Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori

buxdurektori
Бухоро давлат университети ректори Обиджон Хамидовнинг телеграм канали Facebook: /obidjon.khamidov.98 Вазирлик телеграм канали - @eduuz Университет телеграм канали - @buxdu_uz
Subscribers
1 112
24 hours
-2
30 days
72
Post views
103
ER
9,26%
Posts (30d)
72
Characters in post
1 660
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 11, 10:17
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

🏐
🏐
🏐
🏐
📘
🥊
Buxoroda “Xalqaro ATF 33” MMA turniri bo‘lib o‘tdi
Buxoro davlat universitetining
“Universal” sport majmuasida
aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha
“Xalqaro ATF 33” turniri
bo‘lib o‘tdi. Musobaqada mahalliy va xorijiy sportchilar ishtirok etib, o‘z mahorati, kuch-g‘ayrati hamda jangovar tayyorgarligini namoyish etdilar.
Turnirni
Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi universitet jamoasi
ham bevosita kuzatib bordi.
Murosasiz janglar va yuqori sport ruhi ostida kechgan turnir tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
#mustaqillik35
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐
Telegram
🌐
Facebook

September 11, 07:36
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

👥
👥
👥
👥
👥
👥
🇺🇿
🇫🇷
BuxDU va Fransiya: ta’lim, ilm-fan va madaniyat yo‘lida yangi hamkorlik ufqlari
Bugun, 11-sentabr kuni
Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Fuk Ualid
Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida universitet rahbariyati bilan ta’lim, ilm-fan va madaniy-gumanitar yo‘nalishlardagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Xususan,
fransuz tilini o‘qitish va o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida akademik almashinuvni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy va ta’lim loyihalarini amalga oshirish
, shuningdek, yoshlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🇫🇷
Uchrashuvda joriy yil oktabr oyida
Buxoroda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan
Fransiya madaniyati kunlari
doirasida Buxoro davlat universitetining ishtiroki va hamkorlik imkoniyatlari xususida ham fikrlar bildirildi.
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐
Telegram
🌐
Facebook

September 11, 06:51
Media unavailable
10
Show in Telegram

September 11, 06:51
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

🇺🇿
🇫🇷
Buxoroda Fransiya madaniyati kunlarini tashkil etish boʻyicha muzokara oʻtkazildi
🔵
Viloyat hokimi Botir Zaripov Fransiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Fuk Ualid bilan uchrashdi.
💬
Uchrashuvda Buxoro viloyati va Fransiya oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni  yanada mustahkamlash, madaniy-gumanitar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda xalqlar oʻrtasidagi muloqotni kengaytirish masalalari yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
✔️
Xususan, joriy yil oktabr oyida Buxoroda Fransiya madaniyati kunlarini oʻtkazish tashabbusi atroflicha koʻrib chiqildi. Mazkur tadbirni tashkil etish orqali fransuz xalqining boy madaniy merosi, sanʼati, musiqasi, kinematografiyasi, ilm-fan, adabiyot va zamonaviy ijod namunalarini Buxoro aholisi hamda xorijlik mehmonlarga keng namoyish etish imkoniyatlari boʻyicha takliflar ilgari surildi.
📌
Tomonlar hamkorlikda ushbu madaniy tadbir doirasida Buxoroda ilmiy konferensiyalar, konsert dasturlari, koʻrgazmalar, kino tomoshalari, ijodiy uchrashuvlar, madaniyat va sanʼat vakillari ishtirokida ochiq muloqotlar hamda qiziqarli madaniy namoyishlarni tashkil etish boʻyicha takliflarni muhokama qildilar.
📍
Shuningdek, tadbirni Buxoroning tarixiy muhiti va oʻziga xos madaniy anʼanalari bilan uygʻunlashtirish, ikki xalqning madaniy oʻxshashliklari va dunyoqarashlarini namoyon etuvchi loyihalarni amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.
🔖
Muzokara chogʻida madaniy hamkorlikni turizm sohasi bilan uygʻunlashtirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Buxoroning jahon sivilizatsiyasi tarixidagi oʻrni, YUNESKO roʻyxatiga kiritilgan tarixiy obyektlari va sayyohlik salohiyatini Fransiyada keng targʻib qilish, fransuz sayyohlarini viloyatga jalb etish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirish imkoniyatlari haqida fikr-mulohazalar oʻrtoqlashildi.
💬
Taʼlim va yoshlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, fransuz tilini oʻrganish imkoniyatlarini kengaytirish, talabalar, yosh ijodkorlar va madaniyat sohasi vakillari oʻrtasida tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha ham fikrlar bildirildi.

Viloyat hokimi Botir Zaripov Buxoro uchun Fransiya bilan madaniy-gumanitar hamkorlik yanada ravnaq topishi har ikkala tomon uchun muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlab, bunday tadbirlar nafaqat madaniy yoʻnalishda, balki ikki mamlakat aholisi oʻrtasida oʻzaro hurmat va doʻstlik rishtalarini yangicha koʻrinishda mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi.
❗️
Uchrashuv yakunida madaniyat, taʼlim, turizm, investitsiya va boshqa yoʻnalishlarda samarali hamkorlikni izchil davom ettirish, yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda Buxoroda Fransiya madaniyati kunlarini yuqori darajada tashkil etish boʻyicha amaliy ishlarni muvofiqlashtirishga kelishib olindi.
🧠
Elchi Prezidentimiz tashabbusi bilan ma'muriy markaz, ayniqsa, viloyat hokimligi binosida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, shuningdek, viloyatda kambag‘allikni qisqartirish, ishsizlikni bartaraf etish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan raqamli shtab faoliyati bilan tanishtirildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

September 10, 11:44
Media unavailable
10
1
Show in Telegram

✍️
✍️
✍️
✍️
✍️
📘
Buxoro davlat universitetida "Rektor va yoshlar uchrashuvi" o‘tkazildi
Buxoro davlat universitetida
“Tanishuv haftaligi”
doirasida universitet rektori, professor
Obidjon Xamidov
va talaba-yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda universitetga yangi qabul qilingan talabalar, jumladan, kirish imtihonlarida yuqori natijalarni qayd etgan yoshlar ham ishtirok etdi. Muloqot avvalida rektor talabalarni Buxoro davlat universitetining tarixi, bugungi faoliyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirdi.
BuxDUning
96 yilligi yaqinda nishonlangani
, ayni paytda Buxorodagi ilm-ma’rifat va ta’lim an’analari bundan ancha uzoq tarixga borib taqalishi qayd etildi. Buxoro qadimdan ilm olish istagidagi yoshlarni o‘ziga chorlagan ma’rifat maskani bo‘lib kelgani, bugungi talabalar esa ushbu boy an’analarning davomchilari ekani ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida
BuxDU rahbariyati va ularning faoliyat yo‘nalishlari
, universitet tuzilmasi hamda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar haqida ham ma’lumot berildi. Ayniqsa, boshqa hududlardan kelib tahsil olayotgan yoshlarning universitet muhitiga moslashishi, ta’lim olishi va talabalik hayotini mazmunli tashkil etishi uchun mavjud shart-sharoitlarga e’tibor qaratildi.
Rektor yoshlarni talabalikning dastlabki kunlaridanoq o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishga,
xorijiy tillarni o‘rganishga, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga, ilmiy izlanishlar hamda universitet jamoat hayotida faol bo‘lishga
chaqirdi. Kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalar erishgan natijalari alohida e’tirof etilib, ularni bu ko‘rsatkich bilan cheklanib qolmasdan, kelgusida ham yuqori natijalarga intilishga undadi.
Muloqotda talabalarning ta’limdagi natijalari va mavjud imkoniyatlardan foydalanishi masalasiga ham to‘xtalindi. Grant asosida tahsil olayotgan yoshlarning o‘z natijalarini barqaror saqlashi, to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar esa yuqori akademik ko‘rsatkich va faollikka intilishi muhimligi yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, talabalar universitet hayotidagi muhim yangiliklar, e’lonlar, tanlovlar, grantlar va boshqa imkoniyatlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishlari uchun
BuxDUning rasmiy Telegram kanallari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib borishlari
tavsiya etildi.
Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida davom etdi. Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni rektorga bevosita yo‘llab, fikr va takliflarini bildirdilar.
Rektor Obidjon Xamidov yoshlarning savollariga javob berib, ularning mulohazalarini tingladi hamda talabalik davridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
“Tanishuv haftaligi” doirasidagi mazkur uchrashuv yangi talabalarni BuxDU muhiti bilan yaqindan tanishtirish, ularning universitetdagi ilk qadamlarini qo‘llab-quvvatlash va kelgusidagi ta’lim faoliyatiga yo‘naltirishga xizmat qildi.
PAYSHANBA - YOSHLAR KUNI
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐
Telegram
🌐
Facebook

