
ÖzDSMI | RASMIY🇺🇿
⚡️
“Oydin gurunglar” xalqaro ijodiy forumi yakunlandi
Xiva şahridagi
“Arda Xiva”
turistik majmuasida 19–25-oktabr kunlari ötkazilgan
“Oydin gurunglar”
xalqaro ijodiy forumi öz nihoyasiga yetdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF–103-son Farmoni asosida taşkil etilgan forumda
300 nafardan ortiq mahalliy ijodkor va 55 nafar xorijiy iştirokçi
qatnaşdi. Ular orasida
rassomlar, rejissyorlar, aktyorlar, dramaturglar, şoirlar, yozuvçilar, noşirlar
hamda san’atning turli yönalişlari vakillari bor.
Forum dasturidan tasviriy va amaliy san’at, teatr, adabiyot, naşriyot, fortepiano ijroçiligi va opera san’atiga oid tadbirlar örin oldi.
Rassomlar
Bahodir Jalolov
va
Elnur Egamovning
mahorat darslari, Özbekiston xalq rassomi
Madamin Xudoyberganov
asarlari körgazmasi,
Fayzulla Ahmadaliyev
bilan ijodiy suhbat hamda Xorazm yoş rassomlari kartinalari asosida yaratilgan
“Daryo”
immersiv körgazmasi iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi.
Şuningdek, Turkiyaning Laylo teatri tomonidan “Asra, asragin” spektakli, Xorazm viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan esa “Olma pişganda galing” teatrlaştirilgan tomoşasi namoyiş etildi.
Forumning yopiliş marosimida Özbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinçi örinbosari Nodirbek Sayfullayev iştirok etdi. Faol qatnaşgan ijodkorlarga Madaniyat vazirligining “Taşakkurnoma”lari hamda Özbekiston Respublikasi Markaziy banki homiyligida ajratilgan pul mukofotlari topşirildi.
“Oydin gurunglar”
xalqaro ijodiy forumi turli san’at yönalişlari vakillarini bir maydonda jamlab, ijodiy muloqot, tajriba almaşiş va xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş uçun imkoniyat yaratdi.
Forum
Madaniyat vazirligi, Boşqaruv samaradorligi agentligi, Özbekiston Respublikasi Markaziy banki, Özbekiston Milliy banki,
“Sanoatqurilişbank” hamda
“Xalq banki” ATB hamkorligida taşkil etildi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt
|
YouTube
|
Mediabank
Bugun Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Kutubxona-axborot faoliyati” ta’lim yönalişining 2-, 3- va 4-kurs talabalari kafedra dotsenti v.b. Irina Say rahbarligida Toşkent şahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga taşrif buyurdilar.
“Kitob tarixi”, “Kutubxonashunoslik” hamda “Özbekiston va xorijda kutubxonachilik işi tarixi” fanlari doirasida taşkil etilgan mazkur sayyor öquv maşğuloti talabalarga kitob va yozma manbalarning insoniyat taraqqiyotidagi örnini tarixiy meros bilan boğliq holda örganiş imkonini berdi.
Ayniqsa, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ilmiy merosi, qadimiy qölyozmalar, kitobat an’analari va bilimlarni avloddan avlodga yetkaziş madaniyati bölajak kutubxona-axborot mutaxassislari uchun alohida qiziqiş uyğotdi.
📚
Kitob — ötmış bilan bugunni boğlovçi köprik. Bunday sayyor maşğulotlar talabalarni tarixiy manbalarga yanada yaqinlaştirib, ularda madaniy merosni asraş, örganiş va keng jamoatçilikka yetkazişdek mas’uliyatli kasbiy vazifalarga bö'lgan munosabatni mustahkamlaydi.
🎬
#BIZ_SIZNI_TANLADIK
#navbatdagi_son
🎙
“BIZ SIZNI TANLADIK”!
“Biz sizni tanladik” loyihasining yangi sonini e'tiboringizga havola etamiz.
Loyihamizning navbatdagi mehmoni — Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, dotsent Hilol Nasimov
🎭
San’at, ijod, hayotiy tajriba va ustoz-şogird an’analari haqidagi samimiy suhbatdan bahramand böling!
✨
Bizni kuzatib boring — “Biz sizni tanladik”!
#jarayon
#talbalar_ijodi
🏛
Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Öquv teatrida “Dramatik teatr va kino aktyorligi” ta’lim yönalişi 3-bosqiç talabalari tomonidan taniqli adib Usmon Azim asari asosida sahnalaştirilgan “Ogoh böling, odamlar” spektakli namoyiş etildi.
E’tiboringizga jarayondan videolavha havola etamiz
Mamlakatimiz yetakchisi
aytilgan o‘zgarishlar soha faoliyatini yanada yuksaltirishi va yaxshi filmlar yaratishga xizmat qilishiga
ishonch bildirdi. Shundan so‘ng tajribali ijodkorlar va yoshlarning fikrlarini tingladi.
Ochiq muloqot yakunida davlatimiz rahbari milliy kinoni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari belgilab olinganini va aytilgan o‘zgarishlarni nazarda tutuvchi farmonni imzolaganini ma’lum qildi.
Prezidentimiz ijodkorlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishini,
yaxshi kino yaratish uchun sharoitdan tashqari halol mehnat va vatanparvarlik bilan xalqni sevib ijod qilish kerakligini
ta’kidladi.
– Sizlarga ishonaman.
O‘zligimizdan kuch olib, bugungi hayotimizni teran anglab, milliy kinomizning yangi sahifasini birgalikda yarata olamiz,
– dedi Prezidentimiz uchrashuv yakunida.
