Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi

dscuzbekistan
"Taraqqiyot strategiyasi" markazining rasmiy kanali. Официальный канал Центра "Стратегия развития". Тел.: +998 71 239-01-91
Подписчики
2 252
24 часа
-1
30 дней
-30
Просмотры
203
ER
9,01%
Посты (30д)
31
Символов в посте
946
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 23, 10:21
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇨🇳
XITOYDA ÖZBEKISTON ISLOHOTLARINI ÖRGANADIGAN MARKAZ OÇILDI
📍
Xançjou şahrida ötgan xalqaro simpoziumda
“Özbekiston tadqiqotlar markazi”
taşkil etildi
.
Anjumanda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijroçi direktori
Eldor Tulyakov
raqamli davlat boşqaruvidagi islohotlar va Özbekiston–Xitoy hamkorligining yangi imkoniyatlarini taqdim etdi.
🎥
Xalqaro anjumandan yorqin lavhalar — videorolikda
.
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube

October 23, 07:43
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

“ÖZBEKISTON — 2030”: TOŞKENT VILOYATIDAGI REJALAR VA NATIJALAR MUHOKAMADA
Xabar berganimizdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Toşkent viloyatida “Özbekiston — 2030” strategiyasi va davlat dasturlari ijrosi yuzasidan örganişlar olib borilmoqda.
Nurafşon şahrida taşkil etilgan davra suhbatida islohotlarning amaliy natijalari, hududdagi mavjud muammolar va ularning yeçimlari, şuningdek, jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş masalalari muhokama qilindi.
🎙
Markaz ijroçi direktori
Eldor Tulyakov
islohotlar samaradorligini, avvalo, aholi hayotidagi real özgarişlar asosida baholaş muhimligini ta’kidladi.
📺
Batafsil — reportajda
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube

October 23, 06:00
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

MAHALLA — AHOLI VA DAVLAT ÖRTASIDAGI MUHIM KÖPRIK
Özbekistonda mahalla institutining roli tobora ortib, aholi muammolarini joyida hal etiş va fuqarolarning qarorlar qabul qilişdagi iştirokini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan:
🔹
100 dan ortiq xizmat mahalla darajasiga tuşirildi;
🔹
102 ta ijtimoiy xizmat yölga qöyildi;
🔹
“Mahallam — loyiham” dasturi doirasida qariyb 45 ming nafar fuqaro ovoz berişda iştirok etdi;
🔹
“Özbekiston — 2030” strategiyasida mahalla infratuzilmasiga ajratiladigan mablağlarni 24 trln sömga yetkaziş belgilangan.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi boş mutaxassisi I.Hakimova tahlilida mahalla institutining milliy modeli, xorijiy tajriba va istiqboldagi vazifalar yoritilgan.
➡
Batafsil
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube

October 22, 13:56
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🤝
12 MILLIARD DOLLARLIK KELISHUVLAR: O‘ZBEKISTON QANDAY IMKONIYATLARGA EGA BO‘LADI?
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
ijrochi direktori
Eldor Tulyakov
Ozarbayjonning
CBC TV Azerbaijan
telekanalidagi “
За Каспием
” dasturida jonli efirda ishtirok etdi.
Suhbat davomida Samarqandda bo‘lib o‘tgan
“C5+1” vazirlar uchrashuvi yakunlari
, Markaziy Osiyo va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalar, transport-logistika va energetika sohalaridagi istiqbollar muhokama qilindi.
Asosiy masalalar:
🔹
O‘zbekiston–Amerika ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishi uchun shakllantirilgan qariyb
12 milliard dollarlik 54 ta kelishuv va istiqbolli tashabbus
;
🔹
Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi orqali mintaqaning Yevropa bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish;
🔹
Sanoatga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va malakali mutaxassislar tayyorlash;
🔹
Energetika, kiberxavfsizlik va transchegaraviy tahdidlarga qarshi hamkorlikni mustahkamlash.
Shuningdek, intervyuda xalqaro hamkorlik samaradorligi, avvalo,
milliy iqtisodiyot rivoji, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va aholi farovonligiga qo‘shgan hissasi
bilan baholanishi lozimligi ta’kidlandi.
🎥
Batafsil videolavhada
.
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube

October 22, 12:40
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

GONKONG DELEGATSIYASIGA “O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI TAQDIM ETILDI
“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Gonkong Chu Xay oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari va tinglovchilaridan iborat delegatsiya uchun yangilangan
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi taqdimoti
o‘tkazildi.
Markaz ijrochi direktori
Eldor Tulyakov
strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari, asosiy vazifalari va maqsadli ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berdi.
Ta’lim va tibbiyotni rivojlantirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash hamda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish
masalalari yoritildi.
Xususan,
xorijiy investorlar uchun qulay va shaffof shart-sharoitlar yaratish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish
bo‘yicha belgilangan vazifalarga e’tibor qaratildi.
Taqdimot davomida mehmonlar Markazning strategiya ijrosini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini ta’minlash borasidagi faoliyati bilan ham tanishdilar.
➡
Batafsil
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube

October 22, 07:41
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🏫
2030-yilgacha O‘zbekiston maktablarida nimalar o‘zgaradi?
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining 2-maqsadiga ko‘ra:
🔹
Suv, sanitariya va gigiyena sharoitlari bilan ta’minlangan maktablar ulushini 2025-yildagi
30 foizdan 2030-yilgacha 86 foizga
yetkazish;
🔹
2026-yilda ushbu ko‘rsatkichni
44 foizga
oshirish;
🔹
Elektron doskalar bilan jihozlangan maktablar ulushini hozirgi
43 foizdan 2030-yilgacha 100 foizga
yetkazish belgilangan.
🎥
Maqsadlarni sodda tilda tushuntiramiz. Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube

October 22, 05:28
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

STRATEGIYA IJROSI TOSHKENT VILOYATI BO’YLAB O‘RGANILMOQDA
Yangi ish o‘rinlari, ishlab chiqarish imkoniyatlari va tibbiy xizmatlar sifati
— “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda davlat dasturlari ijrosi doirasida e’tibor qaratilayotgan muhim yo‘nalishlar hisoblanadi.
Shu maqsadda
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov
Nurafshon shahridagi ishlab chiqarish va ijtimoiy soha obyektlari faoliyati bilan tanishdi.
Jumladan:
🤯
“ESA Yapi Pazarlama” MChJ
— 2026-yilda ochilgan mebel ishlab chiqarish korxonasida
150 nafar
xodim, jumladan,
125 nafar
O‘zbekiston fuqarosi mehnat qilmoqda. Yangi loyihalar hisobiga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.
➕
Shuningdek,
57 ming nafarga
yaqin aholiga xizmat ko‘rsatuvchi
Nurafshon shahar 1-son oilaviy poliklinikasi
faoliyati, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar va DMED elektron tizimidan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganilib, takliflar tinglandi.
📄
O‘rganishlardan ko‘zlangan maqsad
— strategiya va davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosini tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
➡
Batafsil
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube

October 21, 10:03
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

STRATEGIYA IJROSIDA NATIJADORLIK VA JAMOATCHILIK NAZORATI DIQQAT MARKAZIDA
📄
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan 20–23-oktabr kunlari Toshkent viloyatida
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va davlat dasturlari ijrosi
yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
💬
Tadbırlar doirasida Nurafshon shahrida
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarning mazmun-mohiyati, ularning ijrosini taʼminlashda mutasaddi tashkilotlarning mas’uliyatini oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kengaytirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish
masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
✅
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Toshkent viloyati hokimligi hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari
Ilhomjon Arzikulov
, Markaz ijrochi direktori
Eldor Tulyakov
, davlat tashkilotlari va NNTlar vakillari ishtirok etdi.
🔺
Muloqotda hududning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning bajarilishi, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
🗣
Eldor Tulyakov o‘z nutqida islohotlar natijadorligini aholi hayotidagi real o‘zgarishlar asosida baholash, tizimli muammolarni aniqlash hamda ularning yechimida NNTlar salohiyatidan samarali foydalanish muhimligini ta’kidladi.
➡
Batafsil
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube

October 20, 10:42
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇨🇳
Xitoydagi o‘zbekistonlik yoshlar bilan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi muhokama qilindi
Xitoyga ikki kunlik tashrif doirasida, ya'ni 16-17-oktabr kunlari Xanjou shahrida istiqomat qilayotgan va tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida "Taraqqiyot strategiyasi" markazi
ijrochi direktori E.Tulyakov
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar,
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining ustuvor maqsadlari
, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda xorijda bilim olayotgan vatandoshlarning yurtimiz taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, Strategiyada belgilangan 100 ta maqsadni amalga oshirishda yoshlarning faol ishtiroki, yangi g‘oya va tashabbuslari muhimligi ta’kidlandi.
📥
Xorijda tahsil olayotgan vatandoshlar o‘z taklif va tashabbuslarini bevosita
“Taraqqiyot strategiyasi” markaziga
yo‘llashlari
mumkinligi qayd etildi.
🎥
Vatandoshlarimiz bilan o‘tgan uchrashuv — videolavhada.
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube

October 20, 09:10
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA EKSPERTLARI STRATEGIK REJALASHTIRISH BO‘YICHA TAJRIBA ALMASHDI
💻
Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamda Rossiyaning “Uchinchi Rim” tarmoqlararo ekspertiza markazi hamkorligida
“Strategik rejalashtirishning zamonaviy yondashuvlari: O‘zbekiston va Rossiya tajribasi”
mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi.
🗣
Tadbirda
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov
ishtirok etib,
O‘zbekistonda strategik rejalashtirish tizimini takomillashtirish, davlat dasturlarini ishlab chiqish
va
ularning ijrosini ta’minlash borasidagi tajriba
haqida so‘z yuritdi.
💬
Xususan, strategik hujjatlarni ishlab chiqishda
jamoatchilik va ekspertlar ishtirokini kengaytirish, aholi fikrini inobatga olish hamda tizimli monitoringni yo‘lga qo‘yish
muhimligi ta’kidlandi. Bu borada “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va davlat dasturlarini ishlab chiqish jarayonidagi amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashildi.
Seminar yakunida strategik rejalashtirish sohasida o‘zaro tajriba almashish va O‘zbekiston hamda Rossiya ekspert tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
➡
Batafsil
📱
Website
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube