
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
Donolar bisotidan
Bolasi otasidan köproq kitob öqimagan millat taraqqiy etolmaydi.
Şeniz Yujel
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
YouTube
⚠️
Aholiga ajratilgan suyultirilgan gazning talon-toroj qilinişi va noqonuniy sotilişiga qarşi reydlar davom etmoqda!
Respublika böylab ötkazilayotgan reyd tadbirlari davomida suyultirilgan gazni noqonuniy saqlaş, qimmat narxlarda sotiş hamda elektr energiyasidan qonunga xilof ravişda foydalaniş holatlari aniqlanib, qonunbuzilişlarga nisbatan tegişli çoralar körilmoqda.
🌐
EKSKLYUZIV | Surxondaryo
DENOV TUMANIDAGI 79-SONLI MAKTABDA PROFILAKTIK VA TARĞIBOT TADBIRI
Denov tumanidagi 79-maktabda yoşlar örtasida huquqbuzarlik va giyohvandlikning oldini olişga qaratilgan tarğibot tadbiri ötkazildi
.
Denov tumanidagi 79-sonli umumiy örta ta’lim maktabida öquvçilar örtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalişining oldini oliş, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltiriş hamda yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga qaratilgan profilaktik tadbir taşkil etildi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Malaka oşiriş instituti professori, podpolkovnik T. Ğozibekov hamda IIV Akademiyasi kafedrasi katta öqituvçisi, podpolkovnik A. Yunusxodjayev iştirok etdi.
Uçraşuv davomida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-207-son Farmoni ijrosi doirasida amalga oşirilayotgan işlar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning inson salomatligi hamda jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida tuşunçalar berildi.
Şuningdek, voyaga yetmaganlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, yoşlarning turli zararli illatlar ta’siriga tuşib qolişiga yöl qöymaslik, ularda qonunlarga hurmat, fuqarolik mas’uliyati va Vatanga sadoqat tuyğularini mustahkamlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida öquvçilarga içki işlar organlari faoliyati, sohada xizmat qilişning mas’uliyati va şarafli jihatlari haqida ham ma’lumotlar berilib, ularning mazkur kasbga bölgan qiziqişini oşirişga qaratilgan fikrlar bildirildi.
Uçraşuv yakunida öquvçilarga mavzular yuzasidan huquqiy tuşuntirişlar berilib, zarur tavsiyalar taqdim etildi.
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati
✅
gov.uz/denov
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
YouTube
#EʼLON
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudi raisi
Mustafayev Baxtiyor Ulashevich
tomonidan Denov tumani Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Qabul 2026-yil 28-oktabr kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha davom etadi.
Sayyor qabul davomida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudiga murojaat qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarning
da’vo arizalari va arizalari qabul qilinadi
.
Shuningdek, fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilishlari hamda huquqiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar olishlari mumkin.
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati
✅
gov.uz/denov
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
YouTube
#Media_tur
Denov tumanidagi “Chorgul” mahallasida keyingi besh yilda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari hudud qiyofasini tubdan yangiladi. Mazkur ko‘rsatuvda mahalla infratuzilmasidagi o‘zgarishlar, aholi turmushi va yaratilgan qulayliklar haqida hikoya qilinadi.
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati
✅
gov.uz/denov
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
YouTube
🔴
Is gazi — ko‘rinmas xavf: o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling!
Is gazi (uglerod oksidi – CO) — rangsiz, hidsiz va ta’msiz zaharli gaz. Uni inson sezgi organlari orqali aniqlay olmaydi. Shu bois gazdan zaharlanish xavfi ko‘pincha kech payqaladi. Is gazi yoqilg‘ining to‘liq yonmasligi natijasida hosil bo‘ladi. Nosoz gaz jihozlari, isitish pechlari, dudburon va mo‘rilarning noto‘g‘ri ishlashi, shuningdek, avtomobil dvigateli yoki ko‘chma generatorni yopiq joyda ishlatish zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin.
❗️
Zaharlanishning dastlabki alomatlariga befarq bo‘lmang!
Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, nafas qisishi va ko‘krak sohasidagi og‘riq is gazidan zaharlanish belgisi bo‘lishi mumkin. Og‘ir holatlarda hushdan ketish, ongning chalkashishi va tirishish kuzatiladi. Bunday alomatlar paydo bo‘lsa, ularni oddiy charchoq yoki shamollash bilan adashtirmang.
📌
Zaharlanishning oldini olish uchun:
🔷
Isitish mavsumi boshlanishidan avval gaz jihozlari, isitish uskunalari, suv isitkichlar, mo‘ri va dudburonlarni mutaxassislarga tekshirtiring.
🔷
Xonadagi havo almashinuvi va shamollatish tizimining sozligini ta’minlang. Mo‘ri va ventilyatsiya yo‘llarini berkitib qo‘ymang.
🔷
Ko‘chma generator, barbekyu va ko‘mir yoqiladigan moslamalardan uy, garaj yoki boshqa yopiq joylarda foydalanmang. Avtomobil dvigatelini yopiq garajda ishlab turgan holda qoldirmang.
🔷
Gaz plitasi yoki duxovkadan xonani isitish maqsadida foydalanmang.
🔷
Imkon qadar uyga, ayniqsa, yotoqxonalar yaqiniga is gazini aniqlovchi maxsus signalizatorlar o‘rnating va ularning sozligini muntazam tekshirib turing.
❓
Is gazidan zaharlanish gumon qilinsa, nima qilish kerak?
✔️
Darhol barcha odamlarni, jumladan, bolalar va keksalarni xavfli hududdan tashqariga — toza havoga olib chiqing.
✔️
Zudlik bilan 103 yoki 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tez tibbiy yordam chaqiring.
✔️
Jabrlangan shaxsni shifokor ko‘rigidan o‘tkazing. Alomatlar yengillashgan taqdirda ham tibbiy yordamni kechiktirmang.
✔️
Mutaxassislar bino xavfsizligini tasdiqlamaguncha ichkariga qaytmang.
❗️
Unutmang: is gazining hidi yo‘q, ammo xavfi juda katta. Ehtiyot choralariga rioya qilish — o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrashning muhim sharti!
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🔴
ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANIŞDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA AMAL QILING!
Sovuq kunlarda xonadonlarni isitiş va qulaylikni ta’minlaş maqsadida elektr energiyasiga bölgan talab keskin ortadi. Bu esa elektr tarmoqlariga tuşadigan yuklama oşişiga olib keladi. Şu bois, har bir iste’molçi elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanişi, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilişi muhimdir. Zero, elektr energiyasini tejaş — barqaror elektr ta’minoti va xavfsizlikka qöşilgan hissadir!
❗️
Iste’molçilarga
tavsiyalar:
💡
Elektr jihozlaridan foydalanişda işlab çiqaruvçining yöriqnomalariga amal qiling.
💡
Bir vaqtning özida köplab elektr jihozlarini bitta rozetkaga ulamang.
💡
Şikastlangan elektr simlari, nosoz rozetkalar va uzaytirgiçlardan foydalanmang.
💡
Elektr jihozlarini nam qöl bilan uşlamang va ularni suvdan uzoqda saqlang.
💡
Elektr jihozlarini, ayniqsa, isitiş moslamalarini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirmang.
💡
Elektr tarmoqlari, hisoblagiçlar va elektr jihozlarini özboşimçalik bilan ta’mirlamang.
💡
Bolalarni oçiq elektr simlari va rozetkalardan ehtiyot qiling.
💡
Uzilgan elektr simlariga yaqinlaşmang va ularga tegmang. Bunday holat haqida tegişli elektr ta’minoti taşkilotiga xabar bering.
⚡️
Energiyani tejang! Foydalanilmayotgan çiroq va elektr jihozlarini öçirib, elektr energiyasidan oqilona foydalaning.
⛔
Unutmang: elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qiliş — hayotingiz va yaqinlaringiz xavfsizligining muhim garovidir!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barça iste’molçilarni elektr energiyasidan xavfsiz va oqilona foydalanişga çaqiradi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official