Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Bulung'ur.uz

bulungur_press
Bulung'ur tumani hokimligining telegramdagi yagona rasmiy kanali Murojaatlar uchun: @BULUNGUR_TUMANI_MUROJAAT_bot Muhokama uchun: @Bulungur_press_chat Admin bilan aloqa uchun: @Bulungur_aloqa_bot
Subscribers
11 623
24 hours
-3
30 days
-249
Post views
3 467
ER
29,83%
Posts (30d)
202
Characters in post
962
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 12, 15:35
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🇺🇿
BULUNG‘URDA DAVLAT TILIGA E’TIBOR — AMALDA
Davlat tiliga hurmat — avvalo, uni kundalik hayotda to‘g‘ri qo‘llashdan boshlanadi.
Bulung‘ur tumanida umumiy ovqatlanish shoxobchalari, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlaridagi
peshlavha, taomnoma hamda reklama materiallarining davlat tilida yuritilishi
bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda.
🔎
Ishchi guruh tomonidan obyektlardagi yozuvlarning amaldagi qonunchilik, xususan,
“Davlat tili haqida” va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar
talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqilmoqda.
Tadbirkorlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, taomnomalarni davlat tilida
savodli va adabiy til me’yorlariga muvofiq
rasmiylashtirish yuzasidan zarur tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.
⚠️
Eslatib o‘tamiz: belgilangan talablarni buzish qonunchilikda nazarda tutilgan
moliyaviy sanksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin.
🇺🇿
Zero, davlat tili — faqat hujjatlar tili emas. U ko‘chadagi peshlavha, do‘kondagi yozuv, kundalik turmishimizdagi har bir
jarayonda ishtirok etadi
.
Ulaning va ulashing:
📱
Telegram

📱
Instagram

📱
YouTube

📱
Web-sayt

📱
Facebook

September 12, 14:25
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🏠
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI VA AMALIY YONDASHUV
Davlat rahbarining 3-sentabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida
Bulung‘ur tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha maxsus shtab
faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
📍
Tuman hokimi Samandar Astonov
shtab a’zolari bilan birgalikda
Kattaqishloq mahallasida
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning yashash sharoiti, ijtimoiy holati, muammolari va daromad manbalarini o‘rgandi.
🤝
Fuqarolar bilan ochiq muloqot davomida ularning qiziqishlari, mavjud kasb-hunarlari va daromad topish imkoniyatlari tinglandi.
🎯
Har bir oila uchun
individual yondashuv asosida bandlikni ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish va farovonligini oshirish
bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Mas’ullarga aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida hal etish, fuqarolarni daromadli mehnatga jalb qilish va belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olish topshirildi.
Ulaning va ulashing:
📱
Telegram

📱
Instagram

📱
YouTube

📱
Web-sayt

📱
Facebook

September 12, 13:45
Media unavailable
7
1
Show in Telegram

🤝
UCH AVLOD — BIR MA’NAVIY ZANJIR
📚
Ochiq eshiklar haftaligi doirasida Bulung‘ur tumani
Axborot-kutubxona markazida “Uch avlod uchrashuvi”
tashkil etildi.
Tadbir “
Nuroniy” jamg‘armasi Bulung‘ur tumani
bo‘limi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bulung‘ur tuman bo‘limi hamda Axborot-kutubxona markazi
hamkorligida o‘tkazildi.
Unda
nuroniy otaxon va onaxonlar, “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashi a’zolari,
otinoyilar hamda faol kitobxonlar ishtirok etdi.
🗣
Uchrashuv davomida uch avlod vakillari o‘zaro fikr va hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, bosib o‘tgan umr yo‘llari, erishgan yutuqlari, hayot saboqlari hamda bugungi tinch va farovon kunlarning qadr-qimmati haqida samimiy suhbatlashdilar.
🌱
Ayniqsa, nuroniylarning hayotiy tajribasi va ibratli fikrlari yoshlar uchun muhim saboq bo‘lib xizmat qildi.
Bunday uchrashuvlar avlodlar davomiyligini ta’minlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yosh avlodni hurmat, mehr-oqibat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ulaning va ulashing:
📱
Telegram

