Buxoro shahar hokimligi | Rasmiy
📖
Халқаро эътироф: Шавкат Мирзиёевнинг инсонпарварлик ташаббуслари — янги дунё модели
«Инсоният тарихида давлат ёки империянинг мавжудлигидан ҳам барқарорроқ нарса бор. Бу — буюк ғоялар!» — деб ёзади покистонлик ёзувчи Муҳаммад Аббос Хон ўзининг янги асарида.
📝
Унинг «Ўзбекистон: Учинчи Ренессанс — тараққиёт концепти» китобида Шавкат Мирзиёевнинг янгича тафаккури қуйидагича таҳлил қилинади:
⚫️
Келажак — рақобат эмас, ҳамкорлик майдони;
⚫️
Тарих — ажратувчи девор эмас, боғловчи кўприк;
⚫️
Ўзгаришлар — эзгулик ва адолатга хизмат қилиш истагидан бошланади.
✅
Китобга сўзбоши ёзган Покистон Бош вазирининг фикрича, Ўзбекистон тажрибаси ва ушбу асар нафақат Покистонни, балки
бутун Шарқни янги уйғониш даврига илҳомлантиради.
Тинчлик, маърифат ва мулоқотга асосланган ушбу асар ҳар биримизни теран мушоҳадага чорлайди.
Каналга уланиш:
👇
@hudud_inform
Instagram
|
Facebook
Diqqat e’lon!
Joriy yilning
12-dekabr
kuni soat
11-00
dan Markaziy bank Buxoro viloyat bosh boshqarmasi boshlig’i tomonidan
Buxoro shahar ATB "Agrobank" shahar filiali binosida
Buxoro shahar tadbirkorlari va fuqarolari uchun rejalashtirilgan sayyor qabul
o’tkaziladi.
☎️
Ma’lumot uchun: tel: 65-220-90-12
🌎
Veb-sayt
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
You Tube
📱
Instagram
Buxoroda piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida temir panjaralar o‘rnatilmoqda
Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan Buxoro shahrida piyodalar ishtirokida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Mazkur ishlar doirasida shahar ko‘chalarida yo‘lning ikki qismini ajratib turuvchi temir panjaralar o‘rnatilmoqda.
Ushbu panjaralarning o‘rnatilishi, avvalo, piyodalar tomonidan yo‘lning belgilanmagan joylaridan kesib o‘tishning oldini olish, harakat xavfsizligini oshirish va transport oqimini tartibga solishga xizmat qiladi. Shu orqali nafaqat yo‘lovchilar, balki haydovchilarning ham hayoti va sog‘lig‘ini asrash, tartibli harakatlanish madaniyatini shakllantirish maqsad qilingan.
🌎
Veb-sayt
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
You Tube
📱
Instagram
Noqonuniy tashqi reklama vositalari bartraraf etildi
Shahar ko‘rkini saqlash va tashqi reklama faoliyatini tartibga solish maqsadida Buxoro shahrida muntazam ravishda monitoring ishlari olib borilmoqda. Aholi xavfsizligi hamda estetik talablarning ta’minlanishi bu boradagi eng ustuvor vazifalardan biridir.
Shu jarayonda o‘tkazilgan navbatdagi tekshiruvlar davomida “I. Karimov”, “B. Naqshband” va “I. Mo‘minov” ko‘chalari bo‘ylab joylashtirilgan 60 ta ruxsatsiz tashqi reklama konstruksiyasi aniqlanib, belgilangan tartib asosida demontaj qilindi.
🌎
Veb-sayt
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
You Tube
📱
Instagram
📣
Buxoro shahar: Shokir Jumayev tashabbusi bugun bir nechta oilani daromadli qilmoqda
Yoʻllarimizda avtotransport vositalari soni keskin oshib borayotgani ularga servis—texnik xizmat koʻrsatishga boʻlgan talab va ehtiyojni oshirmoqda. Har kuni oʻnlab avtomobilga texnik xizmat zarurligini inobatga olsak, haydovchi yoki avtomobil egalari ishonchli usta va ustaxona izlashga tushib qolishlari tabiiy hol. Shu bois, ayni kunda viloyat markazida ham avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish ustaxonalari soni koʻpaymoqda. Bu esa aholi bandligini taʼminlash va ularga daromad manbaini yaratishda qulay imkoniyat.
📌
Batafsil
📌
Батафсил
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#rasmiy_xabar
Aholi xonadonlari va ijtimoiy sohani tabiiy gaz bilan ta’minlash bosh vazifa
Qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqarganligi sababli quyidagi zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz.
Birinchi navbatda
aholi xonadonlari
va
ijtimoiy soha obyektlarini
(maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shifoxonalar, oliy ta’lim muassasalari, issiqlik elektr stansiyalari va boshqalar)
tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash bosh vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
Shu bois, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida tabiiy gaz bosimi pasayishini oldini olish maqsadida
mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.
Bu zaruriy choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qilamiz.
Holat haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Kanalimizga aʼzo bo‘ling
👇
@minenergy_uz
❓
Savol:
Bizda qurilishi hali tugallanmagan turar joy mavjud. Ro‘yxatga olishda undagi yashash xonalari va turar joy maydoni ham hisobga olinadimi?
✅
Javob:
Yo‘q, ro‘yxatga olish sanasiga qadar qurilishi tugallanmagan turar joylar va yashash xonalari ro‘yxatga olinmaydi.
Ro‘yxatga olishda bino qachon foydalanishga topshirilgani va unda yashash qachondan boshlanganiga e’tibor qaratiladi. Shu asosda savolnoma to‘ldiriladi.
🌎
Veb-sayt
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
You Tube
📱
Instagram
Qurbon Tursunov mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi
Buxoro shahri hokimi Qurbon Tursunovning shahardagi 65 nafar yoshlar yetakchilari bilan navbatdagi ochiq muloqoti tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi — yoshlarning faolligini oshirish, ularning tashabbus va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mahallalarda yoshlarga oid davlat siyosatining samarali ijrosini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir doirasida hokim yoshlar yetakchilari bilan birma bir suhbatlashib, ular tomonidan bildirilgan taklif va muammolarni batafsil tingladi. Ularni hal etish uchun chora-tadbirlar tuzilib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul rahbar va tashkilotlarga aniq vazifalarni belgilab berdi. Xususan, ta’lim sifatini oshirish, sport va madaniy inshootlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, bandlik masalalari, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishdagi qiyinchiliklar, axborot texnologiyalari bilan bog‘liq yo‘nalishlarda takliflar o‘rganildi.
Qurbon Tursunov yoshlar — jamiyatning strategik salohiyati va rivojlanish drayveri ekanini ta’kidlab, ularning fikr va tashabbuslari Buxoro shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Shu bilan birga, har bir yosh yetakchining mahalla darajasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, loyihalarini amalga oshirishga ko‘mak ko‘rsatish kafolatlanishini bildirildi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, yoshlar yetakchilari bilan tizimli hamkorlikni kuchaytirish, ularning tashabbuslarini “Yoshlar daftari” va “Mahallabay” ish uslubi orqali amaliy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yoshlar muammolarini tezkor hal etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi belgilandi.
Ushbu muloqot yoshlar bilan ishlashdagi ochiqlik va samimiylik tamoyillari asosida o‘tib, ularning faolligi va ijtimoiy hayotdagi ishtirokini yanada oshishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
🌎
Veb-sayt
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
You Tube
📱
Instagram