Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Chinoz tumani hokimligi

chinozpressa
Chinoz tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi. Kanal Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritiladi. Savol va murojaatlar uchun: @chinoztumanihokimligibot
Подписчики
2 910
24 часа
—
30 дней
13
Просмотры
465
ER
15,98%
Посты (30д)
404
Символов в посте
1 379
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 27, 16:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Chinoz_tumani
#EʼLON
Chinoz tumani Xalq qabulxonasi binosida o‘tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali
Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida “Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalar” yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, Chinoz tumani hokimi hamda tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari tomonidan har hafta Chinoz tumani Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.
Mazkur muntazam ravishda tashkil etiladigan shaxsiy qabullar fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni joyida o‘rganish, ularni qisqa muddatlarda samarali hal etish hamda ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati
|Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|

October 27, 12:06
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

CHINOZ TUMANIDAGI 1-SON DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR O‘RGANILDI
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chinoz tuman bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 1-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilish holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ichki va tashqi targ‘ibot vositalarining mavjudligi, davlat ramzlarining joylashtirilishi, ma’naviyat burchagining tashkil etilishi hamda sohaga oid hujjatlarning yuritilishi ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Kamchiliklarning bir qismi o‘rganish jarayonining o‘zida bartaraf etildi.
Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — maktabgacha ta’lim tashkilotida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashdan iborat.

October 27, 12:06
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

CHINOZ TUMANIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumanida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
Xususan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chinoz tuman bo‘linmasi tomonidan Toshkent viloyati Ko‘zi ojizlar kutubxonasining Chinoz tumani filialida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida faoliyatning tashkil etilishi, belgilangan vazifalar ijrosi hamda ishlar samaradorligi ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Asosiy maqsad — ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashdan iborat.

October 27, 10:46

📌
#Chinoz_tumani
📌
#Deputat_o
‘rganishi
📌
#24_ta_masala
📌
#Ijtimoiy_himoya
📌
#4_band_ijrosi
🏛
XO‘JA MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
📍
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 1-Markaz saylov okrugidan saylangan deputat E. Saidovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B. Ortiqboyev tomonidan Xo‘ja mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.
🔎
O‘rganish davomida
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati tahlil qilindi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish va ijtimoiy yordamning manzilliligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
⚠️
Aniqlangan muammolar va e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar
O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ehtiyojlarini chuqur o‘rganish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ijtimoiy yordam tayinlashda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, ayrim oilalarning ijtimoiy muammolariga individual yondashish, ularning yashash sharoitini o‘rganish va zarur yordam turlarini to‘g‘ri belgilashga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
🤝
Amaliy yechimlar va takliflar
O‘rganish yakunlari bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda ishlarni kuchaytirish zarurligi belgilandi:
✅
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni xonadonbay o‘rganib, ularning ehtiyojlarini aniqlash;
✅
Ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlarida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;
✅
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni hal etish choralarini ko‘rish;
✅
Ijtimoiy xodim, mahalla yettiligi va tegishli tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish;
✅
Ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va natijadorligini muntazam tahlil qilib borish.
📈
Kutilayotgan natija
Belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi orqali Xo‘ja mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamning manzilli yetib borishini ta’minlash hamda aholining murojaatlari bilan ishlash sifatini yaxshilash ko‘zda tutilgan.
🎯
Asosiy maqsad — har bir ehtiyojmand oilaning muammosini aniqlash, unga mos ijtimoiy yordam ko‘rsatish va fuqarolarning munosib turmush sharoitini yaxshilashga ko‘maklashish.

October 27, 10:46
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

October 27, 10:46

#Chinoz_tumani
#Deputat_o
'rganish
Chinozda “Yangi O‘zbekiston” qiyofasi sari bunyodkorlik ishlari davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
PQ–298-sonli qarori
asosida Chinoz tumanini “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman”ga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar izchil davom etmoqda.
Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Mirsoat Mirsodiqov tomonidan tumandagi Alisher Navoiy MFY Z.Nosirov ko'chasida joylashgan 21-22-ko'p qavatli uylarda olib borilayotgan qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma loyihalarining ijro holati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida ishlar sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va hududlarning obod qiyofasini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📍
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
🇺🇿
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi

October 27, 10:46

#Chinoz_tumani
#Deputat_o
'rganish
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 20-Eshonobod saylov okrugidan saylangan deputat Alimjon Adilbekov Kengashning ish rejasiga muvofiq, Eshonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 35-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi ko‘zdan kechirilib, uning mavsumga tayyorligi, sovuq kunlarda sinfxonalarda me’yoriy haroratni ta’minlash hamda tizimning uzluksiz va barqaror ishlashiga qaratilgan ishlar holati tahlil qilindi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati qoniqarli ekani aniqlandi. Shuningdek, isitish tizimining mavsum davomida barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirilib, o‘rganish jarayonida muammo va kamchiliklar aniqlanmadi.
Bundan tashqari, maktab direktori bilan suhbat o‘tkazilib, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, isitish tizimining doimiy nazoratini ta’minlash hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim muassasasining mavsumga tayyorgarligini ta’minlash, mavjud sharoitlarni nazorat qilish hamda qish mavsumida o‘quv jarayonining uzluksizligini ta’minlashdan iborat.

October 27, 10:46
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

October 27, 10:46

#24_ta_masala
#18_band_ijrosi
#Deputat_o
‘rganishi
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA KO‘RSATILAYOTGAN IJTIMOIY XIZMATLAR VA BERILAYOTGAN IMTIYOZLAR O‘RGANILDI
🏛
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, Kengash deputati A. Aliyevga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi B. Ortiqboyev tomonidan Chinoz tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi.
🔎
O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va yengilliklardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📊
Chinoz tumanidagi mavjud holat:
🔹
Tumandagi 40 ta mahalla fuqarolar yig‘inida jami 40 nafar ijtimoiy xodim faoliyat yuritmoqda.
🔹
Tumanda jami 3 065 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro istiqomat qiladi. Jumladan:
▪️
339 nafari — I guruh;
▪️
2 345 nafari — II guruh;
▪️
381 nafari — III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.
♻️
O‘rganish jarayonida fuqarolarning ijtimoiy ehtiyojlarini aniqlash, ularni zarur ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash hamda murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish holatlari tahlil qilindi.
🤝
Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda individual yondashuvni kuchaytirish, mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalari ko‘rib chiqildi.
✅
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlash, bandligini qo‘llab-quvvatlash, mehnat faoliyatiga jalb etish hamda ularning mustaqil hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
✍️
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.
🇺🇿
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi

October 27, 10:46
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram