
CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿
🇨🇦
Kanadaga navbatdagi student viza!
Aytgancha, 100 foiz grantni nomzodning o’zi mustaqil qo’lga kiritgan va bizga viza olish masalasida murojaat qilgan!
⚠️
Xizmatlar Litsenziya raqami R531671 bo'lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligida ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo'lib ishlayman.
🛫
Kanadaga ta'lim olish niyatida bormoqchi bo'lib yurgan do'stlaringizga ushbu postni yuborishni unutmang!
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
👉
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam
uchun:
👉
www.canadali.net
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli
Kanadaga yana immigrantlar kerak bo'lyapti!
🇨🇦
Davlat bosh vaziri ko'pchilik uzoq vaqtdan beri kutgan so'zlarni tilga oldi va nihoyat.
Oxirgi
3 yilda
Kanadaga kelayotgan chet ellik studentlar, ishchilar va turistlar soni yildan yilga qisqartirib kelinayotgan edi. Va hattoki doimiy yashovchilar kvotasi ham bosqichma-bosqich kamaytirish rejasiga o'tilgan edi.
Ana endi esa shu o'tgan 3 yildan beri 1-marta kvotalarni
"oshirish"
degan jumla yangramoqda.
Kanada bosh vaziri Mark Karney
AQSHning
New York Times
nashriga bergan katta intervyusida aytib o'tdiki, hozirga kelib immigratsiya siyosati anchagina nazorat ostiga olingan.
Endi hukumat oldida turgan asosiy masala shundaki, immigrantlar sonini yana bosqichma-bosqich oshirish rejasini qachon e'lon qilish. Siyosatda esa raqamlardan ko'ra signallar muhimroq ahamiyat kasb etadi, buni bilasiz.
Axir 3 yildan buyon Kanada immigratsiya siyosatida faqat
"qisqartirish"
jumlasi ko'p bora ta'kidlab kelinayotgan edi. Bu safar esa shaxsan bosh vazir, ya'ni immigratsiya siyosatini to'g'ridan-to'g'ri boshqaruvchi hukumat rahbari tomonidan
"oshirish"
jumlasi ishlatilmoqda.
Nima uchun bu mavzu aynan hozir juda muhim? Chunki qoidaga ko'ra
har yili 1-noyabrgacha
hukumat
3 yillik immigratsiya rejasi
ni e'lon qilish zarur.
Bizga shunday tuyulmoqdaki, bosh vazir barchaga hozirdanoq immigratsiya kvotalarida raqamlar oshishi bo'yicha
o'ziga xos ishora
bermoqda. Uning siyosiy raqibi, ya'ni konservatorlar partiyasi yetakchisi esa immigrantlar soni yana oshirilar ekan deb tinmay tanqidni boshlab yubordi.
Bilamizki, Kanada immigratsiyani uzoq vaqt qisqartirib ushlab tura olmaydi. Sababi, bunday qiladigan bo'lsa
mamlakatda iqtisodiy o'sish sekinlashishi, ishchi kuchi yetishmovchiligi va oxir-oqibatda budjetga soliqlardan tushadigan tushumlar pasayishi
xavfi bor. Shunday ekan, boy iqtisodiy bilim va tajribaga ega bo'lgan bosh vazir istaydimi yoki yo'qmi kvotalarni oshirishga majbur ekanini o'zi ham tushunib turibdi.
Siz nima deb o'ylaysiz?
Yaqin orada Kanada immigratsiya kvotalari oshadimi yoki o'zgarmay qoladimi? Ko'ramiz, kuzatamiz...
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli
🇨🇦
Qaynoqqina tanlov.
5 mingta nomzod tanlandi. Bizdan 2 ta oila bor ro’yxatda.
Qolganlar kelgusi tanlovlarda ishtirok etadi endi. Hammasi haqida ushbu ma’lumotlarda tanishing.
⚠️
Xizmatlar Litsenziya raqami R531671 bo'lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligida ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo'lib ishlayman.
🛫
Kanadaga kelish uchun yo’l topa olmay yurgan do'stlaringizga ushbu postni yuborishni unutmang!
