
Isroil Tillaboyev blogi
“‘Eslab-eslab’ bir gapiring qani” — prezident aktyor Farhod Abdullayevga hazil qildi
Kinematografiya sohasi xodimlari bilan uchrashuvda Farhod Abdullayev prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirib, farzandlari va nabiralari kelajagidan ko‘ngli to‘qligini aytdi.
Prezidentimiz ham hammamiz sevgan ushbu ko‘rsatuvni ko‘rar ekanlar demak)
@domlajon
t.me/domlajon
Afsuski, yana bog‘cha tarbiyalanuvchilari o‘rtasida kasallanish holatlari aniqlandi.
Bu safar Farg‘ona shahar maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 3 tasidagi o‘nlab bolalar shifoxonaga tushgan.
Bolalar oziq-ovqatining sifat talabini hamma narsamizdan ustun qo‘yib nazorat qilishimiz zarurs-, yetkazib beruvchi tashkilotlarni ko‘z ochirmaslik kerak. O‘tgan yili ham Farg‘onada shunday ommaviy zaharlanish bo‘lgan edi, unda ham oziq-ovqat bilan taʼminlovchi tashkilot aybdor deyilgan edi.
Bolalarga sog‘lik tulaymiz, tezroq ko‘rmagandek bo‘lib ketsin sho‘rlik bolajonlar.
@domlajon
t.me/domlajon
#fidoyiUstozlar
84 yoshli, 61 yillik stajga ega fidoyi matematik ustoz!
Bugun sizlarga tanishtirmoqchi bo‘lgan ustoz O‘zbekistonda yagona bo‘lsalar kerak, o‘zlarining yuksak bilimlari va hozirgacha saqlanib kelayotgan salohiyatlari bilan haftasiga 20 soat dars o‘tib kelayotgan Abdumalik ustoz bilan tanishtirmoqchiman!
Shayxontohur tumanidagi 13-maktabda shunday ustoz bilan tanishib, suhbatlashganimdan baxtiyorman. Ustoz yillar davomida o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlagan, o‘zlari tuman matematiklarining sardori bo‘lib, o‘nlab yillar tayanch maktab sifatida faoliyat yuritib, boshqa ustozlarga mentorlik qilgan. 1995-yildan buyon oliy toifali ustoz hisoblanadilar.
Darslarini hozirgacha yoshlardek shijoat va g‘ayrat bilan o‘tarkanlar. O‘quvchilariga hamon qattiqqo‘l va talabchan ekanlar. Umuman olganda, maktab jamoasi va o‘quvchilar ularni "ota" deya hurmat-izzat qiladigan ajoyib ustoz ekanlar.
Men 2002-yilda institutga kirgan bo‘lsam, uni bitirib, qariyb 20 yil maktabda ishlashga ham ulgurdim. Abdumalik ustoz esa aynan 2002-yilda pensiyaga chiqqan bo‘lsalar-da, haligacha haftasiga 20 soat dars o‘tib kelmoqdalar. Qoyilmisiz?!
13-maktab direktori Nargiza opa aytishlaricha, ustoz shu yoshda ham ta’til paytlarida maktabga o‘zlari kelib, biror ish topib, bajaraverar ekanlar. Kerak bo‘lsa, ustalarga qo‘shilib, maktab pollarini ham bo‘yab ketaverar ekanlar.
Ustoz shu maktabda qariyb o‘n yil direktor bo‘lib ham ishlaganlar. Hozir ham maktabning kam-ko‘stini to‘ldirish masalasida direktor ustoz bilan maslahatlashar ekan. Ustoz esa otalarcha maslahat berib, maktab rivojiga chin yurakdan yordam berarkanlar. Hatto devor va pollarni bo‘yashdan ham qaytmas ekanlar.
Maktablarda majburiy mehnat haqida murojaatlar uchrab turadigan bugungi paytimizda, bunday yoshdagi ustozning o‘z ixtiyori bilan mehnat qilishi, yoshlarga namuna bo‘lib kelayotgani alohida e’tirofga loyiq.
Bu gaplarni bekorga aytmayapman. 84 yoshga kirgan ustoz haqida eshitgan odam, "Bu yoshda charchab qolmasmikanlar?" deb o‘ylashi mumkin. Ammo ustozning aynan shu yoshda ham maktabning turli jabhalarida yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgani — haqiqiy FIDOYILIK NAMUNASI!
Suhbatimizni tomosha qiling. Siz ham shunday yoshga yetib, elning hurmat-izzatida bo‘lishni yaxshi niyat qilib qo‘ying:
🎥
https://www.instagram.com/reel/De82XjCMgq8/?vrfl=MWY0YzRvcGoyZWs3aQ==
Sog‘ bo‘ling, ustoz!
Aytgancha, ustoz bizning chiqishlarimizni, xususan, "Tanaffus" podkastimizni ham doimiy kuzatib borarkanlar!
Siz ham o‘z ustozingizni butun O‘zbekistonga taniting!
📩
Ustozingiz haqida ma’lumot yuboring:
@fidoyibot
📚
Barcha fidoyi ustozlar:
@fidoyiUstoz99
@domlajon
t.me/domlajon
Qaysi pulga qilsin, shuni ham aniq manbaasini ko‘rsatishmabdida.
(#)
O‘zi qayoqqa shoshyapmiz, 6 oydan keyin kuchga kiradigan qonunga nega bugundan xaybarakallalchilik bilan topshiriq boshlandi?
@domlajon
t.me/domlajon
"O‘qimagan ota-onadan keyin kim tug‘iladi, o‘qimagan bola tug‘iladida!", — mashhur memga mos holat. Qo‘shimcha qiladigan bo‘lsak, befarosat ota-onadan ham farosatsiz bola bo‘lib o‘rnak olib yetishadi.
@domlajon
t.me/domlajon
Kimdir ruchkani sinfning poliga sanchishi ortidan maktab o‘quvchilarida shu bo‘lmagur narsa trendga chiqdi, deysihmoqda.
Kamiga mana bunday tiktokerlar o‘sha qizning oldiga kelib maktablarda videolar qilmoqchi bo‘libdi, maktablar bularni kiritmayapti ekan.
Barakalla, boplashibdi maktablar!
U bechora maktabda polning teshilmagan joyi qolmagandir oʼzi.
Hech qaysi maktab bularni kiritmasligi kerak, bolalar tiktokerlar yoki vaynerlardanmas olimpiada g‘oliblarini ortidan ergashishi kerak, bemaza trendlarnimas bilim olishni ommalashtirish kerak. Maktab direktorlari ketiga tepib xaydasa ham xursand bo‘laman bunday vaynerlarni.
@domlajon
t.me/domlajon
Haqiqatan ham shunday bolalar uchraydi, ko‘p uchraydi, uyida to‘y bo‘lib tursa ham maktabiga ketadi. Shunchaki o‘qishni yurakdan sevadi ular va muvaffaqiyatli bo‘ladi xayot yo‘li ham bunday tartib intizom bilan katta bo‘lgandan keyin.
Ajoyib
kadr.
@domlajon
t.me/domlajon
Bravo O‘zbekiston!
Biz hech kimdan kam emasmiz, biz katta davlatmiz, bizning sivilizatsiyamiz Eronnikidan kam emas, Xorazmshohlar, Temuriylar Eronni qanchalik titratganini uqtirishgani yaxshi bo‘ldi elchini chaqirib!
Bizning barcha davlat bilan do‘st, tinchlik tarafdori bo‘lishni istaydigan aqlli hukumatimizga balli.
@domlajon
t.me/domlajon
#fidoyiUstozlar
Kontent markazining "Fidoyi ustozlar" loyihasi.
10 yildan buyon tanib, faoliyatini kuzatib kelayotgan ustozlarimdan biri — Karimova Rohila Azimovna.
Rohila opa Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-maktabda 1992-yildan buyon matematika fanidan dars berib keladi. Tajribalari respublika miqyosida ommalashgan, "Bir million dasturchi", "Besh million dasturchi" va SAT xalqaro sertifikatlariga ega. KRK va KRS yo‘nalishlarida tuman mentori, sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro malaka oshirish dasturi (Malayziya) ishtirokchisi.
Yaqinda maktabiga borib, o‘quvchilari bilan ham suhbatlashdim. Hammasi Rohila opani yaxshi ko‘radi. Eng sho‘x, eng to‘polonchi o‘quvchilarning ham tilini topib, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlay olishi — ustozning alohida mahorati.
Menga qolsa, Rohila opaning eng katta yutug‘i sertifikatlari yoki mukofotlarida emas. Shu yillar davomida biror o‘quvchiga qo‘l ko‘tarmagani, bolaning shaxsiyatiga tegadigan so‘zlarni ishlatmagani va har bir o‘quvchiga mehr bilan yondashganida.
Chunki haqiqiy ustoz nafaqat matematikani o‘rgatadi, balki bolaga inson sifatida munosabatda bo‘lishni ham biladi.
Rohila opa — o‘z kasbiga sodiq, bolalarni sevadigan va fidoyiligi bilan e’tirofga loyiq ustozlardan biri.
https://www.instagram.com/reel/De4lYugs3L7/?obrf=MTB0OW95M3kyaWg2aQ==
Sizning ham shunday fidoyi ustozlaringiz bormi? Ularni bizga yuboring:
@fidoyibot
#FidoyiUstozlar
@domlajon
t.me/domlajon