қилинади
Даромади кам оилалар
$200 дан $1 000 гача
ёрдам олиши мумкин. Пул қўлга берилмайди, тўғридан-тўғри газ, электр ёки иситиш ёқилғиси учун ҳисобга ўтказилади
Кимлар олиши мумкин?
Даромади дастур талабларига мос келадиган оилалар. Ўз уйида яшайдиганлар ҳам, ижарачилар ҳам ариза бериши мумкин. Коммунал тўловлардан қарздор бўлиш шарт эмас. Илгари ёрдам олганлар ҳам бу йил қайта ариза топшириши даркор
Ариза бериш
Сайт:
https://compass.dhs.pa.gov
Телефон:
1-866-550-4355
Маблағ чекланган, шунинг учун 2 ноябрдан кечиктирмай мурожаат қилиш маъқул
Бундай ёрдамлар барча штатларда бор. Маҳаллий ҳукумат сайтидан LIHEAP дастурини ахтаринг
@Bu_AmerikaUZ
🇺🇸
ICE SUD QARORIGA QARAMAY, MUHOJIRNI MALI DAVLATIGA DEPORTATSIYA QILDI
⛓️
Texasda 25 yil yashagan, rafiqasi va AQSh fuqarosi bo‘lgan ikki farzandi bor Uber haydovchisi Moussa Diawara ICE tomonidan hibsga olingan.
⚖️
2012-yilda sud uni deportatsiya qilishga ruxsat bergan, biroq ta’qib xavfi sababli vatani — Maliga yuborishni taqiqlagan.
✈️
Shunga qaramay, ICE uni Ganaga deportatsiya qilgan. Keyinchalik u Maliga yuborilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Diawara hujjatlarsiz va pulsiz qolib, keyinchalik boshqa Afrika davlatiga qochishga muvaffaq bo‘lgan.
📌
Hozir uning advokati AQShga qaytarilishiga harakat qilmoqda. Rafiqasi va farzandlari Texasda uni kutmoqda.
🇺🇸
@Bu_AmerikaUZ
🇺🇸
ICE MUHOJIRLARNI CHEKSIZ MUDDATGA QAYTA-QAYTA HIBSDA SAQLAY OLMAYDI
⚖️
AQShning 10-apellyatsiya sudi
Abedi v. Carter
ishida ICE’ning muhojirlarni takroran hibsga olish vakolatlariga cheklovlar qo‘ydi.
📌
Ish tafsilotlari:
🇮🇷
Eron fuqarosi qiynoqqa solinish xavfi sababli vataniga deportatsiyadan himoya olgan va 20 yildan ortiq vaqt davomida ICE nazorati ostida yashagan. 2025-yilda uni uchinchi davlatga deportatsiya qilish ehtimoli sababli yana hibsga olishgan.
⚖️
Sud qaroriga ko‘ra:
🔹
Har bir qayta hibsga olishda 6 oylik muddatni avtomatik ravishda boshidan hisoblash mumkin emas.
🔹
Ozodlikdan chiqarish haqidagi qarorni bekor qilish belgilangan tartibda amalga oshirilishi kerak.
🔹
Muhojir ozod qilinganidan keyin ham sud shikoyatni ko‘rib chiqishni davom ettirishi mumkin.
📍
Qaror 10-sud okrugi hududida majburiy huquqiy ahamiyatga ega. Kaliforniyada esa qo‘shimcha huquqiy dalil sifatida keltirilishi mumkin.
https://www.ca10.uscourts.gov/sites/ca10/files/opinions/010111530610.pdf
🇺🇸
@Bu_AmerikaUZ
🇺🇿
🇺🇸
🇷🇺
АҚШнинг Ўзбекистонга кириб келиши Россияга ёқмаяпти —
Forbes
Нашр шарҳловчиси Мелик Кайланнинг ёзишича, Марко Рубионинг Самарқандга ташрифи ва 12 млрд долларлик 54 та келишув Ўзбекистон учун Россия ва Хитойга қарамликни камайтириш имкониятидир.
Муаллифга кўра, Москва Ўзбекистонга газ етказиб бериш ва АЭС қурилиши орқали ўз таъсирини сақлаб қолмоқда. Вашингтон эса инвестициялар билан минтақадаги мавқеини кучайтиришга интиляпти.
@Bu_AmerikaUz