Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Chinoz tumani hokimligi

chinozpressa
Chinoz tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi. Kanal Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritiladi. Savol va murojaatlar uchun: @chinoztumanihokimligibot
Subscribers
2 850
24 hours
30 days
-10
Post views
1 770
ER
62,11%
Posts (30d)
157
Characters in post
736
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
June 16, 13:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Zo‘r g‘oyangiz bormi? Uni
yoshlar.gov.uz
orqali butun O‘zbekistonga taniting!
Endilikda faol yoshlar hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari “Yoshlar tashabbuslari marafoni” doirasidagi
o‘z loyiha va tashabbuslarini bevosita
yoshlar.gov.uz
platformasi orqali taqdim etishlari mumkin.
Yangi imkoniyatning
asosiy afzalliklari
:
🟢
Tashabbuslar barcha uchun ochiq tarzda e’lon qilinadi;
🟢
Foydalanuvchilar o‘zlariga manzur bo‘lgan g‘oyalarni “Like” orqali qo‘llab-quvvatlaydi;
🟢
Eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar maxsus “TOP” ro‘yxatdan joy oladi.
“Yoshlar tashabbuslari marafoni”da faol ishtirok eting va o‘z g‘oyalaringizni hayotga tatbiq qiling!
👉
yoshlar.gov.uz

June 16, 12:50
Media unavailable
3
Show in Telegram

#Chinoz_tumani
#yangiruhiyat
🇺🇿
🏆
🇺🇿
⚽️
🇺🇿
🏆
🇺🇿
♻️
Toshkent viloyati Chinoz tumani

4-umumta'lim maktabining 1-V sinf òquvchisi Mutalov Azamatning  Futboll bo'yicha  jahon chempionatida ishirok etayotgan  "O'zbekiston terma jamoasi"ga omad tilab ko'tarinki kayfiyat ulashish maqsadida tayyorlagan chellenji.

June 16, 12:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Abu_Ali_ibn_Sino_nomidagi_ixtisoslashgan_maktabi_Chinoz_filiali
⭐️
E’tirofga munosib ustoz!

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Chinoz filialida
faoliyat yuritayotgan fidoyi ustozlarimizdan biri, Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Boboyev Mavlonboy
o‘zining samarali mehnati va yuqori kasbiy mahorati bilan o‘quvchilarimizning katta yutug‘iga sabab bo‘ldi.
💐
Ustozning sa’y-harakatlari natijasida maktabimiz o‘quvchilari Ona tili fanidan
milliy darajadagi
36 ta sertifikat
ni qo‘lga kiritdilar. Bu natija ustozning bilimdonligi, mas’uliyati va yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga bo‘lgan yuksak e’tiborining yorqin namunasidir.

Shu munosabat bilan maktabimiz ma’muriyati nomidan ustozimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq va yangi zafarlar tilaymiz.
⭐️
Ustoz mehnati – kelajak poydevori!
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
🚀
Telegram
|
🎬
Youtube

June 16, 11:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

📚
Chinozda nuroniylar o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi
Chinoz tumani markazida Nuroniylar jamg‘armasi tuman bo‘limi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chinoz tuman bo‘linmasi hamkorligida faol nuroniylar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–405-son qarori asosida tuzilgan savollar bo‘yicha o‘tgan bellashuvda “Donolar davrasi”, “Nuroniylar zakovati” va “Hayot tajribasi” jamoalari o‘zaro bilim va tajribalarini sinovdan o‘tkazdi.
Ishtirokchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy qadriyatlar, ma’naviy-ma’rifiy hayot hamda tarixga oid savollarga javob berib, o‘zlarining keng dunyoqarashi va boy hayotiy tajribasini namoyon etdilar.
🤝
Ahillik, o‘zaro hurmat va ezgu g‘oyalarni targ‘ib etgan ushbu tadbir nuroniylarning jamiyat hayotidagi o‘rni hamon yuksak ekanligini yana bir bor isbotladi
Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati
|Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|

June 16, 11:46
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Chinoz_tumani
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi holati o'rganildi
📌
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 13-Ko‘tarma saylov okrugiga saylangan deputat Farxod Ibragimov nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Bekzod Ortiqboyev tomonidan Kengash ish rejasiga asosan Islomobod MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹
O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli S. Sayfuddinova tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi.

