Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

Chinoz tumani IM πŸ‡ΊπŸ‡Ώ

chinoz_im_piima
Ixtisoslashtirilgan taΚΌlim muassasalari agentligi tizimidagi Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
1 067
24 часа
-6
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
-31
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
295
ER
27,65%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
60
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
732
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
EDΠžΠ±Ρ‰Π΅Π΅ ΠΎΠ±Ρ€Π°Π·ΠΎΠ²Π°Π½ΠΈΠ΅ ΠΈ новости
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ЖСнский
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
35-44
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ΠžΠ±Ρ€Π°Π·ΠΎΠ²Π°Π½ΠΈΠ΅
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
September 11, 02:42

September 11, 02:42

https://t.me/chinozim_ecoschoolsuzbekistan

September 11, 02:42

https://t.me/chinozim_ecoschoolsuzbekistan

September 10, 15:23
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
MILLIY OHANGLAR β€” QALBLARDA VATAN TUYGβ€˜USI!
Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oβ€˜quvchilarning katta tanaffus vaqtlarini mazmunli va koβ€˜tarinki ruhda oβ€˜tkazish maqsadida milliy ohanglar, Vatanimizni madh etuvchi kuy va qoβ€˜shiqlar muntazam ravishda yangramoqda.
🎢
Yangragan kuy-qoβ€˜shiqlar oβ€˜quvchilarga nafaqat yaxshi kayfiyat bagβ€˜ishlamoqda, balki ularda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, yurtga sadoqat va faxr tuygβ€˜ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Maktab hovlisida yangrayotgan dilbar milliy ohanglar oβ€˜quvchilar qalbiga iliqlik, quvonch va koβ€˜tarinki kayfiyat baxsh etmoqda.
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
🎡
Milliy musiqa β€” milliy ruh ifodasi.
❇️
Vatan madh etilgan kuylar β€” qalblardagi faxr va iftixorning goβ€˜zal sadosi!

September 10, 15:22
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
6
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

🌱
ECO SCHOOL β€” β€œYASHIL BAYROQ” SARI 7 QADAM
Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Eco School vazirlari yigβ€˜ilishi tashkil etildi. Yigβ€˜ilish davomida 2026–2027-oβ€˜quv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ekologik loyihalar, tashabbuslar va vazifalar yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi.
πŸƒ
Shuningdek, oβ€˜quvchilarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, maktab hududida atrof-muhitni asrash va obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
πŸ’š
Yigβ€˜ilishda β€œYashil Eko bayroq” sari 7 qadam loyihasi haqida batafsil tushunchalar berilib, ushbu yoβ€˜nalishda amalga oshiriladigan ishlar, loyiha bosqichlari hamda Eco School jamoasining vazifalari muhokama qilindi.
πŸ‘₯
Yigβ€˜ilishda Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar boβ€˜yicha direktor oβ€˜rinbosari Bibimashrab Isaqova, Eco School koordinatori Donyorbek Yoβ€˜ldoshev, maktab Ekologiya vaziri Jadira Muzafarova hamda Eko qoβ€˜mita a’zolari ishtirok etdilar.

September 10, 15:17
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
5
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

🀝
INNOVATSION HAMDA IJODIY HAMKORLIK BOβ€˜YICHA MEMORANDUM IMZOLANDI
Chinoz tuman β€œKelajak markazi” hamda Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oβ€˜rtasida innovatsion hamda ijodiy hamkorlikni yoβ€˜lga qoβ€˜yish maqsadida Memorandum imzolandi.
πŸ“‘
Mazkur hamkorlik doirasida ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish, β€œBesh muhim tashabbus” yoβ€˜nalishlari boβ€˜yicha oβ€˜zaro hamkorlikni yoβ€˜lga qoβ€˜yish belgilandi.
🌱
Memorandumning muhim yoβ€˜nalishlaridan biri β€” yosh ijodkorlarni qoβ€˜llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarning qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning iste’dodini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
πŸ’‘
Hamkorlik orqali oβ€˜quvchi-yoshlarning innovatsion fikrlashi, ijodiy salohiyati va tashabbuskorligini rivojlantirishga qaratilgan turli loyihalar, tadbirlar va amaliy mashgβ€˜ulotlarni tashkil etish koβ€˜zda tutilgan.
✍️
Memorandumni Chinoz tuman β€œKelajak markazi” direktori B.T. Maxkamov hamda Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Sh.E. Zikirov imzoladilar.

