Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Bulunğur.uz

bulungur_press
Bulunğur tumani hokimligining telegramdagi yagona rasmiy kanali Murojaatlar uchun: @BULUNGUR_TUMANI_MUROJAAT_bot Muhokama uchun: @Bulungur_press_chat Admin bilan aloqa uchun: @Bulungur_aloqa_bot
Подписчики
11 279
24 часа
-9
30 дней
-226
Просмотры
2 139
ER
18,96%
Посты (30д)
176
Символов в посте
746
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 28, 16:32
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

⚡️
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
Bulung‘ur tumani hokimi S.Astonov rahbarligida hokimlik xodimlari hamda tumandagi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda aholidan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash, fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida va samarali hal etish, ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda boshqa dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida murojaatlar bilan ishlashda mas’uliyatni yanada oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
✅
Belgilangan vazifalar ijrosi va amalga oshirilayotgan ishlar ustidan nazorat olib borilishi ta’kidlandi.
Ulaning va ulaşing:
📱
Telegram
•
📱
Instagram
•
📱
YouTube
•
📱
Web-sayt
•
📱
Facebook

October 28, 15:45
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

⚡️
ÖZBEK ALIFBOSINI TAKOMILLAŞTIRIŞGA OID QONUN YUZASIDAN MUNOSABAT
📝
“Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”gi Qonun yuzasidan Xalq deputatlari Bulunğur tumani Kengaşi deputati öz munosabatini bildirdi.
🎥
Videomunosabatda alifboni takomillaştirişga qaratilgan özgarişlarning mazmun-mohiyati, “bir tovuş — bir harf” tamoyilining ahamiyati hamda uşbu yangiliklarning yozuv, savodxonlik va axborot texnologiyalari sohasiga ta’siri haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
📚
Mazkur taşabbus özbek tilining yozuv tizimini takomillaştiriş, undan foydalanişda qulayliklar yaratiş va kelajak avlodning savodxonligini oşirişga qaratilgan.
Ulaning va ulaşing:
📱
Telegram
•
📱
Instagram
•
📱
YouTube
•
📱
Web-sayt
•
📱
Facebook

October 28, 12:34
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

🌽
TADBIRKORLAR MUAMMOLARI ÖRGANILDI
Bulunğur tumani hokimi S.Astonov tomonidan Davlat xizmatlari markazida ötkazilgan tadbirkorlar qabuli davomida makkajöxorining yangi navlarini yaratiş bilan şuğullanayotgan xitoylik investorning muammolari ham örganildi.
Muloqot davomida investor faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etiş, loyihani rivojlantiriş va faoliyatini qöllab-quvvatlaş yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriqlar berildi.
🤝
Tadbirkor va investorlarning murojaatlarini öz vaqtida hal etiş, ularning faoliyati uçun qulay şaroit yaratiş hamda yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlaş borasidagi işlar izçil davom ettirilmoqda.
Ulaning va ulaşing:
📱
Telegram
•
📱
Instagram
•
📱
YouTube
•
📱
Web-sayt
•
📱
Facebook

October 28, 08:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

☄️
Farzandingizni davlat boğçasiga navbatga qöymoqçimisiz? Buni uydan çiqmay, bepul amalga oşiring!
💻
Bugun bolani davlat boğçasiga navbatga qöyiş uçun qayergadir boriş şart emas. Arizani
my.gov.uz
portali yoki MyGov ilovasi orqali bir neça daqiqada onlayn yuborişingiz mumkin.
👉
Xizmatdan foydalaniş uçun:
🔵
my.gov.uz
portali yoki MyGov ilovasiga kiring.
🔵
«
Bolani davlat maktabgaça ta’lim muassasasiga joylaştiriş uçun ariza beriş
» xizmatini tanlang.
🔵
Farzandingiz, boğça va mavjud imtiyoz haqidagi ma’lumotlarni belgilang.
🔵
Arizani yuboring. Sizga 5 xonali kod beriladi. Navbat kelgaç, yöllanma şakllanadi.
✅
Muhimi:
🗄
Xizmat bepul.
🗄
Ariza topşiriş uçun hujjat talab etilmaydi.
🗄
Bir vaqtning özida 3 tagaça boğçaga navbatga turiş mumkin. Buning uçun har bir boğçaga alohida ariza yuboriladi.
👨‍👩‍👧
Kimlarga imtiyoz beriladi?
🗣
Yetim va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, nogironligi bölgan şaxslar farzandlari, «Ayollar daftari»ga kiritilgan ayollar bolalari, kam ta’minlangan va 4 yoki undan ortiq farzandli oilalar bolalari hamda belgilangan boşqa toifadagi bolalar uçun imtiyozlar mavjud.
⏺
my.gov.uz
dagi şaxsiy kabinetingizning «Mening oilam» bölimida farzandingizning boğçadagi navbatini kuzatişingiz mumkin.
⚠️
Navbat kelganda muddatni ötkazib yubormang!
👨‍💻
Yöllanma şakllangaç, dastlabki 15 iş kuni içida zarur işlarni bajaring: farzandingizni tibbiy körikdan ötkazing, portal orqali tibbiy ma’lumotnoma şakllanganini tekşiring, boğçaga taşrif sanasini tanlang va belgilangan kuni boğçaga boring. 5 xonali tasdiqlaş kodini boğça mudirasiga taqdim eting.
📱
my.gov.uz
— davlat xizmatlaridan uydan çiqmay, oson va qulay foydalaning!
Ulaning va ulaşing:
📱
Telegram
•
📱
Instagram
•
📱
YouTube
•
📱
Web-sayt
•
📱
Facebook