September 10, 11:44
Media unavailable
9
3
Show in Telegram

👥
👥
👥
👥
👥
👥
🇺🇿
🇵🇰
BuxDU va Pokiston fanlar va texnologiyalar milliy universiteti: xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Bugun, 10-sentabr kuni Buxoro davlat universitetiga Pokistonning nufuzli
Fanlar va texnologiyalar milliy universiteti (NUST)
delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Delegatsiyaga NUST rektori
professor, doktor Muhammad Zahid Latif
boshchilik qildi. Mehmonlarni Buxoro davlat universiteti rektori
professor Obidjon Xamidov
qabul qilib, universitet faoliyati, ta’lim va ilmiy salohiyati hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan muloqot olib bordi.
Batafsil
ru
/
eng
PAYSHANBA - YOSHLAR KUNI
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐
Telegram
🌐
Facebook

September 10, 11:44
Media unavailable
7
Show in Telegram

September 09, 11:21
Media unavailable
4
1
Show in Telegram

🎗️
🎗️
🎗️
🎗️
🎗️
📘
Buxoro
davlat universitetining 96 yillik sharafli taraqqiyot yo‘liga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Qariyb bir asrlik ilm-ma’rifat an’analarini o‘zida mujassam etgan Buxoro davlat universiteti bugun o‘zining 96 yillik sharafli taraqqiyot yo‘lini yuksak ehtirom va ko‘tarinki ruhda nishonlamoqda.
“Buxoro davlat universiteti 96 yillik taraqqiyot yo'lida”
mavzusida tashkil etilgan tantanali tadbirni Buxoro davlat universiteti rektori, professor
Obidjon Xamidov
kirish so‘zi bilan ochib, universitet jamoasi, faxriy ustozlar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda mehmonlarni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etdi.
Rektor o‘z nutqida Buxorodagi ilm-ma’rifat va ta’lim an’analari uzoq tarixga,
qadimiy farjaklar faoliyatiga borib taqalishini
alohida qayd etdi. Buxoro davlat universiteti ana shu ko‘p asrlik ilmiy-ma’rifiy merosning munosib davomchisi sifatida 96 yil davomida ta’lim va ilm-fan rivoji, malakali kadrlar tayyorlash hamda jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotganini ta’kidladi.
Shundan so‘ng
Malayziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Rafedah Abdul Aziz
so‘zga chiqib, BuxDU jamoasini universitetning
96 yillik sharafli sanasi
bilan tabrikladi. Elchi Buxoro davlat universiteti va Malayziya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida shakllanayotgan hamkorlik aloqalariga to‘xtalib, ta’lim, ilm-fan va madaniy almashinuv yo‘nalishlaridagi aloqalarni yanada kengaytirish istiqbollari haqida fikr bildirdi.
Shuningdek, Buxoro davlat universitetida
Malay tili dasturi (turizm)
ochilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim qadam sifatida e’tirof etildi.
Tadbirda Malayziyadagi
Sulton Idris Pedagogika Universitetining o‘quv va xalqaro masalalari bo‘yicha prorektori Raja Nor Safinas Raja Harun
ham nutq so‘zlab, BuxDU jamoasini 96 yillik bilan qutladi. U universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish,
akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish
masalalariga e’tibor qaratdi.
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
BuxDU.uz
|

Telegram |
🌐
Instagram |

Facebook
|
📹
Youtube

September 09, 11:21
Media unavailable
10
Show in Telegram

September 09, 11:21
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

✍️
✍️
✍️
✍️
✍️
📘
BuxDU rektorining navbatdagi sayyor qabuli o'tkazildi.
Bugun, 9-sentabr kuni Buxoro davlat universitetining 2700 o‘rinli yangi o‘quv binosida universitet rektori Obidjon Xamidovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabul aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni kengaytirish, fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni belgilash maqsadida tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganildi. Ularni qonunchilik doirasida hal etish, tegishli mas’ullar ishtirokida amaliy yechim topish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.
Bunday sayyor qabullar aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarni bevosita joyida o‘rganish va universitet rahbariyati bilan ochiq muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
BuxDU.uz
|

Telegram |
🌐
Instagram |

Facebook
|
📹
Youtube