Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

BuxDU Filologiya fakulteti

buxdu_filologiya_fakulteti
🏛 Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetining rasmiy telegram kanali. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram: @BuxDU_filologiya_fakulteti Instagram: Buxdu_filologiya_1
Подписчики
1 658
24 часа
—
30 дней
-20
Просмотры
310
ER
18,7%
Посты (30д)
365
Символов в посте
824
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 27, 15:09
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
🇺🇿
Buxoro davlat universiteti yoşlari uçun taşkil etilgan Toşkent şahriga sayohat mazmunli taassurotlar, tarixiy bilimlar va unutilmas lahzalarga boy böldi!
Sayohat davomida yoşlar:
🔹
Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
ga taşrif buyurib, xalqimizning boy ma’naviy merosi, islom sivilizatsiyasi va ajdodlarimizning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qöshgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanişdilar.
🔹
Qatağon qurbonlari xotirasi muzeyi
da bölib, xalqimiz tarixining murakkab va iztirobli sahifalarini yodga oldilar. Millat ozodligi, yurt ravnaqi va xalq kelajagi yölida qurbon bölgan ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
🔹
«QVZ» Oliy Liga
bahslarida esa Buxoro davlat universiteti jamoasini qöllab-quvvatlab, ularga muxlislik qildilar. Yoşlarimizning jöshqin olqishlari va samimiy qo‘llab-quvvatlovi bellashuvga o‘zgaça ruh bağishladi.
Mazkur sayohat yoşlarning tarixiy xotirasini mustahkamlaş, ma’naviy dunyoqaraşini kengaytiriş, jamoaviy birdamlikni oşiriş hamda universitetimiz sha’nini munosib himoya qilayotgan jamoamizni qöllab-quvvatlaşga xizmat qildi.
BuxDU yoşlari — bilim, ma’rifat va birlik sari!
@bdu_yoshlar_ittifoqi

October 27, 13:49
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📣
📣
📣
📣
📣
📣
📣
📚
“ZUKKO KITOBXON” REKTOR KUBOGI KUZGI MAVSUM — FINAL BAHSLARIGA START BERILMOKDA!
🇺🇿
📘
Buxoro davlat universitetida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantiriş hamda eng bilimli jamoalarni aniqlaş maqsadida taşkil etilayotgan
“Zukko kİtobxon” Rektor kubogi kuzgi mavsumi
musobaqasİnİng eng qİzİqarlİ va murosasİz
final bosqiç
i bölib ötadi.
Kİtobxon jamoalar öz bİlİmİ, tezkor zukkoligİ va mutolaa mahoratİnİ namoyİsh etİb, bosh sovrİn —
Rektor kubogi
uçun bahslaşadİlar!
Final yöllanmasini qölga kiritgan jamoalar:
1. SPECTRUM
2. ÖZBEGIM
3. ETERNA
4. ZUKKO YURISTLAR
5. PATRUL
6. FINDAS
7. RENESSANS
8. IRFON
9. QAQNUS
10. FILOLOGLAR
11. INFINTY
12. TURON
13. BOOKBRAIN
14. BOOKWORM
15. IQTISODÇILAR
16. TARAQQIY
Final öyinida quyidagi asarlar yuzasidan savollar tuziladi:
1. Odil Yoqubov —
“Ulug‘bek xazinasi”
2. Pirimqul Qodirov —
“Yulduzli tunlar”
3. Çingiz Aytmatov —
“Asrga tatigulik kun”
4. Fyodor Dostoyevskiy —
“Jinoyat va jazo”
🗓
Kun:
29.10.2026 (payshanba)
⏰
Vaqt:
13:30 da
📍
Manzİl:
BuxDU bosh bino, Yoşlar saroyi
(eskİ ARM binosi)
📩
Murojaat uçun
:
@firdavs_juraev_00
Barcha kitobsevar talabalarİmİznİ, jamoa muxlİslarİnİ va qİzİquvchİlarnİ şiddatli va maroqlİ keçadİgan intellektual bellaşuvga lutfan taklİf etamİz!
Kitob bilan yuksalgan zukkolar maydonida körişgunça!

October 27, 12:56
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#Ijaraga_tashrif
Filologiya fakulteti tyutori M.A.Nazarova tomonidan 6-4Uzb26 guruh talabalari Mehriddinova Shabbona va Saiyitqulova Asaloyning ijara xonadonidagi yashash sharoiti o'rganildi.
O'rganish davomida ijara xonadoni tozaligi, gaz va elektr asboblaridan ehtiyot  bo'lishlari, is gazidan zaharlanishni oldini olish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

October 27, 12:55

https://teletype.in/@toxtamurodrajabov/I6UjKhZANZ6

October 27, 12:08
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📣
📣
📣
📣
📣
📣
📣
🇺🇿
🤵‍♂️
Buxoro davlat universiteti Yoşlar ittifoqi tomonidan “Zakovat Rektor kubogi” intellektual öyinining kuzgi mavsum final öyinlari tashkil etiladi!
Final yöllanmasini qölga kiritgan jamoalar:
1. SVASTIKA
2. PRIZMA
3. OBSIDIAN
4. GUESTAPO
5. ZIRVE
6. SPEKTRUM
7. APPLE
8. IQRO
9. APPORIA
10. STRATEGLAR
11. EVEREST
12. SLIZZERIN
13. INCOGNITO
14. FENIX
15. YES SIR
🗓
Sana
: 30-oktabr (Juma kuni)
⏰
Vaqt
: 17:00
📍
Manzil
: BuxDU boş binosi Yoşlar saroyi (eski ARM binosi)
📝
Murojaat uchun:
@firdavs_juraev_00
Öyinda talabalar öz bilim va zakovatlarini sinab körişlari, savollarga javob berişlari hamda qimmatli sovrinlar uchun bellaşişlari mumkin.
Barçangizni faol iştirok etishga çorlaymiz!
@Buxdu_zakovat_klub

October 27, 10:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

FIRDAVS
—
BILIM VA TASHABBUS YOʻLIDA
Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun juda koʻp imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanib, oʻz kelajagi va millatning ravnaqi uchun hissa qoʻshyotgan yoshlarimiz soni kundan-kunga ortib bormoqda.
Shunday yoshlardan biri hozirda Buxoro davlat unversitetida ta’lim olib kelayotgan Firdavs Joʻrayevdir. Yosh boʻlishiga qaramay, ham ta’lim ham volontyorlik faoliyatini yuritib kelmoqda.
Firdavs 2000-yil 18-avgustda Kogon tumanida tugʻilgan.
Hozirgi kunda Buxoro davlat unversiteti Filologiya vatillarni oʻqitish oʻzbek tili yoʻnalishida ta’lim olmoqda. Oʻqish bilan birgalikda Buxoro davlat unversiteti Filologiya fakulteti Yoshlar ittifoqi kordinatori, Yoshlar akademiyasi lideri, Buxdu volontyorlar markazi bosh koordinatori lavozimida ishlamoqda.
U oʻz faoliyatini 2015-yil boshlagan. Oliy ta’limmuassasasiga kirishdan oldin Mudofaa vazirligi hamda volontyorlik sohasida tajriba orttirgan. Mana shu yillar davomida ko'plab yutuqlarga erishgan.
“-Men qator tanlovlarda ishtirok ettim. Jumladan, "Eko avlodcamp" sertifikati, "Bukhara night race" tashakkurnomasi, Eng faol yil talabasi - 2025 tanlovida "Eng faol targ'ibotchi talaba", "Eng faol eko volontyor talaba", 2024-2025-yillarda viloyat miqyosida "I hamda II BuxDU volontyorlar forumi" bosh tashkilotchi, “SCIENTIFIC PUBLICATION” ilmiy-matbuot markazi tomonidan tashkil etilgan hamda  MDH miqyosida o‘tkazilgan “ILM-FAN FIDOYISI” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovi g'olibi hamda ko'krak nishoniga sazovor bo’lganman’’ -dedi Firdavs Jo’rayev.
U 10 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.
Firdavsning hayotdagi asosiysi shiori “-hech qachon o'z vaxtingni behudaga o'tkazmalikdir.’’
Ayni damda esa asosiy rejalari va maqsadlari turk tili hamda ingliz tillarini o'rganib magistratura bosqichiga o'qishga kirish. Agar shunday harakatchan, bilimga chanqoq va tashabbuskor yoshlarimiz ko‘paysa, ishonamanki, yurtimiz yanada rivojlanib, taraqqiyot sari dadil qadam tashlaydi.
Zero, davlatning kelajagi — bilimli, faol va o‘z oldiga aniqmaqsadlar qo‘ygan yoshlar qo‘lida.
BUXORO YOSHLARI
Telegram
|
Veb-Sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 27, 09:35
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
🎭
SAHNAGA ÇIQIŞGA TAYYORMISIZ?
☄️
📘
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti
talabalari diqqatiga!
☄️
2027- yilgi
“Talaba teatr studiyasi”
musobaqasi uçun fakultetimizning
“Fitrat”
jamoasi uçun
yoş va yangi iste’dodlarni
izlayapmiz!
Agar siz:
🎬
sahnada özingizni sinab körişni;
🎭
aktyorlik mahoratingizni namoyiş etişni;
📣
nutqingiz va ijodiy qobiliyatingizni rivojlantirişni;
✨
yangi obrazlar yaratişni va jamoa bilan ishlaşni istasangiz, uşbu imkoniyat aynan siz uçun!
Kastingda kimlar iştirok etişi mumkin?
👥
1.Teatrga qiziqadigan aktyor va aktrisalik mahoratiga ega.
2.Sehirli ovoz sohib va sohibalari “xonandalar”.
▶️
Kasting davomida iştirokçilarning:
🔹
sahna madaniyati;
🔹
nutq va talaffuzi;
🔹
aktyorlik qobiliyati;
🔹
obraz yaratiş mahorati;
🔹
ijodiy yondaşuvi baholanadi.
✔️
Katta sahnaga ilk qadamni aynan biz bilan taşlang!
📆
Röyxatdan ötiş muddati:
27.10.2026 dan 29.10.2026 gaça
✍️
Murojaat uçun:
@Mironshoh_Hamroqulov
[tel +998947214549]
@BuxDU_filologiya_fakulteti