June 16, 10:56
Media unavailable
7
Show in Telegram

#Chinoz_tumani
#qabul
Chinoz tumanida ochiq muloqot: aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda
Unda Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashi raisi Abduvohid Turdiboyev
Xalq qabulxonasi binosida aholi murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida navbatdagi qabulni o‘tkazdi.
Qabulda Chinoz tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i V. Mansurova, hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Bu esa murojaatlarni tezkor va samarali hal etish imkonini berdi.
Fuqarolarning murojaatlari asosan uy-joy, bandlik, kadastr, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti, shuningdek sog‘liqni tiklash va oilaviy nizolar bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.
Qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, qolganlari esa mas’ul tashkilot rahbarlariga ijrosini ta’minlash uchun topshiriq tarzida yuborildi. Ayrim fuqarolarga esa huquqiy maslahatlar berildi.
Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati
|Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|

June 15, 14:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

BIZDA BO‘SH ISH O‘RINLARI !
📣
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi quyidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov eʼlon qiladi:
🔹
Chinoz tumanida - kadastr muhandisi
🔹
Yangiyo‘l shahrida - kadastr muhandisi
🔹
Qibray tumanida - kadastr muhandisi
🔹
Quyi Chirchiq tumanida - kadastr muhandisi
🔹
Toshkent tumanida - kadastr muhandisi
🔹
Zangiota tumanida - kadastr muhandisi
🔹
Bo‘stonliq tumanida - kadastr muhandisi
🔹
Yangiyo‘l tumanida - kadastr muhandisi
🔹
O‘rta Chirchiq tumanida - kadastr muhandisi
🔹
Angren shahrida - kadastr muhandisi
🔹
Nurafshon shahrida - kadastr muhandisi
📍
Bizning manzil:
Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi 24-uy
☎️
Maʼlumot uchun: (71) 502 0207
#vakansiya
Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook
Instagram

June 15, 13:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

June 15, 12:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Chinoz_tumani
☀️
DMTTlarda yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik: Chinozda oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 26-maydagi
185-sonli buyrugʻi
ijrosini taʼminlash maqsadida amaliy qadamlar tashlanmoqda.
Xususan,
“Yaxshi niyat” MFY
hududida joylashgan
9-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida (DMTT)
hududdagi davlat va nodavlat bogʻchalar pedagoglari uchun muhim oʻquv seminari tashkil etildi.
📌
Seminar mavzusi:
„YOZGI SOGʻLOMLASHTIRISH“
Tadbir davomida yozgi mavsumda bolajonlarning sogʻligʻini mustahkamlash, chiniqtirish, kun tartibini toʻgʻri tashkil etish hamda ushbu davrda pedagoglar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan eng muhim vazifalar atroflicha tushuntirildi.
🤝
Asosiy maqsad:
Davlat va nodavlat bogʻchalarda taʼlim-tarbiya berayotgan pedagoglarning malakasini oshirish hamda issiq kunlarda bolalarning yozgi taʼtilini xavfsiz, qiziqarli va sogʻlom oʻtkazishlarini kafolatlashdir.
Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati
|Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|

June 15, 11:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Chinoz_tumani
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
OLG‘A, O‘ZBEKISTON!
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
⚽️
🔥
Barcha yurtdoshlarimizni birdek birlashtirgan futbolchilarimiz, siz — bizning faxrimizsiz! Jahon chempionatida O'zbekiston bayrog‘ini baland ko‘taring, yurtimiz nomini butun dunyoga mashhur qiling!
🌍
🏆
Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati
|Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|