Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

bvmmtb
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot veb-sayt: https://buxedu.uz Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Подписчики
25 202
24 часа
-22
30 дней
-1 271
Просмотры
882
ER
3,5%
Посты (30д)
559
Символов в посте
1 227
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 26, 13:25
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Ayni paytda Prezidentimiz
“Özbekfilm” kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uçraşuv
ötkazmoqda
Davlatimiz rahbari bu dargohda milliy kino tariximiz, bir neça avlod ijodkorlarining mehnati, xalqimizning ekranga köçgan orzulari, intilişlari va armonlari mujassam ekanini ta’kidladi.
“Mahallada duv–duv gap”, “Ötgan kunlar”, “Şum bola”, “Çinor ostidagi duel”, “Suyunçi”
kabi filmlarning qahramonlari xotiramizda yaqin insonlardek saqlanib qolgan. Ulardagi bir lavha, bir oğiz söz yoki taniş kuy bolaligimiz, bobo-buvilarimiz va qadrdon mahallamizni köz oldimizda gavdalantiradi.
Prezidentimiz öz davrida siyosiy va mafkuraviy bosimlar qançalik oğir bölmasin, ijodkorlarimiz ana şunday milliy san’at asarlarini yarata olganini tahsinga sazovor deb baholadi.
“Özbekfilm” yaratgan bu maktab mustaqillik yillarida ham davom ettirildi.
“Abdullajon”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Dilxiroj”, “Vatan”, “Ötov”
singari xalqimizga manzur filmlar yaratildi.
Mamlakatimiz yetakçisi ön yil oldin
“Özbekfilm” kinostudiyasi
qanday ahvolda bölganini yodga oldi. Islohotlarning ilk kunlaridan
studiyani tiklaş va ijodkorlar uçun munosib şaroit yaratişga
alohida e’tibor qaratilgani qayd etildi.
Bu qadrli maskan
töliq rekonstruksiya qilindi.
Sönggi ön yilda sohani qöllab-quvvatlaşga qaratilgan
ikkita farmon va sakkizta qaror
qabul qilindi.
2016-yilda filmlar oliş uçun davlat budjetidan
10 milliard söm
ajratilgan bölsa, joriy yilning özida
218 milliard söm
berildi.
Davlatimiz rahbari natijada
milliy filmlarimizning salmoği va sifati oşganini, sohaga önlab xususiy kinostudiyalar kirib kelganini
ta’kidladi.
Prezidentimiz yangi davrda yaratilgan tarixiy filmlarga töxtaldi. Ular orasida
“Islomxöja”, “Ibrat”, “Avloniy”, “Abdulla Qodiriy”, “Qöqon şamoli”, “Muqimiy”, “Ilhaq”, “Özbek qizi”, “Bahodir Yalangtöş”
bor.
Milliy kadrlarimizning yangi avlodi
yetişib çiqdi. Davlatimiz rahbari bunda kinoijodkorlarning munosib hissasi borligini qayd etdi.
“Oltin globus” xalqaro kino mukofoti
tarixida Markaziy Osiyo va Kavkaz kinoijodkorlarini taqdirlaş marosimi
ilk bor Toşkentda
ötkazildi. Uçraşuvda iştirok etayotgan aktrisa
Gulçehra Jamilova “Meridian” mukofotiga
sazovor böldi.
Şu bilan birga, Prezidentimiz milliy kino san’atimizni yangi bosqiçga olib çiqiş borasida
oldinda hali köp işlar turganini
oçiq aytiş zarurligini ta’kidladi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 26, 13:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz
milliy kino sanoatini yangi texnologik rivojlaniş bosqiçiga olib çiqiş
zarurligini ta’kidladi. Kino yaratişda
sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalaniş böyiça hamkorlik dasturi
bir oyda işlab çiqiladi.
Unda
yangi ta’lim dasturlarini tayyorlaş, mutaxassislarni öqitiş va xorijda malakasini oşiriş
masalalari közda tutiladi.
Şundan söng davlatimiz rahbari
“Özbekfilm” nomini milliy kinomizning yagona brendi sifatida mustahkamlaş
taşabbusini ilgari surdi. Xalqimiz
Çilonzorning bu hududini azaldan “Özbekfilm” deb ataşi
qayd etildi.
Hozirgi Çilonzor köçasining mazkur qismiga
“Özbekfilm” nomini beriş
taklif qilindi.
Kino san’ati muzeyini “Özbekfilm” muzeyi, Kino san’ati saroyini “Özbekfilm” kinosaroyi, Milliy kinofondni “Özbekfilm” milliy kinofondi deb nomlab, ularni yagona brend ostida birlaştiriş
taklif etildi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 26, 13:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz sohada ilm, tahlil va professional tanqidçilikni rivojlantiriş maqsadida
“Kinoşunoslar klubi” taşkil etilişini
ma’lum qildi.
“Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi klub faoliyatini qöllab-quvvatlaydi. Uning
Xalqaro kinotanqidçilar federatsiyasi – FIPRESCIga
a’zo bölişiga kömaklaşadi. Bu
milliy filmlarning
nufuzli xalqaro festivallardagi iştirokini kengaytirişga
xizmat qiladi.
Soha vakillarining kasbiy hamjamiyatini jipslaştiriş uçun
Özbekiston Kino arboblari va Özbekiston kino sanoati vakillari uyuşmalari birlaştirilib, Özbekiston kino sohasi vakillari palatasi taşkil etiladi
.
Palata
sohada özini özi boşqarişni rivojlantiriş, ijodkorlarning mualliflik huquqlari va kasbiy manfaatlarini himoya qiliş, yoşlarning professional ösişiga kömaklaşiş
bilan şuğullanadi.
Yoş kinoijodkorlarning xorijda malaka oşirişi va palata faoliyati
moliyaviy-taşkiliy jihatdan qöllab-quvvatlanişi
belgilandi. Yangi palata faoliyatini taşkil etiş işlarini bir oyda yakunlaş topşirildi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 26, 12:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Attestatsiya
📢
Ona tili va adabiyoti hamda O‘zbek tili (Davlat tili) fanlaridan malaka toifa sinovlarida ishtirok etuvchi pedagoglar ro‘yxatiI
📌
O‘zingizga tegishli sana, guruh va test topshirish vaqtini yuqoridagi ro'yxat orqali aniqlashingiz mumkin
.
📌
Malaka (test) sinovlari o‘tkaziladigan sanasi - 2026 yil 27-29 oktyabr kunlari
📍
Sinovlar o‘tkaziladigan manzil:
Buxoro shahri, 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
. Manzil: Bog‘ishamol ko‘chasi, 5-uy. Mo‘ljal: Sharq (sobiq Pedagogika kolleji binosi).
❗️
Pedagoglar diqqatiga!
🔆
Ortiqcha ovora bo‘lish va kutib qolishning oldini olish maqsadida sinovga o‘zingiz uchun belgilangan vaqtdan
30 daqiqa oldin
kelishingiz so‘raladi. Shuningdek, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat — fuqarolik pasporti yoki ID-kartangizni olib kelishni unutmang.
💫
Barcha pedagoglarga attestatsiya sinovlarida omad, muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz!
✅
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling
👇
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
📱
Instagram

