
Bek Olimjon
boy bo'lishni xohlash kerak, ammo boy ko'rinishni emas.
boy bo'lmay turib boy ko'rinishga harakat qilish bu o'zini aldash.
boy bo'la turib boy ko'rinishga harakat qilish esa qopqon.
boy ko'rinishga harakat qilish tinka-madorni quritadi.
boy ko'rinish bu o'yin, uning dajalari bor. Bu o'yinda hech qachon yutib bo'lmaydi.
boy ko'rinish o'yini ichki bo'shliqlarga to'la.
boy bo'lishni xohlash kerak, talabi
"negamizni"
bilishimiz.
Bek Olimjon
12.09.26
Norvegiya
Har kuni 1 soat sportga sarflash haftalik umrimizni 4% qismini tashkil etadi.
Biz shu 4% haqida ko'p narsalarni o'rgangimiz keladi.
Intervallar, VO2max, maxsus kiyimlar, protein, kreatin, vitamin va hok.
Aslida qolgan 96% qismi muhimroq.
U oila, ish, uyqu, ovqat, do'stlar, social media, stres, transport va hokazolardan iborat.
Sport qilmoqchi bo'lsak mana shular ustida ko'proq ishlashimiz muhimroq.
Hayotni katta qismini optimallashtirish kerak (96%), mayda detallarga (4%) e'tibor berishdan ko'ra.
Majoring in the minor is waste of time!
20 kg ozish uchun kuniga 1 soat yugurishdan ko'ra, to'yib uxlash muhimroq.
2kg yengil bo'lgani uchun qimmat karbon velosipeddan ko'ra odam o'zi 2kg ozgani muhimroq.
100g protein kukundan yegandan ko'ra, ultra-ishlangan ovqatlardan voz kechgan muhimroq.
Bek Olimjon
11.09.2026
Norvegiya
Kecha menga ayolim sms yozdi.
Qizingiz (9 yosh) quloqchin xohlayapti, nima deysiz deb.
Mendagi reaksiya chuqur o'ylamagan holda
yo'q
deyish bo'ldi.
Keyin o'zim o'ylab qoldim.
Nega yo'q dedim? Sababi nima edi buni? kabi savollarni o'zimga berdim.
Bir kun o'ylab yurgandan keyin va bir oz izlanish qilganimdan keyin xulosam to'g'ri ekanligiga yana ishonchim ortdi.
Nega bolalar quloqchin taqishi yaxshi emas?
- bola eshitish qobiliyati yuqori bo'ladi, kattalarga nisbatan balandroq eshitadi. Bu eshitish a'zosi zararlanishiga olib kelishi mumkin. Bu ehtimolligi kam muammo.
- uzoq taqiladigan bo'lsa quloq kanalidagi tabiiy havo aylanishiga ta'sir qiladi va suv/sariq to'planish ehtimoli ortadi. Bu esa infeksiyaga riskini oshiradi.
- diqqatni jamlashga qiynalishi mumkin. Tashqaridagi shovqinni bloklashga o'rganib qolsa, shovqinli joylarda diqqatni jamlay olmaydi. Diqqatni jamlay olish ko'nikmasi eng muhim ko'nikmalardan biri.
- ijtimoiylashuv muammosi. Oiladagi munosabatlarga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Muloqotdan cheklangani uchun kundalik ijtimoiy ko'nikmalar rivojlanishiga xalaqit beradi. Misol uchun ota-ona gapirgandagi ohang tusidagi nyuanslarni ilg'amaydi.
- quloqchin taqqan bola
"meni bezovta qilmang"
degan signal beradi tashqariga. Bu esa aloqalarga salbiy ta'sir qiladi. O'zi shundoq ham bolalarimiz bilan kam vaqt sarflaymiz.
- ko'p bolalarda, ayniqsa kitob o'qishni sevadigan bolalarda, shovqinni yoqtirmaslik holati tabiiy bo'ladi. Bundaylar quloqchin bilan shovqindan qutulish vositasi deb foydalanadi. Bu muammoni vaqtinchalikka yechishi mumkin, ammo uzoq muddatda tashqi stresdan o'zini olib qochadigan xarakter shakllantiradi. Hayot esa streslarni yengishdan iborat. Bu ham muhim ko'nikma.
Shunday ekan, 9 yoshli bolaga quloqchin kerak emas degan xulosaga keldik.
Bu xulosani, mana shu post mohiyatini qizimga tushuntiriladi.
********
Menimcha bu fikrlarim bola katta bo'lgunicha ham kerak emas degan holda saqlanib qolsa kerak.
Katta bo'lganidan keyin o'zi biladi nima qilishni.
Bek Olimjon
10.09.26
Norvegiya
Biror bir mavzuni mohiyatini tushunishga harakat qilish bizni hozirgi zamondagi shovqindan qutqaradi.
Mohiyatni anglashga harakat qilish mavzularni chertib-chertib tanlab olishga undaydi.
Sababi biror mavzu mohiyatini anglash bir jarayon bo'lib u aqliy mehnat, tahlil va vaqt talab etadi.
Misol uchun, o'tgan kuni PISA natijalari e'lon qilindi.
Yangiliklarga ko'ra ko'p davlatlarda PISA ko'rsatkichlari pasayib borayotgani aytilmoqda.
Bu mavzu borasida bizdagi tanlov turlari
Tanlov 1:
"Ha, shunday ekan, aybdor telefon yoki maktab" degan yangiliklardagi xulosa bilan davom etish
Tanlov 2:
"PISA o'zi nima? Nimani o'lchaydi u? Qanday ishlaydi? Pasayib borishiga nima sabab bo'lishi mumkin? Balki u hozirgi zamon uchun eng ma'qul sinov emasdir? va hok..." savollar bilan yondashish. Izlanish talab etadi bu.
Bu yondashuv, shovqin va past signalli ma'lumotlardan voz kechishimizga sabab bo'ladi.
Bizga rostdan qiziq bo'lgan, eng muhimi biz ta'sir o'tkaza oladigan mavzularni tanlaydigan bo'lamiz. (signal vs noise)
Shunda o'zimiz uchun ham, atrofdagilar uchun qiymat yarata olishda ilgari yura olamiz.
Bek Olimjon
09.09.26
Norvegiya
Hozir qabulimdan 6 yosh bola chiqib ketdi.
Ota-onasi bilan kelgan.
Ko'zi uzoqni yaxshi ko'rmaydi.
Buni yana yomonlashib ketmasligini oldini olish choralaridan biri sifatida yaqindan ekranlarni cheklashlarini aytdim.
Men:
"Uyda telefon, planshetda turli o'yinlar, videolar mutloq cheklansin, o'yin bo'lsa televizorda o'ynasin"
dedim
Shunda ota-ona bolaga qarab:
"Eshitdingmi o'g'lim. Telefon mumkin emas ekan senga" dedi
Shunda bola:
"Sizlar ikkovingiz telefonda doim o'tirasizlar. Mendan ham ko'p o'tirasizlar. Men bilan gaplashmaysizlar hamku"
deb javob berdi.
Ota-ona jim bo'ldi.
Bir necha soniyaga sukunat cho'kdi...
Bek Olimjon
08.09.26
Norvegiya
Podcastlar ko’paymoqda.
Bu juda zo’r.
5 yil oldingi holatga solishtirsak, juda zo’r o’sish.
Ammo bir katta muammo bor.
Hozirgacha podcastlar deyarli barchasi intervyu shaklida.
Ekspert bir narsani biladi, boshlovchi esa mavzudan yiroq.
Bu o’zgarishi kerak.
Hozir podcastdagi bir mavzu faqat bir tomondan qarash bilan cheklangan. Ekspert fikrlarini challenge qiladigan muhit yaratilishi kerak.
Biz podcastlarni yaxshi diskussiya darajasiga olib chiqishimiz kerak.
Sababi, auditoriya katta qismi yosh va tajribasiz, tahlil ko’nikmalari kuchli emas.
Podcastda aytilgan gaplarni to’g’ri deb qabul qilib ketishi oson.
Oldingidek, ko’chadan to’g’ri kelib podcast qilib ketaverish emas, balki unga tayyorgarlik bilan bo’lishi kerak.
Bek Olimjon
07.09.26
Berlin
PS. Bu birinchi o’rinda o’zimga tegishli
Navbatdagi epizod
https://youtu.be/syOxXAItnBQ?is=X8bu6SHDug4NeUnJ
Hozir soat 06:15, shanba tongi.
