Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Doctor Feruz

doctorferuz
🎓 Ozish va Ovqatlanish xulq-atvori shifokori 🧠 Ongli Ozish loyihasi asoschisi 🌶️ TG: @Taomlanish_ilmi kanali muallifi 🍿 YT: https://youtube.com/@doctorferuz 🍇 IG: https://instagram.com/doctorferuz
Subscribers
38 873
24 hours
-127
30 days
-2 107
Post views
11 278
ER
29,01%
Posts (30d)
16
Characters in post
1 058
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Health Blog
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
September 10, 16:41

Yuqoridagi Instagram skrinida shunday izoh
yozishibdi
:
Men bu ongli ozishda 4 yil avval o‘qigandim. Hozir oilaviy to‘g‘ri va ongli ovqatlanamiz.
Shu «oilaviy» degan joyiga xursand bo‘ldim.
Ozishim kerak, deganimzda odatda ko‘z oldimizga alohida ovqat qilish yoki alohida menyu keladi. Oilaga boshqa ovqat, o‘zimizga esa boshqa ovqat.
Lekin uyda ovqat bir qozonda pishadi.
Deylik, bugun palov bo‘ldi. Hamma dasturxon atrofida. Faqat siz ozmoqchi bo‘lganingiz uchun oilangiz ham boshqa taom yeyishga o‘tib ketmaydi-ku.
Tayyor menyu qo‘l kelishi mumkin. Lekin undagi ovqat uyda bo‘lmasa-chi? Yana kimdandir nima yeyishni so‘raymizmi?
Eng qizig‘i, siz so‘ragan odamingiz yana menyu yoki cheklovlar ro‘yxatini bersachi?
Men sizning har safar «buni yesam bo‘ladimi?» deb ruxsat kutib qolishingizni xohlamayman.
O‘zingiz ham nimaga qarab tanlashni tushunib borsangiz deyman. Uyda ham, mehmonda ham, to‘yda ham, challarida ham.
Ba’zan bilgan narsangizni ham ayni vaziyatingizda qanday qo‘llashga ikkilanib qolasiz. Shunaqa paytda vaziyatingizni aytib, maslahat ololsangiz muammo joyida hal bo‘ladi va yig‘ilib ketmaydi.
Faqat «buni yeng, buni yemang» degan aslida javob emas, nimaga shundayligini ham tushunib olasiz.
Hozir biz mana shunday yordamni tayyorlayapmiz.
Yana bir kurs ochayotganimiz yo‘q. Ongli Ozishda yig‘ilgan tajribalarimizni kundalik hayotingizda foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa shaklga keltiryapmiz.
Bozorlik qilayotganda ham, mehmonga tayyorlanayotganda ham ovqatlanish haqida savolingiz tug‘ilsa, murojaat qila olishingiz uchun.
Sizning o‘rningizga qaror qilish uchun emas, o‘zingizga mos yo‘lni topishingizda yordam berish uchun.
@doctorferuz

September 09, 11:02
Media unavailable
2
Show in Telegram

September 09, 07:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

Har tarafdan kommentlar, savollar kelyapti.
Tanishlar, yaqinlarim ham savollarga ko‘mib yuborishdi.
Asosan bitta savol: "Nega yopilyapti?"
Bu savolga javob beraman. Faqat hozir emas.
Rostdanam Ongli Ozish kursi yopildi. Kecha va bugun, ikki kun ichida jamoamiz 90% ga qisqardi.
Lekin men yopilmayapman, tark qilmayapman.
Bu ish uchun tanamda mavjud barcha resurslarni safarbar qilganman va shunday bo‘lib qolsa kerak (hech kimga kerak bo‘lmay qolsa ham).
@doctorferuz

September 08, 09:34

Ongli Ozish dasturi bugun tarixga aylanadi...
Bugun Ongli Ozish loyihasi 4 yoshga to‘ldi va aynan bugun bu loyihani rasman yopdik.
To‘g‘ri o‘qidingiz, Ongli Ozish kursi yopildi.
Hozir kursda o‘qiyotganlar xavotir olmasin. Boshlaganlarimiz bilan va’damizdek oxirigacha yetkazamiz.
Lekin bundan keyin Ongli Ozish nomi bilan yangi qabul bo‘lmaydi.
Shu kungacha 13 396 kishi dasturimizda qatnashibdi.
Biz ularni “o‘quvchi” deb atagan bo‘lsakda, lekin hech qachon shunchaki o‘quvchi deb qaramadik. Jamoamiz bilan ularning har birini o‘z yaqinimizdek ko‘rdik.
Har biriga foydamiz tegishi uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qildik.
Xatolarimiz ham bo‘ldi. Buni yashirmayman.
Ongli Ozishda o‘qiganlarga bir gap aytmoqchiman: mendan sizlar qancha o‘rgandingiz bilmayman. Men sizlardan judayam ko‘p narsa o‘rgandim. Buning uchun rahmat.
Bu ishni yolg‘iz qilmaganman.
Shu to‘rt yil davomida o‘quvchilar bilan bevosita 68 ta kurator ishladi. Media jamoasida 20 tadan ortiq, menejerlar jamoasida esa 100 tadan ortiq inson mehnat qildi.
Ular bo‘lmaganida bu ishlarning birortasini amalga oshira olmasdik.
Har biringizga alohida rahmat!
To‘rt yillik loyihani nega aynan hozir yopdik?
Sababini keyinroq aytaman.
@doctorferuz

