Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

Dilnozaxon KattaxonovaπŸ‡ΊπŸ‡Ώ

dkattakhanova
Γ–zbekiston Respublikasi Boş vazirining ΓΆrinbosari, Oila va xotin-qizlar qΓΆmitasi raisi, siyosiy fanlar bΓΆyiΓ§a falsafa doktori (PhD) Taklif va murojaatlaringizni @oilavaxotinqizlarbot orqali yuboring
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
4 490
24 часа
-2
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
91
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
1 882
ER
41,92%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
30
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
1 179
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠŸΠΎΠ»ΠΈΡ‚ΠΈΠΊΠ°
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ЖСнский
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
25-34
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ГосударствСнный ΠΈ ΠΏΡƒΠ±Π»ΠΈΡ‡Π½Ρ‹ΠΉ сСктор
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
October 26, 17:04
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

22 yoshli rejissyor Prezidentdan medal oldi
Prezidentimiz va kino sohasi vakillari bilan uchrashuvda yosh rejissyor Munisa Magametibragimova
so'zga chiqdi. U VGIKga 300 balldan 300 ball to'plab, davlat granti asosida o'qishga kirgan, qisqa metrajli filmlari xalqaro maydonda e'tirof etilgan. Hozir o'qish bilan birga Bolalar kontentini rivojlantirish markazida ishlaydi.
Β«O'qishga topshirganimda eng ko'p eshitgan gapim: rejissyorlik erkaklar kasbi, ayollar uchun emas, degan so'zlar bo'lgan. Siz bu stereotiplarni sindirdingiz, hurmatli Prezident.
Bugun biz, yoshlar, jumladan qizlar ham o'z yurtimizda ta'lim olib, munosib hayot qurishimiz mumkinΒ», β€” dedi Munisa.
U ayol rejissyorlar nomidan subsidiyalarda ular tomonidan ishlab chiqariladigan kino loyihalari uchun maxsus kvota belgilashni taklif qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
Β«Agar iqtisodiyot bilan birga ilmimizni, bilimimizni rivojlantirmasak, orqada qolamiz. Bugun oliy ta'limda o'qiyotganlarning 60 foizga yaqini β€” qizlar. Dissertatsiya himoya qilganlarning 75 foizi β€” ayollar va qizlar. Birinchi kundan aytib kelaman: bitta oilada o'qimishli qiz bo'lsa, oiladagi vaziyat o'zgaradi. U tarbiyalagan farzandlar esa millatni o'zgartiradi.
Agar rozi bo'lsangiz, bugun ishxonaga borib, Munisa qizimni Β«Kelajak bunyodkoriΒ» medali bilan taqdirlash to'g'risidagi hujjatga qo'l qo'yamanΒ».

October 23, 03:41
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

October 22, 06:48
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
3
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
Ayni vaqda Prezident
Shavkat Mirziyoyev
Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bagβ€˜ishlangan
yigβ€˜ilish
oβ€˜tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari
β€œSultonteks” klasteri rahbari Nurbek Ergashevning
energiya va suvni tejaydigan zamonaviy korxonasi faoliyati bilan tanishganini aytdi. Tadbirkorning 2028-yilgacha
yana 30 ming kishini ish bilan ta’minlash
, ayniqsa,
ayollar uchun koβ€˜proq imkoniyat yaratish
rejalari qoβ€˜llab-quvvatlandi.
Qashqadaryoda ma’rifatni targβ€˜ib etayotgan
β€œMutolaa” loyihasining bosh muharriri Javlon Jovliyevning
mehnati ham e’tirof etildi. Unga, shuningdek,
β€œYosh kitobxon oila” respublika tanlovi gβ€˜oliblari Baxtishod Rashidov
va
E’zoza Xushvaqtovaga Toshkent shahridan ikki xonali yangi xonadonlar sovgβ€˜a qilinishi
aytildi.

October 21, 18:27
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Γ–zbek tili fidoyilari β€œMΓΆtabar ayol” kΓΆkrak nişoni bilan taqdirlandi
Ona tili! Nega aynan ona?
πŸ–Œ
Γ‡unki, mohiyatan avlodlar davomiyligini,
millatning yaşovçanligini
farzandlarni dunyoga keltirişdek muqaddas vazifa bilan siylangan onalar ta’minlaydilar.
Xotin-qizlarning
âzbek tili mavqeyini mustahkamlaşdagi
roli beqiyosdir, çunki tilning yaşab qolişi, sofligi va avloddan avlodga âtişi
eng avvalo oila
hamda
onaga
boğliq.
Oila va xotin-qizlar qΓΆmitasi
tomonidan
Γ–zbek tiliga davlat tili
maqomi berilganining
37-yilligi
munosabati bilan bir guruh
fidoyi xotin-qizlar β€œMΓΆtabar ayol”
kâkrak nişoni bilan taqdirlandi.
Mukofotlanganlar qatoridan tilimiz nufuzini oşirişda çinakam ibrat bâlayotgan
olimalar
,
tilşunos
ziyolilarning rafiqalari hamda hududlardagi
fidoyi ona tili
va
adabiyot
ΓΆqituvΓ§ilari ΓΆrin olgan.
β€œMΓΆtabar ayol” kΓΆkrak nişoni bilan taqdirlanganlar bilan tanişing!
1.
Ğaniyeva Suyima
– Γ–zbekiston Qahramoni, atoqli ΓΆzbek adabiyotşunosi, navoiyşunos olima, professor (marhum, 1932–2018 yillar);
2.
Asqarova Mazluma
Asqarovna
– Γ–zbekistonda xizmat kΓΆrsatgan fan arbobi, ΓΆzbek tilşunosi, filologiya fanlari doktori, professor (marhum, 1924–2010 yillar);
3.
Xolmonova Zulxumor Turdiyevna
– Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat ΓΆzbek tili va adabiyoti universiteti professori;
4.
Qurbonova Muhabbat Matyaqubovna
– filologiya fanlari doktori, professor;
5.
Teşaboyeva Ziyodaxon Qodirovna
– filologiya fanlari doktori, professor;
6.
Mirzayeva Zulxumor Inomovna
– filologiya fanlari doktori, professor;
7.
Xudoyberganova Durdona Sidiqovna
– filologiya fanlari doktori, professor;
8.
Adizova Iqboloy Istamovna
– filologiya fanlari doktori, professor;
9.
Qurbonova Muxayyo Xoldarbekovna
– filologiya fanlari doktori, professor Munavvara Qurbonovani onasi;
10.
Sabirova Karima Sabirovna
– TΓΆrtkΓΆl tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabining ΓΆzbek tili va adabiyoti ΓΆqituvΓ§isi;
11.
Qobulova Komila Akyulovna
– Andijon viloyati, Andijon davlat universiteti qoşidagi akademik litseyning ona tili va adabiyoti fani ΓΆqituvΓ§isi;
12.
Asadova Muxabbat Xolmurotovna
– Buxoro viloyati, Kogon tumanidagi 1-umumiy ΓΆrta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani ΓΆqituvΓ§isi;
13.
Alibayeva Barno Musurmonovna
– Jizzax viloyati, DΓΆstlik tumanidagi 10-umumiy ΓΆrta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani ΓΆqituvΓ§isi;
14.
Temirova Sadoqat Salimovna
– Qaşqadaryo viloyati, Qarşi tumanidagi 1-umumiy ΓΆrta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani ΓΆqituvΓ§isi;
15.
Şodiyeva Dilrabo Baxtiyorovna
– Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 1-umumiy ΓΆrta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani ΓΆqituvΓ§isi;
16.
Kaxarova Rayxona Pulatjanovna
– Namangan viloyati, Kosonsoy tumanidagi 46-umumiy ΓΆrta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani ΓΆqituvΓ§isi;
17.
Suvonova Jumagul Raşidovna
– Samarqand viloyati, Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Γ–zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori;
18.
Maxmaraimova Şoxista Tuxtaşevna
– Surxondaryo viloyati, Termiz davlat universitetining ΓΆzbek tilşunosligi kafedrasi ΓΆqituvΓ§isi;
19.
Turdiboyeva Feruza A’zamovna
– Sirdaryo viloyati, Xovos tumanidagi 16-umumiy ΓΆrta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti ΓΆqituvΓ§isi;
20.
Usmanova Gulnoza Kadirovna
– Toşkent viloyati, Ohangaron tumanidagi 1-umumiy ΓΆrta ta’lim maktabi ΓΆqituvΓ§isi;
21.
Vaxobova Irodaxon Vaxobovna
– Farğona viloyati, QΓΆqon şahridagi β€œTuron – ilm xazinasi” NTM ona tili va adabiyoti fani ΓΆqituvΓ§isi;
22.
Akramova Guliya Botirxonovna
– Toşkent şahri, Bektemir tumanidagi 291-maktabning ΓΆzbek tili fani ΓΆqituvΓ§isi (rusiyzabon guruhlar uΓ§un);
23.
Xudayberganova Muxabbat Kenjayevna
– Toşkent şahri, nafaqadagi pedagog-ΓΆqituvΓ§i.
πŸ”Ή
Telegram
πŸ”Ή
Instagram
πŸ”Ή
Facebook
πŸ”Ή
Linkedin

