
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#Oʻzbekiston_2030_strategiyasi
#maktabgacha_taʻlim
✅
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi tegishli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasini rivojlantirishga qaratilgan qator
maqsadlar oʻrin olgan.
🔹
Xususan, dastlabki maqsad sifatida 2030-yilga qadar bolalarni maktabgacha taʻlim bilan qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish belgilangan.
➖
Shu maqsadda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktabgacha taʻlim tizimida yangi oʻrinlar yaratish, davlat-xususiy sheriklik va oilaviy nodavlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarini kengaytirish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda.
👉
2026-yilning oʻtgan davri mobaynida
jami 56 569 ta,
xususan:
➖
118 ta DXSh asosidagi MTT tashkil etilishi natijasida — 13 779 ta;
➖
1 100 ta oilaviy nodavlat MTT tashkil etilishi natijasida — 42 790 ta yangi bola oʻrni yaratildi.
👉
Hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi:
➖
3–7 yoshdagi
3 246 913 nafar
bolaning
2 533 314 nafari
maktabgacha taʻlim bilan toʻliq qamrab olingan hamda
qamrov darajasi 78 foizni tashkil etmoqda;
➖
joriy yilda
811 ming nafardan ortiq
6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olinishi natijasida
qamrov koʻrsatkichini 99,3 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
#birinchi_maqsad
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating:
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#Fotojarayon
🔵
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan Buxoro tumanidagi “Shexoncha” mahallasida joylashgan 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi tubdan rekonstruksiya qilinib, zamonaviy qiyofa kasb etdi.
✔️
Amalga oshirilgan bunyodkorlik va ta’mirlash ishlari natijasida muassasaning quvvati 240 o‘ringa yetkazildi. Bu esa hududdagi bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.
📌
E’tiborlisi, mazkur loyiha natijasida “Shexoncha” mahallasidagi 3–6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 100 foizga yetkazildi.
🔼
Bugun mahalladagi bolajonlar milliy standartlarga to‘liq javob beradigan, zamonaviy, shinam va yorug‘ xonalarda ta’lim-tarbiya olmoqda. Muassasada bolalarning har tomonlama rivojlanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi va maktab ta’limiga puxta tayyorlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
⬇️
Zamonaviy maktabgacha ta’lim maskani nafaqat bolalar uchun qulay muhit, balki mahallada istiqomat qiluvchi ota-onalar uchun ham katta qulaylik yaratdi.
ℹ️
Bunday ezgu ishlar yurtimizda yosh avlod tarbiyasi va ta’limiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasidir.
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
✅
✅
✅
✅
🟢
"BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ!"
🔆
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasiga yo‘g‘rilgan nutqi yurtimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan muhim tashabbus va rejalarni o‘zida mujassam etdi.
➡️
Davlatimiz rahbarining ushbu muhim nutqi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” nomli sharh kitobi ham nashr etildi.
📌
Mazkur kitob Buxoro viloyatidagi barcha umumta’lim maktablariga yetkazilib, ayni paytda ta’lim muassasalarida Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati pedagoglar hamda o‘quvchilarga izchil tushuntirilmoqda.
🔵
Dars va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jarayonida kitobdagi muhim fikrlar asosida yosh avlod qalbida Vatanga daxldorlik, milliy g‘urur, yurt taqdiriga mas’uliyat va kelajakka ishonch tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
📣
“Kelajak soati” doirasida "Ustozga ehtirom" nomli videoroliklar tanlovida ishtirok eting!
👥
Tanlovga
loyihaga qiziqqan
barchani taklif etamiz.
Siz o‘z kasbiga fidoyi, shogirdlari qalbiga yo‘l topa oladigan, ta’lim va tarbiya yo‘lida munosib hissa qo‘shayotgan
ustoz va murabbiylar faoliyati va ularning jamiyatdagi munosib o'rnini videoroliklar orqali yoritishni
istaysizmi?
Unda ushbu tanlov aynan Siz uchun!
📩
Tayyorlagan videolaringizni
@kelajak_soati_tanlov_bot
orqali yuboring.
🏆
G‘oliblar munosib
taqdirlanadi
va ularning materiallari
respublika miqyosida
e’lon qilinadi!
🚀
Sizning g‘oyangiz navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotiga asos bo‘lishi mumkin!
✅
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
sayt
🟢
Ayrim toifadagi oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha taʼlim imkoniyatlari
!