September 06, 16:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

Biroz avval Youtube kanalimga video joyladim:
👉
https://youtu.be/gpfnmO7yr9E?si=HbMnfRJcBtSoI9gz
Nega qayta semirishingiz sababini bilib olishingiz mumkin.
Bu video avval yopiq turardi. Qayta joylab, ochdim.
@doctorferuz

September 06, 08:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

OGOHLIK DAVR TALABI!
Shu kanalimda turli reklamalarni köryapsiz. Xatto hozir ham shu postim ostida qandaydir reklama xabari turibdi.
Kanalimda qilinadigan reklamalarni men, kanal egasi sifatida öchirib qöyolmayman. Ularni cheklay olmayman ham.
Öchirish mumkin, faqat kanalni kamida 50-darajaga olib chiqish kerak. Bu esa deyarli imkonsiz.
Kanalingizda yozgan ekansiz, shuning uchun pul tölagandim...
kabi va shunga öxshash xabarlar kelib turibdi.
Iltimos, shoshilmang, e’tiborli böling!
Kechirasiz, e’tiborsizligingiz uchun boshqalar javobgar emas.
DIQQAT, QAYTA ÖQING!
@doctorferuz

September 05, 15:51

8-QISM.
DUGONA
“Mavhum, bu senmisan? Nargizaman. Yangi raqamim shu. Seniki haliyam o‘sha ekan.”
Mavhumaxon bu kim ekan deb, unga yozgan ayolning profilini ochdi. Rasmda bir dasta gul, ism o‘rnida esa bitta harf. Nargizani shundan qanday tanisin? Dugonasi bilan anchadan beri gaplashmagandi. Oxirgi safar “bir kuni bemalol o‘tirib gaplashamiz” deyishgan, o‘sha kun esa kelmagan edi.
Mavhumaxon qo‘ng‘iroq qildi.
— Nargiza, o‘zingmisan? Qayerlarda yuribsan?
— O‘zim shu yerdaman. Seni reklamadan topyapmiz endi!
Dugonasining kulgisini eshitib, Mavhumaxon ham kuldi.
— Qanaqa reklama, o‘zim ham hozir ko‘rib turibman.
— Bir qarashda tanimadim. Keyin yuzingni kattalashtirdim. Qarasam sen! Voy, buncha ozib ketibsan, rostdanam rasmdagi o‘zingmi?
Mavhumaxon stuliga qulayroq o‘tirib oldi. Nargiza bilan gaplashganda o‘zini ishxonadagi Mavhumaxon opadek his qilmasdi.
— O‘zing yaxshimisan? Uydagilar tinchmi? — dedi, Mavhumaxon.
— Tinch. Hozir sen gapni burma. Shu kursga qachon borganding?
— Uch yil oldin.
— Shunaqa deyishyapti. Men ishonmay turgandim. Seni ko‘rib, ko‘nglim joyiga tushdi. Begona odamning suratiga ishonish boshqa, o‘z dugonang boshqa-da.
Mavhumaxonning tabassumi sekin yo‘qoldi.
— Sen ularga yozdingmi?
— Pulini ham tashladim.
U stulida to‘g‘rilanib o‘tirdi.
— Qachon?
— Hozir. Avval ham ko‘rib yurgandim. Lekin yana pulga kuymay deb... Seni ko‘rganimdan keyin yozildim. Keyin senga yozdim.
Mavhumaxon stol ustidagi ruchkani oldi. Qopqog‘ini ochib, yana yopdi.
— Nargiza, men o‘sha marafondan keyin yana semirganman.
Narigi tomondan ovoz kelmadi.
— Hozirgi rasmim kechagi. Olti haftadan beri o‘zim harakat qilyapman. Ularning bunga aloqasi yo‘q.
— Unda nega seni qo‘yishibdi?
— Bilmayman. Hozir olib tashlanglar deb yozayotgandim.
— Men esa seni rosa maqtadim ularga. “Bu mening dugonam, tanimaydigan odamim emas”, dedim.
Mavhumaxon ruchkani stolga qo‘ydi.
— Pulimni qaytarishni so‘rayman, — dedi Nargiza. — Boshlanmagan hali.
— So‘ra. Men ham gaplashaman.
Qo‘ng‘iroq tugagach, Mavhumaxon kuratorga yozgan talabini yubordi. Keyin kutib o‘tirmay, o‘zi telefon qildi.
Kurator avval tabrikladi. Keyin surat yoqmagan bo‘lsa, boshqasiga almashtirishlarini aytdi.
— Suratni profilimga kecha qo‘ygandim, — dedi Mavhumaxon. — Lekin men uch yil vaznimni saqlamaganman. Dugonam shuni ko‘rib sizlarga pul to‘labdi.
— Opa, bizda ozganingiz rost-ku.
— Rost. Lekin qolganini sizlar bilmaysizlar. Iltimos, olib tashlang.
Kurator rozi bo‘ldi. Birozdan keyin post yo‘qoldi. Mavhumaxon o‘z hikoyasini ochdi. Kechagi rasmi o‘sha yerda turardi. Uni o‘chirmadi.
Nargiza yana telefon qildi. Pulini qaytarish masalasini gaplashayotgan ekan.
— Seni ham ovora qildim, — dedi dugonasi.
— Ovora qilganing yo‘q.
— Shuncha vaqtdan beri gaplashmay, yana ozish deb topishdik-a.
— Bugun ishdan keyin ko‘rishaylik, — dedi Mavhumaxon. — Oldingga boraymi?
— Bugunmi?
— Ha. Nima, yana “biror kuni” deymizmi?
— Keyinroq ko‘risharmiz.
— Ishing bormi?
— Yo‘q... Ancha semirib ketdim, Mavhum. Rasmlaringni ko‘rib, hech bo‘lmasa sen eplabsan, deb xursand bo‘lgandim.
— Men hozir senga aytdim-ku...
— Bilaman. Lekin bir oz ozib olay. Keyin o‘zim chaqiraman.
Mavhumaxon telefonidagi bir dasta gulga qarab qoldi. Keyin saqlangan xabarlarini ochdi. Doktor Feruzning kanalidan olib qo‘ygan qisqa xabarini topib, dugonasiga yubordi:
“16-sentyabr kuni shu yerda bo‘ling. Sizga aytadigan gapim bor.”
— O‘n oltisida birga ko‘ramiz, — dedi Mavhumaxon.
— Nima ekan?
— Hali aytmagan. O‘zim ham bilmayman.
— Esar bo‘lib qolganman, o‘sha kuni yana eslatgin. Balki ko‘risharmiz. Semirib ketganimga tanishlarim bilan uchrashishga hijolat bo‘lyapman. Tunov kuni Fotini ko‘rgandim, buncha semirib ketibsan, degandan beri ko‘chaga chiqolmayman.
— Men seni yaqin dugonangman, hijolat bo‘lma. Menda ham shunaqa holatlar bo‘lgan. Yaqin olib aytgandirda.
— Mayli. Unda, telefon qilgin. Yangi raqamimni saqlab qo‘y, — shoshilibroq gapirdi Nargiza.
— Nargiz, choying bo‘lsa bo‘ldi.
— Bor, bor. Kelaver. Kutaman.
Mavhumaxon kalendarni ochib, 16-sentyabrga yozib qo‘ydi: “Nargizanikiga”.
8-qism tugadi.
@doctorferuz