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
👉
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam
uchun:
👉
www.canadali.net
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli
🇨🇦
Kanadaga kelish bo’yicha
ba’zi muhim savollarga javob berildi ushbu postlarda.
⚠️
This content is for informational purposes only and does not constitute immigration advice. Always refer to official sources for the latest information.
Kanadaga bormoqchi bo'lgan do'stlaringizga ushbu postni yuborishni unutmang!
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
👉
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam
uchun:
👉
www.canadali.net
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli
🇨🇦
"Kanada yopildi! Endi chet elliklar kerak emas bu davlatga!" degan xabarlar rostmi? Asl vaziyat qanday?
Ko‘pchilik "Kanada immigratsiyani butunlay to‘xtatib qo‘ydi, endi bu davlatga borib bo‘lmaydi" deb o‘ylayapti ekan. Keling, aniq faktlarga murojaat qilamiz: Kanada yopilgani yo'q, lekin qoidalar biroz o'zgardi!
Aniq faktlar va raqamlar
.
Hukumat rejasiga ko'ra, doimiy yashovchilar (PR) kvotasi avvalgi yillarga qaraganda kamaytirilgani rost. Masalan,
2026-yil
da bu ko‘rsatkich
380,000
nafarga tushirildi (avvalgi rejalarda bu raqam yiliga
500,000
dan oshardi).
– Eng katta qisqartirish vaqtinchalik viza egalari – ya'ni talabalar va ishchilarga tegishli bo’ldi. Xalqaro talabalar oqimi o‘tgan yillarga nisbatan keskin qisqardi. Maqsad – vaqtinchalik aholi ulushini mamlakat umumiy aholisining
5 foizigacha
tushirish.
Kimlarga imkoniyat qoldi?
Demak, "hech kim kerak emas" degani noto‘g‘ri. Kanada shunchaki tasodifiy keluvchilar oqimini to‘xtatib,
faqat o‘ziga kerakli
nomzodlarni tanlab olyapti.
– Hozirda
tibbiyot
xodimlari,
qurilish
mutaxassislari va
fransuz
tilini biladigan istalgan malakali kasb egalari
uchun yo‘llar ochiq. Shuningdek, allaqachon Kanadada ishlayotgan va o‘qiyotganlarga doimiy rezidentlikka (PR) o‘tish imkoniyati hamon berilyapti.
Xulosa
.
"Oson kirish" davri tugadi, lekin professional va maqsadli immigratsiya davri davom etmoqda. Bilasizmi, Kanadadan tashqari
dunyoning hech bir davlatiga
chet el fuqarosi to’g’ridan to’g’ri doimiy yashash huquqini olib kelmaydi hozirgi kunda. Ko'p davlatlarda "avval keling, o'qing, ishlab bering va qoling" deb nomlangan tizim amal qiladi. Lekin faqatgina Kanada nomzod bu davlatga umuman oyoq qo'ymasidan ham unga doimiy yashash huquqini bera oladi.
Siz nima deb o'ylaysiz,
Kanada cheklangan immigratsiya siyosatini to'g'ri qilyaptimi yoki avvalgiday bu davlatga kirish yanada osonlashsa yaxshimi? Kanadaga bormoqchi bo'lgan do'stlaringizga ushbu postni yuborishni unutmang!
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
👉
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam
uchun:
👉
www.canadali.net
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli
Kanadaga endi fransuz tilini biladigan immigrantlar kerak emasmi?
🇨🇦
Fransuz tili bo'yicha Express Entry tanlovlari qayerda qoldi?
🤔
Avgustdan beri fransuz tili bo'yicha tanlov yo'q, ko'pchilik
"dastur yopildimi?"
deb o'ylayapti.
Avval raqamlarga qaraymiz. 2026-yilda 10 ta fransuz tili tanlovi bo'ldi. Ularda
jami 50 500 ta
taklifnoma berilgan. Eng kattasi 6-fevralda bo'ldi: 8 500 ta taklifnoma, hozirda
o’rtacha ball 400.
Oxirgisi 19 avgustda bo'ldi: 5 000 ta taklifnoma,
minimal ball 382.
Bu 2025-yil martidan beri fransuz tili toifasidagi tanlovlarda eng past ball bo’lgandi.
Keyin nima bo'ldi?
Sentyabr oyida Kanada hukumati boshqa toifalarga e'tibor berdi. Avgust oxiri va sentyabr boshida provinsial tanlovlar, Kanada ish tajribasiga ega nomzodlar, shifokorlar va sog'liqni saqlash sohasi bo'yicha tanlovlar o'tdi. Ba'zi tahlilchilar sentyabrda
kamida ikkita
fransuz tili tanlovi bo'lishini kutgandi, lekin bu sodir bo'lmadi. Demak, Kanada immigratsiya ehtiyojini oldindan aytib bo'lmayapti.
Dastur bekor qilindimi?
Bekor qilinganini tasdiqlovchi rasmiy xabar e’lon qilinmagan. Fransuz tili toifasi hali ham amalda. Bundan tashqari, bu birinchi marta bo’layotgan tanaffus ham emas: shu yil 28-maydan 9-iyulgacha ham taxminan olti hafta tanlov bo'lmagan, undan keyin 5 000 talik tanlov o'tgan. Hozir oxirgi tanlovdan taxminan olti yarim hafta o'tdi.
Kvotalar kamayadimi?
Rasmiy reja buning aksini ko’rsatmoqda.
2026-2028-yillar
uchun immigratsiya rejasida fransuz tili doimiy rezidentlari rejasi umumiy kvotaning 2026-yilda 9% (30 267 kishi), 2027-yilda 9,5% (31 825) va 2028-yilda 10,5% (35 175) etib belgilangan. Hukumat 2029-yilga borib 12% ga chiqishni ham va'da qilgan. Ya'ni kvota doimiy o'sib borishi oldindan hal qilingan. Yangi 3 yillik reja (2027–2029) odatda noyabr boshida e'lon qilinadi.
Ballar ko'tariladimi?
Buni hech kim aniq bilmaydi. Odatda tanlovlar orasidagi tanaffusda profillar to'planib qoladi. Shuning uchun kelayotgan yangi tanlovda minimal ball 382 dan ko'tarilishi ehtimoli yuqori.
Fransuz tili nega buncha muhim?
Fransuz tilini
kamida B2 daraja
va undan yuqori bilgan, ingliz tili darajasi ham kamida B1 daraja bo'lgan nomzod ballar tizimida 50 balgacha qo'shimcha ball oladi. Inglizchasi pastroq bo'lsa, 25 balgacha. Fransuz tilini yaxshi bilsangiz, aynan French stream tanlovlarisiz ham bu ball sizni boshqa tanlovlarda nomzodingiz tanlanishi ehtimolini oshiradi. Ya’ni Express Entry tizimida, eng yomon holat yuz berib, aynan fransuz tili tanlovi bekor qilingan taqdirda ham, tilni bilganingiz boshqa tanlovlarda ham qatnashib, balingizni yuqori qilishda yordam beradi. Siz fransuz tilini bekorga o’rgangan bo’lib chiqmaysiz oxir-oqibat.
Xulosa:
Tanlovlar
1,5 oydan beri
to'xtab turibdi, lekin rasman bekor qilinmagan. Hukumatning rejalari yuqori, shuning uchun fransuz tilini o'rganishni to'xtatmaslik kerak. Bu til nomzodlarga
yaqin 3-5 yil ichida
Kanada doimiy yashovchisi huquqini olish uchun ideal imkoniyat taqdim etishi mumkin.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
👉
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam
uchun:
👉
www.canadali.net
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli
Bu safar rekord yangilandi. 2 oyda yakuniy natija! Bunaqasi 1-marta. Sentyabr oyini o'zida 2-oila ham Kanadaga fransuz tili yordamida PR, ya'ni "doimiy yashash" huquqini olmoqda.
🇨🇦
🥳
🎉
😎
Mazkur oila vakili (ayoli) shu yilning aprel oyida fransuz tilidan
TCF B2
sertifikatini qo'lga kiritdi. Avvaliga "
hujjatlarni o'zim mustaqil qilib ko'rmoqchiman, nima deysiz?"
deb taklif qilishdi. Biz aytdikki, "aslida o'zi ham qilsa bo'ladi hujjatni, lekin hujjat yig'ish jarayonida murakkab muammoli vaziyatlarda tajriba o'z so'zini aytadi", deb ogohlantirdik. "Shuncha qilgan mehnatim havoga uchmasin, yoshim ham
35 dan oshgan
, bunaqa imkoniyat boshqa bo'lmasligi mumkin" deb oxir-oqibat baribir biz bilan oxirigacha ishlashga qaror qilishdi.
May oyida tanlovda
(ITA)
tanlanib, iyul oyida barcha hujjatlarni jamoamiz yordamida topshirgan edi. Yakuniy natija esa juda tez, ya'ni
2 oyda
chiqdi.
Mazkur keys haqida qisqacha ma'lumot:
To'plagan bali:
489
Asosiy nomzod yoshi:
37
Ta'lim darajasi:
Magistratura
Til bilish darajasi:
TCF B2, IELTS
ham bor
Ish tajribasi:
9 yil
Asli qayerdan:
Toshkent
Fransuz tilini
"0"dan
o'rgangan.
Kanada student vizasidan
1 marta
, AQSHdan
2 marta
"otkaz" olgan ekan oldin.
Timeline:
Express Entry akkaunt ochilgan: 2-may
Taklif olgan: 28-may
Hujjat topshirgan: 23-iyul
Biometrika: 4-avgust
Yakuniy natija: 17-sentyabr
Hujjatlarni ko'rib chiqish jarayonida
IRCC
tomonidan turli xil
"zapros"
lar keladi odatda. Lekin qiziq tarafi bu oila hujjatlarida hech qandayqo'shimcha o'rganishlar bo'lmadi. Bittada ijobiy xulosa berishdi. Hujjatlarni puxta qilish uchun rosa "yugurtirish"ga to'g'ri keldi o'ziyam.
😆
Asabiylashib, charchab ham ketishdi, "hali u kerak hali bu kerak" degan talablarimizga.
Xullas hammasi ijobiy yakun topdi va jamoamiz bilan yana bir O'zbekistonlik oilaning rejasi amalga oshishida hissa qo'shganimizdan xursandmiz. Aynan shu yo'nalishda harakat qilayotganlarga kuch-quvvat bersin va shu usulni boshlasakmikan deb o'ylab yurganlarga esa yana bir hayotiy motivatsion misol. Barchaga omad! Nasib qilsin niyat qilgan boshqalarga ham.
Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami
R531671
bo’lgan immigratsion konsultant
Reynaldo Concepcion
boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (
case specialist
) bo’lib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
👉
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam
uchun:
👉
www.canadali.net
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli
Kanada
🇨🇦
Yevropa
🇪🇺
Ittifoqiga a'zo bo'ldimi? Yevropada yashayotganlar Kanadaga vizasiz bora oladimi endi? Shengen vizasi borlar uchun qanday yengilliklar bor?
So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda "Kanada Yevropa Ittifoqiga qo'shilibdi, endi Shengen vizasi bilan Kanadaga borish mumkin ekan" degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda.
Biroq bu ma'lumot haqiqatga mutlaqo to'g'ri kelmaydi.
Kanada Yevropa ittifoqining to'laqonli a'zosi emas, shunchaki
assotsiatsiyalangan
a'zosi. Yevropa Ittifoqi - faqat Yevropa qit'asida joylashgan davlatlarni birlashtiruvchi tashkilot. Kanada Shimoliy Amerikada joylashgan va geografik hamda siyosiy jihatdan YEIga to'liq a'zo bo'la olmaydi. Hozirgi a'zolik esa faqatgina
ilmiy, texnologik, xavfsizlik, energiya va savdo
masalalarida hamkorlikni nazarda tutadi.
Hozirda
Shengen vizasi o'tmaydi Kanadaga kelish uchun,
sababi Kanada Shengen hududiga kirmaydi. Shu sababli, Shengen vizasi yoki Yevropada yashash guvohnomasi (VNJ) borligi Kanadaga vizasiz kirish huquqini bermaydi.
O'zbekiston fuqarolari Yevropada Shengen yoki VNJ bilan yashasa ham, Kanadaga borish uchun baribir alohida viza talab qilinadi.
Hozirgi holatdan
"vahima"
yasab, endi Kanadaga borish uchun Yevropa vizasini oling deb
"vasvasa"
qilayotganlar ham rasmiy manbalar, yoki hech bo'lmasa "sun'iy intellekt" (AI) dan bu haqda to'liq bilib, keyin ma'lumot tarqatsalar to'g'ri bo'lar edi.
Kanadaga kelishni rejalashtirishda faqat rasmiy manbalarga va elchixona ma'lumotlariga tayanishingizni tavsiya etamiz!
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli
Bizda navbatdagi xushxabar! Yana bir O'zbekistonlik oila Kanadaga
🇨🇦
fransuz tili yordamida PR, ya'ni "doimiy yashash" huquqini oldi.
🥳
🎉
😎
Shu yilning aprel oyida fransuz tilidan
TCF B2
sertifikati yordamida tanlovda
(ITA)
tanlanib, iyun oyida barcha hujjatlarni jamoamiz yordamida topshirgan edi. Yakuniy natija esa juda tez, ya'ni
3 oyda
chiqdi.
Hujjat topshirganidan keyin, javobni kutish jarayonida farzandli bo'lishdi va farzandi uchun ham alohida ariza berishga to'g'ri keldi. Bu biroz qo'shimcha ish, lekin qonunan shunday qilish mumkin.
Endi esa pasportlarini
"immigrant"
vizasini olish uchun pochta orqali yuborishadi va uzog'i bilan
1-2 oy
ichida Kanadaga kirib kelishlari mumkin istashsa. Viza berilganidan keyin bemalol
12 oy
ichida Kanadaga kirish mumkin va kirgandan keyin o'rtacha
1 oy
ichida PR kartalari beriladi. Shu bilan hech qanday vizasiz Kanada hududida yashayveradi va O'zbekistonga ham borib kelib yuraveradi cheklovlarsiz.
Mazkur keys haqida qisqacha ma'lumot:
To'plagan bali:
466
Asosiy nomzod yoshi:
29
Ta'lim darajasi:
Bakalavr
Til bilish darajasi:
TCF B2, IELTS
ham bor
Ish tajribasi:
2,5 yil
Asli qayerdan:
Toshkent
Fransuz tilini
"0"dan
o'rgangan.
AQSHdan oldin
2 ta
"otkaz"i bo'lgan.
Timeline:
Express Entry akkaunt ochilgan: 1-aprel
Taklif olgan: 16-aprel
Hujjat topshirgan: 14-iyun
Biometrika: 22-iyul
Yakuniy natija: 14-sentyabr
Hujjatlarni ko'rib chiqish jarayonida
IRCC
tomonidan turli
"zapros"
lar keldi. Jumlada: turmush o'rtog'ining harbiy xizmat holati, o'zining fransuz tilini o'rganish tarixi kabi. Barchasiga o'z vaqtida va puxta javoblar taqdim qilindi. Yuqorida yozilganidek orada farzandi tug'ilgani uchun farzandi hujjatlari ham keysga qo'shildi.
Xullas hammasi ijobiy yakun topdi va jamoamiz bilan yana bir O'zbekistonlik oilaning rejasi amalga oshishida hissa qo'shganimizdan xursandmiz. Aynan shu yo'nalishda harakat qilayotganlarga kuch-quvvat bersin va shu usulni boshlasakmikan deb o'ylab yurganlarga esa kichik bir hayotiy motivatsion misol. Barchaga omad! Nasib qilsin niyat qilgan boshqalarga ham.
Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami
R531671
bo’lgan immigratsion konsultant
Reynaldo Concepcion
boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (
case specialist
) bo’lib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
👉
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam
uchun:
👉
www.canadali.net
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli
Ming-minglab odamlar orzu qiladigan va mashaqqat chekib qo'lga kiritadigan o'sha
🇨🇦
Kanada "doimiy yashovchisi" hujjati ko'rinishi qanaqa bo'ladi o'zi?
Bolalarga ham beriladimi? Bu hujjat bilan bemalol kelib-ketib yursa bo'ladimi O'zbekistonga ham? Keyin hech qanday viza kerak emasmi shunda?
Ushbu videoda shu haqda ko'rsatib berishga harakat qildim.
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish yo'llari aynan shu kanalda
👉
https://t.me/CanadAli