Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Dehqonobod tumani hokimligi

dehqonobodpress
Dehqonobod tumani hokimligining telegram messenjeridagi rasmiy kanali. Web sayt: https://gov.uz/oz/dehqonobod Instagram: https://www.instagram.com/dehqonobodtumanhokimligi Facebook: https://www.facebook.com/dehqonobodtumanihokimligi
Subscribers
20 164
24 hours
-121
30 days
-456
Post views
1 250
ER
6,2%
Posts (30d)
320
Characters in post
1 019
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 12:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi.

Глава нашего государства осмотрел ход строительства Национального музея Узбекистана.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 11, 05:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

#uzb_vaqti_bilan
856 nafar talabaning kontrakti uchun qariyb 3,8 milliard so‘m mablag‘.
Gov.uz
|
Telegram
|
YouTube
|
FB
|
Instagram
|
X

September 11, 04:03
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Shukrona
🇺🇿
Yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ayniqsa, fuqarolar va yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hayotimizda o‘zining amaliy ifodasini topmoqda.
Prezidentimiz tashabbuslari bilan dunyo bilan hamnafas bo‘lish, zamonaviy bilim va kasblarni egallash, munosib mehnat qilish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani xalqimiz tomonidan mamnuniyat bilan e’tirof etilmoqda.
Bu kabi o‘zgarishlar Dehqonobod tumanining eng olis hududlarida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Xususan, Oybek va Oqqishloq mahallalarida yangi bog‘chalar, yo‘llar va ko‘priklar barpo etilishi, mahalla guzarlari bunyod qilinishi hamda boshqa qator infratuzilma loyihalarining amalga oshirilayotgani aholiga katta qulayliklar yaratmoqda.
Oybek mahallasida istiqomat qiluvchi Rasul bobo Qorjovov hududda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlaridan mamnunligini bildirib, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, islohotlar va insonlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan shukrona keltirib, Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildirmoqda.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress

September 10, 13:41
Media unavailable
4
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan
taqdimot
bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
по вопросам развития электротехнической промышленности и поддержки производства конкурентоспособной продукции.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#sanoat
#elektrotexnika
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 10, 11:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

📢
MAXSUS PEDAGOGLAR ISHGA TAKLIF ETILADI!
Qashqadaryo viloyatidagi inklyuziv ta’lim sinflari tashkil etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
maxsus pedagog
lavozimlari bo‘yicha
46 ta vakant ish o‘rni
mavjud.
Boshqarma tomonidan
defektologiya yo‘nalishini tamomlagan yoki mazkur yo‘nalish bo‘yicha qayta tayyorlov kursidan o‘tgan mutaxassislar
maxsus pedagog lavozimiga ishga taklif
etiladi
.
Mavjud vakant ish o‘rinlari:
-
Dehqonobod tumani — 12 ta
973838587
-
G‘uzor tumani — 3 ta
939320857
-
Shahrisabz shahri — 14 ta
973897816
-
Qamashi tumani — 3 ta
972226677
-
Nishon tumani — 3 ta
993385026
-
Ko‘kdala tumani — 1 ta
919608518
-
Yakkabog‘ tumani — 3 ta
335888986
Maxsus pedagog sifatida faoliyat yuritishni istagan mutaxassislar yashash hududidagi
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga
murojaat qilishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
774566070
752213366
Murojaat uchun:
@murojatbotmmtb
Gov.uz
|
Telegram
|
YouTube
|
FB
|
Instagram
|
X

September 10, 10:22
Media unavailable
10
Show in Telegram

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining VII-chaqiriq 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Dehqonobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining VII-chaqiriq 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi manfaatlari bilan bog‘liq dolzarb masalalar hamda hududda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi PQ-44-son qarori ijrosining tumandagi holati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash hamda ajratilgan mablag‘larni tegishli tadbirlarga yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi. Mazkur jarayonda fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va aholi uchun muhim bo‘lgan infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Sessiyada fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati ham tahlil qilinib, murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarni tizimli o‘rganish va ularni qonuniy hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining hisoboti tinglandi.
Ta’lim sohasi bilan bog‘liq masalalar ham sessiya kun tartibidan muhim o‘rin oldi. Jumladan, maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlari, yangi o‘quv yilida maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish, ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarda olib borilayotgan ishlar hamda ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, tumanda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish holati ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan fikr va takliflar bildirilib, muhokamalar yakuni bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar belgilandi.
Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar, avvalo, aholi manfaatlarini ta’minlash, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress

September 10, 10:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari
Saida Shavkatovna Mirziyoyeva
hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.

Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан
Мирзиёева
Саида Шавкатовна
назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 10, 10:21
Media unavailable
3
Show in Telegram

Fuqarolarning murojaat va takliflari o‘rganildi
Dehqonobod tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ergash Jumayev tomonidan tuman hokimligiga murojaat bilan kelgan fuqarolarning, shuningdek, Ayridevol mahallasining Jingirdak uchastkasida yer maydonlariga ishlov berayotgan fuqarolarning murojaat va takliflari o‘rganildi.
Muloqot davomida yer maydonlaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi ishlari, sug‘orish suvi ta’minoti hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.
Ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress

September 10, 04:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

YANGI XUSUSIYLASHTIRISH IMKONIYATI: BOSHLANG‘ICH NARXI 1 MLN SO‘MDAN BO‘LGAN AKTIVLARNI SOTIB OLING!
Tadbirkorlar uchun auksion savdolariga
qulay narxlarda aktivlar
chiqarildi. Har bir obyekt haqida batafsil ma’lumotni quyida ko‘rsatilgan havolalar orqali olishingiz mumkin.
______
НОВАЯ ВОЗМОЖНОСТЬ ПРИВАТИЗАЦИИ: ПРИОБРЕТАЙТЕ АКТИВЫ СО СТАРТОВОЙ ЦЕНОЙ ОТ 1 МЛН СУМОВ!
Для предпринимателей на аукцион выставлены
активы по выгодным ценам
. Подробнее с каждым объектом можно ознакомиться по ссылкам, указанным ниже.
_______
NEW PRIVATIZATION OPPORTUNITY: PURCHASE ASSETS WITH A STARTING PRICE FROM UZS 1 MILLION!
Assets at attractive prices
are now available for entrepreneurs through auction. You can find more information about each asset through the links provided below.
1.
Toshkent shahri
2.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
3.
Andijon viloyati
4.
Buxoro viloyati
5.
Jizzax viloyati
6.
Qashqadaryo viloyati
7.
Navoiy viloyati
8.
Samarqand viloyati
9.
Sirdaryo viloyati
10.
Surxondaryo viloyati
11.
Toshkent viloyati
12.
Fargʻona viloyati
13.
Xorazm viloyati
___
💬
Telegram
|
🌐
Facebook
🌐
Instagram
|
🌐
Youtube

September 10, 03:52
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Shukrona
🇺🇿
Dehqonobod tumanining eng olis va tog‘li hududlaridan biri bo‘lgan Torqopchug‘ay mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniy Usmon bobo Sattorov yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari va Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi dadil qadamlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Nuroniy, ayniqsa, so‘nggi yillarda Dehqonobod tumanida Prezidentimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan misli ko‘rilmagan bunyodkorlik ishlari, olis mahallalarda yaratilayotgan yangi sharoit va imkoniyatlarni mamnuniyat bilan e’tirof etdi.
U yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, xalq farovonligi yo‘lida olib borilayotgan islohotlar hamda Dehqonobodning kundan-kunga obod bo‘lib borayotganidan shukrona keltirib, ezgu ishlarning bardavom bo‘lishini tiladi.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress