
Markaziy bank
🟣
IPAM Forum 2026
doirasida J.P. Morgan Asset Management vitse-prezidenti va investitsiyalar böyicha mutaxassisi
Cameron McCrimmon
bilan suhbatda xalqaro zaxiralar va investitsiya portfellarini diversifikatsiya qiliş, qat’iy daromadli instrumentlar bozoridagi imkoniyatlar hamda noaniqlik şaroitida portfel bardoşliligini ta’minlaşda risk-menejmentning ahamiyati muhokama qilindi.
In English: As part of IPAM Forum 2026, an interview was held with Cameron McCrimmon, Vice President, Investment Specialist at J.P. Morgan Asset Management, covering portfolio diversification, opportunities in fixed-income markets, and the importance of risk management in building resilient investment portfolios amid market uncertainty.
Transkript:
Özbek
/
English
👍
👌
👍
👌
⏺
Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham yaratilgan.
➡️
Banklar ro'yxati
In english:
In addition, customers are now able to carry out currency exchange transactions through automated currency exchange machines operating 24/7, as well as through the mobile applications of commercial banks at any time of day, without visiting a bank branch.
Banks' list
Har oyda aholi va tadbirkorlarning narxlar bo‘yicha fikrlari va inflyatsion kutilmalarini o'rganish uchun qisqa so‘rovnoma o‘tkaziladi
🟣
Inflyatsion kutilma degani oddiy: narxlar oshadimi, o‘zgarishsiz qoladimi yoki pasayadimi – siz nimani kutyapsiz?
🟣
Sizning javobingiz aholining inflyatsion kutilmalarini tushunishga yordam berib, to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.
🟣
Javoblaringiz maxfiy saqlanadi, faqat umumiy ko‘rinishda foydalaniladi.
Bir necha soniya ajrating – Sizning fikringiz biz uchun muhim.
🔜
SO‘ROVNOMADAN O‘TISH
-
@kutilma_cbu_bot
So‘rovnoma 2026-yil
31-oktabrga
qadar davom etadi.
Mikromoliya tashkilotlari aktivlarining asosiy qismi yirik tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
📈
2026-yil 1-sentabr holatiga mamlakatda
141 ta mikromoliya tashkiloti
faoliyat yuritib, ularning jami aktivlari
20,8 trln so‘mni
tashkil etdi. Shundan
82 tasi
aktivlari 10 mlrd so‘m va undan yuqori bo‘lgan tashkilotlar hisoblanadi.
📊
Aynan ushbu guruh hissasiga
20,5 trln so‘m yoki jami aktivlarning qariyb 99 foizi
to‘g‘ri kelmoqda. Ularning sof kreditlari
17,9 trln so‘mni
tashkil etib, mikromoliya tashkilotlari jami kredit portfelining asosiy qismini shakllantirgan.
📊
Kapital ko‘rsatkichlarida ham xuddi shunday tarkib kuzatiladi. Jami
4,4 trln so‘mlik kapitalning 4,3 trln so‘mi
aktivlari 10 mlrd so‘mdan yuqori tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ustav kapitalida ushbu guruhning hajmi
2 trln so‘mdan ortiq
.
📊
Majburiyatlarning jamlanish darajasi yanada yuqori: jami
16,3 trln so‘mlik majburiyatning 16,27 trln so‘mi
ushbu 82 ta tashkilot hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ular tomonidan jalb qilingan kreditlar, qarzlar va lizing hajmi esa
13 trln so‘mdan oshgan
.
Ko‘rsatkichlar mikromoliya tashkilotlari soni bo‘yicha tarkib nisbatan keng bo‘lsa-da,
moliyaviy faoliyat hajmi asosan aktivlari 10 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda shakllanayotganini
ko‘rsatmoqda. Bu mikromoliya tashkilotlari bozorining miqyosi bilan birga uning tarkibiy tuzilishini ham aks ettiradi.
Batafsil
Read in English
#MarkaziyBankRaqamlarda
Yangi hamkorlik — yangi bilim va tadqiqot imkoniyatlari
🟣
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda
QS–2027 reytingida dunyoda 2-o‘rinni
egallagan
Imperial College London
o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda.
🟣
Hamkorlikning dastlabki bosqichida iqtisodiyot tarmoqlarida narxlarning shakllanish mexanizmlarini tahlil qilish va moliya bozori ishtirokchilarining qarorlar qabul qilishini o‘rganish yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda hamkorlik qilish ko‘zda tutilmoqda.
🟣
Kelgusi hamkorlik yuzasidan muhokamalar quyidagi imkoniyatlarni ham qamrab oladi:
✔️
Markaziy bank xodimlarini Imperial College London ta’lim dasturlarida tahsil olish uchun yuborish;
✔️
xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan qo‘shma qisqa muddatli o‘quv dasturlarini tashkil etish;
✔️
ilmiy tajriba va bilim almashinuvini kengaytirish maqsadida qo‘shma seminar va konferensiyalar o‘tkazish.
🟣
Mazkur hamkorlik Markaziy bankning ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish, xalqaro akademik aloqalarni kengaytirish hamda xodimlarning ilg‘or bilim va tajribalarni o‘zlashtirishi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
In English: New Partnership — New Opportunities for Knowledge and Research
🟣
The Central Bank of the Republic of Uzbekistan is establishing cooperation with
Imperial College London, ranked 2nd globally in the QS World University Rankings 2027
, with a focus on advancing scientific research and human capital development.
🟣
At the initial stage, the cooperation is expected to focus on conducting
joint research on price formation mechanisms across sectors of the economy
and examining
decision-making processes among financial market participants
.
🟣
Discussions on future cooperation also cover the following opportunities:
✔️
to provide Central Bank employees with opportunities to undertake educational programmes at Imperial College London;
✔️
developing
joint short-term training programmes
aimed at strengthening employees’ professional knowledge and skills;
✔️
organising
joint seminars and conferences
to promote the exchange of academic expertise, knowledge and experience.
🟣
This cooperation is expected to contribute to strengthening the Central Bank’s
research capacity
, expanding its
international academic partnerships
, and creating new opportunities for employees to gain access to
advanced knowledge, expertise and international best practices
.
📊
2026-yil sentabr oyida oziq-ovqat, nooziq-ovqat va xizmatlar narxlarining yillik o‘zgarishi
Oziq-ovqat:
yillik hisobda baqlajon (-30,2%), sarimsoq (-28,6%) va apelsin (-15,6%) arzonlashdi. Eng ko‘p qimmatlashganlari pomidor (+54,9%), turp (+23,0%) va qo‘y go‘shti (+19,8%) bo‘ldi.
Nooziq-ovqat:
ichimlik tayyorlash uchun kichik priborlar (-2,7%) va changyutgich (-1,8%) arzonlashdi. Propan (+48,9%), gazeta (+17,5%) va nikoh uzugi (+16,7%) esa qimmatlashdi.
Xizmatlar:
ichki va xalqaro havo transporti (-6,7%) hamda pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash (-5,9%) arzonlashdi. Shaxsiy transport vositalarini sug‘urtalash (+281,8%), chiqindi tashlash (+21,8%) va tramvayda yo‘l haqi (+15,5%) oshdi.
Iste’mol narxlari indeksi savatidagi mahsulot va xizmatlarning aksariyatida yillik narx o‘sishi 10% dan past bo‘ldi: oziq-ovqatlarda 90%, nooziq-ovqatlarda 92% va xizmatlarda 80%.
In English:
📊
Annual change in food, non-food and services prices in September 2026
Food: in annual terms, aubergine (-30.2%), garlic (-28.6%) and oranges (-15.6%) became cheaper. The largest increases were recorded for tomatoes (+54.9%), radish (+23.0%) and mutton (+19.8%).
Non-food: small appliances for preparing drinks (-2.7%) and vacuum cleaners (-1.8%) became cheaper. Propane (+48.9%), newspapers (+17.5%) and wedding rings (+16.7%) became more expensive.
Services: domestic and international air transport (-6.7%) and money transfer fees (-5.9%) became cheaper. Insurance of personal vehicles (+281.8%), waste collection (+21.8%) and tram fares (+15.5%) rose.
For most goods and services in the consumer price index basket, annual price growth was below 10%: 90% in food, 92% in non-food products and 80% in services.
👍
👌
👍
👌
⁉️
⁉️
⁉️
⁉️
⁉️
Birozdan so‘ng baliqchilik sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot boshlanadi
Markaziy bank va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi hamkorligida o‘tkaziladigan
ochiq muloqotda baliqchilik sohasidagi tadbirkorlarning bank xizmatlari bilan bog‘liq masalalari va takliflari
muhokama qilinadi.
Ochiq muloqot Markaziy bankning
YouTube
kanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.
Boshlanish vaqti —
14:30
Mikromoliya tashkilotlari: aktivlar o‘sishi kreditlash hajmining kengayishi hisobiga shakllanmoqda
▪️
2026-yil 1-sentabr holatiga mikromoliya tashkilotlarining jami aktivlari
20,8 trln so‘mga
yetdi. O'tgan yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 9,7 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lib, yillik o‘sish
114,3 foiz
ni tashkil etdi.
✅
Aktivlar tarkibida asosiy ulush kreditlar va mikrolizing hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ularning sof hajmi
8,8 trln so‘mdan 18,1 trln so‘mga
yoki
106 foizga oshdi
. Shu bilan birga, jami aktivlardagi ulushi 90,6 foizdan
87,1 foizga
o‘zgardi. Banklardagi mablag‘lar esa 304,1 mlrd so‘mdan
1,3 trln so‘mga
yetib, 4 baravardan ko‘proqqa oshgan.
✅
Sohaning kapital bazasida ham o‘sish kuzatildi. Jami kapital
2,8 trln so‘mdan 4,4 trln so‘mga
yoki
56,6 foizga
ko‘paydi. Bunda taqsimlanmagan foyda
80,5 foizga
, joriy yil foydasi esa
133,4 foizga
oshgan.
✅
Jami majburiyatlar
6,9 trln so‘mdan 16,3 trln so‘mga
yetib,
138,1 foizga oshdi
. Majburiyatlarning 80,1 foizi to‘lanishi lozim bo‘lgan kreditlar, qarzlar va lizinglar hissasiga to‘g‘ri kelib, ularning hajmi
13,1 trln so‘mni
tashkil etdi.
Umuman, ko‘rsatkichlar mikromoliya sektorida faoliyat ko‘lami yuqori sur’atlarda kengayayotganini ko‘rsatmoqda. Aktivlar bilan birga kapital bazasining o‘sishi, kreditlash hajmining ikki baravardan ziyod kengayishi hamda moliyalashtirish manbalari tarkibidagi o‘zgarishlar soha rivojlanishining asosiy tendensiyalarini belgilamoqda.
Batafsil
Read in English
#MarkaziyBankRaqamlarda
Samarqandda O‘zbekiston va AQSh hamkorligi uchun ochilgan yangi imkoniyatlar ikki mamlakat kompaniyalarining qo‘shma korxonalar tashkil etishi, texnologiyalar almashishi va yangi bozorlarga birgalikda chiqishiga kuchli sur’at bag‘ishlaydi.
—
Открывшиеся в Самарканде новые возможности для сотрудничества Узбекистана и США придадут компаниям двух стран мощный импульс для создания совместных предприятий, обмена технологиями и совместного выхода на новые рынки.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X