Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Dehqonobod tumani hokimligi

dehqonobodpress
Dehqonobod tumani hokimligining telegram messenjeridagi rasmiy kanali. Web sayt: https://gov.uz/oz/dehqonobod Instagram: https://www.instagram.com/dehqonobodtumanhokimligi Facebook: https://www.facebook.com/dehqonobodtumanihokimligi
Подписчики
19 980
24 часа
-107
30 дней
-442
Просмотры
903
ER
4,52%
Посты (30д)
256
Символов в посте
913
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 27, 05:33
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Yoshlar murojaat va takliflari — e’tibor markazida
Dehqonobod tumani hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari
Sardor Mahmudov
Yoshlar ishlari bo‘limida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini tingladi.
Muloqot davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ishga joylashish hamda ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Ko‘tarilgan masalalar yechimi yuzasidan tegishli soha mas’ullariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress

October 27, 04:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

2026-yil Dehqonobod uchun bunyodkorlik va qurilish yili bo‘lmoqda
Yakunlanib borayotgan 2026-yil Dehqonobod tumanida keng ko‘lamli qurilish, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari bilan yodda qolmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan, inson qadri va xalq farovonligini ustuvor yo‘nalish sifatida belgilagan xalqparvar siyosatning amaliy ifodasi sifatida tumanda salmoqli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining qaror va farmonlari ijrosi doirasida aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar uchun qulayliklarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yilda tumanda
89 ta loyiha
amalga oshirildi va ularning ayrimlarida qurilish ishlari davom etmoqda. Ushbu loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun
9 ta davlat dasturi asosida jami 380 milliard so‘m mablag‘
yo‘naltirilgan.
Mazkur mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar aholi turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy obyektlarni rivojlantirish va hududlar infratuzilmasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunga qadar loyihalarning aksariyati yakunlangan bo‘lib, qolgan obyektlarda qurilish ishlari jadal davom ettirilmoqda.
Dehqonobod tumanida Prezidentimizning xalq manfaatlariga qaratilgan tashabbuslari va qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilgan hamda davom etayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yuqoridagi videolavha orqali tanishishingiz mumkin.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress

October 27, 04:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
”O‘zligimizdan kuch olib, bugungi hayotimizni teran anglab, milliy kinomizning yangi sahifasini birgalikda yarata olamiz“.
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«Черпая силы в нашей идентичности и глубоко осмысливая сегодняшнюю жизнь, мы вместе сможем открыть новую страницу национального кинематографа».
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 26, 13:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”
gi
Farmoni
—
Указ
Президента Республики Узбекистан
«О награждении группы работников сферы здравоохраненияв связи с Днем медицинских работников»
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 26, 13:17
Файлы недоступны
3
1
Открыть в Telegram

Boshchorbog‘ mahallasida yangi ko‘prik qurilishi yakunlanish arafasida
Dehqonobod tumanining Boshchorbog‘ mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz qatnov sharoitlarini yaratishga qaratilgan yangi ko‘prik qurilishi ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ayni paytda bunyodkorlik ishlari yakunlanish arafasiga kelgan.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Eski ko‘prik o‘rnida barpo etilayotgan yangi inshoot Boshchorbog‘ mahallasini tuman markazi hamda qo‘shni Chashmamiron mahallasi bilan bog‘lovchi muhim infratuzilma obyektidir.
Ko‘prikning foydalanishga topshirilishi transport va piyodalar qatnovini yaxshilash, aholining kundalik harakatlanishini yengillashtirish hamda xavfsiz qatnov uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Mahalla faollari va nuroniylari amalga oshirilayotgan ishlardan mamnun. Ular aholi uchun uzoq kutilgan muhim infratuzilma muammosining yechim topayotganini ta’kidlab, hududlarni obod qilish, aholi turmush sharoitini yaxshilash va fuqarolar uchun qulayliklar yaratishga qaratilayotgan e’tibor uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildirmoqda.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress

October 26, 12:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

ТЎЙ - КЎЗ-КЎЗ ҚИЛИШ ВОСИТАСИ ЭМАС!
Афсуски, баъзан тўйлар қувонч ва дуо олишдан кўра, кимнинг бойроқ, кимнинг обрўлироқ эканини кўрсатиш мусобақасига айланиб қолмоқда.
Кимдир элдан қолмаслик учун, кимдир одамларнинг оғзини очириш учун, яна кимдир манманлик ва кибр сабаб имкониятидан ортиқ харажат қилади. Оқибатда эса бир кунлик дабдаба ортидан йиллаб тўланадиган қарз, оилавий ташвиш ва пушаймонлик қолади.
Кимга нимани исботламоқчимиз?
Кўз-кўз қилинган бойлигимиз фарзандларимизнинг бахтини кафолатламайди. Манманлик билан ўтказилган тўй эса оилага барака олиб келмайди.
Ҳақиқий обрў - қанча пул сарфлаганимизда эмас, қандай инсон эканимизда. Ҳақиқий бойлик - ҳашаматли тўйда эмас, оиладаги меҳр-оқибат, тинчлик ва хотиржамликда.
Тўйни ихчамлаштириш камбағаллик эмас, ақл ва фаросат белгиси. Исрофдан тийилиш обрўни туширмайди, аксинча, инсоннинг маданияти ва масъулиятини кўрсатади.
Манманлик ўткинчи, қарзнинг ташвиши узоқ. Тўй бир кунлик, оила бир умрлик!
#ТўйларниИхчамлаштирайлик
#ИсрофгаЙўлЙўқ
#ОилаҚадри

October 26, 12:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz yangi davrda yaratilgan tarixiy filmlarga to‘xtaldi. Ular orasida
“Islomxo‘ja”, “Ibrat”, “Avloniy”, “Abdulla Qodiriy”, “Qo‘qon shamoli”, “Muqimiy”, “Ilhaq”, “O‘zbek qizi”, “Bahodir Yalangto‘sh”
bor.
Milliy kadrlarimizning yangi avlodi
yetishib chiqdi. Davlatimiz rahbari bunda kinoijodkorlarning munosib hissasi borligini qayd etdi.
“Oltin globus” xalqaro kino mukofoti
tarixida Markaziy Osiyo va Kavkaz kinoijodkorlarini taqdirlash marosimi
ilk bor Toshkentda
o‘tkazildi. Uchrashuvda ishtirok etayotgan aktrisa
Gulchehra Jamilova “Meridian” mukofotiga
sazovor bo‘ldi.
Shu bilan birga, Prezidentimiz milliy kino san’atimizni yangi bosqichga olib chiqish borasida
oldinda hali ko‘p ishlar turganini
ochiq aytish zarurligini ta’kidladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 12:29
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Dehqonobodda “Xavfsiz mahalla bilimdoni” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari hamkorligida respublika miqyosida tashkil etilayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari o‘rtasidagi “Xavfsiz mahalla bilimdoni” intellektual tanlovining Dehqonobod tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda mahalla jamoalari zakovat savollari orqali o‘zaro bellashib, bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida “Mahalla yettiligi” a’zolarining bilim va salohiyatini oshirish hamda ular o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Tanlov yakunlariga ko‘ra,
Istiqlol
mahallasi jamoasi birinchi,
Farovon
mahallasi jamoasi ikkinchi,
Do‘stlik
mahallasi jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindor jamoalar a’zolariga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Istiqlol mahallasi jamoasi esa tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress

October 26, 09:53

📢
Diqqat, e’
lon!
Dehqonobod tuman Kengashining 30-sessiyasi bo‘lib o‘tadi
2026-yil 27-oktabr kuni soat 15:00 da Dehqonobod tumani hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining VII chaqiriq 30-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
📋
Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:
🔹
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi doirasida tumanga ajratilgan moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, aholi daromadlarini oshirish va kichik biznesni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹
Dehqonobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;
🔹
Tuman mahalliy budjetining 2026-yil III chorak daromadlar rejasi oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish;
🔹
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ–405-son qarori ijrosi, xususan, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish borasida bajarilayotgan ishlar;
🔹
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi PF–206-son Farmoni asosida tumanda 2026-yil kuz mavsumi uchun “Yashil dastur”ni ko‘rib chiqish va tasdiqlash.
📹
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining 30-sessiyasi Kengashning rasmiy
Facebook sahifasi
orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Sessiya muhokamalarini onlayn kuzatib, tuman rivoji va aholi manfaatlariga daxldor muhim qarorlar haqida xabardor bo‘ling!
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress

October 26, 06:50
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Совуқ кунлар бошланмоқда: иситиш бўйича хавфсизлик қоидалари эълон қилинди
Қўлбола ёки ностандарт иситиш қурилмаларидан фойдаланиш, газ ускуналарини малакасиз усталарга ўрнатириш каби ҳолатлар инсон ҳаёти ва саломатлиги учун жиддий хавф солади.
———
Sovuq kunlar boşlanmoqda: isitiş böyiça xavfsizlik qoidalari e’lon qilindi
Qölbola yoki nostandart isitiş qurilmalaridan foydalaniş, gaz uskunalarini malakasiz ustalarga örnatiriş kabi holatlar inson hayoti va salomatligi uçun jiddiy xavf soladi.
📱
Gov.uz
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
FB
|
📱
Instagram
|
📱
X