
Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿
22 yoshli rejissyor Prezidentdan medal oldi
Prezidentimiz va kino sohasi vakillari bilan uchrashuvda yosh rejissyor Munisa Magametibragimova
so'zga chiqdi. U VGIKga 300 balldan 300 ball to'plab, davlat granti asosida o'qishga kirgan, qisqa metrajli filmlari xalqaro maydonda e'tirof etilgan. Hozir o'qish bilan birga Bolalar kontentini rivojlantirish markazida ishlaydi.
«O'qishga topshirganimda eng ko'p eshitgan gapim: rejissyorlik erkaklar kasbi, ayollar uchun emas, degan so'zlar bo'lgan. Siz bu stereotiplarni sindirdingiz, hurmatli Prezident.
Bugun biz, yoshlar, jumladan qizlar ham o'z yurtimizda ta'lim olib, munosib hayot qurishimiz mumkin», — dedi Munisa.
U ayol rejissyorlar nomidan subsidiyalarda ular tomonidan ishlab chiqariladigan kino loyihalari uchun maxsus kvota belgilashni taklif qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
«Agar iqtisodiyot bilan birga ilmimizni, bilimimizni rivojlantirmasak, orqada qolamiz. Bugun oliy ta'limda o'qiyotganlarning 60 foizga yaqini — qizlar. Dissertatsiya himoya qilganlarning 75 foizi — ayollar va qizlar. Birinchi kundan aytib kelaman: bitta oilada o'qimishli qiz bo'lsa, oiladagi vaziyat o'zgaradi. U tarbiyalagan farzandlar esa millatni o'zgartiradi.
Agar rozi bo'lsangiz, bugun ishxonaga borib, Munisa qizimni «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlash to'g'risidagi hujjatga qo'l qo'yaman».
🇺🇿
Ayni vaqda Prezident
Shavkat Mirziyoyev
Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan
yig‘ilish
o‘tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari
“Sultonteks” klasteri rahbari Nurbek Ergashevning
energiya va suvni tejaydigan zamonaviy korxonasi faoliyati bilan tanishganini aytdi. Tadbirkorning 2028-yilgacha
yana 30 ming kishini ish bilan ta’minlash
, ayniqsa,
ayollar uchun ko‘proq imkoniyat yaratish
rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Qashqadaryoda ma’rifatni targ‘ib etayotgan
“Mutolaa” loyihasining bosh muharriri Javlon Jovliyevning
mehnati ham e’tirof etildi. Unga, shuningdek,
“Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘oliblari Baxtishod Rashidov
va
E’zoza Xushvaqtovaga Toshkent shahridan ikki xonali yangi xonadonlar sovg‘a qilinishi
aytildi.
Özbek tili fidoyilari “Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlandi
Ona tili! Nega aynan ona?
🖌
Çunki, mohiyatan avlodlar davomiyligini,
millatning yaşovçanligini
farzandlarni dunyoga keltirişdek muqaddas vazifa bilan siylangan onalar ta’minlaydilar.
Xotin-qizlarning
özbek tili mavqeyini mustahkamlaşdagi
roli beqiyosdir, çunki tilning yaşab qolişi, sofligi va avloddan avlodga ötişi
eng avvalo oila
hamda
onaga
boğliq.
Oila va xotin-qizlar qömitasi
tomonidan
Özbek tiliga davlat tili
maqomi berilganining
37-yilligi
munosabati bilan bir guruh
fidoyi xotin-qizlar “Mötabar ayol”
kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Mukofotlanganlar qatoridan tilimiz nufuzini oşirişda çinakam ibrat bölayotgan
olimalar
,
tilşunos
ziyolilarning rafiqalari hamda hududlardagi
fidoyi ona tili
va
adabiyot
öqituvçilari örin olgan.
“Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlanganlar bilan tanişing!
1.
Ğaniyeva Suyima
– Özbekiston Qahramoni, atoqli özbek adabiyotşunosi, navoiyşunos olima, professor (marhum, 1932–2018 yillar);
2.
Asqarova Mazluma
Asqarovna
– Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi, özbek tilşunosi, filologiya fanlari doktori, professor (marhum, 1924–2010 yillar);
3.
Xolmonova Zulxumor Turdiyevna
– Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti professori;
4.
Qurbonova Muhabbat Matyaqubovna
– filologiya fanlari doktori, professor;
5.
Teşaboyeva Ziyodaxon Qodirovna
– filologiya fanlari doktori, professor;
6.
Mirzayeva Zulxumor Inomovna
– filologiya fanlari doktori, professor;
7.
Xudoyberganova Durdona Sidiqovna
– filologiya fanlari doktori, professor;
8.
Adizova Iqboloy Istamovna
– filologiya fanlari doktori, professor;
9.
Qurbonova Muxayyo Xoldarbekovna
– filologiya fanlari doktori, professor Munavvara Qurbonovani onasi;
10.
Sabirova Karima Sabirovna
– Törtköl tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabining özbek tili va adabiyoti öqituvçisi;
11.