October 21, 16:54
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
10
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
Prezident
Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasida
amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va aholi bandligini taΚΌminlash choralari bilan
tanishdi
.
#Mirziyoyev
#safar
#Qashqadaryo
#mahalla

October 21, 15:46
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
10
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Samarqandda bolalar farovonligiga bagβ€˜ishlangan butunjahon sammiti oβ€˜z ishini boshladi
Samarqand shahrida Oβ€˜zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi
Ziroat Mirziyoyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan β€œBolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yoβ€˜l”
butunjahon sammiti boshlandi. Unda xorijiy davlatlarning birinchi xonimlari hamda xalqaro tashkilotlar (BMT, UNICEF, Jahon banki, JSST) vakillari ishtirok etmoqda.
Sammitning ochilish marosimida davlatimiz rahbarining anjuman ishtirokchilariga yoβ€˜llagan
tabrigi oβ€˜qib eshittirildi
.
Davlatimiz rahbari murojaatida har
bir bola mehr, xavfsizlik, sifatli ta’lim va tibbiy yordamga
haqli ekani, shu bois bolalikka sarmoya kiritish davlat siyosatida barqaror oβ€˜rin egallashi zarurligi ta’kidlandi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetgani, soβ€˜nggi besh yilda bolalar kambagβ€˜alligi qariyb toβ€˜rt baravarga qisqargani qayd etildi.
Murojaatda
ona va bola salomatligini
asrash, bolalar onkologiyasi boβ€˜yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ularni zoβ€˜ravonlikdan himoya qilish hamda xavfsiz raqamli muhit yaratish kabi muhim yoβ€˜nalishlar belgilab berildi.
Prezidentimiz kelgusidagi hamkorlikni davom ettirish uchun Samarqand platformasini amaliy muloqot mexanizmi sifatida shakllantirish taklifini bildirdi.

October 21, 06:41
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
Davlatimiz rahbari β€œBolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yoβ€˜l” butunjahon sammiti ishtirokchilariga
tabrik
yoβ€˜lladi.

October 18, 03:03
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
7
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari tahlil qilindi
Vazirlik va idoralardan iborat ishchi guruhi bilan
Qashqadaryo
(Qarshi shahri, Qamashi tumani) hamda
Navoiy viloyatida
(Navoiy shahri, Karmana, Qiziltepa, Navbahor tumanlari) xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini rivojlantirish masalalarini oβ€˜rgandik.
Jarayonlarda
zamonaviy kasblar, tadbirkorlikka
oβ€˜qitish,
tikuvchilik
va
gilamchilik
korxonalarida,
biznes loyihalari
ni qo’llab-quvvatlash orqali ayollar uchun
barqaror ish oβ€˜rinlari yaratish
hamda
daromad manbalarini kengaytirish
istiqbollarini tahlil qildik.
Navbahor tumanida oβ€˜tkazilgan sayyor qabul va xonadonlardagi muloqotlar jarayonida aniqlangan murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Shuningdek, mas’ullarga xotin-qizlar muammolari hal etish, bandligini ta’minlash bilan bog’liq aniq vazifalar belgilab berildi.
@dkattakhanova

October 15, 17:54
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Oβ€˜zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan
Aziza Abdusabitovna Qurbonova
Oβ€˜zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligβ€˜ining birinchi oβ€˜rinbosari lavozimiga tayinlandi.
β€”
РаспоряТСниСм РуководитСля Администрации ΠŸΡ€Π΅Π·ΠΈΠ΄Π΅Π½Ρ‚Π° РСспублики УзбСкистан
ΠšΡƒΡ€Π±ΠΎΠ½ΠΎΠ²Π° Азиза Абдусабитовна
Π½Π°Π·Π½Π°Ρ‡Π΅Π½Π° Π½Π° Π΄ΠΎΠ»ΠΆΠ½ΠΎΡΡ‚ΡŒ ΠΏΠ΅Ρ€Π²ΠΎΠ³ΠΎ замСститСля Π½Π°Ρ‡Π°Π»ΡŒΠ½ΠΈΠΊΠ° Π”Π΅ΠΏΠ°Ρ€Ρ‚Π°ΠΌΠ΅Π½Ρ‚Π° ΠΊΠΎΠΌΠΌΡƒΠ½ΠΈΠΊΠ°Ρ†ΠΈΠΉ Администрации ΠŸΡ€Π΅Π·ΠΈΠ΄Π΅Π½Ρ‚Π° РСспублики УзбСкистан.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 14, 12:07
