
DEHQONOBOD24
💬
Aloqaga qiynalayapsizmi?
@AloqachiBot
orqali o‘zingizning aloqa botingizni bir necha daqiqada yaratishingiz mumkin.
Bot orqali foydalanuvchilar sizga yozadi, siz esa shaxsingizni oshkor qilmasdan bot orqali ularga javob berasiz.
⚙️
Qulay sozlamalar
👥
Qo‘shimcha administratorlar
📱
Telefon raqamini majburiy yuborish imkoniyati*
💬
Xabarlarni qulay boshqarish
Aloqachi Bot — siz va auditoriyangiz o‘rtasidagi qulay aloqa.
👉
@AloqachiBot
🔵
“Nasaf”dan yirik g‘alaba — dehqonobodlik muxlislar shukuhli uchrashuvga guvoh bo‘ldi!
Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda “Nasaf” va “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
⚽️
“Nasaf” 6:2 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi!
Uchrashuv davomida stadionda ko‘tarinki kayfiyat va o‘zgacha futbol shukuhi hukm surdi. Qarshiga tashrif buyurgan dehqonobodlik yoshlar esa uchrashuv davomida “Nasaf” jamoasini faol qo‘llab-quvvatlab, jamoaga munosib muxlislik qilishdi.
🏆
Yirik g‘alaba muborak, “Nasaf”!
Dehqonobod yoshlari nomidan jamoaga kelgusi uchrashuvlarda ham omad va zafarlar tilaymiz!
⚽️
📸
Foto: Dehqonobod tumanida navbatdagi ommaviy qabul o‘tkazildi
Dehqonobod tumanidagi istirohat bog‘ida tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligida fuqarolarning murojaatlarini bevosita o‘rganishga qaratilgan navbatdagi ommaviy qabul o‘tkazildi.
Unda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, soha mutasaddilari hamda mas’ullar ishtirok etib, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi.
Muloqot davomida kommunal xizmatlar, elektr va gaz ta’minoti, ichimlik suvi, bandlik, tadbirkorlik, ijtimoiy masalalar, yer va kadastr, infratuzilma, uy-joy hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, ularni qonunchilik talablari asosida hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Joyida yechimi mumkin bo‘lgan ayrim masalalar ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bunday ochiq muloqotlar aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish orqali xalq bilan bevosita muloqot samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Video: Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov Kaltaminor mahallasida joylashgan 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Bilimlar kuni hamda yangi qo‘shimcha o‘quv binosining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Tuman hokimi tadbirda yig‘ilganlarni yurtimiz Mustaqilligining 35 yilligi, yangi o‘quv yili hamda maktab uchun bunyod etilgan yangi zamonaviy bino foydalanishga topshirilgani bilan samimiy muborakbod etdi.
👉
Деҳқонобод хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+PteggG-dlUJlNGMy️
🇺🇿
Dehqonobodliklar Mustaqilligimizning 35 yilligini 35 ta munosib bunyodkorlik tuhfalari bilan qarshi olmoqda
2026-yil Dehqonobod tumani uchun bunyodkorlik va yangilanish yili bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida tuman hayotining turli yo‘nalishlarida aholi uchun muhim bo‘lgan yirik loyihalar birin-ketin amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda Prezidentimizning qaror va farmonlari, davlat dasturlari hamda xalqparvar siyosatining amaliy ifodasi sifatida Dehqonobod tumanining 51 ta mahallasida 90 dan ortiq infratuzilma loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalar yo‘l, elektr va ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilashdan tortib, maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti, tibbiyot muassasalari, ko‘priklar, piyodalar yo‘laklari va boshqa ijtimoiy obyektlarni barpo etishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini qamrab olgan.
Xususan, 2026-yil davomida tumanda 270 kilometrdan ortiq ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, 36 kilometrdan ziyod piyodalar yo‘laklarini barpo etish, elektr va suv ta’minoti tizimlarini yaxshilash, sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish kabi muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirish belgilangan.
Ayni paytda mazkur loyihalarning bir qismi to‘liq yakunlanib, aholi foydalanishiga topshirildi. Yana bir qator obyektlarda qurilish ishlari yakuniy bosqichga yetib, so‘nggi pardozlash va montaj ishlari olib borilmoqda.
🇺🇿
Eng muhimi, Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tumanda 35 ta muhim loyiha yakunlanib, foydalanishga topshirilmoqda. Bu raqam shunchaki statistik ko‘rsatkich emas — u dehqonobodliklar hayotida amaliy natijaga aylanadigan 35 ta bunyodkorlik tuhfasini anglatadi.
Bu tuhfalarning har birida xalqimizning uzoq yillik orzu va ehtiyojlari, mahallalarning bugungi va ertangi taraqqiyoti mujassam.
Shunday yirik loyihalardan biri — Dehqonobod tumanining yangi markaziy shifoxonasini barpo etish loyihasidir. Aholi tomonidan uzoq yillardan buyon kutilayotgan mazkur muhim obyekt qurilishi uchun 91 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, pudrat tashkilotini aniqlash bo‘yicha tender jarayonlari yakuniga yetkazilgan. Sanoqli kunlarda yangi markaziy shifoxona qurilishiga start beriladi.
Mazkur shifoxonaning barpo etilishi tumanda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish, aholiga zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va tibbiyot infratuzilmasini tubdan yaxshilashda muhim qadam bo‘ladi.
Bundan tashqari, tuman mahallalarida yangi maktab va bog‘chalar, sport inshootlari, ko‘priklar, piyodalar yo‘laklari, ichki yo‘llar va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining barpo etilayotgani hududlarning qiyofasini bosqichma-bosqich o‘zgartirmoqda.
35 ta loyiha — 35 ta munosib tuhfa.
35 ta tuhfa — minglab oilalar hayotidagi yangi qulayliklar.
Bu bunyodkorlik ishlari, avvalo, inson qadri va xalq farovonligiga qaratilgan e’tiborning amaliy ifodasidir. Dehqonobodliklar esa Mustaqilligimizning 35 yilligini ana shunday ezgu ishlar, yangilanishlar va bunyodkorlik shukuhi bilan qarshi olmoqda.
Zero, Mustaqillik bayramiga eng munosib tuhfa — xalq hayotida o‘z aksini topayotgan bunyodkorlik va farovonlikdir.
🇺🇿
Mehnat ahliga ehtirom — inson qadriga yuksak e’tibor
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan
Dehqonobod tumanida obodonlashtirish sohasida mehnat qilayotgan fidoyi va zahmatkash insonlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning samarali mehnatini munosib e’tirof etishga qaratilgan ezgu tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir davomida obodonlashtirish boshqarmasining
7 nafar namunali, mehnatkash va fidoyi xodimi “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi”
esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan bir guruh obodonlashtirish sohasi xodimlariga oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamlari topshirildi.
E’tibor va g‘amxo‘rlik bilan bir qatorda, obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish maqsadida sentabr oyining dastlabki o‘n kunligida 50 nafar xodim uchun qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga ikki kunlik bepul sayohat va ziyorat safari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tashabbuslar obodonlashtirish sohasida fidokorona mehnat qilayotgan insonlarga bo‘lgan hurmat va e’tiborning amaliy ifodasi bo‘lib, ularning mehnatini munosib qadrlash, xodimlarni rag‘batlantirish va ularga munosib dam olish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi.
✅
Zero, hududlarimiz obodligi va ozodaligi yo‘lida har kuni zahmat chekayotgan insonlarning mehnatini qadrlash — inson qadrini ulug‘lashning muhim ko‘rinishidir.
👉
Деҳқонобод хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+PteggG-dlU
JlNGMy️
🇺🇿
Reportaj:
Dehqonobodda 35 nafar “Istiqlol farzandi”ning sunnat to‘yi nishonlandi
Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Dehqonobod tumanida xalqimizga bayramona kayfiyat ulashuvchi, ezgulik, mehr-oqibat va saxovatni tarannum etuvchi xayrli tadbirlar davom etmoqda.
Muxbir: Gʻolib Amirov
OPENBUDGET GA OVOZ YIG’IB BERAMIZ.
Tezkor ovoz* yig’ishga yordam beramiz.
Kimga ovoz kerak bo’lsa
👉
@milliyteam_support
📥
Видео юклаш учун энди каналларга мажбуран обуна бўлиш шарт эмас!
@CHOPQIR_BOT
—
Instagram, TikTok, Yotube ва бошқа платформалардан
видеоларни тез ва осон юклаб олиш имконини беради.
🚫
Реклама йўқ
🚫
Мажбурий каналларга обуна йўқ
🤖
Энг қизиқ имконият — ўз ботингизни яратинг!
@CHOPQIR_BOT
орқали ўзингиз учун алоҳида видео юкловчи Телеграм бот яратиб, ундан фойдаланишингиз мумкин.*
👉
@CHOPQIR_BOT | VIDEO YUKLASH
🤖
OpenBudget uchun avto ovoz berish botini tayyorlab beramiz!
Namuna bot:
@OpenBudgetOvozBerishBot
💰
Har bir muvaffaqiyatli o‘tkazilgan ovoz uchun xizmat haqqi — 2 000 so‘m.*
🤝
Ko‘proq miqdorda foydalanadiganlar uchun alohida chegirmalar mavjud.
📩
Buyurtma va murojaat uchun:
@zoirovs_admin