Qobulova Komila Akyulovna
– Andijon viloyati, Andijon davlat universiteti qoşidagi akademik litseyning ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;
12.
Asadova Muxabbat Xolmurotovna
– Buxoro viloyati, Kogon tumanidagi 1-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;
13.
Alibayeva Barno Musurmonovna
– Jizzax viloyati, Döstlik tumanidagi 10-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;
14.
Temirova Sadoqat Salimovna
– Qaşqadaryo viloyati, Qarşi tumanidagi 1-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;
15.
Şodiyeva Dilrabo Baxtiyorovna
– Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 1-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;
16.
Kaxarova Rayxona Pulatjanovna
– Namangan viloyati, Kosonsoy tumanidagi 46-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;
17.
Suvonova Jumagul Raşidovna
– Samarqand viloyati, Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Özbek tili va adabiyoti kafedrasi professori;
18.
Maxmaraimova Şoxista Tuxtaşevna
– Surxondaryo viloyati, Termiz davlat universitetining özbek tilşunosligi kafedrasi öqituvçisi;
19.
Turdiboyeva Feruza A’zamovna
– Sirdaryo viloyati, Xovos tumanidagi 16-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti öqituvçisi;
20.
Usmanova Gulnoza Kadirovna
– Toşkent viloyati, Ohangaron tumanidagi 1-umumiy örta ta’lim maktabi öqituvçisi;
21.
Vaxobova Irodaxon Vaxobovna
– Farğona viloyati, Qöqon şahridagi “Turon – ilm xazinasi” NTM ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;
22.
Akramova Guliya Botirxonovna
– Toşkent şahri, Bektemir tumanidagi 291-maktabning özbek tili fani öqituvçisi (rusiyzabon guruhlar uçun);
23.
Xudayberganova Muxabbat Kenjayevna
– Toşkent şahri, nafaqadagi pedagog-öqituvçi.
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook
🔹
Linkedin
🇺🇿
Prezident
Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasida
amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va aholi bandligini taʼminlash choralari bilan
tanishdi
.
#Mirziyoyev
#safar
#Qashqadaryo
#mahalla
Samarqandda bolalar farovonligiga bag‘ishlangan butunjahon sammiti o‘z ishini boshladi
Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi
Ziroat Mirziyoyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l”
butunjahon sammiti boshlandi. Unda xorijiy davlatlarning birinchi xonimlari hamda xalqaro tashkilotlar (BMT, UNICEF, Jahon banki, JSST) vakillari ishtirok etmoqda.
Sammitning ochilish marosimida davlatimiz rahbarining anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan
tabrigi o‘qib eshittirildi
.
Davlatimiz rahbari murojaatida har
bir bola mehr, xavfsizlik, sifatli ta’lim va tibbiy yordamga
haqli ekani, shu bois bolalikka sarmoya kiritish davlat siyosatida barqaror o‘rin egallashi zarurligi ta’kidlandi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetgani, so‘nggi besh yilda bolalar kambag‘alligi qariyb to‘rt baravarga qisqargani qayd etildi.
Murojaatda
ona va bola salomatligini
asrash, bolalar onkologiyasi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ularni zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda xavfsiz raqamli muhit yaratish kabi muhim yo‘nalishlar belgilab berildi.
Prezidentimiz kelgusidagi hamkorlikni davom ettirish uchun Samarqand platformasini amaliy muloqot mexanizmi sifatida shakllantirish taklifini bildirdi.
🇺🇿
Davlatimiz rahbari “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” butunjahon sammiti ishtirokchilariga
tabrik
yo‘lladi.
Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari tahlil qilindi
Vazirlik va idoralardan iborat ishchi guruhi bilan
Qashqadaryo
(Qarshi shahri, Qamashi tumani) hamda
Navoiy viloyatida
(Navoiy shahri, Karmana, Qiziltepa, Navbahor tumanlari) xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini rivojlantirish masalalarini o‘rgandik.
Jarayonlarda
zamonaviy kasblar, tadbirkorlikka
o‘qitish,
tikuvchilik
va
gilamchilik
korxonalarida,
biznes loyihalari
ni qo’llab-quvvatlash orqali ayollar uchun
barqaror ish o‘rinlari yaratish
hamda
daromad manbalarini kengaytirish
istiqbollarini tahlil qildik.
Navbahor tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul va xonadonlardagi muloqotlar jarayonida aniqlangan murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Shuningdek, mas’ullarga xotin-qizlar muammolari hal etish, bandligini ta’minlash bilan bog’liq aniq vazifalar belgilab berildi.
@dkattakhanova
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan
Aziza Abdusabitovna Qurbonova
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
—
Распоряжением Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан
Курбонова Азиза Абдусабитовна
назначена на должность первого заместителя начальника Департамента коммуникаций Администрации Президента Республики Узбекистан.
Facebook
|
Instagram
|
X
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.
Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.
Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.
—
Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах.
Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений.
Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет.
Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.