Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Bek Olimjon

drbekolimjon
Balki foydasi tegar… 40 yoshida pensiyaga chiqishni reja qilgan shifokor 📍 Norvegiya
Подписчики
29 293
24 часа
18
30 дней
277
Просмотры
15 252
ER
52,07%
Посты (30д)
23
Символов в посте
793
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Психология
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
October 25, 17:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Moliyaviy erkinlik bo'yicha dars navbatdagisi
Compounding effect haqida.
Link:
https://www.youtube.com/watch?v=IqYd1J0LwTs
PS. Linkni qo'ysam video ko'rinadigan qila olmadim. Shunga rasmini qo'yaverdim. To'g'ri tushunasizlar degan umiddaman
☺️

October 24, 13:31

Metakognitsiya - fikrlash haqida fikrlash (yohud juft bilan suhbat)
Metakognitsiya - bu odam o'z fikrlash jarayonini kuzatishi, baholashi va ongli ravishda o'z fikrlarini boshqarish qobiliyati.
Osonroq aytadigan bo'lsak - qanday fikrlayotganimiz haqida fikrlash.
Aytaylik kimdir kitob tavsiya qildi. Uni o'qidik. Tushungandek bo'ldik. Ammo negadir tadbiq qila olmaymiz. Bu yerda o'sha eski "o'qish bilan uqish boshqa-boshqa" degan gapni eslaymiz.
O'qish bu tanishish, uqish esa anglab yetish degani. Metakognitsiya bu biror mavzuni anglab yetishimizga yordam beradi.
Inson biror narsani o'rgansa o'ziga ishonchi ortadi,
men buni bilaman
degan xulosaga keladi. Metakognitsiya esa
men haq ekanligimni qayerdan bilaman
degan savol berishga undaydi.
Shu sabab ko'p insonlar o'z fikrlariga qarshi fikrlar, tanqidlar qidirib yurishadi. Maqsad o'z fikrlarini yaxshilab taftish qilish. Chunki odam o'z miyasiga ishonsa u o'z-o'ziga qarsak chalishga usta.
Shuning uchun atroflicha fikrlash muhim. O'z fikrlarimizni kuzatishimiz juda muhim.
O'z fikrlarimizni kuzatishdagi muammo bu fikrlarimiz juda tezligi. Bir soniyada bir nechta fikrlar keladi, aralashib ketadi va emotsional holatimizdan kelib chiqib tez xulosaga borib qolamiz.
Fikrlarni kuzatishimiz uchun yozish foydali deymiz. Bir usuli bu bloknot yozish. Yozish haqiqatdan ham odam o'z fikrini turli tomondan ko'rishga yordam beradi. Bu uchun uzun-uzun insholar yozish shart emas. Qisqa bo'lsada "balki bunday emasdir" degan yondashuv bilan qarab ko'rish va fikrlarni shunchaki yozib qo'yish ham yordam beradi.
Bloknot albatta yaxshi. Ammo undanda yaxshiroq usul bor.
Bloknot yozishdagi muammo shuki biz fikrga qanchalik atroflicha qarashga harakat qilmaylik, baribir o'z aql-idrokimizdan tashqariga chiqib fikrlay olmaymiz. O'sha avvalgi bilimlarimiz atrofida aylanib fikrlayveramiz. Yozuvchi ham o'zimiz, o'quvchi ham.
Metakognitsiya rivojlantirishda bloknotdan yaxshiroq usul bu o'z jufti bilan suhbatlashish.
Nega unday? Chunki bloknotdagi gaplar bizga juftimiz beradigan savollarni bermaydi. Juft bilan suhbat biror fikr bildirganimizda mantiqdagi bo'shliqlarni, ko'r nuqtalarni (blindspots) yaqqolroq yuzaga kelishiga yordam beradi.
Undan tashqari inson suhbat davomida fikrini teranroq tushuntirishga harakat qiladi. Sababi suhbat davomida yuz ifodalari, hissiyotlar qorishgan bo'ladi.
Yana bir foydali tomoni "birgalikda fikrlash" imkonini beradi. Bitta kalladan, ikkita kalla yaxshi...
Bloknot bu yolg'izlikdagi tafakkur bo'lsa, juft bilan suhbat birgalikda bo'ladi. Feedback olishimiz uchun yozganimizni qayta o'qishimiz kerak, juft bilan esa feedback o'sha zahoti bo'ladi.
Juft bo'lishi shartmi? Bo'lmasa nima ham qilar edik.
Bo'ydoqlarga bloknot ham yaxshi albatta.
Do'st bo'lsa ham bo'ladimi? Ha, bo'ladi albatta. Ammo o'zga jins vakilida fikrlarga biz ko'rmaydigan tomondan qarash xislati berilgan. Do'stimiz gormonlari biznikiga o'xshash bo'lgani uchun, miyasi ham biznikiga yaqinroq bo'ladi.
Endi farq faqat gormon bilangina o'lchanmasligi aniq. Undan tashqari rostgo'ylik, adolat, hammaqsadlilik, tanqidni qabul qila olish kabi ijobiy xislatlar bo'lishi ham muhim. Boshqa yana bir qator ijobiy xislatlar bilan birgalikda.
Shunday ekan azizlar, juft tanlashda bizni fikrlashimizni challenge qila oladigan, bizni "yo'lga soladigani" bo'lishiga e'tibor beramiz?
😁
Shu bilan birga o'zimiz ham shunday bo'lishga harakat qilamiz.
Juda qiyin qivordima?!
😁
Bek Olimjon
24.10.26
Norvegiya

October 23, 10:24

Hozir qabulimdan bir 70 yoshli bemor chiqib ketdi
Shikoyati ko'zlari qizarishi va qurishi
Surishtirsam kuniga 6-7 soat telefonda vaqt sarflar ekan
Asosan facebook va youtubeda.
Nimalar ko'rasiz desam, aniq bir mavzuni aytib bera olmadi.
Muammo yechimi ko'z tomchi dorisi bilan yechib bo'lmaydi afsus.
***
Biz bolalarni ekrandan himoya qilish haqida ko'p gapiramiz.
Aslida qariyalarimiz ham bu addiksiyadan chetda qolishmagan.
Algoritmga farqi yo'q: yoshu-qarini ayamaydi.
Yanada katta muammo shuki ular ma'lumotlarni yaxshi filterlay olishmaydi.
Spamni aniqlashda qiynalishadi. Shu sabab ham spam qurboni aksari yoshi kattalar bo'ladi.
Ular keraksiz narsani bloklashni bilishmaydi.
Farzandlarimiz qo'lidan telefonni tortib olib qo'ya olarmiz...
Ota-onamizdanchi?
***
Ijtimoiy tarmoqlarga addiksiya bo'lish qariyalardagi depressiya asosiy sabablaridan biri ekanligi qayta-qayta aniqlanmoqda (
1
,
2
)
Bek Olimjon
23.10.26
Norvegiya

October 20, 16:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bolaga erkinlik berish yohud
bizning uydagi
Homeschoolingdan bir kun…
Rasmda qizimni(9) kecha bir hafta uchun o’zi tuzgan dars jadvali.
Dars jadvalini o’zi tuzadi, o’sha darslarni qilishga amal qiladi. Bizning aralashuvimissiz.
Qilgim kelmayapti desa, o’zingiz tuzgansiz, o’zingizga va’da bergansiz, bizga kerak emas dars, biz o’rganib bo’lganmiz deymiz.
Shu sabab ham, minimum qilib tuzib olgan.
Jamiyatshunoslik va tabiatshunoslikni bir kunga qo’yib olgan. Sababi Ikkisini ham yoqtirmaydi. Eng minimumini qilib tez tugatishga harakat qiladi. Bizga farqi yo’q.
Jadvaldagi darsdan tashqari, har kuni kitob o’qish va matem qiladi.
Sababi matem yoki ingliz tilidan 1 sahifa uchun 10 minut Zelda o’ynashga kelishib olgan o’zi bilan.
6 sahifa matem = 1 soat Zelda. Qarzga o’ynash yo’q. O’yin soati chegarasi yo’q.
«Self-limiting, closed loop system»
Darslari uchun ota-ona kuniga 10 daqiqacha vaqt sarflaymiz. Faqat tushunmagan joyini so’raganida.
Dars sabab asabiylashish yo’qligi biz uchun mazza.
Asosiy mezon: oilamizda maktab darslari eng muhim narsa emas.
(beshtakam professorni gapi yana bu
😀
)
Biz uchun muhimi bu yerda boladagi agency saqlanib qolishi, darsni bajarishi emas.
Bek Olimjon
20.10.26
Norvegiya

October 18, 16:58

Marhamat,
yakshanbada yangisidan yana bitta!
https://youtu.be/uG6-4v8WkYA

October 18, 13:46

Moliyaviy erkinlik bo’yicha darslar navbatdagi soni.
Unda
investitsiya turlari
haqida gaplashdik.
Kuttirganimiz uchun uzr.
https://youtu.be/NIaDpvHWqko?si=1MvOR85VS2i4STjp

October 17, 09:13
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

vatanga borganda farzandlarga kitob qidirdim.
tanlov hali ham ko'p emas, ammo avvalgidan ancha yaxshi.
do'stlarimiz yuqoridagi kitobni tavsiya etishdi va yetkazib berishdi.
qiziq formatda ishlangan kitob.
bizga ingliz tilidagi "Little People Big Dreams" kitoblar to'plamini eslatdi.
mashhur insonlar hayoti qisqa qilib, bola tilida yozilgan.
to'rt yoshli uchun zerikarli bo'ldi.
maktab yoshidagilar uchun ko'proq mos kelar ekan.
Qamar do'konida ko'rdim.
boshqa kitob do'konlarida ham bor ekan.
Bek Olimjon
17.10.26
Norvegiya

October 16, 16:37

qanday qilib optimist bo’lmaslik mumkin.
kecha ommaga namoyish etilgan yangi Tesla mashinasi.
https://youtube.com/shorts/JgBP9i5pQws?is=U1twAYUKXzLEpUYh

October 16, 09:42

hozir qabulimdan 10 yoshli bola chiqib ketdi.
shikoyati boshi og'riydi, ko'zi qizaradi, narsalar ikkita ko'rinadi ba'zan
onasi aytishiga ko'ra bola asabiyroq.
tekshiruvlarim bola ko'zi sog'lom ko'rsatyapti.
yaqinroqdan surishtirdim.
kuniga faqat 2 soatgina kompyuter o'ynar ekan.
yana yaqinroq surishtirdim.
Youtubeda Fortnite stream ham ko'rar ekan, 1-2 soat
yana yaqinroq surishtirdim.
Tik-tok ham ko'rar ekan, ba'zan, 1-2 soat
yana surishtirdim.
maktabida iPadda dars o'tishar ekan.
onasi bilan hisoblab chiqdik.
kuniga 9 soat ekranda ekan bola.
bola 10 yosh...
Bek Olimjon
16.10.26
Norvegiya

October 16, 05:41

Sun'iy intellektga ba'zilar qo'rquv bilan qaraydi hozirgacha, men ne'mat sifatida qarayman. Butun dunyo ma'lumotlari, ularni qayta ishlash, dunyo ma'lumotlarini til to'siqlarisiz o'rganish bu chinakam dinamik sakrash, biz shu davrga to'g'ri keldik.
Esimizni tanigan chog'imizda kompyuter savodxonligi hamma uchun qay darajada kerak bo'lgan bo'lsa, hozir sun'iy intellektdan to'g'ri va samarali foydalanish hamma uchun birdek foydali. Tez va samarali moslasha olgan har kim yutadi.
Siz va raqobatchingiz o'rtasidagi farq AI'dan qay darajada to'g'ri va jamoaviy foydalanishga ko'ra farq qiladi.