🔆
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyundagi 365-sonli “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o‘quvchilarni maktabdan tashqari ta’limga jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, kambag‘al oilalarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan farzandlarining to‘garak xarajatlarining
80 foizgacha qismi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
⬇️
7–11 yoshdagi o‘quvchilar uchun:
✅
Darsdan keyingi qo‘shimcha ta’lim (uzaytirilgan kun guruhlari) tashkil etiladi;
✅
To‘garak xizmatlari faqat davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida taklif etiladi;
✅
Oylik to‘lov miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha.
⬇️
12–18 yoshdagi o‘quvchilar uchun:
Matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, tarix, davlat va huquq asoslari, ona tili va adabiyoti, o‘zbek, rus tillari va adabiyoti bo‘yicha to‘garaklar tashkil etiladi;
Oylik to‘lov miqdori — BXMning 2 baravarigacha.
⬇️
15–18 yoshdagi o‘quvchilar uchun:
✅
Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz) bo‘yicha to‘garaklar;
✅
Oylik to‘lov miqdori — BXMning 2 baravarigacha.
✅
Axborot texnologiyalari va kasb-hunar yo‘nalishidagi to‘garaklar;
✅
Oylik to‘lov miqdori — BXMning 4 baravarigacha.
📎
O‘quvchi, uning ota-onasi (yoki qonuniy vakili) hamda to‘garak xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilot o‘rtasidagi shartnoma Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tuziladi.
➡️
To‘garaklar 9 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
✔️
Har bir o‘quvchi bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan ikki to‘garakni tanlashi mumkin.
📌
To‘lovlar va davomat haqidagi ma’lumotlar
kelajak.uzedu.uz
elektron platformasida avtomatik tarzda hisoblanadi.
✅
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
PISA 2025: o‘quvchilar sun’iy intellektdan qanday maqsadlarda foydalanmoqda?
PISA 2025 natijalariga ko'ra, o‘quvchilar sun’iy intellektdan, asosan:
🔺
yangi mavzuni o‘rganishda yordam olish;
🔺
mavzu bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni izlash;
🔺
o‘qilgan matnni umumlashtirish;
🔺
yozma topshiriqlar uchun matn tayyorlash
maqsadlarida foydalanmoqda.
O‘quvchilarning
45 foizi
sun’iy intellektdan yangi mavzuni o‘rganish uchun kamida haftada bir marta foydalanishini bildirgan. Ushbu ko‘rsatkich mavzu bo‘yicha dastlabki izlanish olib borishda
31 foiz
, matnni umumlashtirishda
30 foiz
, yozma topshiriqlar uchun matn tayyorlashda esa
29 foizni
tashkil etgan.
Natijalar o‘quvchilar sun’iy intellektdan tayyor javob olish bilangina cheklanmay, bilim olish, axborotni qayta ishlash va yozma topshiriqlarni bajarishda yordamchi vosita sifatida ham foydalanayotganini ko‘rsatadi.
👍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
💬
Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱
Telegram
|
📒
Facebook
📹
YouTube
|
🌐
Instagram
#OAV_biz_haqimizda
🟢
«NAJOT BILIMDA» KO‘RSATUVIDA
🔆
Bugungi ta’lim jarayoni o‘quvchidan puxta bilim bilan birga zamonaviy texnologiyalar, IT va sun’iy intellekt sohalaridagi ko‘nikmalarni ham egallashni talab etmoqda.
➡️
Qorako‘l tumanidagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, robototexnika va sun’iy intellektga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
⚡️
«Najot bilimda» ko‘rsatuvida maktabdagi ilg‘or tajriba, o‘quvchilarning zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashi va «5 million sun’iy intellekt yetakchilari» tashabbusi doirasidagi faoliyati yoritildi.
✅
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
#Metodik_yordam
#tavsiya
📌
Bolaga buyruq berish kerakmi yoki tanlash huquqini?
⬇️
Nega ba’zan o‘quvchiga:
“Buni qil!”
desangiz, u bajarishni xohlamaydi, lekin:
“Qaysi birini tanlaysan?”
desangiz, munosabati birdan o‘zgaradi?
🔆
Buning muhim sababi erkinlik — insonning asosiy ehtiyojlaridan biri.
Bizga nima qilishimizni doimo boshqalar belgilab berishi yoqmaydi. Bolalarda ham xuddi shunday.
📚
Tasavvur qiling, o‘qituvchi:
“Mana mavzu. Hamma shu mavzuda ikki bet insho yozadi. Aynan mana shu tartibda. Ertagacha.”
dedi.