September 10, 14:53
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
3
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ“š
NAVBATDAN TASHQARI PEDAGOGLAR YIGβ€˜ILISHI Oβ€˜TKAZILDI
Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida navbatdan tashqari pedagoglar yigβ€˜ilishi oβ€˜tkazildi.
πŸ“
Yigβ€˜ilish davomida umumta’lim fanlari olimpiadasiga tayyorgarlik koβ€˜rish va uni yuqori saviyada tashkil etish, oβ€˜quvchilarning fanlarga boβ€˜lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli oβ€˜quvchilarni aniqlash hamda ularni olimpiada bosqichlariga puxta tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⏰
Shuningdek, β€œKelajak soatlari” dars mashgβ€˜ulotlarini belgilangan tartib asosida, mazmunli va samarali tashkil etish, darslarda tarbiyaviy mazmunni kuchaytirish hamda oβ€˜quvchilarda vatanparvarlik, mas’uliyat, odob-axloq va milliy qadriyatlarga hurmat tuygβ€˜ularini shakllantirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
πŸ‘₯
Yigβ€˜ilishda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini yanada oshirish, pedagoglarning mas’uliyatini kuchaytirish va oβ€˜quvchilarning bilim hamda tarbiyaviy koβ€˜rsatkichlarini yaxshilash boβ€˜yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

September 10, 14:49
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
5
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2026–2027-oβ€˜quv yili qabuli jarayonlarida oβ€˜tkazilgan imtihonlardan muvaffaqiyatli oβ€˜tib, maktabimiz safiga qabul qilingan 5-, 6-, 7-, 8- va 9-sinf oβ€˜quvchilari bilan tanishtiruv yigβ€˜ilishi tashkil etildi.
🀝
Uchrashuv davomida yangi oβ€˜quvchilarni ta’lim muassasasi muhitiga koβ€˜niktirish, maktabning ichki tartib-intizom qoidalari, odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, oβ€˜quvchilar oβ€˜rtasidagi oβ€˜zaro hurmat va muomala madaniyati haqida atroflicha suhbatlashildi.
🧼
Shuningdek, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, dars jarayonlariga mas’uliyat bilan yondashish hamda maktab jamoasining yagona tartib-qoidalariga amal qilish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
πŸ‘₯
Yigβ€˜ilishda maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar boβ€˜yicha direktor oβ€˜rinbosari Bibimashrab Isaqova, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boβ€˜yicha direktor oβ€˜rinbosari Jasur Xudoyberdiyev, maktab psixologi Rushana Toxirxoβ€˜jayeva hamda xotin-qizlar qoβ€˜mitasi raisi Zuhra Baratova ishtirok etdilar.

September 10, 14:40
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

#5_TASHABBUS_AMALDA
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
πŸ”°
Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida β€œHavaskorlar radiosi” eshittirishlari davom etmoqda.
πŸŽ™
β€œMillat oydinlari” turkum radioeshittirishida 5 muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan β€œNotiqlik san’ati” toβ€˜garagi a’zolari, 5-β€œA” sinf oβ€˜quvchisi Qahramonova Dilnoza Abdulla Avloniy hayoti haqida mazmunli ma’ruzalar oβ€˜qib eshittirildi.
🎧
Shuningdek, β€œOltin fondimiz” shiori ostidagi β€œNodir ovozlar” radioeshittirishida Vatan madhiga bagβ€˜ishlangan she’rlar, kuy va qoβ€˜shiqlar oβ€˜quvchilar e’tiboriga havola etildi.
✨
Ushbu eshittirishlar oβ€˜quvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirish, tarixiy merosimizga hurmat va Vatanga muhabbat tuygβ€˜ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
Yoshlar β€” millat kelajagi!
πŸŽ™
Soβ€˜z kuchi β€” tafakkur yuksalishi!

September 10, 14:27
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
5
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
β€œVATAN TAYANCHI” β€” YOSHLARDA VATANPARVARLIK VA MAS’ULIYAT TUYGβ€˜USI!
Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida β€œVatan tayanchi” otryadi a’zolari yigβ€˜ilishi oβ€˜tkazildi.
Yigβ€˜ilish CHQBT rahbari Jasur Xudoyberdiyev boshchiligida tashkil etildi. Unda otryad a’zolarining harbiy-vatanparvarlik ruhini yanada yuksaltirish, yoshlarni Vatanga sadoqat, mardlik, jasorat va intizom ruhida tarbiyalashga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilindi.
Yigβ€˜ilish davomida oβ€˜quvchilarga Vatan tinchligi va osoyishtaligini asrash, davlatimiz ramzlariga hurmat bilan munosabatda boβ€˜lish, jamoada hamjihatlik va tartib-intizomga rioya qilish kabi fazilatlarning ahamiyati tushuntirildi.
β€œVatan tayanchi” otryadi faoliyati yoshlarning boβ€˜sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan bir qatorda, ularda harbiy kasblarga qiziqish, jismoniy chiniqish, liderlik, mas’uliyat va jamoaviylik kabi muhim koβ€˜nikmalarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
Vatanparvar yoshlar β€” yurtimizning mustahkam tayanchi!