📱
Instagram

📱
YouTube

📱
Web-sayt

📱
Facebook

September 12, 12:54
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🏢
TADBIRKORLARNING MUROJAAT VA TAKLIFLARI TINGLANMOQDA
Bulung‘ur tuman hokimi
S.Astonov
ishtirokida tumandagi
Fozil Yo‘ldosh mahallasida
tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝
Uchrashuv davomida mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning
murojaatlari, mavjud muammolari hamda takliflari
tinglandi.
Bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga murojaatlarni belgilangan tartibda o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
aniq ko‘rsatmalar berildi
.
Ulaning va ulashing:
📱
Telegram

📱
Instagram

📱
YouTube

📱
Web-sayt

📱
Facebook

September 12, 12:14
Media unavailable
2
Show in Telegram

🚨
BULUNG‘URLIKLAR DIQQATIGA!
❗️
13-sentyabr kuni Samarqand shahriga borishni rejalashtirgan fuqarolar e’tiboriga!
⛔️
Samarqand shahrida
13-sentyabr kuni
triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
⚠️
Shu munosabat bilan tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish hamda joylarda jamoat tartibini saqlash maqsadida
13-sentyabr kuni soat 06:00 dan 13:00 ga qadar
quyidagi manzillarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:
– Dahbed ko‘chasi;
– Ibn Sino ko‘chasi;
– Rudakiy ko‘chasi;
– Toshkent ko‘chasi;
– Registon ko‘chasi;
– Universitet xiyoboni;
– Namozgoh ko‘chasi;
– Termiz ko‘chasi;
– Shohizinda koʻchasi;
– Sadriddin Ayniy ko‘chasi;
– Shabbod ko‘chasi;
– O‘zbek Trakt ko‘chasi;
– Usto Umar Jo‘raqulov ko‘chasi;
– Zarafshon ko‘chasi.
✍️
Shuningdek:
– M37a avtomobil yo‘lining 33–46-kilometrlari oralig‘ida;
– M37 avtomobil yo‘lining 0–11-kilometrlari oralig‘ida;
– 30V004b avtomobil yo‘lining 0–5-kilometrlari oralig‘ida;
– 30V001 avtomobil yo‘lining 0–4-kilometrlari oralig‘ida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
✍️
Samarqand shahrini tranzit transport vositalarida aylanib o‘tish
M39 avtomobil yo‘lining 1086–1096-kilometrlari hamda M37a avtomobil yo‘lining 0–33-kilometrlari
orqali amalga oshiriladi.

Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan
muqobil ichki yo‘llardan foydalanishlarini hamda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishlarini
so‘rab qolamiz.
Vaqtinchalik noqulayliklarni tushunishingizni so‘raymiz.
Ulaning va ulashing:
📱
Telegram

📱
Instagram

📱
YouTube

📱
Web-sayt

📱
Facebook

September 12, 06:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

❇️
Tadbirkorlik uchun mo'ljallangan yer uchastkasini muddatli bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oling!
Manzil:
Samarqand viloyati, Bulung'ur tumani, Olmazor MFY
1️⃣
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427237
2️⃣
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427238
3️⃣
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427238
4️⃣
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427241
5️⃣
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427240
6️⃣
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427242
7️⃣
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427245
8️⃣
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427243
9️⃣
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427244
🔟
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427246
⭕️
Izoh:
Muddatli to'lov imkoniyati mavjud!
🎞
Video-qo'llanma
👈
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17
☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07
☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07
☎️

Ish vaqti - (09:00 dan 18:00 gacha)
Ulaning va ulashing:
📱
Telegram

📱
Instagram

📱
YouTube

📱
Web-sayt

📱
Facebook

September 12, 03:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Brifing
⚡️
Bulung'ur tumanida
1-sentabrdan 30-sentabrgacha o'tkaziladigan "Yong' indan ogohlik" umummilliy kompaniyasi oyligi
mavzusida brifing boʻlib oʻtdi.
🔰
Mavzu yuzasidan Bulung'ur tumani FVB katta inspektori
Shoxrux Ne'matov
tomonidan maʼlumot berildi.
Ulaning va ulashing:
📱
Telegram

📱
Instagram

📱
YouTube

📱
Web-sayt

📱
Facebook

September 11, 15:40
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

🥈
BULUNG‘UR QIZLARI — RESPUBLIKA BOSQICHIDA FAXRLI 2-O‘RIN
🏆
Andijon viloyatida 8–12-sentabr kunlari “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida
gandbol (qo‘l to‘pi)
sport turi bo‘yicha Respublika bosqichi musobaqalari yuqori saviyada o‘tkazildi.
Musobaqaning Respublika bosqichida
Bulung‘ur tumani Fozil Yo‘ldosh mahallasining qizlar jamoasi
ham munosib qatnashib,
faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
🥈
🏅
Shu bois Fozil Yo‘ldosh mahallasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish va yangi iste’dodlarni kashf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
💪
Mahalla hududida yoshlar uchun
street workout sport maydonchasi
ham barpo etiladi. Mazkur sport inshooti O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan qurib berilib, yoshlarning muntazam shug‘ullanishi, jismoniy chiniqishi va sportdagi imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Ulaning va ulashing:
📱
Telegram

📱
Instagram

📱
YouTube

📱
Web-sayt

📱
Facebook

September 11, 14:27
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🌾
MO‘L HOSIL SARI MUHIM QADAM: BOSHOQLI DON EKISH MAVSUMI BOSHLANDI
Bugun Bulung‘ur tumanidagi Zaribdor MMTP hududida joylashgan “G‘ubdin paxtaboshi dalalari” fermer xo‘jaligida
2027-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish mavsumiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar
o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi
S. Astonov
, soha mutaxassislari hamda mas’ul tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
🤲
Tadbir avvalida mo‘l-ko‘l hosil, yurtimiz tinchligi va dehqonlar mehnatiga baraka tilab qurbonlik keltirilib, Qur’on tilovat qilindi va xayrli duolar qilindi.
🌱
Seminar davomida olim va mutaxassislar tomonidan
urug‘likni sifatli tayyorlash va dorilash, yerga ishlov berish, shudgorlash, g‘allani maqbul muddatlarda ekish hamda agrotexnik tadbirlarni belgilangan talablar asosida olib borish
bo‘yicha fermerlarga muhim tavsiyalar berildi.
🚜
Shuningdek, g‘alla ekish jarayonlari amaliy tarzda namoyish etilib, fermerlarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
📌
Seminar yakunida
2027-yil hosili uchun mo‘ljallangan urug‘lik g‘allani belgilangan muddatlarda, sifatli va uyushqoqlik bilan ekish
, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Ulaning va ulashing:
📱
Telegram

📱
Instagram

📱
YouTube

📱
Web-sayt

📱
Facebook

September 11, 11:44
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📡
Baza stansiyasi nima? U sog‘liq uchun zararlimi?
Uyali aloqa antennalari inson salomatligi va atrof-muhitga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
❗️
Baza stansiyalari va uyali aloqa antennalari, ularning ishlash prinsipi, elektromagnit nurlanish darajasi hamda xavfsizligi bilan bog‘liq savollarga javoblarni
yuqoridagi infografikada
batafsil bilib olishingiz mumkin.
⚡️
Aloqa sohasida nazorat va xavfsizlik — barchamiz uchun muhim!
Ulaning va ulashing:
📱
Telegram

📱
Instagram

📱
YouTube

📱
Web-sayt

📱
Facebook