Facebook
|
Instagram
|
X
🎭
ÖZDSMIda “OGOH BÖLING, ODAMLAR” SPEKTAKLI NAMOYIŞ ETILDI
🏛
Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Öquv teatrida “Dramatik teatr va kino aktyorligi” ta’lim yönalişi 3-bosqiç talabalari tomonidan taniqli adib
Usmon Azim
asari asosida sahnalaştirilgan “Ogoh böling, odamlar” spektakli namoyiş etildi.
Mazkur ijodiy tadbirda institut rektori v.v.b.
Sobir Madiyev
hamda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi vakillari iştirok etdi.
Spektakl Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarğibot işlarining muhim ijodiy ifodasi böldi.
“Ogoh böling, odamlar” spektaklida insoniy munosabatlar, oilaviy qadriyatlar, jamiyat oldidagi mas’uliyat va befarqlikning ayançli oqibatlari hayotiy voqealar orqali yoritiladi. Asar tomoşabinni atrofdagilar taqdiriga befarq bölmaslikka, insoniylik va mas’uliyatni qadrlaşga, hayotda uçraydigan turli tahdidlarga nisbatan ogoh bölişga çorlaydi. Sahnadagi voqealar orqali insonning öz xatti-harakatlari uçun javobgarligi va jamiyatdagi muammolarga daxldorlik hissi badiiy talqinda oçib beriladi.
Spektaklning sahnalaştiruvçi rejissyori — Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq artisti, professor
Muhammadali Abduqunduzov
. Sahna asarini tayyorlaş jarayonida Aktyorlik mahorati fani öqituvçilari, dotsentlar
Olim Dadamirzayev
va
Habibullo Qobilov
rejissyor sifatida iştirok etdilar.
Yoş aktyorlarning sahnadagi ijrosi, obrazlar ustida olib borgan izlanişlari va voqealarni tomoşabinga ta’sirçan yetkazişga intilişi ularning kasbiy mahoratini namoyon etiş bilan birga, teatr san’atining tarbiyaviy imkoniyatlarini ham oçib berdi.
Mazkur spektakl san’atning jamiyat hayotidagi örni, yoşlar ongida ijtimoiy mas’uliyatni şakllantiriş hamda muhim hayotiy masalalarni badiiy vositalar orqali yoritiş imkoniyatlarini namoyon etadi. Institut va Boş prokuratura örtasidagi hamkorlik yoşlarni ogohlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalaş yölidagi muhim taşabbuslardan biridir.
Prezidentimiz
milliy kino sanoatini yangi texnologik rivojlanish bosqichiga olib chiqish
zarurligini ta’kidladi. Kino yaratishda
sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish bo‘yicha hamkorlik dasturi
bir oyda ishlab chiqiladi.
Unda
yangi ta’lim dasturlarini tayyorlash, mutaxassislarni o‘qitish va xorijda malakasini oshirish
masalalari ko‘zda tutiladi.
Shundan so‘ng davlatimiz rahbari
“O‘zbekfilm” nomini milliy kinomizning yagona brendi sifatida mustahkamlash
tashabbusini ilgari surdi. Xalqimiz
Chilonzorning bu hududini azaldan “O‘zbekfilm” deb atashi
qayd etildi.
Hozirgi Chilonzor ko‘chasining mazkur qismiga
“O‘zbekfilm” nomini berish
taklif qilindi.
Kino san’ati muzeyini “O‘zbekfilm” muzeyi, Kino san’ati saroyini “O‘zbekfilm” kinosaroyi, Milliy kinofondni “O‘zbekfilm” milliy kinofondi deb nomlab, ularni yagona brend ostida birlashtirish
taklif etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz sohada ilm, tahlil va professional tanqidchilikni rivojlantirish maqsadida
“Kinoshunoslar klubi” tashkil etilishini
ma’lum qildi.
“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi klub faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning
Xalqaro kinotanqidchilar federatsiyasi – FIPRESCIga
a’zo bo‘lishiga ko‘maklashadi. Bu
milliy filmlarning
nufuzli xalqaro festivallardagi ishtirokini kengaytirishga
xizmat qiladi.
Soha vakillarining kasbiy hamjamiyatini jipslashtirish uchun
O‘zbekiston Kino arboblari va O‘zbekiston kino sanoati vakillari uyushmalari birlashtirilib, O‘zbekiston kino sohasi vakillari palatasi tashkil etiladi
.
Palata
sohada o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirish, ijodkorlarning mualliflik huquqlari va kasbiy manfaatlarini himoya qilish, yoshlarning professional o‘sishiga ko‘maklashish
bilan shug‘ullanadi.
Yosh kinoijodkorlarning xorijda malaka oshirishi va palata faoliyati
moliyaviy-tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi
belgilandi. Yangi palata faoliyatini tashkil etish ishlarini bir oyda yakunlash topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Davlatimiz rahbari kinoijodkorlar uchun yana bir tashabbusni ma’lum qildi.
Quyi Chirchiq tumanidagi “Ko‘hinur” sihatgohi to‘lig‘icha ularning ixtiyoriga beriladi.
Mazkur sihatgoh yaqinda
zamonaviy talablar asosida ta’mirlanib, jihozlangan
. Bu yerda
kinoijodkorlarning munosib dam olishi uchun
sharoit yaratilgan.
Prezidentimiz ushbu maskan
kinochilarimiz kuch to‘plab, yangi-yangi g‘oyalar ustida ishlashiga xizmat qiladigan chinakam ijodiy maskanga aylanishini
ta’kidladi.
Bundan tashqari,
har yili kino sohasida faoliyat yuritadigan kamida 300 nafar fidoyi xodimga respublikadagi sihatgohlarda dam olish va davolanish uchun bepul yo‘llanma
beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X