
BuxDU Filologiya fakulteti
📌
FINAL:
“Yilning eng faol oliygoh Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori” tanlovining final bosqichiga bugun rasman start berildi!
📊
Final bosqichi 15
-iyun soat 23:59 ga
qadar davom etadi.
🏆
G‘olib bo‘lgan OTM prorektori bu yil o‘zgacha tartibda taqdirlanadi.
“
@OTM_Minbari
” asoschisi tomonidan oliygohga shaxsan tashrif buyurilib, g‘olib tantanali ravishda statuetka, diplom, qimmatbaho
🎁
sovg‘alar hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tashakkurnomasi
bilan taqdirlanadi.
⚠️
Eslatma: Ushbu so‘rovnomada xolis fikr bildirishingizni so‘raymiz.
🔊
🔊
Ovoz berish!
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@
OTM_Minbari
🟦
🟦
🟦
Yana bir yuksak e’tirof!
👍
📘
“SCIENTIFIC PUBLICATION” ilmiy-matbuot markazi tomonidan tashkil etilgan hamda MDH miqyosida o‘tkazilgan “ILM-FAN FIDOYISI” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovi yakunlariga ko‘ra, Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi Firdavs Joʻrayev g‘olib deb topildi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda ilm-fan va ta’lim sohasida samarali faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ishtirok etdi.
➡️
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Firdavs Joʻrayev “ILM-FAN FIDOYISI” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
@bdu_yoshlar_ittifoqi
https://teletype.in/@gulasal_xayrulloyeva/GnGueWnK21P
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
📘
BuxDUda taniqli shoira Zulfiya Mo‘minova bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi
✅
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetida
o‘zbek she’riyatining yorqin vakili, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zulfiya Mo‘minova
bilan
“Satrlarga ko‘chgan tuyg‘ular”
mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🟡
Tadbirni fakultet dekani, professor G.Toirova ochib berib, shoiraning milliy adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan hissasi va asarlaridagi yuksak insoniy g‘oyalarga to‘xtaldi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Sh.Sulaymonov shoira ijodining o‘ziga xos jihatlari, xususan, mashhur “Bolaga kitob bering” she’rining yozilish tarixi haqida so‘zlab berdi.
🖼️
Kecha davomida Zulfiya Mo‘minova o‘zining Vatan, ona va sadoqat mavzusidagi yangi she’rlaridan namunalar o‘qib, yosh ijodkorlarning savollariga javob berdi. Iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, shoira she’rlari asosida aytilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Bunday uchrashuvlar talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
BuxDU.uz
|
✅
Telegram |
🌐
Instagram |
✅
Facebook
|
📹
Youtube
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
📘
BuxDUda xalqaro ekspert ishtirokida filologiya va akademik mobillik masalalari muhokama qilindi
✅
Buxoro davlat universiteti
Filologiya fakultetida
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Dilrabo Baxronova
ishtirokida mahorat darsi va ochiq muloqot tashkil etildi.
Fakultet dekani G.Toirova rahbarligida o‘tgan tadbirda
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida ta’lim sifati va gender tengligi masalalari, shuningdek, zamonaviy tilshunoslikning bugungi kundagi istiqbolli yo‘nalishlari
tahlil qilindi. Ishtirokchilar filologiya sohasidagi yangi ilmiy yondashuvlar va tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
⚙️
Uchrashuvning ikkinchi qismida xalqaro hamkorlik va akademik mobillik istiqbollari, xususan,
Erasmus+ KA171 dasturi, xorijiy grantlar hamda nufuzli universitetlarda stajirovka o‘tash tartiblari
yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Professor D.Baxronova o‘zining ko‘p yillik xalqaro ilmiy faoliyati tajribasi bilan o‘rtoqlashib, yosh tadqiqotchi va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. BuxDU yosh olimlari uchun ushbu muloqot xalqaro ilmiy integratsiyani kuchaytirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qildi.
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
BuxDU.uz
|
✅
Telegram |
🌐
Instagram |
✅
Facebook
|
📹
Youtube
📣
DIQQAT, BUXDU JAMOASI!
🏆
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” g‘olib va sovrindorlarini tantanali kutib olish marosimiga taklif etamiz!
Buxoro davlat universiteti voleybolchi qizlari Respublika olimpiadasining
chempioni
, voleybol bo‘yicha yigitlar jamoasi esa
bronza medali sovrindori
bo‘lib, universitetimiz sport tarixida yana bir yorqin sahifa yaratdi.
Shu munosabat bilan Buxoro davlat universiteti rektori
Obidjon Xamidov
boshchiligida olimpiada g‘olib va sovrindorlarini tantanali kutib olish marosimi tashkil etiladi.
📅
Sana:
2026-yil 10-iyun
🕗
Vaqt:
soat 08:00
📍
Manzil:
Buxoro davlat universiteti bosh binosi oldi
🎉
Universitet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar, murabbiylar va barcha jamoatchilik vakillarini ushbu quvonchli lahzalarda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
🏐
🏐
🏐
🏐
📘
“CHORSHANBA – SPORT KUNI” DOIRASIDA BUXORO DAVLAT UNIVERSITETIDA “REKTOR KUBOGI” MUSOBAQALARI O‘TKAZILADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
raisligida 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan haftaning
“Chorshanba” kunini sport kuni sifatida
belgilash yuzasidan berilgan topshiriqlar doirasida Buxoro davlat universitetida keng ko‘lamli sport tadbiri tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 10-iyun kuni BuxDU
Bosh bino sport maydonlari universitet professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida an’anaviy
“Rektor kubogi” sport musobaqalari
bo‘lib o‘tadi.
🔹
Tadbir dasturi:
🏃♂️
Umumiy yurish marafoni – 06:30
🤸♀️
Badantarbiya mashqlari – 07:00
🔹
Sport musobaqalari (07:30 dan boshlab)
Futbol
Basketbol
Voleybol
Shaxmat va shashka
Stol tennisi
Mazkur sport tadbiri sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoada birdamlik va sport madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Barcha professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlarni ushbu sport bayramida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
BuxDU.uz
|
✅
Telegram |
🌐
Instagram |
✅
Facebook
|
📹
Youtube
#4_tashabbus_amalda
Filologiya fakulteti tyutori R.D.Muqumova boshchiligida 2-bosqich oʻzbek tili taʼlim yoʻnalishi talabalari bilan fakultetning Axborot-resurs markaziga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida talabalar ilmiy maqola yozish, tadqiqot olib borish hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etadigan adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, sohaga oid zamonaviy elektron kitoblar, ilmiy manbalar va axborot bazalaridan foydalanish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tyutor: R.D.Muqumova
#Ŏzbekiston_bŏylab_sayohat
#Yoz_ŏtmoqda_soz
Navoiy viloyati,Nurota tuman dam olish maskani
BuxDU Filologiya fakultetining tyutori R.D.Muqumovaga biriktirilgan 6-3 Uzb 24 guruh talabasi Toshboltayeva Mehrinoz ta'til vaqtini maroqli dam olish bilan o'tkazmoqda.
Tyutor: R.D.Muqumova.
#Tyutor_faoliyati
#Mahalla_bilan_hamkorlik
Filologiya fakulteti tyutorlari S.J.Atamurodova, R.D.Muqumova va Sh.Istamovalar Buxoro shahridagi "Xo`jamushkin" mahallasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif mobaynida "Xo`jamushkin" MFY raisi M.Davronov bilan o`z uyi va ijara xonadonlarda istiqomat qiluvchi talabalar haqida suhbat olib borildi.
Suhbat jarayonida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi "Aholi salomatligi va millat genafondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boyicha kompleks chora-tadbirlar togrisida"gi PF 207-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan fikr almashildi.
Filologiya fakulteti tyutori: S.J.Atamurodova