
DAVOLASH ISHI FAKULTETI
🇺🇿
“MEN NECHUN SEVAMAN O‘ZBEKISTONNI”
🇺🇿
DAVOLASH ISHI FAKULTETI 1-KURS MAKTABI TALABALARI UCHUN IJODIY TANLOV
Aziz talabalar! Sizlarni Vatanga muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini ijodiy ifodalashga chorlovchi tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz.
Tanlov yo‘nalishlari:
✅
INSHO - 1–2 bet hajmida ijodiy insho yozish.
✅
QO‘SHIQ - Vatan haqidagi qo‘shiqni ijro etish.
✅
RASM - O‘zbekiston va milliy qadriyatlarni tasvirlash.
✅
VIDEOROLIK - mavzu bo‘yicha ijodiy videorolik tayyorlash.
Har bir yo‘nalish alohida baholanadi va goliblar fakultet sertitifaki bilan taqdirlanadi.
DAVOLASH FAKULTETI 1-BOSQICH TALABALARI DIQQATIGA!
Davolash fakulteti 1-bosqich talabalari o‘rtasida har ikki yo‘nalish bo‘yicha alohida esse tanlovi tashkil etiladi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar har bir yo‘nalish uchun alohida, 1–2 bet hajmida esse tayyorlashlari lozim. Esselar mavzuga mos, mustaqil fikrlash asosida yozilgan, mazmunan izchil hamda imlo va uslubiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi talab etiladi.
Har ikki yo‘nalish bo‘yicha taqdim etilgan ishlar alohida baholanadi. Baholashda mavzuning yoritilishi, fikrlarning asoslanganligi, ijodiy yondashuv, mustaqillik va xulosalarning aniqligiga e’tibor qaratiladi.
✅
1 -Guruh saralash 16.09.2026
✅
2-Fakultet saralash 23.09.2026 kunlari o‘tkaziladi.
Davolash ishi fakulteti Barcha 1-bosqich talabalarini tanlovda faol ishtirok etishga taklif etadi.
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Davolash ishi fakultetida “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlar doirasida talaba-yoshlar ishtirokida “Mustaqillik darsi” o‘tkazilib, Vatanimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, milliy qadriyatlarimiz, tinchlik va hamjihatlikning qadriga yetish, shuningdek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarning o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining boy ma’naviy merosi, “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” g‘oyasi, Uchinchi Renessans hamda “O‘zbekiston - 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbatlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar talaba-yoshlarda vatanparvarlik, tarixiy xotira, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt ravnaqiga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Davolash ishi fakultetining birinchi bosqichiga qabul qilingan talabalar uchun “1-kurs maktabi” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar va ularning ota-onalari institutning ta’lim muhiti, o‘quv jarayoni, ichki tartib-qoidalari hamda ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, bo‘lajak shifokorlar uchun kasbiy mas’uliyat, tibbiy etika, mustaqil ta’lim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishning ahamiyati ta’kidlandi.
“1-kurs maktabi” yangi qabul qilingan talabalarning institut hayotiga moslashishi, bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kelajakda malakali tibbiyot mutaxassisi bo‘lib yetishishiga zamin yaratish.
Davolash ishi fakultetida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar ota-onalari ishtirokida ota-onalar kongressi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etdi. Kongress davomida yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonini tashkil etish, talabalarning o‘quv faoliyati, ichki tartib-qoidalar, davomat va akademik intizom masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, talabalarning bilim olishi, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishi va kelajakda malakali shifokor bo‘lib yetishishida ta’lim muassasasi hamda ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Kongress davomida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda farzandlarining ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur tadbir fakultet va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, talabalarning ta’lim jarayoniga muvaffaqiyatli moslashishiga ko‘maklashish uchun sharoit yaratadi.
🩺
USMLE'ni qachondan boshlagan yaxshi? Ingliz tili darajasi qanday bo‘lishi kerak?
🇺🇸
Men o‘zim USMLE'ga tayyorgarlikni 1-kursdan boshlaganman. Hozirgacha Dubay
🇦🇪
, Turkiya
🇹🇷
va AQSh
🇺🇸
da amaliyot o‘taganman va shaxsiy tajribamdan kelib chiqib, aynan shu yo‘lni tavsiya qilaman.
Chunki avval eski bilimlarni o‘rganib, keyinchalik ularni qaytadan xalqaro standartlarga moslab yangilashdan ko‘ra, boshidanoq bilimlarni zamonaviy va xalqaro standartlar asosida o‘rganish yaxshiroq.
📚
🌍
Albatta, 1-kursdan boshlab barcha fanlarni tugatib, darhol USMLE Step 1 topshirish kerak demoqchi emasman.
❌
Lekin fanlarni sekin-asta, tizimli va chuqur o‘rganish
📖
, 3-kursga kelib birdaniga katta bosim ostida kuniga 6–8 soatdan tayyorlanishdan ancha afzal.
🔥
🎓
1-kursda yoki 0 Dan nimadan boshlash kerak?
Avvalo Medical English
🇬🇧
va fundamental fanlarni o‘rganish kerak. USMLE step 1 qaysi fanlarni o'z ichiga oladi
1️⃣
Embriologiya
2️⃣
Gross Anatomy
3️⃣
Neuroanatomy
4️⃣
Fiziologiya
5️⃣
Biokimyo
6️⃣
Mikrobiologiya
7️⃣
Immunologiya
8️⃣
Farmakologiya
9️⃣
Psixiatriya
🔟
Biostatistika
1️⃣
1️⃣
Patologiya
Bu fanlarni erta boshlashdan maqsad — faqat yodlash emas, balki tibbiy tushunchalarni tasavvur qilish va chuqur tushunishni o‘rganishdir.
🧠
📚
Ko‘pchilik: “USMLE'ni faqat 3 yoki 4-kursdan boshlash kerak, undan oldin tushunib bo‘lmaydi”, deb maslahat beradi.
🤔
Menimcha, bu har doim ham to‘g‘ri emas. Men buni o‘z tajribamda ham, o‘quvchilarimda ham ko‘rdim. To‘g‘ri tizim va yaxshi tushuntirish bo‘lsa, 1-kurs talabasi ham fundamental fanlarni juda yaxshi o‘rgana oladi.
💪
🚀
USMLE + Medical English kursi
Biz 1-kurs va istalgan kurs talabalari uchun, hatto ingliz tili darajasi 0 bo‘lganlar ham o‘rgana oladigan maxsus USMLE + Medical English kursini tashkil qildik.
🩺
🇺🇸
🇬🇧
Bu kurs oddiy 0 dan boshlanadigan kurs emas, balki “−1 dan boshlanadigan kurs”
😄
Ya'ni, kurs davomida siz USMLE fundamental fanlari + Medical Englishni birgalikda o‘rganasiz.
🧬
📖
🇬🇧
Fanlarni tushunish uchun kerak bo‘ladigan ingliz tilini ham bosqichma-bosqich rivojlantirib borasiz.
Kurs shakli: Onlayn/Oflayn
👨🏫
Kursni kimlar olib boradi?
🇺🇸
USMLE sertifikatiga ega ustoz — men
🇬🇧
IELTS 7.0 yoki undan yuqori natijaga ega ingliz tili ustozlari
📅
Kurs boshlanish sanasi: 15-sentabr
📩
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
@Com_Med_Admin
ga murojaat qiling.
Bizning kanal:
@Com_Med
SHOSHILINCH!
O‘zbekiston Respublikasi
So‘g‘liqni saqlash vazirligi
huzuridagi tizim tashkilotlariga
Vazirlikka Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidan kelgan xatda,
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bosh qarorgohi tomonidan Koreya
universitetlari bilan hamkorlikda uzoq yillik
magistrlik hamda Phd o‘quv
dasturlari tashkil etilayotganligi ma’lum qilingan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 6-iyul kuniga qadar mazkur o‘quv
dasturlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan salohiyatli va xorij tomonidan
belgilangan barcha talablarga mos nomzodlarni tavsiya qilishingiz hamda ular
tomonidan tegishli hujjatlar o‘rnatilgan tartibda to‘ldirilishini ta’minlab,
Vazirlikka kiritishingiz so‘raladi.
O‘quv dasturlari haqidagi batafsil ma’lumotlar ilova qilinmoqda.
30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi” shiori ostida Payshanba Yoshlar kuni doirasida Davolash fakultetida talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Kitob almashish aksiyasi” tashkil etildi.
Aksiya davomida talabalar o‘zlari o‘qigan foydali kitoblarni tengdoshlari bilan almashib, asarlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar. Mazkur tashabbus yoshlarning bilim doirasini kengaytirish, ilmiy va badiiy adabiyotlarga qiziqishini kuchaytirish hamda o‘zaro ma’naviy muloqot muhitini shakllantirishga zamin yaratadi.
Ushbu aksiya bo‘lajak shifokorlarning kitobga mehrini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish va doimiy ilmiy izlanishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Tibbiy kitobxonlik va mutolaa kuni munosabati bilan Davolash ishi fakulteti talabalari ishtirokida “Milliy qadriyatlar hamda tibbiy kitobxonlik va ilmiy mutolaa” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda tibbiy adabiyotlarga qiziqishni oshirish, ilmiy mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda milliy qadriyatlar asosida kasbiy va ma’naviy tarbiyani mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida bo‘lajak shifokorlar uchun kitobxonlik, ilmiy manbalar bilan ishlash, klinik fikrlash va kasbiy mas’uliyatning ahamiyati haqida fikr yuritildi.
Shuningdek, Milliy qadriyatlar, xususan, insonparvarlik, mehr-oqibat, halollik va bemorga mas’uliyat bilan yondashish shifokorlik kasbining muhim mezonlari sifatida e’tirof etildi.
Mazkur tadbir talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish va kasbiy-ma’naviy tayyorgarligini oshirishga zamin yaratadi
P.S. Davolash ishi fakulteti.
Hurmatli Davolash ishi fakulteti talabalari, Aziz ota-onalar, qadrli hamkasblar!
Sizlarni 2026-yil 25-iyun kuni soat 18:00 da bo‘lib o‘tadigan 2026-yil Bitiruvchilarining tantanali bitiruv tadbiriga taklif etamiz.
📌
Tadbir manzili: Farg‘ona Eko shahar Amfiteatri.
📍
Lokatsiya
https://maps.app.goo.gl/5aRewrn1h6Fr5JV16