
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
HANNS ZAYDEL JAMG‘ARMASI BILAN HAMKORLIK YO‘NALISHLARI BELGILAB OLINDI
“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakov va
Germaniyaning Hanns Zaydel jamg‘armasi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy rahbari Konstantin Blashke
hamda
jamg‘armaning O‘zbekistondagi vakolatxona rahbari Ruslan Ramanov
o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida Markaz va jamg‘armaning faoliyat yo‘nalishlari, shuningdek, kelgusidagi hamkorlikning ustuvor vazifalari muhokama qilindi.
Eldor Tulyakov
“Taraqqiyot strategiyasi” markazining islohotlarni ekspert-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati, jumladan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ustuvor vazifalari haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda Hanns Zaydel jamg‘armasining “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan
mahalliy boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, zamonaviy texnologiyalar, Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida ekspertlar almashinuvi hamda malaka oshirish kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish
ga tayyorligi ta’kidlandi.
➡️
Batafsil
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube
MARKAZ VAKILI TURKIYADAGI XALQARO OLIY TA’LIM DASTURIDA ISHTIROK ETMOQDA
Anqara shahrida YTB tashabbusi bilan
“Turkiy dunyo oliy ta’limida hamkorlik”
(ORTAK) xalqaro dasturi o‘tkazilmoqda.
7–11 sentyabr kunlari davom etayotgan dasturda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Vengriyadan oliy ta’lim sohasi vakillari, olimlar va ekspertlar ishtirok etmoqda. Tadbirda
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘lim boshlig‘i Jamshid Sharipov
ham qatnashmoqda.
Dastur doirasida turkiy davlatlar o‘rtasida
oliy ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, akademik aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni shakllantirish hamda inson kapitalini rivojlantirish
masalalari muhokama qilinmoqda.
➡️
Batafsil
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube
TURKIYA OAV: TURKIYA VA MARKAZIY OSIYO HAMKORLIGINING YANGI IMKONIYATLARI
Turkiyaning
“Daily Sabah”
nashrida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovning
“Mehnat migratsiyasi — Turkiya va Markaziy Osiyo hamkorligida yangi sahifa”
sarlavhali
maqolasi
e’lon qilindi.
Maqolada Turkiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi
mehnat migratsiyasining yangi imkoniyatlari, mehnat bozorlarining o‘zaro ehtiyojlari
hamda
xavfsiz va qonuniy bandlikni ta’minlash
masalalari tahlil qilingan. Xususan,
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 2026-yilning yanvarida imzolangan kelishuvlarning ahamiyati
ga e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, maqolada Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi mehnat mobilligi, kasbiy ta’lim, malakalarni o‘zaro tan olish va ijtimoiy himoya yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
Muallif mehnat migratsiyasini nafaqat ishchi kuchi harakati, balki inson kapitali, bilim va ko‘nikmalar almashinuvi hamda umumiy farovonlikni oshirishga xizmat qiluvchi uzoq muddatli hamkorlik vositasi sifatida ko‘rishga chaqiradi.
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube
#Strategiya_2030
#maqsad_81
📊
"O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube
OʻZBEKISTON–XITOY HAMKORLIGI XORIJIY OAV NIGOHIDA
🗞
“Xitoy–Oʻzbekiston munosabatlarida yangi ufqlar” — “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovning navbatdagi maqolasi
Xitoyning “China Daily”
nashrida chop etildi.
✍️
Maqolada “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida Xitoy bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, xususan,
sanoatni modernizatsiya qilish, texnologiyalar transferi, innovatsiyalar, raqamli va yashil iqtisodiyot, kadrlar tayyorlash hamda transport-logistika yo‘nalishlaridagi imkoniyatlar
tahlil qilingan. Muallif hamkorlikni investitsiya va infratuzilma loyihalaridan yuqori qo‘shilgan qiymat, mahalliylashtirish va tajriba almashinuviga asoslangan modelga o‘tkazish muhimligini ta’kidlaydi.
🔺
Shuningdek, maqolada O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qo‘shma innovatsiya markazlarini tashkil etish, kasbiy ta’lim dasturlarini kengaytirish, texnologiyalar transferini kuchaytirish va loyihalar samaradorligini monitoring qilish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Bunday yondashuv nafaqat ikki mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishiga, balki Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya va farovonlikni yuksaltirishga xizmat qilishi
qayd etilgan.
📱
Website
📱
Facebook
📱
Telegram
📱
Youtube
#haftadan_muhim
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori
Eldor Tulyakov CGTN Русский telekanaliga bergan intervyusida
O‘zbekiston va Xitoy tomonidan SHHT doirasida ilgari surilgan tashabbuslar
bir-birini to‘ldirib borayotganini
ta’kidladi.
Uning qayd etishicha, O‘zbekiston global boshqaruv masalalari bo‘yicha xalqaro muloqotlarda faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, Xitoy tomonidan ilgari surilgan Global boshqaruv tashabbusi va uning beshta asosiy tamoyiliga e’tibor qaratildi.
🎥
Batafsil — videoda.
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube
🌐
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi Xitoy nashri nigohida
Xitoyning
“LOOKWE” jurnalining 2026-yil avgust oyidagi O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus sonida
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovning maqolasi chop etildi.
Ingliz va xitoy tillarida e’lon qilingan maqolada yangilangan
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari
hamda mamlakatimiz taraqqiyoti uchun belgilangan maqsadlar keng yoritilgan.
Jumladan,
ta’lim va tibbiyot sifatini oshirish, barqaror iqtisodiy o‘sish, ekologiyani asrash, qonun ustuvorligini ta’minlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish
masalalari tahlil qilingan.
Shuningdek, strategiya ijrosini aniq ko‘rsatkichlar asosida baholash, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash hamda bu jarayonda “
Taraqqiyot strategiyasi” markazining ishtirokiga
alohida e’tibor qaratilgan.
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube
#Strategiya_2030
#maqsad_74
📊
"O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube
✍️
“Xalq so‘zi” gazetasi
ning 2026-yil 31-avgust sonida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan
“Inson qadri va taraqqiyot mas’uliyati”
sarlavhali maqolasi chop etildi.
Maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekistonda
inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, iqtisodiy
va
ijtimoiy sohalardagi islohotlar
hamda
mamlakat taraqqiyotida har bir fuqaroning mas’uliyati
haqida so‘z boradi.
“Mustaqillik — xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilash, milliy manfaatlariga tayangan holda erkin taraqqiy etish huquqidir. Shu ma’noda, mustaqillikning eng katta tarixiy natijasi O‘zbekistonning suveren, o‘z davlatchilik yo‘li va mustaqil siyosiy irodasiga ega davlat sifatida shakllanganligidir”, — deyiladi maqolada.
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube
🇺🇿
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga munosib tuhfa: “Mustaqillik zafarnomasi” maxsus kitob-albomi chop etildi.
Unda xalqimizning istiqlol yillaridagi sharafli yo’li, yurtimizda amalga oshirilgan ulkan o’zgarishlar va Yangi O’zbekiston sharoitida erishilayotgan yutuqlar va boshqa yo’nalishlar keng yoritilgan.
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube