
Markaziy bank
👍
👌
👍
👌
⏺
XVJ Oʻzbekiston haqidagi eng muhim xulosalardan birini eʼlon qildi.
⏺
Xalqaro valyuta jamgʻarmasining 2026-yilgi hisobotida Oʻzbekistonning valyuta rejimiga nisbatan tasnif yangilandi.
⏺
Bu oʻzgarish mamlakat iqtisodiyoti uchun nimani anglatadi?
Bu haqda
“Insight”
da gaplashamiz.
🔜
To‘liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qiling.
#insight
#CBU
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Youtube
| Linkedin
| X
👍
👌
👍
👌
⏺
Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham yaratilgan.
➡️
Banklar ro'yxati
#CBU_Info
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Linkedin
|
X
👍
👌
👍
👌
Bank tizimi faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari
📊
2026-yil 1-iyul holatiga ko'ra o'tgan yilning mos davriga nisbatan jami bank aktivlari
18% ga
(1 005,8 trln so'm), kredit qo'yilmalari
12% ga
(642,8 trln so'm), jami bank kapitali esa
19% ga
(148,9 trln so'm) o'sdi. Ayniqsa, bank tizimidagi jami depozitlar miqdori
118 trln so'mga ko'payib
,
473,8 trln so'mni
tashkil etdi va yillik o'sish 33% ga yetdi.
Mazkur dinamika aholi hamda tadbirkorlarning kredit hamda depozit mahsulotlariga talabi ortayotganini ko'rsatadi.
📈
Shuningdek, bank tizimi asosiy ko'rsatkichlari tarkibidagi xorijiy valyuta ulushi dinamikasida pasayish kuzatildi:
🟣
Bank aktivlar tarkibida: 40% → 35%
🟣
Kredit qo'yilmalari tarkibida: 42% → 39%
🟣
Depozitlar tarkibida: 24% → 19%
Mazkur tendensiya moliya bozorida jamg'arish va to'lov vositasi sifatida xorijiy valyutadan ko'ra milliy valyutamiz — so'mga bo'lgan talab ortib borayotganini ko'rsatmoqda.
Batafsil
#Markaziy_bank_raqamlarda
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Youtube
| Linkedin
| X
👍
👌
👍
👌
Inflyatsiya aholining turli daromad guruhlari bo‘yicha qanday farqlanadi?
🟣
Inflyatsiya barcha aholi guruhlariga bir xil ta’sir qilmaydi. Chunki turli daromad guruhlari xarajatlarini turli mahsulot va xizmatlarga sarflaydi.
✔️
Past daromadli oilalar daromadining katta qismini oziq-ovqat, kommunal xizmatlar, transport va kundalik ehtiyojlarga sarflaydi. Shu sababli aynan zaruriy mahsulotlar narxi oshsa, ular inflyatsiyani kuchliroq his qiladi.
✔️
Yuqori daromadli oilalarda esa ta’lim, dam olish, uzoq muddatli tovarlar, moliyaviy xizmatlar va investitsiyalar ulushi yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ular ayrim narx oshishlarini nisbatan yengilroq qabul qilishi mumkin.
🟣
Demak, rasmiy inflyatsiya o‘rtacha ko‘rsatkichdir. Har bir oilaning “shaxsiy inflyatsiyasi” esa uning xarajat tarkibiga bog‘liq.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Linkedin
|
X
#BizningPrezident
Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident!
Qatnashamizmi?
😊
Har oy minglab insonlar o'z fikrini bildirmoqda — siz ham ishtirok eting!
🟣
Bir necha soniya ajrating va o'z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun muhim.
Javoblar maxfiy saqlanadi va faqat umumiy ko'rinishda foydalaniladi.
🟣
So'rovnoma 2026-yil 31-iyulga qadar davom etadi.
🔜
Ishtirok etish uchun havola:
@kutilma_cbu_bot
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Linkedin
|
X
👍
👌
👍
👌
Ichki valyuta bozori sharhi | I yarim yillik
🟣
2026-yilning I yarim yilligida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab qariyb 32 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20 foizga oshdi. Shu bilan birga, xorijiy valyuta taklifi (Markaziy bank operatsiyalarini hisobga olmagan holda) 27,8 mlrd AQSH dollariga yetib, 31 foizga o‘sdi.
🟣
Bunda, yuridik shaxslarning xorijiy valyutaga bo‘lgan talabi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19 foizga, valyuta taklifi esa 29 foizga oshdi.
🟣
Milliy valyuta almashuv kursi hisobot davri yakunlari bo‘yicha 12 009 so‘m/AQSH dollarni tashkil etgan holda yil boshiga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi.
🔗
To'liq sharh
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Linkedin
|
👍
👌
👍
👌
Nima uchun oziq-ovqat narxlaridagi inflyatsiya inflyatsion kutilmalarga eng kuchli ta’sir qiladi?
Oziq-ovqat narxlari aholining kundalik hayotida eng ko‘p seziladigan narxlardir.
Shu bois oziq-ovqat narxlaridagi o‘zgarishlar ko‘pincha umumiy inflyatsiya haqidagi tasavvurlar va inflyatsion kutilmalarga boshqa tovarlarga nisbatan kuchliroq ta'sir ko‘rsatadi.
🟣
Non, go‘sht, yog‘, sabzavot va sut mahsulotlari kabi oziq-ovqat mahsulotlari muntazam xarid qilinishi sababli ularning narxidagi har qanday o‘zgarish darhol seziladi.
🟣
Agar oziq-ovqat narxlari tez-tez oshib borsa, aholida “hamma narsa qimmatlashyapti” degan tasavvur shakllanadi. Bu esa inflyatsion kutilmalarning kuchayishiga olib keladi.
🟣
Natijada aholi narxlar yanada oshib ketishidan xavotirlanib, ayrim xaridlarni oldinroq amalga oshirishga intiladi.
🟣
Biznes vakillari esa kelgusida xarajatlar ortishini kutib, mahsulot va xizmatlar narxini oldindan oshirishga moyil bo‘ladi.
Shu bois oziq-ovqat narxlaridagi o‘zgarishlar nafaqat inflyatsiya darajasiga, balki inflyatsion kutilmalarga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Linkedin
|
X