Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

DAVOLASH ISHI FAKULTETI

dekanat1
Подписчики
1 388
24 часа
-1
30 дней
-40
Просмотры
1 267
ER
91,28%
Посты (30д)
1
Символов в посте
734
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
October 01, 04:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Aziz ustozlar, qadrli murabbiylar!
Bugun, 1-oktyabr — O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan barchangizni chin qalbimdan muborakbod etaman!
O‘z hayotini, bilim va tajribasini yosh avlod kamoloti uchun baxshida etgan fidoyi insonlar oldida bir umr qarzdormiz. Nimaiki yutuqlarga erishgan bo’lsak, bunda ustozlarimizning hissasi katta. Bugungi bayram bahonasida sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Shogirdlaringiz yutuqlarini ko‘rib, doimo faxrlanib yuring. Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!

September 27, 10:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📌
“Eng hurmatli inson muallimdir” — Ta’lim tizimida amalga oshirilgan tarixiy islohotlar
Soʻnggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ta'lim sohasida tarixiy islohotlar amalga oshirildi. Eng muhim oʻzgarishlar va raqamlarni eslatamiz.

September 25, 14:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRI STIPENDIYASI UCHUN TANLOV!
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 21-sentabrdagi 308-son buyrug‘i asosida 2026/2027-o‘quv yili uchun stipendiya tanloviga nomzodlar qabul qilinadi.
🔸
Ishtirokchilar:
• kunduzgi ta’limdagi 2-bosqich va undan yuqori bakalavriat talabalari;
• magistratura talabalari.
🔰
Asosiy talablar:
✅
oxirgi 2 semestr o‘rtacha ko‘rsatkichi — kamida 86 ball;
✅
akademik qarzdorlik va intizomiy jazo bo‘lmasligi;
✅
ilmiy, innovatsion, klinik-amaliy, volontyorlik yoki jamoatchilik faoliyatida yutuqlarga ega bo‘lish.
💰
Stipendiya 10 oy davomida:
• bakalavriat — BHMning 3 baravari;
• magistratura — BHMning 4 baravari.
📂
Hujjatlar: ariza, CV, 2 semestr transkripti, yutuqlar portfeli hamda “O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga mening hissam” mavzusida 1000 so‘zgacha loyiha/tashabbus konsepsiyasi.
📊
Tanlov: hujjatlar → portfel baholash → suhbat va taqdimot.
Hujjatlar dastlabki saralash bosqichi Davolash fakultetida olib boriladi. Soʻngi kun 17.11.2026.

September 18, 17:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tomonidan xalqaro ta’lim aloqalarini rivojlantirish hamda talabalarning xorijiy ta’lim dasturlari va ilmiy stajirovkalarda ishtirokini ta’minlash maqsadida 2026-yil 4–5-oktabr kunlari
✅
Serbiya,
✅
Birlashgan Arab Amirliklari
✅
Xitoy davlatlariga talabalarni yuborish rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan Davolash ishi fakultetining I–VI bosqich talabalari orasidan ingliz tilini mukammal biladigan nomzodlar saralab olinadi. Xalqaro tan olingan ingliz tili sertifikatlariga (IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa tegishli sertifikatlar) ega yoki ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan talabalar Davolash ishi fakultetiga murojaat qilishlari mumkin.
Eslatma: (Avval xorijiy davlatlarga institut tomonidan yuborilgan talabalar bundan mustasno)

September 18, 17:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Talabalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular uchun adolatli va sog‘lom ta’lim muhitini yaratish fakultet rahbariyatining muhim vazifalaridan biridir.
Har bir talaba o‘z huquqlari, ta’lim jarayoni yoki yuzaga kelgan muammolar bo‘yicha qo‘rqmasdan, bemalol va erkin ravishda dekanatga murojaat qilishi mumkin. Har bir murojaat xolisona, e’tibor bilan va belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Talabaning murojaat qilgani sababli unga nisbatan bosim, tazyiq yoki kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi. Zarur hollarda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
Fakultet dekanati barcha talabalarni o‘z huquqlarini bilishga, muammoli holatlarga befarq bo‘lmaslikka hamda o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun qo‘rqmasdan murojaat qilishga chaqiradi. Agar qonunan toʻgʻri yoʻlda boʻlsangiz siz dekan himoyasidasiz.
Fakultet dekani.

