
Isroil Tillaboyev blogi
Ota-onalarga murojaat
Germaniyada o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan Behruz Bozorov o‘zbekistonlik ota-onalarga murojaat qildi. U o‘qituvchilar behurmat bo‘lgan jamiyatning tanazzuli aniq deb aytdi.
Ushbu videoni barcha ota-onalarga yuborib qo‘yishni unutmang!
Ushbu podkastning to‘liq qismini YouTube sahifamizda albatta tomosha qiling, fikrlaringizni esa izohlarda yozib qoldiring.
📝
Izoh yozish
▶️
To'liq video —
https://youtu.be/jDnnBAxWpBI
@domlajon
t.me/domlajon
O‘zining rasmini ham shunday stadionda katta qilib chiqarib olqishlashga xatto Prezident ham yo‘l qo‘ymadi shu 10 yildan buyon. Yaxshiyam bizning Prezident ortiqcha maqtov emas, ish qilish kerak, deb keladi doim. Xalq esa o‘zi bilib hirmat qiladi, sevaveradi.
Futbolchilarga qopda pul olib kelgan hokimni mana bunday ko‘kka ko‘tarishi qopdagi pulning kuchi deb bilaman, chunki karnaychiyam u ajratayotgan pul haqida madh qilmoqda. Tovba-tovba...
@domlajon
t.me/domlajon
Maktabda o‘qituvchi, direktor bo‘lib ishlagan, hozirda Angliyada ishlayotgan Islomjon Boymurodov "Tanaffus" podkastimiz haqida juda chiroyli maqola yozibdilar. Siz hali ham "Tanaffus"ni ko‘rmadingizmi, bu katta xatongiz ekanini shuni o‘qib tushunarsiz balki
😍
:
"O‘zbekistondagi diplomim bilan Germaniya maktabida dars beraman deb hech o‘ylamagandim..."
Ba’zida hayotda hamma narsangiz yetarli bo‘lishi mumkin. Yaxshi daromad keltiradigan biznes, Yevropadagi tinch-totuv hayot, mashina, uy... Lekin baribir ich-ichingizdan bir og‘riq o‘tib turadi. "Shuncha yil o‘qigan kitoblarim, olgan bilimlarim-u yozgan konspektlarim shunchaki o‘chib ketadimi?" degan og‘riq...
Doim kuzatib keladigan podkastlarimdan biri "Tanaffus" podkastining navbatdagi sonini ko‘rib, aynan ana shunday samimiy iztirob va katta jasoratning guvohi bo‘ldim. Podkast mehmoni - Yevropada yashab, Germaniya maktabida tarix va ingliz tilidan dars berayotgan hamyurtimiz Behruzbek Bozorov bo‘libdi. Instagramda Germaniya xayoti sahifasini yuritadi. Beknushani dadasi )))
Suhbat shunchalik ichdan gapirilganki, bir nafasda ko‘rib chiqasiz. Ayniqsa, mana bu joylari dilga juda yaqin keldi:
"Puling bo‘lsa, qorning to‘ysa, baribir ma’naviyat boshlanar ekan..."
Behruzbek Germaniyada 10 yildan ortiq marketing sohasida ishlab, zo‘r pul topgan. Lekin o‘zbekona qalb va pedagogikaga bo‘lgan mehr baribir ustun kelib, uni o‘zi sevgan kasbi - o‘qituvchilikka qaytaribdi.
O‘qituvchilarimiz uchun katta umid beradigan joyi:
Ushbu suhbat shunchaki maqtanish emas, aniq amaliy maslahat! Agar siz O‘zbekistonda pedagogika yo‘nalishini bitirgan bo‘lsangiz, diplomda "o‘qituvchi" degan so‘z bo‘lsa va kamida 1 yillik maktab stajingiz bo‘lsa - Germaniyada o‘qituvchi bo‘lib ishlash imkoniyatingiz 80% dan yuqori ekan. Buni o‘z tajribasidan o‘tkazgan odam aytib beryapti.
Yoqadigan joyidan - O‘qituvchining qadri va erkinlik:
Germaniyada o‘qituvchi bo‘lish - bu nafaqat 4000 yevrodan boshlanadigan maosh, balki mutlaq ijtimoiy himoya degani. U yerda siz bilan muddatsiz shartnoma tuzilar ekan va sizni hech kim - hattoki direktor, "GorOno, OblOno"lar ham sababsiz ishdan bo‘shata olmaydi. Jamiyatning o‘qituvchiga bo‘lgan hurmati esa umuman bo‘lakcha...
"Bizda ishga kirish oson-u, tizimda yashab qolish qiyin. Ularda esa kirish qiyin, lekin kirib olsangiz, qadringizni joyiga qo‘yib qo‘yishadi..."
Ushbu ko‘rsatuv shunchaki video emas, balki izlanayotgan, hayotda o‘z o‘rnini topishga intilayotgan, ayniqsa ta’lim sohasidagi yurtdoshlarimiz uchun haqiqiy ilhom manbai. Shaxsan o'zim uchun ham )
O‘tirib, bir piyola choy ustida ko‘radigan juda energiyaga boy va foydali suhbat bo‘libdi. Albatta ko‘rishni va yaqinlaringizga ulashishni tavsiya qilaman!
Tomosha qilish uchun havola:
https://youtu.be/jDnnBAxWpBI?is=hKXcWjHz32CEnXCa
@domlajon
t.me/domlajon
Mana shunday maktabga 1-2-3 kmlab uzoqlarga qatnaydigan o‘quvchilar uchun ham darsliklar xajmini kichik qilish shart. Men o‘sha davrda ham ko‘p bora buni aytganman. Rasmlar ortiqcha kerak emas, kitobni rasmlar bilan to‘ldirmasdan asosiy maʼlumotni berib yarmicha xajmda qilsa yetadi. Bolalarimni sumkasini ko‘tarsam qo‘lim og‘rib ketadi, aravacha olib berganman, lekin sudrashga erinib bir dunyo og‘irlikda ko‘tarib ketadi. Darslikka masʼul tashkilot shuni qayta ko‘rib chiqishi shart.
P.S: tanqid emas, o‘quvchilarning o‘zlarining taklifi bu, "lichkamga" sen o‘zingchi, deb asabimni buzib yozyotMANGlar yana!
Manbaalar:
(1)
; (
2
).
@domlajon
t.me/domlajon
“Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich sinov natijalari aniqlandi
.
Mazkur bahslarda 3-bosqichda nomzodlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyat taqdimoti 20 ball hamda kitobxonligi kitobxonlik boʻyicha test asosida 80 ballik tizim asosida baholandi. Taqdimot hamda test sinovlari yuzasidan baholash natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar murojaatlari apellyatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib,
nomzodlarning natijalari o‘zgarishsiz qoldirildi.
Tanlovning uchinchi bosqich natijalari pedagoglarning
pedagog.uzedu.uz
platformasidagi shaxsiy kabinetlariga yuborilgan.
Tanlov g‘oliblari tog‘risida ma’lumotlar vazirlikning rasmiy kanallari orqali e’lon qilinadi.
(#)
@domlajon
t.me/domlajon
PISA bo‘yicha O‘zbekistonning ishtiroki haqida batafsil sharh eʼlon qilinibdi
Gazeta.uz
tomonidan. Albatta o‘qib tanishib chiqishlaringiz kerak:
https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/09/pisa-2025-uzbekistan/
@domlajon
t.me/domlajon
Yangi o‘zgarish vanihoyat tasdiqlanibdi:
https://gazeta.uz/uz/2026/09/10/uzb-alphabet
Bilaman bu islohot birinchi o‘rinda o‘qituvchilarga stress keltirishi mumkin, chunki taʼlim tizimi egalari, taʼlim kombinati rahbarlari o‘qituvchilar.
Albatta, bu bo‘yicha bugun-erta ijobiy va tanqidiy postlarni ko‘p o‘qiymiz. Lekin ustozlar hamma narsani vaqt ko‘rsatadi, vaqt davo degani shunday vaziyatda ko‘rinadi.
Esimda, biz krill alifbosida o‘qib bitirganimizdan keyin bizdan kichik sinf o‘quvchilar lotin yozuviga asoslangan yozuvga sekin-asta o‘tayotgandi. Men o‘shanda "e baribir bu lotin alofbosiga moslashmayman, "na prinsip", lotin qiyin", derdim, yo‘q vaqt o‘tib men tugul mendan katta akalar ham moslashdi.
Hozirgi qaror ham 10 yildan buyon sudrab kelingan, iroda yetmay surilayotgan edi, buni joriy qilish zaruriyati haqida birinchi navbatda kompyuter bilan ishlaydigan xodimlar ko‘plab yozib chiqdi, lekin qonunni tasdiqlashga jamoatchilik bosimidan qo‘rqib bir-ikki chaqiriq deputatlik vakolatini o‘tkazib ketvorishdi sobiq deputatlar. Endi kundan-kunga bu texnika rivojlangan sari tasdiqlamasa, iroda ko‘rsatmasa bo‘lmasligini Qonunchilik palatasi ham, Senatdagilar ham angladi, shu bosimni bo‘yniga olib tasdiqladi.
Qo‘yinglar endi vaziyatni to‘g‘ri tushunaylik.
Darsliklar har 5 yilda bir chiqishini hisobga olib 2031-yilgacha o‘z navbatida darslik chiqarilishini, qo‘shimcha darslik chiqarilmasligini (bu esa biz darslikni monopol qilib olganlardan xavotir olmasligimizni signal beryapti), o‘qituvchilar barchasiga seminarlar orqali o‘rgatilishini vazirlik taʼkidlamoqda.
Biz o‘qituvchilar kelajak uchun shu Qonunni qabul qilish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda to‘g‘ri qabul qilsak va boshqalarga tushuntirsak hammaning bunga ko‘nikishi oson kechadi, 4-5 yilda bilinmay yangi o‘sha 4 tagina harfga ko‘zimiz o‘rganib ketadi. Butun boshli krillda bitirgan mana bizning avlodu, sinfdoshlarim krillda yozmaydi hozir. 4 tagina harf xolos, deb miyamizga buyruq beraylik.
Mening pozitsiyam yangi o‘zgarishdagi 4 harfga shundan iborat
@domlajon
Yaʼni, "oddiy" maktabdagi Oʻzbekistonlik bola prezident maktabidagi tengdoshidan akademik rivojlanish boʻyicha 7,5 yil orqada qolyapti.
Endi maktablarda har tanaffusda milliy musiqalarimizdan qoʻyib borilar ekan. Shu rostmi?
Agar rost bo‘lsa zo‘r tashabbus, agar bu bir-ikki maktabnigina tashabbusi bo‘lsa respublika bo‘yicha yoyish kerak bo‘lgan tashabbus. Shaxsan menga yoqdi.
@domlajon
t.me/domlajon
Xo’p, so’lib borayotgan farzandini ko’tarib olgancha vazirlik binosi oldiga umidvor kelgan ota-onalar ko‘z yoshi va og‘riqlarini chetga surib, masalaga hissiyotlarsiz yuzlanamiz. Davlatimizning o‘zi bu fojiaga olib kelgan sabablar bo‘yicha xolis va mustaqil…