
Chinoz tumani IM 🇺🇿
🌟
"Kelajak soatlari": Milliy g'urur va o'zlikni anglash haftaligi
Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida haftaning har dushanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan 1-soatlik “Kelajak soatlari” dars mashg‘ulotlari bu hafta ham o‘zgacha ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Oktyabr oyining oxirgi haftasiga bag‘ishlangan ushbu ezgu va mazmunli tashabbus doirasida o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va dunyoqarashidan kelib chiqib, quyidagi muhim mavzular muhokama qilindi:
* 9–11-sinflar uchun: “Mustaqillik timsollari – milliy g'urur va o'zligimiz!” mavzusida ma'ruzalar va o'quvchilarning erkin fikr almashinuvlari tashkil etildi.
* 5–8-sinflar uchun: “Ramzlarimiz – g'ururimiz, o'zligimiz – ildizimiz!” shiori ostida davlat ramzlarini chuqur anglash va ularga hurmat ruhida dars mashg’ulotlari o’tkazildi.
Bunday darslar yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat va kelajakka bo'lgan yuksak ishonch tuyg'ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi
🎬
"O‘ZBEK TILIM — FAXRIM": O‘QUVCHILARIMIZ MAVZUGA OID VIDEOROLIKLAR TAYYORLASHDI
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2026-yil 13-oktyabrdagi 03-23-3216-sonli “O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan taqdim etilgan chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida navbatdagi ijodiy loyiha amalga oshirildi.
Jumladan, maktabimiz o‘quvchilari o‘rtasida "O‘zbek tilim — faxrim" shiori ostida mahorat bilan tayyorlangan ijodiy videoroliklar tanlovi/chellenji tashkil etildi.
🎥
O‘quvchilarimiz o‘z ijodiy yondashuvlari, samimiy sheriy chiqishlari va tayyorlagan mazmunli lavhalari orqali ona tilimizning boyligi, nafosati hamda uning millatimiz ko‘zgusi ekanligini yorqin aks ettirishdi.
👏
Ijodiy jarayonda faol va tashabbuskor bo‘lgan barcha o‘quvchilarimizga va ularga ko‘maklashgan ustozlarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz!
#5_TASHABBUS_AMALDA
🔰
Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida, “Bеsh muhim tashabbus – kamolot sari yo‘l” mavzusida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularning krеativ va innovatsion fikrlash qobiliyatini o‘stirish, yoshlarni rassomchilik turlariga qiziqishlarini oshirish hamda estetik didini rivojlantirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
❇️
Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Robototexnika" to'garak rahbari Muqaddas Axmedova boshchiligida dars mashg'uloti o'tkazildi
#KELAJAK_SOATI
📚
✨
✨
Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida haftaning har dushanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan 1-soatlik “Kelajak soatlari” dars mashg‘ulotlari bu hafta ham o‘zgacha ruhda tashkil etildi.
🏫
🎯
Ushbu ezgu va mazmunli tashabbus doirasida oktyabr oyining 4-haftasida o‘quvchilar yoshiga mos ravishda quyidagi muhim mavzularga bag‘ishlandi:
🔹
9–11-sinflar uchun:
📌
“Ustoz – Vatan taraqqiyotining buyuk bunyodkori”
👨🏫
🇺🇿
(Katta sinf o‘quvchilariga jamiyatimiz taraqqiyoti va kelajagida ustozlarning o‘rni hamda mashaqqatli mehnati keng tushuntirildi).
🔹
5–8-sinflar uchun:
📌
“Ustoz – kelajak me'mori”
👩🏫
🌟
(O‘sib kelayotgan yosh avlod qalbiga ustozlarga bo‘lim hurmat, mehr va ehtirom tuyg‘ulari chuqur singdirildi).
#YANGI_AN
'ANA
#METOD_BIRLASHMA_HAFTALIGI
📚
✨
💡
Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yana bir go‘zal an’anaga asos solindi! Endilikda maktabimizda har hafta alohida fan metod birlashmasi haftaligi deb eʼlon qilinishi yo‘lga qo‘yildi.Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ta'lim sifatini oshirish va iqtidorli o'quvchilarni saralab olishdan iborat.
🎯
Ushbu tashabbusning ilk haftasi — Filologiya fanlari metod birlashmasi haftaligi doirasida qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy tadbirlar boshlab yuborildi.
🇷🇺
Jumladan, haftalik doirasida rus tili fani o‘qituvchisi Jamila opa Hamzayeva tashabbusi bilan 5-sinflar o‘rtasida qiziqarli va bilimdonlik sinovlariga boy viktorina tashkil etildi.
🧠
🔥
🏆
O‘quvchilarimiz o‘zlarining bilim va zukkoliklarini namoyon etgan shiddatli bahslar yakuniga ko‘ra:
🥇
5-"A" sinf o‘quvchilari faxrli g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi!
"
Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, 2026.21.10 dagi OʻRQ-1184-son
🎓
Kelajak sari dadil qadam — xalqaro ta’lim imkoniyatlari!
📍
Nurafşon şahridagi Prezident maktabida “El-yurt umidi” jamğarmasi hamda Boşqaruv samaradorligi agentligining Toşkent viloyati bölinmasi hamkorligida Prezident maktabi va Toşkent viloyatidagi ixtisoslaştirilgan maktablarning 9–10–11-sinf öquvçilari uçun mazmunli uçraşuv taşkil etildi.
✅
Uçraşuv davomida öquvchilar xorijda ta’lim olish imkoniyatlari, tanlov va imtihon bosqi
ç
lari, şuningdek, xalqaro stipendiyalarni qölga kiritiş tartibi haqida muhim ma’lumotlarga ega böldilar. Muloqot yoşlarning bilim va salohiyatini xalqaro miqyosda namoyon eti
ş
, ularda katta maqsadlar sari intiliş hamda kelajak rejalarini aniq belgila
ş
ga xizmat qildi.
🏛
Nurafşon şahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
📹
YouTube
🔊
Ota-onalar diqqatiga!
Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslaştirilgan maktablarda 2026-2027-öquv yili I çorak yakunida öquvçilarning öqişini bir hududdan boşqa hududga köçirişga zarurat tuğilayotgan bölsa - Agentlikka ariza yuborişni yanada soddalaştiriş, qöşimça qulaylik yaratiş maqsadida
transfer.piima.uz
platformasi orqali yuborilişi mumkinligini eslatib ötamiz.
Arizalarni joriy yilning
23-oktabrdan 1-noyabrgaça
Respublikamizning barça hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborişingiz mumkin.
Arizalar
https://transfer.piima.uz/application
manzili orqali qabul qilinadi, arizalar qabul qilinişi töxtatilişidan söng
- 10 iş kunida platforma orqali javob yuboriladi.
📌
Ariza topşiriş jarayonlari quyidagiça:
✔️
Öquvçining ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami töliq kiritilişi;
✔️
arizaning qisqaça mazmuni (öqişini köçiriş sababi);
✔️
öquvçining familiyasi, ismi va otasining ismi, tuğilganlik töğrisidagi guvohnomasining seriya va raqami, öqiyotgan maktabi, sinfi, yönalişi, öqişini köçirmoqçi bölgan maktabi;
✔️
köçirişga asos böluvçi hujjat (PDF formatda) nusxasi.
❗️
Eslatib ötamiz!
➡️
Ixtisoslaştirilgan maktablar öquvçilari davlat taşkilotlarida işlaydigan ota-onasining iş joyi bir hududdan boşqa hududga özgargan taqdirda, öşa hududdagi ixtisoslaştirilgan maktabda böş örin mavjud bölganda öquvçining öqişini köçirişga ruxsat etiladi.
➡️
Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik şaklda taqdim etiladigan
kalit söz
saqlab qöyilişi zarur! Uşbu kalit söz yordamida arizangiz holatini tekşirib körişingiz mumkin.
➡️
Asoslantiruvçi hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilişiga sabab böladi.
🔔
Murojaat uçun: 998-71-207-20-17 (180)
___________________________
🔊
Attention Parents!
We would like to remind you that if there is a need to transfer a student from one region to another at the end of the 1st quarter of the 2026–2027 academic year within the system of the Agency for Specialized Educational Institutions, applications can be conveniently submitted online via the
transfer.piima.uz
platform to simplify the process and provide additional convenience.
You can quickly and easily submit your applications to the Agency through this platform from any region of our Republic from
October 23 to November 1
of this year. Applications are accepted at
https://transfer.piima.uz/application
, after the application deadline, responses will be sent via the platform within
10 working days.
The application process requires the following details:
Full name (Last name, First name, and Middle name) and telephone number of the student’s parent or legal guardian;
A brief summary of the application (the reason for the transfer);
The student’s full name (Last name, First name, and Middle name), birth certificate series and number, current school, grade, specialization track, and the target school for the transfer;
A copy of the supporting documentation justifying the transfer (in PDF format).
Important Reminders:
Transferring a student between specialized schools is permitted only if the workplace of a parent employed by a state organization changes from one region to another, provided there is an available vacancy at the specialized school in that region.
Please make sure to save the confirmation
tracking key
automatically generated upon submitting your application through the platform. You can use this tracking key to check the status of your application.
Failure to attach the required supporting documents to the application will result in its rejection.
✅
Telegram
📹
YouTube
✅
Instagram
✅
Facebook
💼
Veb-sayt
🎤
Direktor
🇺🇿
"ONA TILIM — MILLIY G‘URURIM" NOMI OSTIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
🏫
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2026-yil 13-oktyabrdagi 03-23-3216-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda 21-oktyabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabida "Ona tilim — milliy g‘ururim" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🎭
Tadbir davomida maktabimizning Drama to‘garagi a’zolari tomonidan ona tilimizning boy tarixi, uning jozibasi va qadr-qimmatini tarannum etuvchi ta’sirli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
🎶
Shuningdek, maktabimizning iqtidorli o‘quvchilaridan iborat "Iqtidor" ansambli ijrosida yangragan dillarni xushnud etuvchi kuy va qo‘shiqlar, vaqf qilingan sheriy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
#5_TASHABBUS_AMALDA
🔰
Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabida "Havaskorlar radiosi" eshittirishlari izchil davom etmoqda!
🏫
Maktabimizda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbus amalda o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
🎙
Xususan, "Millat oydinlari" turkum radioeshittirishida "Notiqlik san’ati" to‘garagi a’zosi, 6-“A” sinf o‘quvchisi Shavkatova Marhabo 21-oktyabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tayyorlagan ma'ruzasini tinglovchilar e'tiboriga havola etdi.
🎶
Shuningdek, "Nodir ovozlar" radioeshittirishi orqali o‘quvchilarimizga o‘zbek xalq milliy kuylari — "Ne navo", "Qo‘shchinor" va "Mushkiloti Segoh" asarlari ijro etib berildi.
✨
Ushbu ma'naviy-ma'rifiy eshittirishlar o‘quvchilarimizda ona tilimizga bo‘lgan hurmat hamda milliy san'atimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.