October 28, 05:33
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

📚
“ZAKOVATLI AVLOD — SOG‘LOM AVLOD”
🏛
Bulung‘ur tumanida yangi kutubxonalar ochildi
Samarqand viloyati hokimligi, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan ilgari surilgan
“Zakovatli avlod — sog‘lom avlod”
loyihasi doirasida Bulung‘ur tumanidagi
Xo‘jamazgil, Zarafshon va Gulzor mahallalarida yangi kutubxonalar
tashkil etildi.
📖
Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, intellektual salohiyatini oshirish hamda ularning bilim olishlari uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
🤝
Barchamizni ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etishga, mahallalarimiz obodligi va yoshlarimiz kamoloti yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shishga chorlaymiz!
Zero, kitobxon avlod — yurt kelajagi!
🇺🇿
Ulaning va ulaşing:
📱
Telegram
•
📱
Instagram
•
📱
YouTube
•
📱
Web-sayt
•
📱
Facebook

October 28, 04:07
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

⚡️
“TURMUSH” profilaktik tadbirida faol ishtirok eting!
📅
2026-yil 5-oktabrdan 5-noyabrgacha
Bulung'ur tumanida oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar xavfsizligini ta’minlash, oilaviy nizolar hamda tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan
“TURMUSH” profilaktik tadbiri
o‘tkazilmoqda.
🤝
Tadbirda faol bo‘ling!
🔹
Oilangiz tinchligi va farovonligiga befarq bo‘lmang;
🔹
Muammo va nizolarni yashirmang — o‘z vaqtida murojaat qiling;
🔹
Yoshlar va voyaga yetmaganlar xavfsizligiga e’tiborli bo‘ling;
🔹
Mahallangizda osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlashga o‘z hissangizni qo‘shing.
“TURMUSH” — TINCH OILA, XAVFSIZ MAHALLA VA FAROVON JAMIYAT SARI!
Sizning faol ishtirokingiz — oilangiz tinchligi va mahallangiz osoyishtaligining muhim kafolati!
Ulaning va ulaşing:
📱
Telegram
•
📱
Instagram
•
📱
YouTube
•
📱
Web-sayt
•
📱
Facebook

October 27, 16:34

Channel name was changed to «
Bulunğur.uz
»

October 27, 16:10
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🚀
Tadbirkorlar va işbilarmonlar diqqatiga!
📢
Buluğur tuman hokimining navbatdagi
tadbirkorlar qabuli
bölib ötadi.
🗓
28-oktabr 2026-yil
🕚
Soat 12:00 da
Uşbu qabulda tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagidagi fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari körib çiqiladi.
📍
Manzil: Tuman Davlat xizmatlari markazi
☎️
Murojaat uçun:
Iqtisodiyot va moliya bölimi mutaxassisi
📞
+998 97 396-92-25
💼
Biznesingiz rivoji yölida oçiq muloqot va amaliy yeçimlar!
Barça tadbirkorlarni faol iştirok etişga çorlaymiz.
Ulaning va ulaşing:
📱
Telegram
•
📱
Instagram
•
📱
YouTube
•
📱
Web-sayt
•
📱
Facebook

October 27, 15:25
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

🇺🇿
Özbekistonda Apple Pay va Google Pay
xizmatlari işga tuşirildi
❗️
Endilikda bank kartalarini Apple Wallet ilovasiga qöşib, iPhone va Apple Watch orqali, şuningdek, Google Wallet ilovasiga qöşib, Android smartfonlar orqali kontaktsiz tölovlarni amalga oşiriş mumkin.
▶️
Kartani qanday ulaş kerakligi video yöriqnomalarda körsatilgan.
Ulaning va ulaşing:
📱
Telegram
•
📱
Instagram
•
📱
YouTube
•
📱
Web-sayt
•
📱
Facebook

October 27, 14:27
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

☄️
FVV ogohlantiradi! Is gazidan ehtiyot böling.
Is gazi
- hayot uchun xavfli! Isitiş peçlari, dudburonlar va şamollatiş tizimlarining sozligini tekşring!
—
☄️
ФВВ огоҳлантиради! Ис газидан эҳтиёт бўлинг.
Ис гази -
ҳаёт учун хавфли! Иситиш печлари, дудбуронлар ва шамоллатиш тизимларининг созлигини текширинг!
Ulaning va ulaşing:
📱
Telegram
•
📱
Instagram
•
📱
YouTube
•
📱
Web-sayt
•
📱
Facebook