
Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori
✍️
✍️
✍️
✍️
✍️
📘
XITOYNING HARBIN TEXNOLOGIYALAR INSTITUTI DELEGATSIYASI BUXDUGA TAŞRIF BUYURDI
Buxoro davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri -
Harbin texnologiyalar instituti (HIT) Matematika böyiça ilğor tadqiqotlar instituti
delegatsiyasi taşrif buyurdi. Taşrif doirasida delegatsiya vakillari
Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Xamidov
bilan uçraşdi.
Uçraşuvda ikki oliy ta’lim muassasasi örtasida ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantiriş, matematika sohasida qoşma tadqiqotlarni amalga oşiriş, professor-öqituvçilar va olimlar almaşinuvini yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, PhD doktorantlarini hamkorlikda tayyorlaş, yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş, xalqaro ilmiy seminar va konferensiyalar taşkil etiş hamda istiqbolli ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Muloqot davomida xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytiriş BuxDUning ilmiy salohiyatini yuksaltiriş, xorijiy ilmiy markazlar bilan aloqalarini mustahkamlaş va jahon akademik maydonidagi nufuzini oşirişda muhim ahamiyat kasb etişi ta’kidlandi.
Mazkur uçraşuv Buxoro davlat universiteti va Harbin texnologiyalar instituti örtasidagi ilmiy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş uçun muhim zamin yaratdi.
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
BuxDU.uz
|
✅
Telegram |
🌐
Instagram |
✅
Facebook
|
📹
Youtube
✍️
✍️
✍️
✍️
✍️
📘
BUXDU VA HARBIN TEXNOLOGIYALAR INSTITUTI ÖRTASIDA XALQARO HAMKORLIK ŞARTNOMASI IMZOLANDI
Buxoro davlat universitetining xalqaro ilmiy va akademik aloqalarini kengaytiriş yölida navbatdagi muhim qadam qo‘yildi. Buxoro davlat universiteti hamda Xitoy Xalq Respublikasining
Harbin texnologiyalar instituti (HIT) Matematika böyiça ilğor tadqiqotlar instituti
örtasida xalqaro hamkorlik şartnomasi imzolandi.
Mazkur şartnoma ikki tomonlama ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlaş, qoşma loyihalarni amalga oşiriş hamda akademik hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.
Hamkorlikning ustuvor yönalişlari:
🔹
Matematika sohasida qoşma ilmiy tadqiqotlar olib boriş va xalqaro nufuzli jurnallarda maqolalar çop etiş;
🔹
Professor-öqituvçilar, olimlar va tadqiqotçilar almaşinuvini rivojlantiriş;
🔹
PhD doktorantlarini hamkorlikda tayyorlaş va yoş olimlarni qöllab-quvvatlaş;
🔹
Xalqaro ilmiy konferensiyalar, seminarlar va akademik tadbirlarni taşkil etiş;
🔹
Istiqbolli ilmiy loyihalarni ishlab çiqiş va birgalikda amalga oşiriş.
Uşbu hamkorlik Buxoro davlat universitetining
QS World University Rankings
hamda
Times Higher Education (THE) World University Rankings
reytinglarida dunyoning TOP–1000 universitetlari qatoridan joy olişga qaratilgan strategik maqsadlarini amalga oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, xorijiy olimlar bilan qöşma tadqiqotlar olib boriş, xalqaro ilmiy naşrlarda maqolalar çop etiş, ilmiy iqtiboslar va akademik hamkorlik körsatkiçlarini yaxşilaş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐
Telegram
🌐
Facebook
#Rektor_tabrigi
📘
25-OKTYABR - ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI IÇKI IŞLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI
Hurmatli içki işlar organlari xodimlari va faxriylari!
Sizlarni
25-oktyabr - Özbekiston Respublikasi içki işlar organlari xodimlari kuni
munosabati bilan Buxoro davlat universiteti jamoasi hamda şaxsan öz nomimdan samimiy muborakbod etaman!
Yurtimiz tinçligi va osoyiştaligini asraş, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş, jamiyatda qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlaş yölidagi şarafli hamda mas’uliyatli xizmatingiz har qança e’tirofga munosibdir.
Bugungi kunda Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, inson qadrini uluğlaş, xalq manfaatlarini ta’minlaş va huquqiy demokratik davlat asoslarini mustahkamlaş jarayonida içki işlar organlarining örni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Ayniqsa, jamoat xavfsizligini ta’minlaş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, aholi osoyiştaligini saqlaş, yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş borasida olib borayotgan fidokorona mehnatingiz xalqimizning tinç va farovon hayotiga xizmat qilmoqda.