O‘quvchi uchun deyarli barcha qarorlar qabul qilib bo‘lingan. Undan faqat buyruqni bajarish talab qilinmoqda.
🔄
Endi shu vazifani boshqacharoq beramiz:
“Mavzu mana shu. Lekin uni qanday yoritishni tanlashingiz mumkin. Kimdir insho yozadi, kimdir taqdimot tayyorlaydi, kimdir video qiladi. Asosiy talablar esa hamma uchun bir xil.”
Maqsad o‘zgarmadi. Talab ham pasaymadi. Ammo tanlov paydo bo‘ldi.
💡
Mana shu juda muhim.
Chunki tanlov berish — bolaga xohlaganini qildirish degani emas.
Tanlov — chegaralar ichidagi erkinlik.
👨🏫
O‘qituvchi:
“Topshiriqni bajarasanmi yoki yo‘qmi?”
deb so‘ramaydi. U:
“Qaysi usulda bajarmoqchisan?”
deb so‘raydi.
Yoki 10 ta masalani majburan berish o‘rniga, maqsadga mos bo‘lsa:
“Mana 8 ta masala. Shulardan 5 tasini tanlab yech”
deydi. Kichik farqdek ko‘rinadi.
Lekin psixologik jihatdan o‘quvchining pozitsiyasi o‘zgaradi:
“Meni majburlashyapti”dan — “Men qaror qilyapman”ga.
⚡️
Tanlov yana bir narsani beradi — mas’uliyatni.
Agar qarorni o‘zim qabul qilgan bo‘lsam, natijaga ham ko‘proq egalik qilaman. Shuning uchun
erkinlik intizomning dushmani emas.
To‘g‘ri tashkil qilingan erkinlik bolani mas’uliyatga o‘rgatadi.
Demak, o‘qituvchi nazoratdan butunlay voz kechmaydi. U maqsadni, chegarani va sifat mezonini belgilaydi.
🤝
Ammo shu chegaralar ichida o‘quvchiga:
“Bu sening ham ta’liming. Sen ham tanlov qilishing mumkin”
degan imkoniyatni beradi.
🌱
Ba’zan o‘quvchining motivatsiyasini oshirish uchun yangi mukofot o‘ylab topish shart emas.
Unga kichik bir tanlovning o‘zi yetarli bo‘lishi mumkin.
©
Taʼlimni rivojlantirish markazi
✅
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
#Islohotlar_natijasi
🟢
CHET TILINI BILISH DARAJASI YIL SAYIN ORTMOQDA
🔆
Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari orasida chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega yoshlar soni yildan-yilga ortib bormoqda.
➡️
2024-yilda
sertifikatga ega 5-11-o‘quvchilari ulushi
1,6 foiz
ni tashkil etgan bo‘lsa,
2025-yilda 2,1 foizga
, joriy yilning iyun holatiga ko‘ra esa
7,0 foizga
yetdi.
📌
Bu — ikki yil ichida
5,4 foizga
, o‘tgan yilga nisbatan esa
4,9 foizga o‘sish
demakdir.
✅
Bugungi kunda viloyat umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan
133 667 nafar 5-11-sinf o‘quvchilarining 9 301 nafari
chet tilini bilish bo‘yicha xalqaro va milliy sertifikatlarga ega.
Shundan:
🎥
2 061 nafari
— IELTS;
🎥
315 nafari
— SAT;
🎥
6 612 nafari
— CEFR;
🎥
47 nafari
— GYOTE;
🎥
266 nafari
— boshqa turdagi sertifikatlarga ega.
💠
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich
Buxoro tumanida — 9,8 foiz
,
Vobkent tumanida — 8,7 foiz
va
Shofirkon tumanida — 8,4 foiz
ni tashkil etmoqda.
⚡️
Bu raqamlar — yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va ta’lim tizimida yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy natijasidir
✅
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
#Ustozga_ehtirom
Ustozingizga hali aytolmagan “rahmat”ingiz bormi?
➖
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan
“Ustozga ehtirom” chellenjiga start beramiz.
🎥
Ustozingiz bilan bog‘liq
unutilmas xotirangiz, aytolmay qolgan rahmatingiz
yoki
ezgu tilaklaringizni
qisqa videoga olib, o‘z sahifangizga joylashtiring.
📲
Videoda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalarini
belgilang. Eng samimiy videolar vazirlikning rasmiy
sahifalarida ulashiladi.
🎉
“Ustozga ehtirom” chellenjiga siz ham qo‘shiling!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin