
OʻzDSMI | RASMIY🇺🇿
Talabalar shaharchasining vaziyatlar markazi Prezidentimizga taqdimot qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan
tanishdi.
#Mirziyoyev
#tanishuv
#Olmazor
#talabalar
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
⚡️
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida musiqa ta’limi sohasida hamkorlik kengaymoqda
✅
Batafsil:
https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/218235
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt
|
YouTube
|
Mediabank
Ayni paytda
“Oliy ta’lim muassasalarida
nogironligi bo‘lgan talabalar uchun qanday imtiyozlar bor?”
mavzusida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari bilan ochiq chat bo‘lib o‘tmoqda.
🧑🏻🎓
Suhbat davomida yaqinda OTTga o‘qishga kirgan nogironligi bo‘lgan talabalar uchun ta’lim olish jarayonida belgilangan imtiyozlar:
🔹
Nogironligi bor talabalar uchun yotoqxonalarga joylashishda imtiyozlar;
🔹
Nogironligi bor talabalar uchun ustamali stipendiya;
🔹
Sizdan kelib tushgan boshqa savollarga ham javob beriladi.
Ovozli chat qo‘shilish:
👉
https://t.me/huquqplus?livestream
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#kredit_taʼlimi_tizimi_haftaligi
TALABALAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY VA TASHKILIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kino, televideniye va radio san’ati fakultetida talabalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi talabalarning ta’lim jarayonidagi mas’uliyatini yanada oshirish, ayniqsa, 1-bosqich talabalarini institutning ichki muhiti, mavjud tartib-qoidalar va ta’lim jarayoniga qo‘yiladigan talablar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida fakultet dekani
Kamola Xidirova
tomonidan 1-bosqich talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
149-son qarori
mazmun-mohiyati, unda belgilangan talab va vazifalar atroflicha tushuntirib berildi. Shuningdek, institutning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, talabalarning huquq va majburiyatlari, ta’lim jarayonidagi mas’uliyati, akademik intizom hamda odob-axloq me’yorlariga amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida talabalarga institutda yaratilgan ta’lim va ijodiy imkoniyatlardan samarali foydalanish, professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘z ustida muntazam ishlash, tanlagan kasbiga mas’uliyat bilan yondashish hamda san’at sohasida munosib mutaxassis bo‘lib yetishish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni izchil egallash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Tadbirning yana bir e’tiborli jihati —
yuqori bosqich talabalari orasida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori, bilimga intiluvchan, faol va tashabbuskor yoshlarning alohida e’tirof etilgani
bo‘ldi.
Ularning ta’limdagi yutuqlari va faolligini munosib rag‘batlantirish maqsadida fakultet dekani tomonidan "Tashakkurnoma"lar topshirildi.
Bu kabi e’tirof va rag‘batlar, avvalo, talabalarda
bilim olishga bo‘lgan qiziqish, sog‘lom raqobat, tashabbuskorlik va yuqori natijalarga intilish
tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ilm va ijod yo‘lida faol bo‘lgan yoshlarning yutuqlarini keng targ‘ib etish esa boshqa talabalarni ham yangi marralar sari ruhlantiradi.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim jarayoni, fakultet faoliyati, ichki tartib-qoidalar va talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur uchrashuv
talabalarning huquqiy va ma’naviy savodxonligini oshirish, institut hayotiga moslashuvini yengillashtirish, ta’limga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda bilimli, faol va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
#ilmiy_seminar
Bugun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti huzuridagi PhD.08/27.09.2024.San.183.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sobir Xaitkulovich Madiyevning 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “O‘zbekiston musiqa madaniyatida tanlov va festivallarning o‘rni” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
Mazkur ilmiy tadqiqotda O‘zbekiston musiqa madaniyatida tanlov va festivallarning shakllanishi, tarixiy taraqqiyot bosqichlari, tashkiliy tuzilmasi, mazmun-mohiyati hamda estetik xususiyatlari chuqur tahlil etilgan. Shuningdek, ularning milliy musiqa san’ati rivojidagi o‘rni, yosh iste’dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ijodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarish hamda professional san’atkorlar avlodini shakllantirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.
Tadqiqotda xalqaro musiqa festivallarining milliy musiqa madaniyatini jahon madaniy makoniga integratsiyalash, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, milliy o‘zlikni mustahkamlash va O‘zbekistonning xalqaro madaniy nufuzini yuksaltirishdagi strategik ahamiyati ham ilmiy jihatdan asoslangan. Shu bilan birga, tanlov va festivallarning zamonaviy raqamli texnologiyalar, virtual hamda gibrid formatlar sharoitidagi transformatsiyasi, ularni tashkil etishning dolzarb muammolari va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan ilmiy xulosa hamda amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Dissertatsiya ishi san’atshunoslik fanlari doktori, professor
Gulshanoy Artikjanovna Tursunovaning
ilmiy rahbarligida tayyorlangan. Ilmiy seminar davomida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Muhokama yakunlariga ko‘ra,
ushbu dissertatsiya ishi ijobiy baholanib, belgilangan tartibda himoyaga tavsiya etildi
.
#Taʻlim
⚡️
Oliy ta’lim tizimida sifat va samaradorlik masalalari muhokama qilindi
✅
Batafsil:
https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/217959
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt
|
YouTube
|
Mediabank
BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, tarix fanlari doktori, “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi professori
Abduxalil Mavrulov
ishtirokida Hurmatli Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “
Birlashib, buyuk tarix yaratamiz
” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida mamlakatimiz mustaqilligi yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan ulkan yutuqlar, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu tashabbuslar haqida atroflicha fikr yuritildi.
Shuningdek, Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan
xalq birligi, tinchlik va barqarorlik, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, ma’naviy taraqqiyot va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash
kabi ustuvor g‘oyalarning bugungi jamiyat hayotidagi ahamiyati xususida muhim mulohazalar bildirildi.
Suhbat davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mamlakatimizning kelajagi, yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda tarixiy jarayonlarda faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yosh avlod qalbida
Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, tarixiy xotira va daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash
, ularni yurt ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📚
YOSHLAR — KELAJAK BUNYODKORLARI
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Shohbek Ergashev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 223-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida mehmon bo'ldi.
Tashrif doirasida maktab o‘quvchilari bilan mazmunli va samimiy uchrashuv tashkil etildi. Unda yosh avlodning ta’lim olishi, ma’naviy-axloqiy kamol topishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi hamda kelajakda munosib kasb egallashi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida Shohbek Ergashev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi 2026/2027-o‘quv yili munosabati bilan o‘quvchilar samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, yoshlarning Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
Ayniqsa, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida maktab jamoasiga kitoblar majmuasi sovg‘a qilindi. Mazkur sovg‘a o‘quvchilarni mutolaaga yanada keng jalb etish, ularning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Bunday uchrashuvlar ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularni ezgu maqsadlar sari ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.