Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Buxoro shahar hokimligi | Rasmiy

buxoroshahhokimligi
Rasmiy Web-sayt: https://gov.uz/uz/buxoroshahar Мурожаатлар учун: +998 65 221-00-81 +998 65 223-11-39 @buxoroshaharmurojaatbot
Подписчики
5 868
24 часа
2
30 дней
-37
Просмотры
433
ER
7,38%
Посты (30д)
401
Символов в посте
753
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 27, 04:24
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Yuridik shaxslar biznesni ro‘yxatga olish tadbirida iqtisodiy so‘rovnomani onlayn to‘ldirishlari mumkin
Biznesni ro‘yxatga olish tadbiri doirasida yuridik shaxslar jami aylanma, xarajatlar, investitsiyalar, shuningdek, asosiy vositalarga oid ma’lumotlarni qamrab olgan iqtisodiy so‘rovnomani
hisobot.stat.uz
(E-Stat) axborot tizimi orqali mustaqil ravishda to‘ldirishlari mumkin.
📞
So‘rovnomani to‘ldirish jarayonida savollar yoki qiyinchiliklar yuzaga kelsa,
1851
qisqa raqamli koll-markazga murojaat qilish mumkin.
Biznesni ro‘yxatga olishda faol ishtirok eting!
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
You Tube
|
Instagram

October 27, 02:03
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#kun_iqtibosi
Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab in’om etuvchi vositadir.
🌎
Veb-sayt
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
You Tube
📱
Instagram

October 26, 15:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

ISTE’DODINGIZNI NAMOYON ETING!
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti — Buxoro shahar bosqichi
Aziz va intiluvchan qizlar! Agar siz ilm-fan, ta’lim, san’at, adabiyot, madaniyat, sport yoki boshqa yo‘nalishlarda o‘z iste’dodingiz, bilimingiz va yutuqlaringiz bilan ajralib tursangiz, ushbu tanlovda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti — iqtidorli, tashabbuskor va faol qizlarning salohiyatini namoyon etish, ularning yutuqlarini munosib e’tirof etish hamda yangi marralar sari ruhlantirishga xizmat qiluvchi yuksak e’tirofdir.
📅
Sana: 27-oktabr
🕙
Vaqt: soat 10:00
📍
Manzil: Buxoro shahri A.Somiy ko'chasi 12/1-uy Oila va xotin-qizlar maskani
O‘z iste’dodingizga ishoning, yutuqlaringizni namoyon eting va yuksak maqsadlar sari dadil qadam tashlang!
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
You Tube
|
Instagram

October 26, 15:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

💙
💙
💙
Buxoro viloyatining ba’zi hududlarida 27-oktyabr kuni tabiiy gaz ta’minoti vaqtinçalik töxtatiladi
Buxoro şahrining Muxtor Aşrafiy, Çorbaxossa, Loşa, Guliston, Muhammad Narşaxiy va Şerbudin mahallalarida kesimi 50, 76 mmli past bosimli yer usti gaz quvurlarini ta’mirlaş maqsadida soat 9:00 dan 18:00 gacha (aholi xonadonlar soni 810 ta);
Buxoro tumanining Gulçorboğ, Şeyxon, Saxovat, Rabotak, Istiqbol, Oybek, Navröz va Yangi Turmuş mahallalarida va Buxoro şahrining Otbozor mahallasida kesimi 89-100 mmli örta bosimli yer usti, yer osti gaz quvurlarini ta’mirlaş maqsadida soat 9:00 dan 17:00 gacha (aholi xonadonlar soni 1218 ta);
Şofirkon tumanining Tezguzar mahallasi Qurama qişloğida kesimi 89 mmli örta bosimli yer usti gaz quvurini ta’mirlaş maqsadida soat 8:00 dan 17:00 gacha (aholi xonadonlar soni 49 ta);
Olot tumanining Eski Olot, Xalifa, Bunyodkor va Navröz mahallalarida rekonstruksiya qilingan gaz tarmoğini işga tuşiriş maqsadida soat 9:00 dan 17:00 gacha (aholi xonadonlar soni 3314 ta)
“Hududgaz Buxoro” GTF matbuot xizmati

October 26, 14:03
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Milliy qadriyatlar va tadbirkorlik rivoji yo‘lida
Batafsil
Батафсил
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
You Tube
|
Instagram