Aeroportda navbatda turibman.
Orqamda yosh yigit va qiz. Chamasi 25 yoshlar atrofida. Ispaniyaga sayohatga ketishyapti ekan. O’zaro suhbatlashmoqda. Aniqrog’i qiz tinglamoqda (rahmim keldi).
Yigit siyosatga yo qiziqadi, yo yangiliklarni juda ko’p ko’radi. Balki ikkisi ham.
3-4 daqiqada Afrikadagi bir davlat parlamenti saylovidagi korrupsiya, Trumpni Meksika bo’g’ozi uchun xavfi, AQSh hozirgi siyosati orqali Kanada kelajagi uchun xavflar haqida gapirishga ulgurdi.
Qiz esa (bechora) nima deyishini bilmay faqat tasdiqlaydi xolos.
Chap tomonimga qarasam rasmdagi mana bu aka futbolkasiga ko’zim tushdi.
Meni hayotim juda qiziq
😁
***********
Orqaga qarab, haligi yigitga
«Ey baraka topgur, sen dunyodagi eng boy davlatlardan biri fuqarosisan, dunyo aholisining 70% qismidan boyroqsan, tinch yurtda yashaysan, ta’lim tekin, jufting bilan sayohatga ketmoqdasan, atrofingga qara, mana bu bechora qizga qara, seni Trump haqidagi nolishlaring unga qiziq emasligini nahot tushunmasang. Sening havotirlaring nahot o’rinsiz ekanini tushunmasang. Nahot shu qadar pessimizmga to’lasan baraka topgur?
Optimistroq bo’l. Optimizm ruhni ham, jamiyatni ham, kelajakni ham qutqaradiku axir!»
degim keldi…
Keyin quloqchinni taqdim va diqqatimni boshqa narsaga burdim.
Bek Olimjon
05.09.26
Norvegiya
PS. O’zim uchun eslatma
Homeschoolingdan bir dars
Yarim soat vaqt oldi chamamda.
Qizim o'lchash uchun metr so'radi. Berdim.
Keyin pastga tushsam ilmiy tadqiqot qilyapti ekan (onasi bilan).
Yaqinroqdan kuzatdim
**************
Tadqiqot savoli quyidagicha
:
A4 qog'ozdan yasalgan samolyot uzoqroq uchadimi yoki A5 yoki A6 qog'ozdan yasalgani?
Gipoteza:
qizim: "A6 dan yasalgani uzoqroq uchadi. Sababi u eng yengili bo'ladi, havo qarshiligi eng kam bo'ladi va havodan tez o'ta oladi." deb yozdi.
Tadqiqot usuli:
- 3 ta samolyot yasash (A4, A5 va A6)
- har birini 3 martadan otish
- uzoqlik masofani o'lchash
- natijalarni yozish
- har biri uchun o'rtachasini hisoblash
Natija:
O'rtachasini olganda eng uzoqqa A5 samolyot uchdi. Undan keyin A4, undan keyin A6 samolyot. Eng yengili eng qisqa masofaga uchdi.
Nega bunday bo'ldi?:
balki A5 juda og'ir emas edi, balki uning uchi uchliroq edi.
Natijaga ta'sir etishi mumkin bo'lgan omillar (error sources):
Otish kuchidagi farq. Agar mashina otganida bu xato yo'qolgan bo'lar edi.
Xulosa:
Samolyot uzoqqa uchishida uning vazni eng muhim omil emas. Dastlabki gipotezamiz xato ekan.
***************
Men qilgan PhD ilmiy tadqiqot ishlari strukturasi ham shunday edi.
Savol -> Gipoteza -> Test -> Natija -> Xulosa
😊
Bek Olimjon
04.09.26
Norvegiya
Insonda o'z hayot strategiyasi bo'lishi juda muhim.
Agar insonda o'z hayot strategiyasi bo'lmasa, u uchun boshqalar strategiya tuzib beradi.
Buni qabul qilishga majbur bo'ladi.
Eng achinarlisi, inson boshqalar tuzib bergan strategiya bo'yicha yashayotganligini o'zi ham bilmasligi...
Bek Olimjon
03.09.26
Norvegiya