October 26, 12:07
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Jarayon
#Videolavha
🟢
UMUMTA’LIM MAKTABLARI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYOR
!
🔆
Viloyatimizdagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash hamda o‘quvchilar va pedagoglar uchun munosib sharoit yaratish maqsadida zarur tayyorgarlik ishlari olib borildi.
➡️
Mavsumga tayyorgarlik jarayonida ta’lim muassasalarida mavjud sharoitlarni yaxshilash, isitish tizimlarining sozligini ta’minlash hamda sovuq kunlarda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
📎
Zero, ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda o‘quvchilarning bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar ham muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, qishning sovuq kunlarida sinfxonalarning iliqligi, xavfsizlik talablariga rioya etilishi va ta’lim jarayonining uzluksiz davom etishi dolzarb vazifalardan biridir.
🎥
Videolavhada Buxoro shahridagi 2-umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari va yaratilgan sharoitlar aks etgan.
✅
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling
👇
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
📱
Instagram

October 26, 12:03
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

#Ayni_paytda
#Бошқарма_бошлиғи_ҳудудларда
🟢
Ta’lim sifatini yanada oshirishning ustuvor vazifalari belgilab olindi
🔆
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev rahbarligida Kogon tumanidagi umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
➡️
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni kelajak kasbiga maqsadli yo‘naltirish, ularning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda har bir ta’lim muassasasida natijadorlikni ta’minlash masalalarш yig‘ilish markazida bo‘ldi.
📎
Xususan, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha pullik ta’lim xizmatlarini samarali tashkil etish, xorijiy tillar va majburiy fanlarni o‘qitish sifatini oshirish, milliy hamda xalqaro sertifikatlarga ega o‘quvchilar sonini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔗
Shuningdek, pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va ta’lim muassasalarida sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi vazifalar belgilab olindi.
📝
Yig‘ilishda ta’lim-tarbiya jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan o‘quvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash masalalari ham e’tibordan chetda qolmadi. Ta’lim muassasalarida bolalar uchun xavfsiz muhit yaratish, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish, ehtimoliy xavflarning oldini olish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
💠
Ayniqsa, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, isitish tizimlarining sozligi va xavfsiz ishlashini ta’minlash, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish hamda ta’lim muassasalarining mavsumga tayyorgarligini doimiy nazorat qilib borish yuzasidan zarur vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.
⚡️
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
✅
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling
👇
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
📱
Instagram

October 26, 10:57
Файлы недоступны
1
3
Открыть в Telegram

#Attestatsiya
#Kun_natijasi
#Ishtirokchi_fikri
🟢
INFORMATIKA FANI O‘QITUVCHILARIDAN YUQORI NATIJALAR!
🔆
Ayni paytda o‘tkazilayotgan malaka test sinovlarida Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari yuqori natijalarni qayd etib, o‘z kasbiy mahorati va bilim salohiyatini namoyon etmoqda.
⚡️
Jumladan,
✅
Peshku tumanidagi 38-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi
Laylo Sulaymonova 88 ball
,
✅
Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi
Zulfizar Safarova esa 86 ball
to‘plab,
📌
oliy malaka toifasini qo‘lga kiritdi. Natijada har ikki pedagog 70 foizlik ustama olish huquqiga ega bo‘ldi.
🔵
Mazkur natijalar ustozlarimizning o‘z ustida muntazam ishlashi, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etayotgani hamda yuksak mas’uliyatining amaliy ifodasidir.
✅
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling
👇
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
📱
Instagram

October 26, 10:29
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Attestatsiya_2026
#Jarayon
#Videolavha
🟢
BUXORODA PEDAGOGLAR ATTESTATSIYASI BOSHLANDI
Bugun, 26-oktabr kuni Buxoro viloyatida maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun navbatdagi attestatsiya sinovlariga start berildi.
📊
Mazkur sinovlarda viloyat bo‘yicha
14 ming 800 nafardan ortiq pedagogning
ishtirok etishi rejalashtirilgan. Attestatsiya jarayonlari 28-noyabrga qadar davom etadi.
☑️
Sinovlarni belgilangan talablar asosida tashkil etish, ularning shaffofligi va xolisligini ta’minlash, ishtirokchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.
🔰
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
Hamza Elliyev
sinov jarayonlarini ko‘zdan kechirib, ularning tashkil etilishi bilan tanishdi hamda pedagoglarga muvaffaqiyat va omad tiladi.
🌐
Attestatsiya sinovlarini quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin:
https://cams.uzedu.uz/
✅
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling
👇
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
📱
Instagram

October 26, 09:51
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan
uchrashuv oʻtkazdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев
провел встречу
с Эмиром Государства Катар Шейхом Тамимом бин Хамадом Аль Тани, посетившим нашу страну с рабочим визитом.
#Mirziyoyev
#uchrashuv
#Qatar
#hamkorlik
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 26, 09:37
Файлы недоступны
8
1
Открыть в Telegram

🟢
Ta’lim sifatini yanada oshirishning ustuvor vazifalari belgilab olindi
🔆
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev rahbarligida Qorovulbozor tumanidagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
➡️
Unda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, o‘quvchilarning kasbiy yo‘nalishini to‘g‘ri belgilash va oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
📎
Xususan, o‘quvchilar uchun qo‘shimcha pullik ta’lim xizmatlarini samarali tashkil etish, xorijiy tillar va majburiy fanlarni o‘qitish sifatini oshirish, xalqaro va milliy sertifikatlarga ega o‘quvchilar sonini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratildi.
📌
Shuningdek, pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda ta’lim muassasalari rahbarlarining mas’uliyatini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
⚡️
Yig‘ilish yakunida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
✅
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling
👇
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
📱
Instagram