September 18, 07:34
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

Davolash ishi fakulteti tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, ona Vatanga mehr va sadoqat ruhini mustahkamlash maqsadida
“Men nechun sevaman O‘zbekistonni” shiori ostida ijodiy tanlovlarning taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot davomida talabalarga
✅
Insho
✅
Qo‘shiq,
✅
Rasm
✅
Videorolik yo‘nalishlaridagi tanlovlarning maqsadi, mazmuni hamda ishtirok etish tartibi tushuntirildi. Shundan so‘ng mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha tanlovlarga rasman start berilib, talabalar o‘z ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etishga jalb qilindi.
Ushbu tanlovlar yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish hamda Vatanga muhabbat va daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

September 18, 01:23
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

📚
“Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya — Yangi O‘zbekiston poydevori”
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Davolash ishi fakultetida qatag‘on qurbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalarining hayoti va ma’naviy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib etish maqsadida “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya — Yangi O‘zbekiston poydevori” shiori ostida esse yozish tadbiri tashkil etildi.
Tadbir Davolash ishi fakulteti dekan o‘rinbosari va fakultet mas’ul tyutorlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasi hamkorligida o‘tkazildi.
✍️
Tadbirda jadid bobolarimizning ilm-ma’rifat, milliy taraqqiyot va Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidokorona faoliyati, tarixiy xotirani asrash hamda ajdodlar merosini kelajak avlodga yetkazish masalalarini keng yoritildi.
🇺🇿
Tarixini anglagan avlod — kelajagi

September 18, 01:19
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

BIR MAQSAD - YANGI G‘OYALAR - FAOL YOSHLAR - YANGI NATIJALAR! Fakultet koordinatorlik shiori ostida.
Davolash ishi fakulteti dekan o‘rinbosari hamda guruh tyutorlari ishtirokida
2026/2027 o‘quv yili uchun Hisobot-saylov yig‘ilishida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha koordinatorlikka nomzodlarning tashabbus va takliflari ko‘rib chiqildi.
“Besh tashabbus loyihalari” yo‘nalishi
“Intellektual loyihalar” yo‘nalishi
“Harbiy-vatanparvarlik loyihalari” yo‘nalishi
“Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar” yo‘nalishi
“Yoshlar daftari va metsenatlik” yo‘nalishi
“Talaba-qizlar” yo‘nalishi
“Matbuot va media” yo‘nalishi
Fakultet koordinatori
Yig‘ilishning asosiy maqsadi- talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi tashabbus va loyihalarni ilgari surish hamda fakultet miqyosida Yoshlar ittifoqi faoliyatini samarali tashkil etuvchi munosib koordinatorlarni saylashdan iborat. Hisobot yigilishi davomida talabalarning takliflari ko‘rib chiqildi.

September 15, 15:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Davolash ishi fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan
🏆
“MUSTAQILLIK KUBOGI” doirasida fakultet birinchiligi sport musobaqalari o‘tkaziladi.
Musobaqalarda sportning
✅
stol tennisi,
✅
shashka,
✅
shaxmat,
✅
darts
✅
uzoq va yaqin masofaga yugirish turlari bo‘yicha talaba-yoshlar o‘zaro bellashadilar.
✅
Manzil: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, asosiy va Oq uy binosi sport majmuasi
📅
Sana: 16-sentyabr
⏰
Boshlanish vaqti:
_
🏆
“MUSTAQILLIK KUBOGI – 2026”

September 14, 12:31
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

TALABALAR UCHUN MA’RIFIY EKSKURSIYA
Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Davolash ishi fakultetining 1-kurs talabalari uchun ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida talabalar kutubxonaning bo‘limlari, o‘quv zallari, mavjud adabiyotlar fondi hamda zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, talabalar elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari va kutubxonada yaratilgan qulay sharoitlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Kitob — bilim sari yo‘l, kutubxona esa bu yo‘lning eng muhim manzilidir!