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Yosh bolaga nisbatan zoβ€˜ravonlikka aslo toqat qilib boβ€˜lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz boβ€˜lishi shart. Oβ€˜zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga oβ€˜zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa β€” u xoh ta’lim muassasasi xodimi boβ€˜lsin, xoh yaqin qarindoshi β€” javobgarlikka tortiladi. Bolaning oβ€˜limiga sabab boβ€˜lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.
Bundan buyon 14 yoshga toβ€˜lmagan bolaga nisbatan jinsiy zoβ€˜ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday ogβ€˜ir jinoyatlar boβ€˜yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov boβ€˜lmaydi.
Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bogβ€˜liq boβ€˜lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sogβ€˜ligβ€˜i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.
β€”
НасилиС Π½Π°Π΄ Ρ€Π΅Π±Ρ‘Π½ΠΊΠΎΠΌ Π½Π΅ΠΏΡ€ΠΈΠ΅ΠΌΠ»Π΅ΠΌΠΎ, Π° Π½Π°ΠΊΠ°Π·Π°Π½ΠΈΠ΅ Π΄ΠΎΠ»ΠΆΠ½ΠΎ Π±Ρ‹Ρ‚ΡŒ суровым. ΠŸΡ€Π΅Π·ΠΈΠ΄Π΅Π½Ρ‚ УзбСкистана подписал Π·Π°ΠΊΠΎΠ½, ΠΏΡ€Π΅Π΄ΡƒΡΠΌΠ°Ρ‚Ρ€ΠΈΠ²Π°ΡŽΡ‰ΠΈΠΉ измСнСния сразу Π² 5 кодСксах ΠΈ 6 Π·Π°ΠΊΠΎΠ½Π°Ρ….
ΠžΡ‚Π²Π΅Ρ‚ΡΡ‚Π²Π΅Π½Π½ΠΎΡΡ‚ΡŒ понСсёт ΠΊΠ°ΠΆΠ΄Ρ‹ΠΉ, ΠΊΡ‚ΠΎ ΠΏΡ€ΠΈΡ‡ΠΈΠ½ΠΈΡ‚ Π²Ρ€Π΅Π΄ ΠΈ боль Ρ€Π΅Π±Ρ‘Π½ΠΊΡƒ: ΠΎΡ‚ сотрудников ΠΎΠ±Ρ€Π°Π·ΠΎΠ²Π°Ρ‚Π΅Π»ΡŒΠ½Ρ‹Ρ… ΡƒΡ‡Ρ€Π΅ΠΆΠ΄Π΅Π½ΠΈΠΉ Π΄ΠΎ Ρ€ΠΎΠ΄Π½Ρ‹Ρ…, ΡΠΎΠ²Π΅Ρ€ΡˆΠΈΠ²ΡˆΠΈΡ… насилиС. Π—Π° любоС прСступлСниС, ΠΊΠΎΡ‚ΠΎΡ€ΠΎΠ΅ ΠΏΠΎΠ²Π»Π΅Ρ‡Ρ‘Ρ‚ ΡΠΌΠ΅Ρ€Ρ‚ΡŒ Ρ€Π΅Π±Ρ‘Π½ΠΊΠ°, Π½Π΅ Π±ΡƒΠ΄Π΅Ρ‚ Π½ΠΈΠΊΠ°ΠΊΠΈΡ… смягчСний.
ΠžΡ‚Π½Ρ‹Π½Π΅ Π»ΠΈΡ†Π°ΠΌ, ΡΠΎΠ²Π΅Ρ€ΡˆΠΈΠ²ΡˆΠΈΠΌ ΡΠ΅ΠΊΡΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½ΠΎΠ΅ насилиС Π½Π°Π΄ Ρ€Π΅Π±Ρ‘Π½ΠΊΠΎΠΌ младшС 14 Π»Π΅Ρ‚, Π³Ρ€ΠΎΠ·ΠΈΡ‚ Π΄ΠΎ 25 Π»Π΅Ρ‚ ΠΈΠ»ΠΈ ΠΏΠΎΠΆΠΈΠ·Π½Π΅Π½Π½ΠΎΠ΅ Π·Π°ΠΊΠ»ΡŽΡ‡Π΅Π½ΠΈΠ΅. Π‘Ρ€ΠΎΠΊΠ° давности ΠΏΠΎ Ρ‚Π°ΠΊΠΈΠΌ прСступлСниям Π½Π΅ Π±ΡƒΠ΄Π΅Ρ‚.
Π‘Π΅Π·ΠΎΠΏΠ°ΡΠ½ΠΎΡΡ‚ΡŒ Ρ€Π΅Π±Ρ‘Π½ΠΊΠ° Π½Π΅ ΠΌΠΎΠΆΠ΅Ρ‚ Π·Π°Π²ΠΈΡΠ΅Ρ‚ΡŒ ΠΎΡ‚ ΠΎΠ±ΡΡ‚ΠΎΡΡ‚Π΅Π»ΡŒΡΡ‚Π². ΠšΠ°ΠΆΠ΄Ρ‹ΠΉ, ΠΊΡ‚ΠΎ посягнёт Π½Π° Тизнь, Π·Π΄ΠΎΡ€ΠΎΠ²ΡŒΠ΅ ΠΈ достоинство Π΄Π΅Ρ‚Π΅ΠΉ, Π΄ΠΎΠ»ΠΆΠ΅Π½ Π·Π½Π°Ρ‚ΡŒ, Ρ‡Ρ‚ΠΎ ΠΎΡ‚ строгого наказания ΠΎΠ½ Π½Π΅ ΡƒΠΉΠ΄Ρ‘Ρ‚.