
CanadAli π¨π¦π€πΊπΏ
Kanadaga
π¨π¦
1-marta kirib kelganda chegarada nimalarni kutish kerak?
Kanadaga viza oldingiz deylik, lekin bu davlatga kirishda bir qancha talablarga rioya qilish zarur. Vizam bor-ku, bemalol kirib ketaveraman deyish xato. Chunki kamdan kam uchrasada, biror qo'pol xato sababli ortga qaytarib yuborish holatlari ham uchrab turadi.
O'zingiz bilan quyidagi hujjatlar boβlishi shart:
β’ Pasport.
β’ Kirishga ruxsat beruvchi shtrix kodli xat (
Port of Entry letter
yoki
Letter of introduction
deb nomlanadi va viza olgan akkauntingizdan yuklab olinadi).
Qo'shimcha talablar ruxsatnoma turiga qarab farqlanadi, masalan:
β’ O'qishga kelsangiz,
study permit
uchun: oβqishga qabul xati, tibbiy ko'rikdan o'tganlik natijasi, mablag' yetarliligini tasdiqlovchi hujjat (bank hisob raqam).
β’ Ish ruxsatnomasi,
work permit
uchun: ish talablariga javob berishni tasdiqlovchi hujjatlar (tajriba, ta'lim), ish beruvchining ijobiy
LMIA
nusxasi. Studentning turmush oβrtogβi boβlsangiz LMIA soβralmaydi.
β’
Immigratsiya
uchun: Confirmation of Permanent Residence (
COPR
) xati, tibbiy ko'rikdan o'tganlik natijasi, mablag' yetarliligini tasdiqlovchi hujjat (bank hisob raqam).
Barcha muhim hujjatlar qo'l yukida bo'lishi, hech qachon topshiriladigan bagajga solinmasligi kerak. Shuningdek, Kanadada qayerda yashash manzili, muhim telefon raqamlari va bank kartasi yoki naqd pul bilan borish tavsiya etiladi.
Chegara suhbati:
Kanadaga kirganda Chegara xizmatlari agentligi (
CBSA
) xodimi bilan suhbat bo'ladi. U hujjatlarni tekshiradi, savollar beradi va kirish shartlariga javob berishingizni baholaydi. Xodim, shuningdek, sizning vaqtinchalik niyatingiz haqiqiyligini, ya'ni ruxsatnoma shartlariga rioya qilib, muddat tugagach Kanadadan chiqib ketishga tayyorligingizni tekshiradi. Agar ishonch hosil qilinmasa, kirishga ruxsatnoma berilmasligi mumkin. (Vaqtincha viza bilan kelganlar keyinchalik qonuniy yo'l bilan qolib ketishiga ruxsat beriladi) Agarda immigratsiya qilib kelsangiz bunday savollar berilmaydi.
Savollarga albatta rostgo'ylik bilan javob berish kerak. Yolg'on ma'lumot berish
misrepresentation
deb ataladi va
5 yillik taβqiq
qa olib kelishi mumkin.
Suhbatdan so'ng, agar ma'qullansa, xodim ruxsatnomani beradi. Uni darhol tekshirib,
xatolar bo'lsa
(masalan, ism-familya, amal qilish muddati, ta'lim muassasasi nomi) darhol tuzatishni so'rash lozim.
Agar yakuniy manzilingiz boshqa shahar bo'lsa-da, birinchi ruxsatnomani albatta
birinchi kirish nuqtasida
olishingiz shart. Shuning uchun ichki reysga o'tish vaqtida yetarlicha qo'shimcha vaqt qoldiring.
Keng tarqalgan xatolar:
β’
10 ming dollar
dan ortiq naqd pulni berkitish: bu miqdordagi va undan koβproq naqd pulni olib kirish mumkin, lekin
deklaratsiya
qilinishi shart, aks holda mablag' musodara qilinishi mumkin.
β’ Retseptli dorilarni haddan tashqari ko'p olib kirish: odatda shaxsiy foydalanish uchun taxminan
90 kunlik
miqdor ruxsat etiladi. Dori original qadoqda saqlanishi, retsept nusxasi yoki shifokor xati bilan birga bo'lishi kerak.
β’ Oshkor qilinishi shart yoki taqiqlangan buyumlarni bilmaslik:
oziq-ovqat
, o'simlik va hayvonlar, alkogol,
tamaki
mahsulotlari (nos ham
π
), o'qotar qurollari borligi aytilishi shart. Noqonuniy giyohvand moddalar, taqiqlangan qurollar, kasal hayvonlarni olib kirish butunlay taqiqlangan. Bunday narsalar borligini aytmaslik, agar oshkor bo'lib qolsa katta miqdorda
jarima
ga sabab boβladi.
Kanada
π¨π¦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π
https://t.me/CanadAli
50 ming dollar grant!
π¨π¦
Kanadaga navbatdagi student viza.
Nufuzli universitetga grant asosida qabul qilinish, kamiga har oy stipendiya olish har kimga ham nasib qilavermaydi. Bu keys kim uchundir
motivatsiya
bo'ladi degan umiddamiz.
Viza olgan ushbu mijozimiz keysi haqida qisqacha ma'lumot:
Ta'lim muassasasi:
University of Saskatchewan. Saskatoon shahri, Saskatchewan provinsiyasi.
Tanlagan yo'nalishi:
Master of Computer Science.
Avval tugatgan o'qish joyi:
Woosong university, (Koreya) Bachelor of Data Science.
Yoshi:
24 (2002-yil)
Til bilish darajasi:
IELTS 8.5
Asli qayerdan:
Buxoro
Grant yutgan:
50 ming dollar CAD
π
Vizaga topshirgan sanasi 23-aprel,
"medical"
ya'ni tibbiy ko'rik so'rovi kelgan sana 8-iyun, ijobiy natija 22-iyun. Demak
jami 2 oy
da natija chiqdi. Aytgancha, Kanada vizasiga
O'zbekistondan
turib hujjat topshirildi, chet davlatdan emas.
Universitetga kirish va grant olish harakatlarini
mustaqil o'zi
amalga oshirib keyin bog'langan bizga, viza masalasida yordam olish uchun.
Bizdan grant qanday olsa bo'ladi deb so'rab turishadi.
Mana yaqqol misol: grant olishga loyiq bo'lganlar aslida o'zlari kuchli nomzodlar bo'ladi va uni qanday olish mumkinligini o'zlari izlab topa oladi. Qo'pol aytganda grant olish uchun boshqalardan najot kutganlar grantga loyiq bo'lmaydi ko'pincha.
Xullas, yana bir talantli yigitning Kanadaga kelishida hissa qo'shganimizdan mamnunmiz.
βοΈ
Sizga ham Kanada vizasida amaliy yordam zarur bo'lsa, bizga qanday aloqaga chiqishni bilsangiz kerak!
Unutmang:
"Natijalar gapiradi!"
π
Eslatib oβtamiz: xizmatlar litsenziya raqami
R531671
boβlgan immigratsion konsultant
Reynaldo Concepcion
boshchiligidagi jamoa tomonidan koβrsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (
case specialist
) boβlib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
π
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam
uchun:
π
www.canadali.net
Kanada
π¨π¦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π
https://t.me/CanadAli
"Kanadaga kelgandΠ° birinchi bo'lib nima
qilish kerak?"
deb nomlangan mavzuda
YouTube
platformasida batafsil video joyladik.
Bor yo'g'i
5 minut
lik video davomida mavzuni to'liq yoritib berishga harakat qildik. Mazkur maqolada Kanadaga uzoq muddatga yashash uchun kelgandan keyin dastlabki kunlarda qilish zarur bo'lgan muhim vazifalarni yoritib o'tdim shaxsiy tajribamdan. O'ylaymanki, bu tavsiyalar yangi davlatga tezda moslashib ketishingizda ancha foydali bo'ladi.
Ancha foydali bo'ldi deb umid qilamiz. Ko'rib
"like"
tugmasini bosish va izohlarda savollar yoki fikrlarni qoldirish orqali
"prosmotr"
oshirishda bizga yordam bersangiz xursand bo'lamiz. Raxmat kattakon!
π€
Videoni mana bu havoladan ko'rish mumkin:
π
https://youtu.be/dRyrqAv6Ro4?si=w7g4BT4hm0Ga6oaj
Kanada
π¨π¦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π
https://t.me/CanadAli
Yaqin 15-20 yil ichida butun dunyo bo'ylab "iqlim immigrantlari"ning "katta ko'chishi"ga guvoh bo'lsak kerak. Qayerda o'zingni yaxshi his qilsang, o'sha yer sen uchun "vatan"mi shunda?
Ayniqsa yer yuzining ekvatorga yaqinroq markaziy hududlarida joylashgan davlatlarda global isish ta'sirida yashash juda qiyinlashib ketishi prognoz qilinayotgani hech kimga yangilik emas. Nafaqat havo haroratining keskin ko'tarilishi, shuningdek toza suv zaxiralarining kamayib borishi natijasida qurg'oqchilik avj olib, suv resurslari uchun ham ayovsiz kurash kelib chiqadi deyilmoqda.
Ana shunday sharoitda shimoliy hududlarda joylashgan davlatlarga immigratsiya qilish tendensiyasi tobora avj oladi. Uzoqni oldindan ko'ra bilganlar allaqachon harakatga tushib qolishgan. Ayniqsa badavlat insonlar o'z davlatidan tashqari, shimolda joylashgan davlatlardan ham
2-pasport
ni olib qo'yishni boshlab yuborgan.
Aytgancha, yozni o'rtasida, ayni
"chilla"
paytida
+27 daraja
haroratda, tip-tiniq ko'l bo'yida sayr qilib shu fikrlarni hayol qilib ushbu postni "qoralab" qo'ydim. Vaqtida ulgurib qolibmiz shekilli...
Chunki bir paytlar men hurmat qilgan, hayotni ko'p past balandini ko'rgan bir inson aytgan edi: "Qayerdaki o'zingni qulay his qilsang, demak o'sha yer sening joying. O'sha yerda o'z o'rningni topishga harakat qilaver, tug'ilib o'sgan yurtingni esa hech qachon esdan chiqarma. Tez-tez kelib-ketib tur.
Butun yer yuzi aslida inson uchun vatan.
"
O'sha fikr tez-tez yodimga tushaveradi. Hayotiy shiorga aylanib ketdi desam ham bo'laveradi. Sizchi? Qo'shilasizmi yuqoridagi mavzu va shaxsiy fikrga?
Kanada
π¨π¦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π
https://t.me/CanadAli
Nega bu yerda hamma narsa bunchalik sodda? Nahotki odamlarning bir-biriga ishonchi shunchalik kuchli?
π¨π¦
π€
Videoda ham shuni ko'rsatdim.
Kanada davlatida (masalan
Yukon
viloyatida) avtomobil sotish va xarid qilish jarayoni biz oβrgangan
"o'zbekcha"
tizimga qaraganda ancha sodda.
Avtomobil egasi registratsiya hujjatining tegishli qismini imzolab xaridorga beradi. Bundan tashqari, sotuvchi va xaridor avtomobilning narxi, sana va tomonlarning maβlumotlari koβrsatilgan
bill of sale
, yaβni oldi-sotdi hujjatini (
oq-qora 1 varaqli qog'oz
) toβldiradi.
Buning uchun
notarius
ga borish, hujjatga muhr bostirish yoki murakkab shartnoma tayyorlatish talab qilinmaydi. Xaridor avtomobilni sugβurta qiladi va kerakli hujjatlar bilan
Motor Vehicles
ofisiga borib, uni oβz nomiga roβyxatdan oβtkazadi.
Bu yerdagi registratsiya hujjati biz bilgan texpasportga oβxshamaydi. Oddiy oq-qora qogβoz. Shunchaki shtrix kodi bor. Unda katta muhrlar yoki rangli himoya belgilarining yoβqligi dastlab gβalati tuyuladi.
Kanadaga yangi kelganimda koβplab hujjatlarda nega muhr yoki qoβlda qoβyilgan imzo yoβq, deb hayron boβlardim. Goβyo qoβlimga oddiy qogβoz nusxasi berilgandek tuyulardi. Keyinchalik tushundimki, hujjatning ishonchliligi uning tashqi koβrinishiga emas, balki davlatning elektron bazasidagi maβlumotlarga bogβliq.
Ba'zan o'ylab qolaman, qanday qilib bu davlatda odamlar bir-biriga bunchalik ishonadi. Nega bunday sodda tizim firibgarlikka keng yoβl ochib bermaydi? Nega bir-birini aldab
"kiydirib"
ketmaydi odamlar deb. Qiziq, balki ko'zi to'q bo'lgani uchun, balki madaniyatida birovni haqiga xiyonat qilish tabiati yo'q bo'lgani uchundir.
Menimcha, bu faqat odamlarning bir-biriga ishonishi sababli emas. Tizim elektron maβlumotlar bazasi va yolgβon maβlumot berganlik uchun qonuniy javobgarlikka tayanadi. Yaβni qogβozlar sodda koβrinsa ham, ularning ortidagi nazorat tizimi unchalik sodda emas.
Xullas, davlat tizimining qulay va sodda boβlishi nazorat yoβq degani emas. Balki haqiqiy qulaylik - odamni ortiqcha muhr, notarius va qogβozbozlik bilan qiynamasdan, kerakli nazoratni elektron tizim orqali amalga oshirishdir.
Sizningcha, bu kabi soddalik jamiyat uchun foydalimi yoki firibgarlik xavfini oshiradimi?
π€
Kanada
π¨π¦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π
https://t.me/CanadAli
Yaxshi joyda yashash uchun yaxshigina ter to'kish talab etiladi. Hech kim hech narsani shundoq berib qo'ymaydi. Hayot qonuniyati.
"Komfort" kerakmi, marhamat, uning badalini to'lashga ham tayyor turing.
π¨π¦
Kanadaning Vancouver shahri yashash uchun dunyoning 10 ta eng yaxshi shaharlari reytingidan o'rin olibdi.
Economist Intelligence Unit (EIU)
tashkiloti tomonidan e'lon qilingan reytingda ushbu shahar top
10 talik
orasida
Shimoliy Amerika
dagi yagona shahar bo'lib ro'yxatga kirgan.
Ekspertlar jaxonning
170 dan ortiq
shaharlari orasidan ushbu reytingni tibbiyot sifati, ta'lim sifati, xavfsizlik, ekologiya, infrastruktura, madaniy imkoniyatlar kabi faktorlarga tayanib tuzishgan.
π€
Ha, bu bir qarashda juda jozibador ma'lumot.
Lekin masalaning ikkinchi tarafi ham bor.
Yashash uchun eng qulay ekanligi omili tufayli bu kabi shaharlarga talab yuqori bo'ladi va o'z-o'zidan uy-joy narxi va yashash xarajatlari oshib borishiga ham sabab bo'ladi.
Bu kabi shaharlarda yashash ancha qimmat. Chunki shunga yarasha sharoitlar ham mavjud. O'zi aslida dunyoning barcha nuqtasida shunday-ku. O'zbekistondagi yashash uchun eng qimmat shahar - poytaxt
Toshkent
da ham narxlar doim baland yuradi. Shunday ekan, qimmat shaharda yashash va arzon shaharda yashashda tarozi pallasini doim hisobga olish zarur chet elda ham.
Kanada
π¨π¦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π
https://t.me/CanadAli
π¨π¦
Kanada anchadan beri oβylab yurgan, lekin qilishga hech vaqt topa olmayotgan hobbilarni qilish uchun juda qulay davlatda!
π
π£
Baliq ovi uchun litsenziya kerak Kanada davlatida. Shuni oldim yaqinda. 1 yilga amal qiladi. 18 dollar to'ladim. Shunchaki pulini to'lab sotib olish kerak ekan xolos. Maxsus saytga kiriladi, ma'lumotlar to'ldiriladi va hujjat yuklab olinadi to'lovdan so'ng.
Avvallari o'ylardimki, qandaydir ma'lumotlarni o'qib o'rganib test topshirish zarur bo'lsa kerak deb. Yo'q, unday emas ekan. Rasmiyatchilik uchun zarur bu hujjat. Lekin bu hujjatsiz baliq ovlasangiz va sizni tabiatni himoya qiluvchi ofitser ko'rib qolsa 100-200 dollar jarima to'lashingizga to'g'ri keladi. Shuning uchun Kanada davlatida baliq ovlasangiz, risk qilmasdan albatta litsenziyani olib qo'yavering.
Baliq ovlash gashtini esa faqat erkak kishilar tushunadi, chunki bir necha soat suvga tikilib, asablarga dam berish mazasini ayol kishi baribir tushunmasa kerak...
π
Kanada
π¨π¦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π
https://t.me/CanadAli
Agar nasib qilgan boβlsa
π¨π¦
Kanadaga Oβzbekistonlik oilalar kelishda davom etaveradi. Biz esa jamoamiz bilan bu borada qoβldan kelganicha yordam berib kelmoqdamiz.
Mazkur mijozimiz ayoliga magistratura uchun student viza, o'ziga esa ishchi vizani qo'lga kiritdi.
Eslatib oβtamiz: xizmatlar litsenziya raqami
R531671
boβlgan immigratsion konsultant
Reynaldo Concepcion
boshchiligidagi jamoa tomonidan koβrsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (
case specialist
) boβlib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
π
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
π
www.canadali.net
Kanada
π¨π¦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π
https://t.me/CanadAli
Biz davom etamiz. Oβzbekistonliklar safini Kanada davlatida yanada oshirishga hissa qoβshishdan mamnunmiz.
π«
π¨π¦
π
Har bir keys boβyicha oβqib koβrsangiz batafsilroq maβlumot berishga harakat qildik.
Barcha nomzodlar Oβzbekistondan hujjat topshirgan vizaga. Kelgusi natijalarni ham kutyapmiz.
Eslatib oβtamiz: xizmatlar litsenziya raqami
R531671
boβlgan immigratsion konsultant
Reynaldo Concepcion
boshchiligidagi jamoa tomonidan koβrsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (
case specialist
) boβlib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
π
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
π
www.canadali.net
Kanada
π¨π¦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π
https://t.me/CanadAli