August 30, 15:17

Tanadagi yogʻlarni yondiruvchi kapsulalar haqida video olgandik.
Youtube’ga joyladik. Mabodoga havolasi:
https://youtu.be/PpObJRA-A8A?si=0tHxsaXquOVfgKqa

August 27, 08:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Shu rasmdan keyin McDonalds aksiyalari tushib ketgan edi...
Arxivdan (2023)
@doctorferuz

August 25, 14:55

Goʻja ichib olay deb, 5 daqiqaga mahalladagi skamekaga oʻtirgandim.
Yonimda chamasi 4-5 yoshlik bola bolgʻacha bilan toshlarni oʻynayapti.
Bola maza qilib oʻynayapti. Kuzatib turibman hammasi yaxshi, xavotirli hech narsa yoʻq.
Lekin bobosi shu qisqa vaqt ichida faqat qilma, tegma, olma, ushlama, urma degan gaplarni aytyapti.
Har safar faqat bitta gap: ta’qiq.
Bolaga nima qilmasligini aytyapsizu, nima qilishini ham aytingda, devorishimga sal qoldi.
Shu 5 daqiqa ninani ustida oʻtirgandek boʻldim. Goʻjani qayerimga ichganimni ham bilmay qoldim.
Nima uchun qilish kerak?
Nima uchun qilmasligi kerak?
Bu haqida bolaga tushuntirilmasa, variantlar berilmasa va eng muhimi hech bir sababsiz shunchaki katta odam soʻzini oʻtkazish uchun qil/qilma deyaversa bola kelajakda robotga yoki zombiga aylanadi.
Vazn ortishi masalasida ham ota-onalarni bolaga tushuntirmasdan qil/qilma deyishlari ulardagi semirish xavfini oshiradi.
“Bola-ku, tushuntirganim bilan nimaniyam tushunardi” deb qutulamiz.
Aslida biz tushunmaymiz, bolalar tilida tushuntirishni bilmaymiz, balki ilmimiz yetmaydi.
@doctorferuz