Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

MM "MUFEED MOLIYA"

chiroylimoliya
Бизнесда молия чиройли бўлиши лозим, шунда бизнес чиройли бўлади. Молия тўғри бўлиши лозим, шунда бизнес ҳам адолатли, одил бўлади. Канал асосчиси: Хондамир Нусратхўжаев Муаллиф ҳақида: https://telegra.ph/Muallif-haqida-11-09 Боғланиш: @HN_Jed_bot
Subscribers
6 551
24 hours
1
30 days
-49
Post views
1 390
ER
21,22%
Posts (30d)
27
Characters in post
1 201
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
October 24, 05:44

Assalomu alaykum,
Har bir so‘mni sanash kerakmi yoki pul sizga xotirjamlik berishi kerakmi?
Yangi postda oilaviy xarajatlarni qanday 3 guruhga ajratish (saxsiy tajribam), nega har bir mayda xarajatni yozib borish shart emas, nima uchun 30 yoshgacha o‘zingizning bilim va ko‘nikmalaringizga investitsiya qilish muhimligi haqida yozdim.
Maqola sizga xarajatlarni boshqarishga boshqacha qarash va e’tiborni mayda tejashdan muhimroq moliyaviy vazifalarga burishga yordam beradi.
https://mufeed.uz/uz/blog/pul-faqat-xarid-qilish-uchun-emas-u-xotirjamlik-uchun-ham-kerak
@chiroylimoliya
. Sizda ham oilaviy xarajatlarni boshqarish bo‘yicha o‘z tizimingiz bo‘lsa, izohlarda ulashing.

October 23, 10:50
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#хабар
Ассалому алайкум!
Кеча хабар берганимиздек, Тошкент ислом институтида
📖
«
Қуръони каримдаги иқтисодий-молиявий масалаларга доир оятлар
» китоби тақдимоти бўлиб ўтди.
Ушбу китоб жорий йилнинг май ойида нашрдан чиққан бўлса ҳам устозларнинг тавсиясига кўра тақдимот бир неча ойдан кейин бўлиб ўтди, чунки бу орада китоб олим ва мутахассисларга тарқатилди, сотувга қўйилди ва шу орқали мутахассислар ва оддий ўқувчиларнинг фикри олинди. Аллоҳга шукр, барча олинган фикрлар ижобий бўлди ва шу билан бирга йўл қўйилган баъзи имло хатолар бўйича мулоҳазалар эътиборга олинди. Шундан кейингина китоб тақдимоти ўтказилди.
Китоб нашрдан чиққан пайтдан бошлаб кенг реклама қилинмаган бўлса ҳам босмадан чиққан китобларнинг аксарияти сотилиб бўлинди. Бугунги кунда
қолган китоблар адади таҳминан 500 дона
ни ташкил қилади.
Китобдан сотиб олмоқчи бўлганлар қуйидаги телефон рақамлари орқали Islamic Business and Finance компанияси ходимларига мурожаат қилишлари мумкин (
@IslomMoliyasi
телеграм саҳифаси ҳамда
islommoliyasi.uz
вэбсайти
обуначиларида
китобни 65 минг сўмдан сотиб олиш имконияти бор).
📞
+998338880059; +998997522262
✈️
@IsBF_admin
📱
@IslomMoliyasi