October 26, 12:53
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🔵
Buxoro shahrida ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlari qish mavsumiga tayyorlanmoqda
📍
«Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki» ishtirokida amalga oshirilayotgan «Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (1-bosqich)» loyihasi doirasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
📌
Viloyat miqyosidagi mazkur loyiha keng ko‘lamli bo‘lib, ichimlik suvi ta’minoti tizimini yaxshilash, oqova suv xizmatlarini rivojlantirish hamda mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilishni nazarda tutadi.
✏️
Ichimlik suvi ta’minoti yo‘nalishida sutkasiga jami 260 ming kub metr quvvatga ega ikkita suv tozalash inshooti, 2 187 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i hamda 35 ta suv tarqatish inshootini qurish va rekonstruksiya qilish belgilangan. Shuningdek, «Buxoro suvta’minot» MCHJ tizimidagi bitta ichimlik suvi olish inshootini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash rejalashtirilgan.
✔️
Oqova suv tizimi bo‘yicha esa sutkasiga jami 25 600 kub metr quvvatga ega beshta oqova suv tozalash inshooti, 720,83 kilometr oqova suv tarmog‘i hamda 65 ta oqova suv nasos stansiyasini qurish va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.
🟰
Loyiha doirasida Buxoro viloyatidagi 195 ta mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1 million 788 ming nafar aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash, shuningdek, 42 ta mahallada istiqomat qiluvchi 507 ming nafar aholi uchun markazlashgan oqova suv xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish nazarda tutilgan.
⏩
Ayni paytda viloyat markazida qish mavsumida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada mahallalar, aholi xonadonlari, ijtimoiy soha ob’yektlari, korxona va tashkilotlarda zarur tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
〰️
Ichimlik suvi tarmoqlarini mavsumga tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, bugungi kunga qadar Buxoro shahrida 2,9 kilometr uzunlikdagi ichimlik suvi tarmoqlarida mukammal ta’mirlash, 18,5 kilometr tarmoqda joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Shuningdek, to‘rtta nasos agregatida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
🔍
Qish mavsumida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida shaharda oltita avariya brigadasi tashkil qilindi. Ularning samarali faoliyat yuritishi uchun oltita avtotransport vositasi va sakkizta elektr payvandlash apparati shay holatga keltirildi.
💳
Shu bilan birga, qishki mavsumni talab darajasida o‘tkazish, ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida bajarish hamda ehtimoliy nosozliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida zarur materiallar zaxirasi shakllantirildi. Jumladan, omborlarda turli diametrdagi 6,3 kilometr quvur, 20 ta zulfin (zadvijka), 85 kilogramm bolt va gayka, 130 kilogramm elektrod hamda 680 kilogramm quruq aralashma jamg‘arildi.
🟦
Amalga oshirilayotgan mazkur chora-tadbirlar Buxoro shahrida qish mavsumida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlarining uzluksizligini ta’minlash, ehtimoliy avariyaviy holatlarning oldini olish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 11:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ibn Sino ko‘chasida tun-u kun faoliyat yuritadigan 24/7 ko'cha tashkil qilinyapti
Loyiha doirasida umumiy uzunligi 2,3 kilometr bo‘lgan yo‘l qismining ikki tomonida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va zamonaviy infratuzilmani yaratish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Loyihaning umumiy qiymati 21,8 milliard so‘mni tashkil etadi. Shundan 18 milliard so‘m buyurtmachi mablag‘lari, 3,8 milliard so‘m esa respublika mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan.
Hududda 25 dona ko‘cha chirog‘i, 20 dona manzarali dekorativ chiroq, 25 ta chiqindi qutisi va 30 dona o‘rindiq o‘rnatiladi. Shuningdek, sun’iy favvora, dekorativ stellalar va kichik arxitekturaviy elementlar barpo etiladi. Yo‘lning 1 kilometr qismida bruschatka yotqizilib, 2,3 kilometr uzunlikda piyodalar yo‘lakchalari quriladi.
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
You Tube
|
Instagram

October 26, 10:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

"O'zbekiston 24" | O'zbekiston vaqti bilan
Sayyohlarning Buxoroga kelish sabablari
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
You Tube
|
Instagram

October 26, 09:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Is gazidan ogoh bo‘ling!
Qish mavsumida is gazi bilan bog‘liq holatlar ko‘payishi — har yili uchraydigan eng xavfli omillardan biri. Uni ko‘rmaysiz, hidini ham darrov sezmaysiz, lekin oqibati og‘ir bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har bir xonadon va har bir aholi xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishi zarur.
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
You Tube
|
Instagram

October 26, 06:33
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#BU_MUHIM
⚠️
Isitish mavsumi qachon boshlanadi?
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
You Tube
|
Instagram