Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar
DEHQONOBOD24 - Dehqonobod tumanidagi eng tezkor yangiliklar va videolar yetkazib beruvchi birinchi raqamli kanalga xush kelibsiz! 🌐 Qashqadaryo24.uz ⚡ Reklama xizmat: @QarshiMedia_admin 📩 Xabar yuborish: @xabaryuborish_bot
Подписчики
4 220
24 часа
30 дней
-200
Необычный рост (24 часа)
Просмотры
5 041
ER
119,45%
Посты (30д)
31
Символов в посте
1 163
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
June 11, 09:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Пластик операция қимматга тушди
😳
Хитойлик аёл юзини операция қилдирганидан сўнг 6 йилдан бери кўзини юма олмаяпти.
👉
Деҳқонобод хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+PteggG-dlUJlN
GMy️

June 11, 05:49
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

Dehqonobod tumanida tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar respublika bo‘ylab davom ettirilmoqda.
Navbatdagi uchrashuv Dehqonobod tumanida tashkil etilib, unda Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov, Agentlikning loyiha ofisi mas’ullari, tegishli tashkilotlar vakillari hamda Qashqadaryo viloyatining turli hududlaridan kelgan tadbirkorlar ishtirok etdi.
Shuningdek, ochiq muloqotda Asaka, Buxoro, Do‘stlik, Konimex, Uychi, Narpay, Qumqo‘rg‘on, Bekobod, Dang‘ara, Gurlan, Mirobod, Qorao‘zak va Guliston tumanlaridan Agentlikning loyiha ofisi mas’ullari onlayn videokonferensiya orqali qatnashdi.
Muloqot davomida davlat xaridlari tizimidagi yangiliklar, Elektron kooperatsiya portalidan foydalanish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularning ayrimlari yuzasidan joyida tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha esa tegishli mas’ullar biriktirilib, ijro nazoratiga olindi.
Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatida uchrayotgan muammolarni tezkor hal etish hamda davlat va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

June 10, 09:52
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

⚡️
Yashnobod mahallasida asfaltlashtirish ishlari jadal davom etmoqda
Prezidentimizning PQ–141-son qarori ijrosi doirasida Dehqonobod tumanining Yashnobod mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
Ayni paytda mahalladagi 10 kilometr 340 metr ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari qizg‘in bosqichda davom etmoqda. Shuningdek, hududda 90 o‘rinli bog‘cha qurilishi hamda elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari ham izchil olib borilmoqda.
Mahalla aholisi amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan mamnun ekanliklarini bildirib, Prezidentimiz boshchiligidagi islohotlar uchun minnatdorlik izhor etmoqda.
🇺🇿
Ta’kidlanganidek, ushbu loyihalar Yashnobod ahli uchun mustaqillikning 35 yilligi arafasidagi munosib bayram sovg‘asi bo‘lmoqda.
👉
Деҳқонобод хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+PteggG-dlUJl
NGMy️

June 09, 15:29
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

🔴
#Live
Yashnobod mahallasida asfaltlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyoti banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–141-son qarori ijrosi doirasida Dehqonobod tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha asosida “Yashnobod” mahallasida ham infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan qator loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, hududda 90 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi qurilmoqda, 13 kilometr elektr tarmoqlari rekonstruksiya qilinib, 500 dan ortiq eski simyog‘ochlar yangi beton tayanch ustunlarga almashtirilmoqda.
Ayni paytda mahalla aholisini eng ko‘p quvontirayotgan ishlardan biri — ichki yo‘llarni asfaltlashtirish jarayonidir. Loyihaga ko‘ra, mahalladagi 10 kilometr 340 metr ichki ko‘chalarga asfalt qoplamasi yotqizilishi belgilangan bo‘lib, hozirda mazkur ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
🚧
Yo‘lsozlik texnikalari va mutaxassislar tomonidan asfalt qoplamasi yotqizish ishlari izchil davom ettirilib, mahalla ko‘chalari zamonaviy qiyofa kasb etmoqda.
Mahalla aholisi amalga oshirilayotgan asfaltlashtirish va bunyodkorlik ishlaridan mamnun ekanliklarini bildirib, xalq farovonligi yo‘lida olib borilayotgan islohotlar uchun Prezidentimiz boshchiligidagi rahbarlarga samimiy minnatdorlik izhor etmoqda.
🇺🇿
Ta’kidlanganidek, Yashnobod mahallasida amalga oshirilayotgan ushbu keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida mahalla ahli uchun munosib bayram sovg‘asi bo‘lmoqda
.
👉
Деҳқонобод хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+PteggG-dlU
JlNGMy️

June 09, 08:01
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

❗️
1995-йилдаги ва 2026-йилдаги болалар
👉
Деҳқонобод хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+PteggG-dlUJlNGMy️

June 08, 14:46
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

🏗
Darxon mahallasida yangi bog‘cha, mahalla idorasi va ichimlik suvi tarmog‘i barpo etilmoqda
Mamlakatimizda Prezidentimizning qaror va farmonlari ijrosi doirasida aholi turmush farovonligini oshirish, eng chekka hududlarda ham zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.
Jumladan, Dehqonobod tumanining Darxon mahallasida ham bir qator muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, viloyat mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan 60 o‘rinli yengil konstruksiyali davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilmoqda.
Shuningdek, tuman mahalliy byudjeti mablag‘lari evaziga mahallaga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari boshlab yuborilmoqda. Mazkur loyiha aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi mablag‘lari hisobidan mahalla fuqarolar yig‘inining yangi ma’muriy binosi qurilib, foydalanishga topshirish arafasiga kelgan.
Mahalla faollari va nuroniylari hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari aholi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarning amaliy ifodasi ekanini ta’kidlab, Prezidentimizga, viloyat va tuman rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirmoqda.
Ta’kidlanganidek, Darxon mahallasida amalga oshirilayotgan ushbu loyihalar yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida mahalla aholisi uchun munosib bayram sovg‘asi bo‘lmoqda.
👉
Деҳқонобод хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+PteggG-dlUJlN
GMy️

June 07, 11:07
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

🏫
Prezident qarori ijrosi doirasida 7-maktab filiali uchun yangi o‘quv binosi qurilmoqda
Yurtimizning barcha hududlarida, jumladan, eng olis aholi yashash manzillarida ham Prezidentimizning qaror va farmonlari ijrosi doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-sonli “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Dehqonobod tumani Oqrabot mahallasining Shamolikam hududida 7-sonli maktab filiali uchun 96 o‘rinli zamonaviy qo‘shimcha o‘quv binosi qurilmoqda.
Ayni paytda qurilish ishlari jadallik bilan olib borilayotgan bo‘lib, mazkur obyektni yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Maktab rahbariyatining ta’kidlashicha, shu paytgacha filialda faqat 1–4-sinf o‘quvchilari tahsil olgan. Yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirilgach esa hududdagi 1–9-sinf o‘quvchilarining ta’lim olishi uchun zarur sharoit yaratiladi. Natijada bolalarning markaziy maktabga qatnab o‘qishi zarurati kamayib, ularga yanada qulay ta’lim muhiti yaratiladi.
Shamolikam hududi aholisi amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan mamnun ekanliklarini bildirib, ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimiz boshchiligidagi islohotlarga minnatdorlik izhor etmoqda.
Ta’kidlanganidek, yangi o‘quv binosining qurilishi Oqrabot mahallasi aholisi uchun yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasidagi munosib va unutilmas tuhfalardan biri bo‘lmoqda.
👉
Деҳқонобод хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+PteggG-dlUJlN
GMy️

June 06, 13:50
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

📚
Dehqonobod tumanidagi umumta’lim maktablarida “Dolzarb 90 kun” loyihasi qizg‘in davom etmoqda
Yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini foydali mashg‘ulotlarga yo‘naltirish hamda iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida Dehqonobod tumanidagi umumta’lim maktablarida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar qizg‘in davom etmoqda.
Loyiha doirasida fan to‘garaklari, sport musobaqalari, kitobxonlik tadbirlari, ijodiy mashg‘ulotlar, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar hamda turli tanlovlar tashkil etilib, o‘quvchilarning faol ishtiroki ta’minlanmoqda.
Shuningdek, yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, ularni vatanparvarlik, kitobxonlik va sog‘lom turmush tarzi ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📖
⚽️
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar yoz davomida izchil davom ettiriladi.
👉
Деҳқонобод хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+PteggG-dlUJl
NGMy️

June 05, 15:47
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

Dehqonobod tumani istirohat bog‘ida hokimlik mas’ullarining navbatdagi ommaviy qabuli tashkil etildi
Dehqonobod tumani istirohat bog‘ida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aholini qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda xalq bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish maqsadida hokimlik mas’ullarining navbatdagi ommaviy qabuli o‘tkazildi.
Mazkur qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari boshchiligida tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning murojaat, taklif va muammolarini tingladi.
Qabul davomida bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijro muddatlari belgilandi.
Shuningdek, ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, murojaatlarni qonuniy hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi.
Ta’kidlanganidek, bunday ommaviy qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
👉
Деҳқонобод хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+PteggG-dlUJlNGMy️

June 04, 17:46
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Dehqonobodda navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
“Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan Dehqonobod tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda yaqinda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga kirish arafasida turgan bitiruvchilar, oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalar hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etdi. Tadbir yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan fikr almashish imkonini yaratdi.
Uchrashuvda Dehqonobod tumani prokurori Otabek Usanov, tuman hokimi o‘rinbosari Sardor Mahmudov, tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abduraimov ishtirok etib, yoshlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan muloqot olib bordi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan ta’lim sohasiga oid masalalar, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish, ishga joylashishda ko‘maklashish, moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yig‘ilish yakunida tuman prokurori Otabek Usanov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritildi.
👉
Деҳқонобод хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+PteggG-dlUJlNGMy️