October 23, 05:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

«Biz axir eski qadrdon do‘stlarmiz. Yozma shartnoma tuzishning nima keragi bor?»
Qanchadan-qancha biznes sherikliklari aynan shu so‘zlar bilan boshlangan. Va ularning qanchasi keyinchalik nizolar, o‘zaro ayblovlar va buzilgan munosabatlar bilan yakunlangan.
Mening
mufeed.uz
ta’lim platformamda islomiy moliya bo‘yicha kurs mavjud. Unda biz nafaqat fundamental tamoyillarni, balki ularning biznesdagi amaliy qo‘llanilishini ham o‘rganamiz: savdo, bo‘lib to‘lash, moliyalashtirish, investitsiyalar va sheriklikning turli shakllari.
Kursning ayrim tinglovchilari muntazam ravishda real hayotdagi vaziyatlar yuzasidan savollar berib turishadi. Masalan, yaqinda shunday savol berildi (yuqoridagi skrinshotda):
«Agar bir sherik pul tiksa, ikkinchisi esa biznesni boshqarsa, ular o‘zaro kelishuvlarini yozma ravishda rasmiylashtirishlari shartmi? Axir bu qarz emas, investitsiya-ku».
Aynan shunday savollar juda muhim.
Ko‘p yillik amaliyotim davomida ko‘plab nizolar, barbod bo‘lgan sherikliklar va buzilgan munosabatlarga guvoh bo‘lganman. Ko‘pincha buning sababi kimdir boshidanoq boshqasini aldamoqchi bo‘lganida emas, balki sheriklar eng muhim va noqulay bo‘lgan masalalarni oldindan kelishib olmaganida.
Boshida hammasi oddiy tuyuladi: «Biz axir do‘stmiz», «Bir-birimizga ishonamiz», «Hozir bu haqda gapirish noqulay, andisha qilamiz», «Ish davomida hal qilamiz».
Keyinchalik esa oddiy kelishmovchiliklar adolatsizlik, aldov va hatto xiyonat sifatida qabul qilina boshlaydi.
Shuning uchun bizne sheriklarga maslahatim:
• Ish boshlashdan oldin (kegin emas) kelishib oling.
• Muhim va ikkinchi darajali masalalarning barchasini kelishib oling.
• Kelishuvlaringizni yozma ravishda rasmiylashtiring.
• Eng muhimi, adolatli kelishing.
Kurs tinglovchisining savoli va unga bergan qisqa javobimga kelsak, ularni yuqoridagi skrinshotda ko‘rishingiz mumkin.
Va nihoyat, bir narsani unutmang:
Yaxshi munosabatlar puxta kelishuvlarning o‘rnini bosa olmaydi.
Puxta va adolatli kelishuvlar esa yaxshi munosabatlarni saqlab qolishga yordam beradi.
@chiroylimoliya
www.mufeed.uz
amaliy bilim manbai

October 22, 10:43

Alif Moliya (O‘zbekiston emitenti) tomonidan chiqarilgan ilk sukukkni Astana International Exchange birjasida joylashtirdi. Bu shunchaki navbatdagi bitim emas - bu ancha muhim voqea.
O‘zbekistonning Alif Moliya kompaniyasi Qozog‘istondagi AIX birjasida
10 million dollarlik sukuk
joylashtirdi. Bu O‘zbekiston emitenti tomonidan amalga oshirilgan ilk sukuk emissiyasidir.
Nima uchun bu muhim?
Chunki O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirish uchun qonunchilik bazasi endigina shakllanayotgan bir paytda, Alif kutib o‘tirmadi. Kompaniya ichki bozor doirasidan tashqariga chiqib, xalqaro birja orqali kapital jalb qildi.
Bu butun bozor uchun juda yaxshi signaldir.
Alif mavjud imkoniyatdan shunchaki foydalanib qolmadi, balki boshqa kompaniyalarga ham yo‘l ko‘rsatmoqda. Ya’ni, mamlakatda islomiy moliyalashtirish bo‘yicha maxsus qonun hali qabul qilinmagan bo‘lsa ham, sukuk orqali mablag‘ jalb qilish mumkinligini amalda namoyish etdi.
Endi tasavvur qiling: zarur qonunchilik bazasi yaratilsa, sukuklarni chiqarish va muomalaga kiritish bo‘yicha aniq qoidalar joriy etilsa, investorlar va emitentlar uchun yanada qulay va tushunarli sharoitlar yaratilsa, nimalar yuz berishi mumkin?
Menimcha, qonun qabul qilinganidan keyingi
2–3 yil ichida O‘zbekistonda sukuk bozori jadal rivojlanishi mumkin.
Albatta, bu ko‘p jihatdan tartibga solish sifatiga, soliq sharoitlariga va kompaniyalarning bozorga chiqishga tayyorligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ammo eng muhimi, jarayon allaqachon boshlangan: bozor faqat qog‘ozda emas, balki real bitimlar orqali ham shakllanmoqda.
Qonun sharoit yaratadi. Bozorni esa ana shu sharoitlar mukammal bo‘lishini kutib o‘tirmay, bugunoq harakat qilishga tayyor bo‘lganlar yaratadi.
Alif Moliya emissiyasi bunga yaqqol misol.
@chiroylimoliya
www.mufeed.uz
Sukuk va islomiy moliya haqida chuqurroq bilim olishni istagalar uchun

October 21, 07:06

Assalomu alaykum,
200 000 obunachi biznesdagi ulushga arziydimi?
Ko‘p odamlar auditoriya sonini ko‘rib, unga darrov biznesdan ulush bermoqchi bo‘ladi.
Lekin savol boshqacha bo‘lishi kerak:
bu auditoriya biznesga real qancha qiymat olib keladi va sherik chiqib ketsa, shu qiymat biznesda qoladimi?
Yangi maqolada obunachilar bazasini qanday baholash, qachon ulush berish mumkinligi va qachon success fee yoki earn-in xavfsizroq ekanini sodda tushuntirdim.
Maqolani o‘qing va bo'lishing:
mufeed.uz/uz/blog/obunachilar-bazasi-ulushga-arziydimi

October 20, 06:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

@chiroylimoliya
biznes sheriklarga bag’ishlanadi

October 14, 04:39

Aynan shu maqsadda men
mufeed.uz
ni tashkil qilganman. Bu yerda men islomiy moliya va bank sohasidagi 10 yildan ortiq real amaliy tajribamni bir joyga jamladim.
Hozir bir 20-30 soat vaqtingizni ajrating va butun qolgan umringiz davomida moliyaviy qarorlaringiz va qalb sokinligini himoya qiladigan bilimlarga ega bo'ling.
Pul va qarorlaringizni boshqalarning tushunchasiga topshirib qo‘ymang.
mufeed.uz
ga kiring va o‘zingiz tushunishni boshlang.
@chiroylimoliya
www.mufeed.uz

October 14, 04:39

Assalomu alaykum!
Tashkillashtirilgan tavarruq, ya’ni banklarda qo‘llanadigan tovar murobahasiga oid mavzuning davomi sifatida xayolimga kelgan bir o‘xshatishni sizlar bilan bo‘lishmoqchiman.
Masalan, uch sahih taloqdan keyin, ya’ni islomda ajrashishdan keyin erkak avvalgi xotinini shunchaki yangi nikoh bilan qaytarib ololmaydi. Negaki endi o'sha ayol unga harom bo‘lib qoladi, toki u haqiqatan boshqa erkakka turmushga chiqmaguncha, haqiqiy er-xotinlik munosabati vujudga kelmaguncha va keyin bu nikoh o‘zining tabiiy sabablari (ajrashish yoki erning vafoti kabi) bilan tugamaguncha. Faqat shundan keyingina, zarur bo‘lgan shartlar bajarilsa, birinchi eri bilan yana nikoh qurishi mumkin bo‘ladi.
Endi boshqa holatni tasavvur qilaylik. Er g‘azab ustida keyin pushaymon bo‘ladigan ishni qilib qo‘ydi va endi xotinini har qanday yo‘l bilan qaytarmoqchi.
Aytaylik, endi u boshqa bir erkak topdi va u bilan shunday qilishga oldindan kelishib oldi:
ayolni nikohiga oladi → rasmiy nikoh bo‘ladi → ajrashadi → ayol birinchi erga qaytadi
Hamma tomonlar bu jarayonni oldindan to‘liq biladi. Bu holatda hech kim haqiqiy oila qurmoqchi emas. Yangi er faqat taqiqni texnik yo‘l bilan aylanib o‘tish uchun kerak bo‘lgan oraliq vosita rolini o‘ynamoqda.
Menga zamonaviy tashkillashtirilgan tavarruq ham juda ko‘p jihatdan shuni eslatadi.
Negaki bu jarayondagi butun ketma-ketlik ham oldindan to‘liq tashkil qilingan va yakuniy natija barcha ishtirokchilarga ma’lum bo‘ladi.
Xo'sh, tashkillashtirilgan tavarruq jarayoni qanday amalga oshadi? Mijozga pul kerak bo‘ladi. Moliyaviy muassasa esa bu mijozga pul qarz berish o‘rniga unga muddatli to‘lov asosida qandaydir tovar sotadi. Bunda mijoz ko‘pincha hatto qaysi tovarni sotib olganini va aynan nimaning egasiga aylanganini ham bilmaydi. U bu tovarni o‘zi mustaqil tasarruf qilmaydi, kimga sotilishini o‘zi belgilamaydi, sotuvni to‘xtatib, tovarni o‘ziga yetkazib berishni talab qila olmaydi, chunki keyingi sotuv jarayoni allaqachon uning o‘rniga to‘liq tashkil qilib qo‘yib bo‘lingan.
Ya’ni bunda mijoz o‘zi yaxshi bilmaydigan tovarning egasiga aylanadi, bir necha daqiqadan keyin esa bu tovar sotiladi va mijoz butun konstruktsiya/tuzilma aslida nima uchun tuzilgan bo‘lsa, shuni oladi: bugun pulni va keyinroq undan kattaroq summani qaytarish majburiyatini oladi.
Endi birinchi o‘xshatish bilan taqqoslasak, har ikki holatda ham tomonlar yakuniy natijani oldindan biladi.
Har ikki holatda ham tomonlar o‘rtasida shunday kelishuv mavjudki, u bir nechta alohida-alohida formal jihatdan joiz amallar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri erishib bo‘lmaydigan natijaga olib keladi.
Shuning uchun fiqhda faqat "Shartnomaning formal shartlari bajarilganmi, ya’ni "sihha" bor-mi?" degan savolning o‘zi yetarli emas.
Yana bir muhim savol bor:
butun tuzilmaning o‘zi, uning maqsadi va tomonlar natijaga erishgan yo‘l ham joizmi?
Agar bir nechta shartnomani formal jihatdan to‘g‘ri tuzishning o‘zi kifoya qilganida, deyarli har qanday taqiqni to‘g‘ri ketma-ketlikdagi hujjatlar va bitimlar bilan aylanib o‘tish mumkin bo‘lardi.
Menimcha, islomiy moliyadagi haddan tashqari formal yondashuvning eng katta muammolaridan biri ham shunda.
Bu mening shaxsiy o‘xshatishim. Men soxta nikoh bilan tashkillashtirilgan tavarruq fiqh nuqtai nazaridan aynan bir xil narsa demayapman. Lekin tamoyillardagi o‘xshashlikning o‘zi qiyoslab o‘ylashga majbur qiladi.
Birinchi erga qaytish uchun oldindan tashkil qilingan soxta nikoh bekorga man etilmagan, garchi nikoh ham, keyingi ajralish ham rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da.
Shuning uchun keyingi safar sizga tavarruq taklif qilishsa, mening shu gaplarimni eslang...
Agar siz haqiqatan ham soxta bitimlar, shubhali konstruktsiyalar va mol-mulkingizni barakadan mahrum qilishi mumkin bo‘lgan taqiqlarga tushib qolishni istamasangiz, faqat ehtiyotkorlikning o‘zi yetarli emas. Asoslarini ham bilishingiz kerak.
Shartnomalar, ribo, g'arar, sheriklik, moliyalashtirish va investitsiyalarning mohiyatini tushunmasdan turib, to‘g‘ri bitim bilan chiroyli bezatilgan aylanma yo‘lni o‘zingiz ajrata olmay qolasiz.

October 13, 06:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

@chiroylimoliya
hayotni 6 muhim bosqichi

October 12, 08:05

Assalomu alaykum,
Ko‘chmas mulk juda tushunarli investitsiyadek ko‘rinadi: kvartira sotib olasiz, ijaraga berasiz va narxi oshishini kutasiz. Ammo real hayotda hammasi unchalik oddiy emasligi ayon bo‘ladi.
- Ta’mirlash, soliqlar va kvartira bo‘sh turgan davrlarni hisobga olgandan keyin, aslida qancha daromad olasiz?
- Agar kvartirani qimmat qarz hisobiga sotib olgan bo‘lsangiz, nima bo‘ladi?
- Ijara haqi haqiqatan ham foyda keltiradimi yoki shunchaki to‘lovlarning bir qismini qoplaydimi?
- Keyinchalik ushbu mulkni qanchalik oson sota olasiz?
- Mablag‘laringizning haddan tashqari katta qismi allaqachon ko‘chmas mulkka bog‘lanib qolmaganmi?
Investitsiya uchun ko‘chmas mulk sotib olishdan oldin o‘zingizga berishingiz kerak bo‘lgan 10 ta oddiy savolni jamladim.
Chunki yaxshi kvartira har doim ham yaxshi investitsiya degani emas.
Eng muhim savol esa juda oddiy:
barcha xarajatlar va xatarlarni hisobga olgandan keyin, bu kvartira sizga amalda qancha daromad keltiradi?
https://mufeed.uz/uz/blog/ko-chmas-mulk-investitsion-obyekt-sotib-olishdan-oldin-berish-kerak-bo-lgan-10-t
@chiroylimoliya