Ta’kidlaş joizki, içki işlar organlari bilan oliy ta’lim muassasalari örtasidagi samarali hamkorlik yoşlarni turli salbiy ta’sirlardan asraş, ularda qonunlarga hurmat, fuqarolik mas’uliyati, Vatanga muhabbat va daxldorlik tuğularini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Buxoro davlat universiteti jamoasi ham Sizlar bilan yölga qöyilgan özaro hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Talaba-yoşlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va xavfsiz ta’lim muhitini şakllantiriş yölidagi ortak taşabbuslarimiz bundan buyon ham izçil davom etişiga işonaman.
Fursatdan foydalanib, öz umrini el-yurt osoyiştaligi, xalqimiz xavfsizligi va Vatanimiz ravnaqiga bağişlagan soha faxriylariga ham çuqur hurmat va minnatdorlik bildiraman. Ularning boy hayotiy tajribasi, fidoyiligi va ibratli xizmat yöli bugungi yoş avlod uçun haqiqiy jasorat va sadoqat maktabidir.
Aziz içki işlar organlari xodimlari!
Uşbu qutluğ bayramda barçangizga mustahkam soğliq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman.
Vatanimiz tinçligi, xalqimiz osoyiştaligi va farovonligi yölidagi mas’uliyatli hamda şarafli xizmatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va yuksak zafarlar doimo hamrohingiz bölsin!
Kasb bayramingiz muborak bölsin, aziz Vatan posbonlari!
Hurmat va ezgu tilaklar bilan,
Buxoro davlat universiteti rektori, professor
Obidjon Xamidov
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐
Telegram
🌐
Facebook
✍️
✍️
✍️
✍️
✍️
📘
Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Şeyxon mahallasida barpo etilayotgan yangi zamonaviy kampus quriliş maydonida bo‘ldi.
Quriliş hududi közdan keçirilib, olib borilayotgan bunyodkorlik işlari bilan yaqindan tanişildi. Taşrif davomida yangi kampus loyihasining asosiy yönalişlari, zamonaviy infratuzilma yeçimlari hamda talabalar va professor-öqituvçilar uchun yaratiladigan şaroitlar közdan keçirildi. Ma'lumot uchun, kampus hududida zamonaviy öquv binolari, laboratoriyalar, talabalar turar joylari, sport majmualari va yashil hududlar barpo etilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐
Telegram
🌐
Facebook
✨
✨
✨
✨
✨
📘
Buxoro xalqaro ilmiy tafakkur markazida: Yusuf Qoraboğiy merosi Özbekiston va Ozarbayjon olimlarini birlaştirdi
2026-yil 24-oktabr kuni Buxoro davlat universitetining Tarix fakultetida
“Yusuf Qoraboğiy ilmiy merosi: falsafa, ilm-fan va madaniyatlar muloqoti”
mavzusida xalqaro ilmiy seminar bölib ötdi.
Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi azaliy döstlik, muştarak tarixiy ildizlar hamda ilmiy-ma’rifiy hamkorlikning yorqin ifodasiga aylangan mazkur nufuzli anjuman ikki qardoş xalqning taniqli olimlari, şarqşunoslari, tarixçilari, faylasuflari, din ulamolari, professor-öqituvçilari va ilmiy jamoatçilik vakillarini bir maydonda jamladi.
Xalqaro ilmiy seminarda
Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Xamidov, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti direktori, tarix fanlari doktori, professor Komiljon Rahimov, falsafa fanlari doktori, professor, taniqli şarqşunos va manbaşunos Mahmudxöja Nuriddinov, BuxDU Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Halim Törayev, BuxDU Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Şodmon Hayitov
va boşqa olimlar iştirok etdilar.
Şuningdek,
Ozarbayjon davlat pedagogika universitetining xalqaro aloqalar böyiça prorektori, professor Mahira Hüseynova, Boku davlat universiteti professori, tarixçi olim Qobil Aliyev, Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Falsafa va sotsiologiya instituti Xalqaro munosabatlar va geosiyosat bölimi siyosatşunosi Fərahilə Fazil Babayeva-Şükürova hamda mazkur institut vakili Nigar Mustafayevning
iştiroki anjumanning xalqaro ilmiy ahamiyatini yanada oşirdi.
Mazkur ilmiy-ma’rifiy tadbirda
Buxoro viloyatidagi “Çor Bakr” jome masjidi imom-xatibi Azizxöja domla Inoyatov hamda Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir Elov
ham qatnaşdilar. Ularning iştiroki ilm-fan, diniy-ma’rifiy tafakkur va boy tarixiy-ma’naviy meros örtasidagi uzviy boğliqlikni namoyon etdi.
Anjumanning alohida e’tiborga molik jihatlaridan biri - Yusuf Qoraboğiy hayoti va ilmiy-falsafiy merosini bevosita tadqiq etgan taniqli olim, falsafa fanlari doktori, professor
Mahmudxöja Nuriddinovning
iştiroki böldi. Olim 1981-yilda “Yusuf Qoraboğiyning hayoti va falsafiy qaraşlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 1991-yilda esa “Yusuf Qoraboğiy va XVI–XVII asrlarda Örta Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikr” nomli monografiyasini naşr ettirgan. Uning falsafa tarixi, şarqşunoslik, manbaşunoslik va islomşunoslik yönalişlaridagi köp yillik ilmiy izlanişlari Şarq tafakkuri tarixini örganişga muhim hissa bölib qöşilgan. Aynan Yusuf Qoraboğiy ilmiy merosini tadqiq etişga bağişlangan ilmiy işlari mazkur xalqaro seminar mavzusining dolzarbligini yanada yaqqol namoyon etdi.
Ilmiy anjuman davomida Şarq falsafiy tafakkurining yirik namoyandalaridan biri Yusuf Qoraboğiyning boy ilmiy merosi, uning falsafa, mantiq va ilm-fan taraqqiyotidagi örni, tarixiy-falsafiy qaraşlari hamda asarlarining bugungi ilmiy jarayonlardagi ahamiyati atrofliça muhokama qilindi.
Ayniqsa, Özbekiston va Ozarbayjon xalqlarini asrlar davomida birlaştirib kelayotgan muştarak tarixiy ildizlar, madaniy qadriyatlar, ilmiy an’analar hamda buyuk allomalar merosini çuqur tadqiq etiş masalalari anjumanning asosiy muhokama yönalişlaridan böldi. Ilmiy muloqotlarda Yusuf Qoraboğiy merosining Şarq falsafasi taraqqiyotidagi örni, uning ilmiy qaraşlarini zamonaviy tadqiqotlar asosida örganiş va ilmiy xulosalarni kelajak avlodlarga yetkaziş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, tarixiy-falsafiy manbalarni zamonaviy ilmiy yondaşuvlar asosida tadqiq etiş, ikki mamlakat olimlari örtasidagi akademik aloqalarni kengaytiriş hamda qöşma ilmiy izlanişlar istiqbollarini rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐
Telegram
🌐
Facebook
#креатив_тадбиркор_ёшлар
#Халқ_билан_бирга
🔍
Ёшлар томонидан тақдим этилган ҳар бир ташаббус мамлакатимиз келажаги ва иқтисодий ўсишига қаратилган муҳим қадам экани эътироф этилди. Форум якунида фаол иштирокчилар ва истиқболли лойиҳа эгалари партия фаоллари ҳамда депутатлар томонидан муносиб тақдирланди.
🔍
Бу каби анжуманлар ёшларнинг орзу-интилишларини рўёбга чиқариш, уларнинг иродаси, билими ва ҳаракати орқали тараққиёт майдонини янада кенгайтиришга хизмат қилади.
📱
Bizni kuzatib boring
!
#креатив_тадбиркор_ёшлар
#Халқ_билан_бирга
🔍
Анжуманнинг энг ҳаяжонли ва муҳим қисмида ёшлар ўзларининг креатив ва инновацион бизнес лойиҳалари тақдимотини ўтказишди. Хусусан:
Бобурмирзо Тойиров
— “Robokit” лойиҳаси;
Миржон Ҳикматиллаев
— “Edumate” лойиҳаси;
Зарина Комилова
— “Recarbon” лойиҳаси;
Моҳинур Ҳикматиллаева
— “Kidgarden” лойиҳаси;
Севинч Ҳасанова
— “TopAI” лойиҳалари билан иштирок этдилар.
📱
Bizni kuzatib boring
!
#креатив_тадбиркор_ёшлар
#Халқ_билан_бирга
😎
Билим, ҳаракат ва ишонч: Бухорода ёшлар бизнес ташаббуслари эътироф этилди
🔍
Бухоро давлат университетида O'zLiDePнинг “Халқ билан бирга” умуммиллий дастури доирасида “Креатив тадбиркор ёшлар” форуми бўлиб ўтди.
Тадбирнинг асосий мақсади — навқирон авлод иқтидорини намоён этиш, уларнинг инновацион ғоялари ва бизнес ташаббусларини қўллаб-қувватлаш, шунингдек, ёш тадбиркорлар учун янги имкониятлар майдонини яратишдан иборатдир.
🔍
Форумда O'zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси Амалий лойиҳалар ва Сиёсий таълим маркази раҳбари Насимжон Алимов ҳамда партия вилоят Кенгаши аппарати раҳбари Бобомурод Очилов ва вилоят Кенгаши депутати Жасурбек Жонибеков сўзга чиқди.
Маърузачилар Янги Ўзбекистонда ёшлар тадбиркорлигини ривожлантириш, уларни бизнес муҳитга кенг жалб этиш борасидаги ислоҳотлар ва бу жараёнда O'zLiDeP нинг ўрни ҳақида атрофлича тўхталиб ўтдилар.
📱
Bizni kuzatib boring
!