October 26, 16:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
#5000_QADAM_YURIŞ_MARAFONI
🗣
HURMATLI BUXDU PROFESSOR-ÖQITUVÇILARI,
İŞÇI-XODIMLARI HAMDA QADRLI TALABALAR!
🔈
Sizlarni
27-oktabr kuni soat 07:00 da “Salomatlik uçun 5000 qadam!” yuriş marafoniga
taklif qilamiz!
Marafonga BuxDUning asosiy bino oldi qismidan start beriladi.
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
BuxDU.uz
|
✅
Telegram |
🌐
Instagram |
✅
Facebook
|
📹
Youtube

October 26, 14:19

https://teletype.in/@toxtamurodrajabov/CXmTyUwcXph

October 26, 11:44
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

📚
RUMIY HIKMATLARI — MA’NAVIY KAMOLOT SABOG‘I
2026-yil 26-oktabr kuni Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetida filologiya fanlari doktori, professor
Qahramon Rahimovich To‘xsanov
tomonidan 6-1Toj-23-guruh talabalari uchun
“Rumiy va o‘zbek adabiyoti”
fanidan ochiq amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
🔹
Mashg‘ulot
“Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy» asaridagi hikmatli so‘zlar tahlili”
mavzusiga bag‘ishlandi. Unda buyuk mutafakkir Jaloliddin Rumiy ijodidagi insoniylik, ma’naviy poklik, ezgulik va komillik g‘oyalarining badiiy ifodasi mavzu markazida bo‘ldi.
🔹
Asardagi hikmatli fikrlarning mazmun-mohiyati, axloqiy-tarbiyaviy ahamiyati hamda ularni ifodalashda qo‘llangan badiiy vositalar tahliliga e’tibor qaratildi. Rumiy qarashlarining insonni o‘zligini anglashga, nafsni tarbiyalashga undovchi jihatlari yoritildi.
🎓
Mazkur amaliy mashg‘ulot talabalarning mumtoz adabiyot namunalarini sharhlash, badiiy matn zamiridagi falsafiy ma’nolarni anglash hamda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.